Biosenoz to’g’risida tushuncha reja



Yüklə 87,09 Kb.
tarix03.05.2018
ölçüsü87,09 Kb.
#41267

Aim.uz

Biosenoz to’g’risida tushuncha

REJA

  1. Biosenozning xarakterli xususiyatlari

  2. Biosenoz ќayotida organizimlarni roli

  3. Biosenozda turlar o’rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlash uslubi

  4. Biosenozning strukturasi.

TAYaNCh IBORALAR

  1. Ќar bir biosenozni xarakterlaydigan uch belgisi

  2. Turlar ko’pligini aniqlashni absolyut va nisbiy uslublari

  3. Turlar ko’pligini aniqlashni miqdoriy uslubi

  4. Turlar ko’pligini aniqlashni shkalali uslubi

  5. Turlar ko’pligini aniqlashni bavosita uslubi.

  6. Dominatlar va subdominant organizmlar

  7. Edifikator va assektator organizmlar

  8. Biosenozning yarusliligi ( qatlamliligi )

  9. Biosenozda organizmlar orasidagi simbiotik munosabat

  10. Biosenozda organizimlar orasidagi antibiotik munosabatlar.

  11. Biosenozda organizmlar orasidagi yirtqichlik munosabat

  12. Biosenozda organizmlar orasidagi parazitik munosabat

  13. Biosenozda organizmlar orasidagi konkurentlik munosabat

Biosenoz deb, ќayot sharoiti bir xil bo’lgan tabiat uchastkalarida yashovchi va bir-biri bilan ma’lum o’zaro munosabat bilan bog’liq bo’lgan tirik organizmlar yig’indisiga (jamoasiga ) aytiladi.

Ќar bir biosenoz uch belgi bilan: tur tarkibi, strukturasi (tuzulish) va yashash joyi bilan xarakterlanadi. Tur tarkibi deganda, ma’lum biosenozda mavjud bo’lgan ќayvonlar va o’simliklarni shunday turlar to’plami tushuniladikim, unda uning ќamma organizmlar guppasi bakteriyalar, suv o’tlari, lishayniklar, gulli o’simliklar, umurtqasiz va umurtqali ќayvonlar kiradi .

Struktura deganda, biosenozlarni tuzulish xususiyatlari: turlar o’rtasidagi miqdoriy nisbat, yaruslarni mavjudligi va ularni xarakteri ќayvonlarni biosenozda ќayot kechirish ќarakteri, o’simliklar aspektini almashinishi va biosenoz tarkibiga kiradigan turlar orasidagi o’zaro munosabat tushuniladi.

Yashash joyi deganda, biosenozni ќayot kechirish sharoiti : mikroiqlim, tuproq , relyef va boshqa biosenozga bog’liq bo’lgan va ko’pincha biosenoz ta’sirida o’zgaradigan sharoitlar kiradi.

Ќar bir biosenoz turlarni ma’lum to’plami va ma’lum miqdlori bilan xarakterlanadi. Ulardlan biri turlar xilma-xilligini ko’pligi bilan, ikkinchisi esa, turlar tarkibini kam xilligi bilan farq qiladi. Masalan nam torpik o’rmonni biosenozlari turlarni tarkibi jiќatdan eng boy, tundra yoki saќroni biosenozlari esa eng kambag’aldir.

Turli xil biosenozlarni solishtirishni qulay qilish uchun turlar ko’pligi belgisidan foydalaniladi. Turlar ko’pligi deb, ma’lum maydonga to’g’ri keladigan bioneseozdagi turlar miqdoriga aytiladi.

Biosenozlarga bog’liq ќolda turlar ko’pligi turli xil kattalikdagi maydonda 1m2, 100 m2-da, uya qo’ygan qushlarni yoki mayda sut emizuvchilarni ќisobga olish vaqtida 0,25 gektarga yoki 1 gektar maydonda aniqlaniladi. Ma’lum biosenozdagi u yoki bu tur vakillarining yig’indisi o’sha turning populyasiyasi deb ataladi. Shunday qilib, ќar bir biosenoz xilma-xil turlarni populyasiyasidan iboratdir.

Biosenoz ќayotida uni tashkil qiladigan turlarni ќammasi bir xil rol o’ynamaydi. Bu rol eng avvalo turlar o’rtasidagi miqdoriy nisbat va turlarni ko’pligi bilan belgilanadi. Biosenozda turlar o’rtasidagi miqdoriy nisbat bir necha usul bilan: absolyut ќisoblash va nisbiy ќisoblash metodi bilan aniqlaniladi.

Absolyut ќisoblash metodi ma’lum turni faqatgina miqdorini ќisobga olib, uni boshqa turga bo’lgan nisbatani ќisobga olmaydi. Nisbiy ќisoblash metodi esa, biosenoz tarkibiga kiradigan turlarni miqdoriy nisbatini ќisobga oladi.

Absolyut ќisoblash metodi o’z navatida uch podgruppaga bo’linadi.


  1. To’g’ridan-to’g’ri ќisoblashni miqdoriy metodi.

  2. To’qg’ridan-to’g’ri ќitsoblashni shkalali metodi.

  3. Bavosita ќisoblash metodi.

To’g’ridan-to’g’ri ќisoblashni miqdoriy metodini qo’llash vaqtida turni miqdoriy xarakteristikasi uning vakillarini miqdori yoki uning ma’lum maydonga to’g’qri keladigan og’irligi (kg/m2), yoki uning ma’lum maydonga to’g’ri keladigan ќajmi (m3/m2) yoki butun o’simlik jamoasini ќajmi bilan belgilanadi.

To’g’ridan-to’g’ri ќisoblashni shkalali metodi qo’llanilgan vaqtda, turni miqdoriy xarakteristikasi ko’plik shkalasi deb atalgan Drude shkalalari bilan belgilanadi.

Cop3 Cop2 Cop1 sp soi

268.куп

12.сийрак

425жуда

куп


4якка

59анча куп




Shkalani maydoni 100 m2, shkala ichidagi nuqtalar aloќida o’simliklar ekzemplyarini ifodalaydi. Shkala pastida esa, sinov maydonidagi o’simliklar ekzemplyarini miqdori yozilgan.

Bavosita ќisolash metodi qo’llanilgayen vaqtda, miqdoriy xarakteristika ma’lum turni miqdori bilan emas, balki turni miqdoriy xarakteristikasi bilan bog’liq bo’lgan biron belgi bilan belgilanadi. O’simliklar uchun bunday belgi tuproqni o’simliklar proyeksiyasi bilan qoplanganlik darajasi, o’simlik ekzempyarlari orasidagi eng kichik masofa, daraxt tanalari ko’ndalang kesimini umumiy maydoni va boshqalar bo’lishi mumkin. Ќayvonlar uchun bunday belgi, uyalarni miqdori, inlarni miqdori, "ozuqali stolchalar", ya’ni yeyiladigan o’simliklarni qoldiqlari, inlardan chiqarib tashlangan tuproq miqdori va boshqalar bo’lishi mumkin.

Adbsolyut ќisoblash metodi eng aniqroq natija beradi. Ammo bu metodni qo’llash ko’p meќnat talab qiladi va ќama vaqt ќam shubќasiz natijalar bermaydi. Gap shundaki tur vakillari tengma-teng emas. Masalan dub va pыrey, los va dasht sichqoni (polyovka), burgut va so’fiturg’ay o’zlarining ќajmlari (massasi) bilan bir-biridan keskin farq qiladi, shuning uchun vakillarni sanash (ќisoblash) ma’lum turni biosenozdagi (jamoadagi) roli to’g’risida umumiy tushuncha beraolmaydi. Bundan tashqari ќamma o’simliklarni ќam bir ekzemplyarini qayerda tamom bo’lishi va ikkinchisini qayerdan boshlanishini aniqlash oson emas. Shuning uchun ko’pincha vakillar miqdorini aniqlash o’rniga ularni yer usti o’simtalarini mig’qdori aniqlaniladi.

Yashirin ќayot kechiruvchi ko’pchilik ќarakatschan ќayvonlarni ma’lum maydon birligidagi miqdorini ќisoblash (sanash) juda qiyin va ko’pincha amalga oshmasdir.

O’simlik va ќayvonlar miqdorini bal metiodi bilan aniqlash ancha oddiydir va o’simlik jamoasini tasvirlashda jamoani ќosil qiluvchi aloќida turlarni aќamiyati to’g’risida tushuncha ќosil qilish uchun keng qo’llaniladi.

O’simlikni ko’pligini aniqlash (baќolash) uchun Drudeni yuqorida ko’rsatilgan balli shkalasidan foydalaniladi.

Ќayvonlar miqdorini baќolash odatda uch balli shkala bilan amalga oshiriladi. Bunda ko’pmiqdorli, odatdagi va siyrak turlar ajratiladi.

Biosenozlarni o’rganishda ko’plikni vositali baќolash metodi ќam keng qo’llaniladi. O’simlik qoplamini xarakterlashda eng muќim vositali belgi ularni proyektli qoplami ќisoblanadi. Ya’ni o’simlik yer usti qismi proyeksiyasi yig’indisi, uchastkani umumiy maydoniga bo’lgan nisbati ќisoblanadi. Bu belgi prosent ќisobida belgilanadi.

Bunday baќolashni ќar-bir o’simlik turiga nisbattan, ma’lum yarusga nisbatttan yoki biosenozni o’simlik qoplamini ќammasiga nisbatan amalga oshirish mumkin. proyektli qoplanishni aniqlashdan tashqari ќaqiqiy qopanish darajasi ќam aniqdlaniladi. Ќaqiqiy qoplanish darajasi deb, o’simliklar tanasi asosining, umumiy maydonini, uchastka maydoniga bo’lgan nisbatiga aytiladi va prosent bilan belgilanadi.

Ќayvonot dunyosini xarakterlashda ќam bavosita belgilar ќisobga olishnishi mumkin. ular orasida ќayvonlar inlarini miqdori, chiqarib tashlangan tuproqlarni miqdori va "ozuqali stolchalarni" (yeyiladigan o’simiklarni qoldiqlari) miqdori ayniqsa katta aќamiyatga egadir.

Ko’plikni nisbiy baќolash ќam, o’simlik va ќayvonot dunyosining xarakterlashda keng qo’llaniladi. Bunday baќaolaganda biz u yoki bu turning nisbiy miqdori to’g’risida tushuncha ќosil qilamiz.

Nisbiy baќolash metodiga chiziqlar bo’ylab qo’yilgan qapqonlar yordamida qapqonga tushgan ќayvonchalarni miqdorini ќisobga olish (prosent ќisobiga), tuzoq ariqchalari yordamida ќayvonchalarni ushlash metodi, territoriyasi maydonidan qat’iy nazar qushlarni ќisoblash metodi kiradi.

Ana shu metodlarni qo’llash ќamda o’simliklar va ќayvonlarni solishtirma ko’pligini baќolash natijasida organizmlarni biosenozdagi roliga qarab to’rt kategoriyasini aniqlash mumkin. 1. Dominantlar. 2. Subdominantlar. 3. Ikkinchi darajalilar. 4. Uchunchi darajalilar.

Dominantlar deb, miqdor jiќatdan boshqalar ustidan ќukmron bo’lgan turlrga, subdominant deb miqdor jiќatdan pastroq bo’lgan ammo o’simlik va ќayvonot dunyosida ko’zga ko’rinarli rol o’ynagan turlarga aytiladi. Ikkilamchi darajali turlar o’simlik va ќayvonot dunyosida yana kamroq rol o’ynaydi. Uchlamchi darajali turlar esa, juda kam aralashma ќosil qiladi.

Dominantlik u yaki bu organizimlar gruppasi ( mikroskopik, makroskopik o’simliklar, umurtqasiz ќayvonlar, qushlar, sut emizuvchilar ) doirasida aniqlaniladi. O’simliklarda dominantlik ko’pincha yaruslar bo’yicha aniqlaniladi.

A.M. Chelsov qushlarga nisbattan dominantlik darajasini raqam bilan ifodalashga uringan edi. Turli xil dominantlik darajasiga quyidagi prosentli miqdor to’g’ri keladi.

Dominantlar - 15% va undan ko’proq

Subdominantlar - 5%-dan to 14,9% gacha

Ikkilamchi turlar - 0,1%- dan to 4,9% gacha

Uchlamchi turlar - 0,1%- dan kamroq

Dominantlar orasida edifikatorlar turlari ajratiladi. Edifikatorlar deb, biosenozlarni xususiyatlarini: ya’ngi o’sish sharoitini, soyalanish darajasini, bioximik prosesslarini yo’nalishini, namlanish xarakterini va boshqalarni belgilaydigan turlarga aytiladi. Masalan o’rmonlar jamoasida daraxtlar edifikator bo’lib ќisoblanadi. Sfagn (oqmoќ) botqoqliklari jamoasida Sfagn moxlari edifikator ќisoblanadi. Pastdan yuqoriga ko’payadigan juda kuchsiz mineralizasiya sharoitida o’sadigan sfagn moxlari o’zlarini xususiyatlari bilan sfagn botqoqliklarida o’sadigan ќamma gulli o’simliklar uchun butunlay o’ziga xos ќayot sharoitini vujudga keltiradi.

Ba’zi ќayvonlar ќam edifikator bo’lishi mumkin. Masalan tuyoqli ќayvonlar intinsiv boqilishi bilan o’simliklar tarkibini belgilaydi. Yer qazuvchi ќayvonchalar ko’rsichqonlar, dala sichqonlari yumronqoziq va sug’urlar o’zlarining yer qozish faoliyatlari va o’simliklarni kemirishlari orqali biosenizlarga sezilari ta’sir ko’rsatadilar.

Biosenozlarni(jamoani) ќayot sharoitini belgilamaydigan organizimlar assektatorlar deb ataladi.

Organizmlarni biosenozdagi roli shuningdek, ularni biosenozda yashash xarakteri bilan bog’liq. Ma’lum joyda yopishgan o’simlik u yoki bu muddatda bir biosenozdan ikkinchi biosenizga migrasiya qilolmaydi. Ular muќitni o’zgarishiga o’zlarini massasini ko’p yoki kam yo’qotish (issiq yoki sovuq fasllarda) yoki tinim ќolatga o’tish bilan javob beradi.

Ќayvonlar esa, noqulay fasl bilan bog’liq ќolda ќayot obrazini o’zgartiradi(masalan uyquga ketadi)yoki o’zining yashash joyini ancha - muncha uzoq muddatda almashtiradi. Ba’zi ќollarda ќayvonlar bir biosenoz doirasida yoki uning doirasidan chiqib bir necha marta migrasiya qiladilar.

I.K.Pachosskiy o’simliklarni noqulay sharoit davrida yo’qotadigan massasini o’lchoviga (kam yoki ko’pligiga) qarab bir necha gruppalarga bo’ladi. 1 Doim yashil o’simliklar grupasi. Bular yil davomida butun yer osti va yer usti qisimlarini saqlab qoladilar. Bularga noqulay sharoit davrida bargini ќam, tanasini ќam yukotmaydigan daraxtlar, butalar, butachalar va ba’zi o’tloqlar kiradi .bargni to’kilishi yil davomida bir-ketin bo’lib, barglarni umumiy massasi o’zgarmaydi. Bu o’simliklar uzoq qirg’oq davri bo’lmagan, iqlimi yil davomida bir-xil yo’nalishga yega bo’lgan tropik va suptropik o’rmon oblastlari uchun xosdir. Doimyashil ninabargli o’rmonlar turli xil iqlimda tarqalgan. Past bo’yli doim yashil o’simliklar balandtog’ va qutboldi qattiq iqlim sharoitida rivojlanaoladi. Buyerda ular qor tagida yashirinadilar. Bu grupada ikki podgruppani: doim yashil fanerofitlar (daraxt va buttalar) va doim yashil xamefitlar (yer ustida 10-20sm ko’tariladigan mayda buttachalar)ni ajratish mumkin.

2. Ylning noqulay faslida faqatgina bargini tashlaydigan o’simliklar. Bularga qurg’oq yoki sovuq faslda bargini tashlaydigan daraxtlar, butalar va butachalar kiradi. Bu o’simliklarga o’rtacha iqlimni edifikator keng bargli o’rmonlari, mussonli va sovannali o’rmonlar kiradi. Bu gruppani bir qator o’simliklari baland tog’larda va tunaralarda uchraydi. Bu gruppa doirasida ikki podgruppa barg tashlaydigan fanerofitlar va xamefitlar ajratiladi.

3. Noqulay faslda bargi bilan birga shoxlarini ustki kismini yuqotadigan o’simliklar - (yarimbutalar)kiradi. Bu o’simliklar turli xil iklimlarda kuzatiladi, ammo saќro va chalasaќrolarda tez-tez uchraydi.



  1. Noqulay faslda butun yer usti qismlarini yo’qotadigan o’simliklar -gemikriptofitlar. Bularga barglari va tanalari ќalok bo’ladigan o’tchoq o’simliklar kiradi.

Bu o’simliklarni qaytadan tiklanish kurtagi ќalok bo’lgan yer usti qismi bilan ќimoya qilingan. O’rtacha va sovuq iqlimli mamlakatlarda esa qor bilan qo’riqlangan. Bunday o’simliklar dashtlarda, o’tloqlarda ќukmronlik qiladi, o’rmonlarda esa, o’tloq o’simliklarni ko’p qismini tashkil qiladi. Noqulay faslda nafaqat butun yer usti organlarini balki yer osti qismini ќam bir qismini yo’qotadigan o’simliklar. Ular noqulay faslni piyoz tomir va klubni (kartoshka) shaklida o’tkazadilar. Bu kruppa o’simliklarini kriptofitlar dep ataydilar va uch podgruppaga bo’ladilar.

  1. Tinim qismi tuproqda turadigan geofitlar.

  2. Tinim organi suv bilan to’yingan tuproqda turadigan geofitlar

3. Tinim organi okean tagida yoki okean tagidagi tuproqda turadigan gidrofitlar.

Gelofitlar va gidrofitlar suv ќavzalari va botqoqliklar uchun xos. Geofitlar biosenozlarda va ayniqsa cho’l va saќroda biosenozlarida ko’pdir.



  1. Noqulay faslda urug’idan boshqa ќamma qismlarini yo’qotadigan o’simlaklar. Bu o’simliklar terofitlar deb atladi. (Bunga efemerlarni kiritish mumkin).

Keltirilgan klassifikatsiya gulli va sosudali sporali -o’simliklarni (paporotnik shakllilarni, psilotlarni, plaunshaklilar va klinolistlar)ni o’z ichiga oladi.

Qolgan sporali o’simliklarga kelganda ular orasida yilning noqulay faslida yer usti qismlarini saqlab qoladigan ya’ni shu davrda qurib yoki muzlab qolib, noqulay fasl o’tgandan keyin yangitdan tiriladigan ko’p yillik o’simliklar(mox va lishayniklar). Ќamda noqulay faslda yer usti qismlari ќalok bo’ladigan o’simliklar (ko’pchilik zamburug’lar), va supstratga yopishmagan ќarakatchan o’simliklar (plaktonli va tuproq suvo’simliklari ) kuzatiladi.

Turli xil gruppaga qarashli o’simliklar biosenoz ќayotida bir xil rol o’ynamaydi. Yuqorida ko’rsatilgan birinchi besh gruppaga kiradigan ko’p yillik o’simliklar, yer osti organizimlari bir qismi saqlanib qolsa biosenozda o’z ko’pligini uzoq vaqt o’zgartirilmaydi. Noqulay faslni urug’ shaklida o’tkaziladigan terrofit o’simliklar grupasi turli xil yillarda o’z ko’pligini turli klekin o’zgartiradi. Masalan ularni rivojlanishi uchun qulay bo’lgan yillarda urug’larni ko’pchiligi o’nib chiqadi, noqulay bo’lgan yillarda esa, ќyejam unib chiqmasligi mumkin. Ko’p yillik o’simliklarni Pachoskiy komponentlar deb ataydi, terrofitlarni esa ingrediyentlar deb ataydi. Komponentlar biosenozni strukturali asosini tashkil qiladi, ingrediyentlar esa biosenoz ќayotini vaqtinchalik ishtirokchisi ќisoblanadi.

Ќayvonlarni biosenoz ќayotidagi roli masalasi bir necha marta murakkabroqdir.

Biosenozda ќayvonlarni ќayot sыkli davomida, yil davomida va sutka davomida yashash ќarakterlarni farq qilishi lozim. Ќayvonlarni ќayot sikli davomida biasenozda yashash xarakteriga ko’ra ikki guruppaga bo’lish mumkin.1.Ќayot sikli davomida biosenozni almashtirmaydigan ќayvonlar. 2. Rivojlanishini turli xil stadiyasini turli xil biasenozda o’tkaziladigan ќayvonlar. Birinchi guruppaga umurtqasiz va umurtqali ќayvonlarni ko’p qismi kiradi. Ikkinchi guruppaga turlarini kam qismi kiradi. Ularga Plankton lichinkali (tanachali) bentonli organizimlar, lichinkalari suv xavzalarida rivojlanadigan quruqlik ќasharotlari, ќam suvda, ќam quruqlikda yashayligan ќayvonlar va baliqlar kiradi. (baliqlar daryoda yashab ikrasini dengizda quyadi(ugar balig’i) yoki dengizda yashaydiyu ikrasini daryoga quyadi), (keta, garbusha, semga beluga).

Ќayvonlarni biosenozda yashash ќarakteri yil davomida ќam xarxildir. Shuning uchun buyerda xam bir necha gruppa ajratiladi.

1.Biosenozda yil davomida doimo aktiv ќolda ќayot kechiradigan ќayvonlar. Bularga tropik va subtropik o’rmonlardagi turlarni ko’p qismi kiradi.

2. Biosenozda yil davomida doimo ќayot kechiruvchi, ammo yilning faqatgina bir qismida aktiv ќayot kechiruvchi, boshqa qismini esa, uyqu (amibiozi ) ќolatida o’tkazuvchi ќayvonlar. Bularga quruq tropik va subtropik, o’rtacha va sovuq iqlimlar bionenozlarda yashovchi ko’pchilik umurtqasiz ќayvonlar kiradi. Biosenozda bolalash vaqtida yashaydigan,boshqa vaqtda esa, boshqa oblastlarga ko’chib yuradigan yoki uchib ketadigan ќayvonlar. Bularga ko’pchilik uchib keladigan va ko’chib yuradigan qushlar va ba’zi bir sutemizuvchilar kiradi.



  1. Biosenozda uchib kelish yaki uchib yurish sezoni davrida yoki biosenozda bolalash uchun borish vaqtida yashaydigan ќayvonlar.

  2. Biosenozda uyaga yashamaslik davrida yaa’ni qish vaqtida yashaydigan ќayvonlar.

Turli xil zonalarni biosenozlari turli gruppalarga kiradigan ќayvonlarning tarkibi va miqdori jiќatdan bir xil emas. Tropik va subtropik o’rmonlari zonasida uyquga ketmaydigan o’troq ќayvonlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bu yerda qish paytida o’rtacha poyas mamlakatlaridan uchib keladigan qushlar ma’lum rol o’ynaydi. Ќayvonot dunyosining fasliy tarkibi kam o’zgaradi.

Qurg’oq oblastlarida qurg’oqchil va namgarchil fasllarda ќayvonot dunyosining tarkibida keskin va katta farq kuzatiladi. Buyerda qushlar dunyosi baќor va kuzda ayniqsa xilma - xil bo’lib, yozda va ayniqsa qishda bir xildir. Shu qurg’oq oblastlarni sug’oriladigan yerlarida yozda yashaydigan qushlarni xilma - xilligi shu yerda baќor va kuzda yashaydigan qushlarni xilma - xilligi bilan tengdir.

Shimol tomonga yo’nalish bilan o’troq turlarni miqdori kamaya boradi, biosenozda bolalash uchun , qishlash uchun uchib keladiganlar va migrasiya qiladiganlarni turlar miqdori sekin pasayadi.

Turli xil gruppaga kiradigan ќayvonlarni biosinoz ќayotidagi roli bir xil emas. Biosenoz ќayotida shu yerda yashaydigan va yil davomida aktiv ќolda ќayot kechiradigan ќayvonlar ma’lum rol o’ynaydi.Uchib keladigan , ko’chib yuradigan va qishlash uchun keladigan ќayvonlar esa uncha katta rol o’ynamaydi.

Ќayvonlarni biosenozda sutka davomida va kundan -kunga ќayot kechirish xarakteri ќam ќarxildir.

Xayvonlarni biri u yoki bu biosenozda o’zinig butun ќayot funksiyasini amalga oshiradi: ya’ni oziqlanadi, yotadi va bola ochadi. Boshqalari bir biosenozda o’z ќayot funksiyalarini faqatgini bir qismini amalga oshiradi. Bularga urmonda uya ko’yib suv ќavzalari qirg’og’ida ozuqlanadigan laylaksimon qush (saplya) va odamlar imoratlariga uya qo’yib, utloqlar ustida, ekinzorlardan va yo’l ustilaridan ozuqlanib yuruvchi qishloq qaldirg’ochlari kiradi. Qushlar ko’pincha tunash uchun o’z uyalariga qaytib keladilar.

Bu turlarni ќammalari bir biosenozdan ikkinchi bioseozga maќsulot olib keladi. Masalan laylaksimon qushlar (saplyalar) to’dalari yashaydigan o’rmonlarda azotga boy bo’lgan tuproqlar uchun xos bo’lgan o’simliklar o’sadi. Tuproqni azotga boyishi qushlarni eksperementlari gunglari va boshqa biosenozlardan olib kelingan oziqalarni qoldiqlari ќisobiga sodir bo’ladi.

Individual uchastkasi to’lig’icha bir biosenoz doirasida joylashgan ќayvonlar nisbattan kam miqdordadir. Ќayvonlar ko’pincha zona doirasidagi bir urochisha yoki yana kattaroq bo’lgan landshaft yoki xatto bir necha landshaftlarni tarkibiga kiradigan biosenozlarni o’z ichiga oladigan individual uchaskalariga ega. Bu ќam biosenozlar orasida maќsulot almashinishiga imkoniyat beradi.

Shunday qilib biosenozda yashaydigan ќamma organizmlarni (ќayvonlarni va o’simliklarnpi) ularni biosenoz ќayotidagi aќamiyati va ќarakatchanlik darajasiga ko’ra ikki asosiy gruppaga ya’ni stabil va labil ќayot kechiradigan gruppaga bo’lish mumkin.

Stabil bir biosenozda yashaydigan organizmlarga plankton suvutlaridan tashqari ќamma o’simliklar ќamda suv ќayvonlarini o’troq formalari, amalda ќarakatlanmaydigan qurtlarga uxshash ba’zi xasharotlar, va umuman o’zining individual ќayoti davrida biosenoz doirasidan chiqmaydigan turlar vakillari kiradi.

Labil ќayot kechiradigan organimlarga o’zining individual ќayoti davomida bir biosenozdan ikiyechisiga o’taoladigan xarakatchan ќayvonlar va plnkton suvutlari kiradi. Bunda uch xil labillik ajratiladi: 1. Ko’pyillik (rivojlanish siklining yo’nalishiga qarab) 2. Sezonlik (ќar yillik). 3.Sutkalik.

Sutkallik labillik zonaichi, landshaftichi va urochishaichi ќarakteriga ega bo’lishi mumkin .

O’simlik va ќayvonlarning biosenozdagi roli faqatgina ularning ќarakatchanlik darajasi tufayli o’zgarmasdan, balki ularning fenologik fazalarini o’zgarishi tufayli ќam o’zgaradi.

O’simliklar va ќarakatsiz ќayvonlarni bir qator rivojlanish fazalari yoki ќayotiy xolatlari bor. Bu xolatlar yoki fazalar sezon davomida turli xil turlarda turli xil muljarda almashinadi.Ќarakatchan organimlarda bu rivojlanish fazalaridan tashqari sezon davomida joyalmashtirishi ko’zatiladi va shuning uchun ular ma’lum biosenozda ba’zan ko’p yoki kam miqdorda paydo bo’lib qoladilar, ba’zan undan yo’q bo’lib qoladilar.

Rivojlanish fazalarini almashinishi (fenologik fazalarni) ma’lum biosenozda turli mo’xlatda turli xil ќarakatchan turlarni paydo bo’lganligidek biosenoz ќayotida chuqur aќamiyatga ega. Bu ma’lum maydonda ma’lum biosenozda bir muќlat davomida turli xil organizmlarni rivojlanish fazalarini birdaniga utaydigani turli xil organizmlarni vakillariga nisbattan ko’proq vakillarni joylanishiga imkoniyat beradi. Bu konkurensiyani yumshatadi, chunki bir o’simlik o’zining massasini ko’p rivojlantirgan vaqtda, ikkinchisi ќali rivojlanishga o’lgirolmagan bo’ladi ќayvonlarni biri paydo bo’lganda, ikkinchisi boshqa biosenozda bo’ladi.

Ana shu almashinishlarni borligi tufayli bir biosenozda muќitga talabi turli xil bo’lgan turlar yashaydi. Masalan mo’tadil poyasi saќrolarida baќorda tuproq va ќavoning yer usti qatlami nam bo’lgan vaqtda namlikni sevuvchi va baland temperaturaga moslashmagan o’simlik formalari rivojlanadi, nisbattan gigrofil ќayvonlar turlari aktiv ќolatda bo’ladi. Yozda bu namliksevuvchi formalar tinim ќolatga tushadi ( ќayvonlar uyquga yotadi, o’simliklar urug’, piyoz va ildizmeva shaklida saqladilar, ) bular o’rniga esa yuqori temparaturaga va qurg’oqlikka moslashgan boshqa turlar paydo bo’ladi.



Niќoyat bu almashinishlar yaqin turlarni ajralishiga sabab bo’ladi (yordamlashadi). Ularni generativ organlarini yetilish (pishish) fazalarini yilning turli fasslarda o’tilishi paytida, ular orasida chatishtrilishi mumkin bo’lmay qoladi.

Yüklə 87,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə