Biror ishni bajarish,amalga oshirish uchun berilgan rozilik



Yüklə 9,5 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü9,5 Kb.
#160095
Hujjat (1)

7-sinf ona tili 1-chorak.


1. “Biror ishni bajarish,amalga oshirish uchun berilgan rozilik “ ushbu parchaga mos soʻzni toping?
A. Reallik. B. Izn. C. Fakt. D.Haqorat.
2. Imlo qoidalari asosida yozilgan soʻzlarni toping.
A. Video, suxandon. B. Xaydovchi,taʼmirlovchi. C.intellekt,kampyuter. D. Avtomobil ,xisobchi.
3. Qaysi qatorda “Osmon” soʻzining sinonimlari berilgan?
A. Oftob,quyosh, kun. B. Arsh,davor,minu.
C. Osmon,falak,samo, charx, gardun, fazo, koʻk.
D. B va C javoblar toʻgʻri.
4. “Feʼlning boshqa soʻzlar bilan bogʻlanishiga, soʻzlovchining maqsadini ifodalashga xizmat qiladi” ushbu qoida qaysi variantga mos?
A. Zamon deyiladi. B. Mayl deyiladi. C.Feʼlning munosabat shakllari deyiladi. D. Shaxs-son shakllari deyiladi.
5. Qaysi variantda toʻgʻri javob keltirilmagan?
A. Feʼlning munosabat shakllari 3 ta.
B.Shaxs-son qoʻshimchalari otga qoʻshiladi.
C. Feʼl zamonlari 3 ta. D. Feʼlda 3 ta mayl mavjud.
6. “Qahramonlar nega kerak” matnidan olingan yosh,dunyo,oʻch,til,yon,ort,bor soʻzlarning nechtasi shakldosh soʻzlar tarkibiga kiradi ?
A. 5 ta B. 4 ta. C. 6 ta. D. 7 ta
7. “Sharifa dars payt ikkala dugonasiga qayrilmay, berilgan topshiriqni darrov anglab oldi”. Ushbu gapda qanday fonetik hodisalar bor?
A. Tovush tushishi va almashishi. B. Tovush ortishi va tushishi. C. Tovush almashishi hamda ortishi. D. Barcha fonetik hodisalar ishtirok etgan.
8. Qaysi maʼlumot toʻgʻri emas.
A.Bugungi tildagi “aka” soʻzining “oka”, “ogʻacha” variantlari Bobur mirzo zamonida ayollarga nisbatan qoʻllanmagan.
B. Qirgʻiz tilida ona “apa” dir.
C. Qozoq tilida ota “ake” deyiladi.
D. Xorazm shevasida “aka” otani anglatadi.
9. “Soʻz , soʻz birikmasi, gaplar va matnlarga ishora qilib, ularning oʻrnida almashinib kelish” xususiyatlariga ega soʻz turkumi qaysi? A.Feʼl soʻz turkumi. B.Son soʻz turkumi.
C. Olmosh soʻz turkumi. D. Sifat soʻz turkumi.
10. “Bu dasturning hammualliflaridan biri oʻsha paytda Xitoy taʼlim vazirining oʻrinbosari boʻlgan biolog Chjou Szyan edi.U oʻz dasturida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va odamlarning qornini toʻydirish uchun chumchuqlar va kalamushlarni yoppasiga qirib bitirishni taklif qilgandi. Agar ular qirib tashlansa, millionlab odamlarni toʻydirsa boʻladigan bugʻdoyni asrab qolish mumkin boʻlar edi” ushbu parchada olmoshning nechta maʼno turlari ishtirok etgan?
A. 2 ta B. 3 ta. C. 4 ta D. 5 ta.
11. Belgilash olmoshlaridan qaysi biri “uzvni taʼkidlab,toʻpdan ajratib” ifodalaydi?
A. Har kim. B. Har nima. C. Har qaysi. D. Har bir
12. Qaysi qatorda olinma soʻzlar toʻgʻri berilgan?
A. Kitob ,daftar. B. Oy, kun. C. Bosh,quyosh. D. Globus, kompas.
13. Qaysi javobdagi maʼlumotlar toʻgʻri?
A. Undalmalar uyushib kelmaydi.
B. Qadimda otlar va mollar sugʻoriladigan idishni “chanoq” deyishmagan.
C. Barcha gap boʻlaklari va undalmalar uyushib keladi.
D. “Aqcha” pul birligiga qadimda “oq” soʻziga “-cha “ qoʻshimchasi qoʻshilishidan hosil boʻlmagan.
14 . Kishilar,predmet,hodisa va joylarga atab qoʻyilgan otlar nima deyiladi?
A. Uyushiq boʻlaklar. B.Atoqli otlar. C. Oʻrin-joy otlari. D. Olmoshlar
15. Qaysi maʼlumot toʻgʻri berilgan?
A. Xakaslar tilida “uya” soʻzi oila, urugʻ,avlod degan maʼnolarni anglatgan.
B. A.Navoiy asarlari tilining izohli lugʻatida “joʻya” soʻzi “ariq” maʼnosini anglatmaganligi taʼkidlangan.
C. “Magazin” soʻzi asli Sharqqa oid emas.
D. “Magazin” soʻzi yunoncha boʻlib “maxazin” shaklida boʻlgan va boshqa tillardan koʻchgan.
16. Miqdor sonlar nechi guruhga boʻlinadi?
A. 3 ta. B.4 ta. C. 5 ta. D. 6 ta
17. Ushbu gapda miqdor sonning nechta maʼno turlari ishtirok etgan: Dildoraning sinfida 12 nafar qiz bola bor, u doʻkondan 2 tadan daftar olib keldi.
A. 2 ta. B. 3 ta. C. 4 ta. D. 1 ta.

18. “Biror narsaning aniq oʻlchovga ega miqdori” nima deyiladi? A. Tavsif. B. Doza. C. Modda. D. Tavsif.


19. Sifatlar tuzilishiga koʻra nechi turga boʻlinadi?
A. 2 ta. B.3 ta. C. 4 ta. D.5 ta.
20. Sifatlarga oid toʻgʻri maʼlumotni toping.
A. 2 xil usulda sifatlar yasalmaydi.
B. Sifatning daraja shakllari 3 ta.
C. -li,-dor, -mand,ser-, ba- qoʻshimchalari bilan yasalgan sifatlar oʻsha narsa mavjud yoki koʻp ekanini anglatmaydi.
D. -siz,be-,no- qoʻshimchalari bilan yasalgan sifatlar oʻsha narsa yoʻq yoki kam ekanligini anglatadi
Yüklə 9,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə