O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI
ISHLAB CHIQARISH TARTIBI
Bajardi:
UMAROVA NARGIZAXON
GURUH; S 20.43
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJASINI ISHLAB
CHIQARISH TARTIBI
Reja
1.
Biznes-rejaning mohiyati va ahamiyati
2.Mahsulot sotisb bozorini iqtisodiy baholash
3.
Ishlab chiqarish jarayoni
4.Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish
5.Axborotlarni to’plash va saqlash
6.Biznes reja tuzilishi
1.
Biznes-rejaning mohiyati va ahamiyati
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’i nazar,
uning ajralmas qismidir. Ilg‘or texnologiya va bozor tadqiqotlarining
natijalari, yangi ish tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish
bilan bogiiq bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv va moliya muammolarini hal
qilish biznes rejada aks etishi kerak.
Biznes-reja
- bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati
boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi.
Biznes-reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa
muammolar bo‘yicha maslahatlar kerak bo‘Isa, bu ishga boshqa soha
mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Odatda bunday rejalar 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkorlik
tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil,
keyingi yili - taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo'yicha hisoblanadi.
Biznes-reja omonatchilar tasdig'idan o‘tgan taqdirda (hissadorlik
jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga
asos bo‘ladi. G‘arbdagi hamma firmalar o‘z faoliyatini juda aniq
rejalashtiradi va biznes-rejani ishlab chiqishda maxsus talablarga
asoslanadi. Odatda, uning hajmi 40 betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi
raqobatli sohalarda, ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin
boTganda to‘liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti qabul qilinadi
(4-10 bet). Ayrim hollarda biznes-reja o‘zlari foydalanish uchun
kichikroq va kattaroq hajmda «Tashqi» varianti (bank, sarmoyalar,
ta’minlovchilar va iste’molchilar uchun) tuziladi. Bunday hajmdagi
rejalarga aniq misollar, hisoblar, ko‘rgazmalar ilova qilib kiritiladi.
Biznes-reja bir necha muhim vazifalami bajaradi. Biznes-rejani
tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorlikni puxtalik bilan
o'ylashga va o‘z ishini turli nuqtayi nazardan tahlil qilishga, haqiqiy
imkoniyat va qiyinchiliklami baholashga majbur qiladi.
Uchinchi vazifa -
nazorat.
Qog'ozda bayon qilingan reja kelgusi
nazoratlarda va erishilgan natijalami baholashda har doim ishlatilishi
mumkin. U korxona faoliyatini kelgusida yaxshilashga asos bo‘lib
xizmat qiladi.
To‘rtinchi, asosiy vazifa -
jamtrish.
U boshqa jismoniy va yuridik
shaxslardan pul mablag‘lami jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes-
reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadomi hamda
iste’molchini, ta’minlovchilami ushbu korxona bilan (ishbilannon)
tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak.
Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy
qismlari aniq belgilanmagan.
Asosiy yo‘nalishni saqlagan holda, boshqa bo'limlarga axborotni
ko'chirish yoki ulami birlashtirish hisobiga bo‘limlar soni kam bo‘lishi
mumkin.
Masalan: «Kichik biznes rejalarida» bozor tahlili va «Marketing
tahlili», shuningdek, «Mahsulot» va «Texnologiya» bo‘limlarini
birlashtirish mumkin. Kichik biznes-rejada raqam amallari ustunlik
qilishi mumkin, kengaytirilgan biznes rejada esa olingan va olinadigan
ko‘rsatgichlar tahliliga og‘zaki yondashishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Korxonaning tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning
aniq sxemasi, uning tarkibi va bayoni, hajmi, axborot ustunligini
tanlashda quyidagi omillarga e’tibor beradi:
-
korxona statusi va katta-kichikligi (kichik biznes, o‘rta, katta);
-
rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni
yangi ishlab turgan korxona faoliyatining davomi);
-
rejaning maqsadli yo‘nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va
sarmoya olishga; unisiga ham bunisiga ham);
-
biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu
masalalami ishlab chiqishdagi iborasi;
-
kerakli ma’lumot (aksenti) va axborotning borligi;
-
boshqa mutaxassislaming yordamiga muhtojligi va boshqalar.
Ammo biznes-reja mukammal yoki oddiyligidan, katta yoki
kichikligidan qat’i nazar biznesning mohiyatini aks ettiradigan zarur
bilimlami o‘z ichiga oladi.
Biznes-rejaning asosiy bo‘limlarining mazmuni quyidagilardir.
Biznes-reja kirish qismidan boshlanishi, ya’ni imda qisqacha
ma’lumotnoma yoki tushuntiruv yozuvi boiishi kerak. Potensial hamkor
turli xil ishbilarmonlik tuzilmalaridan hamkorlik qilish uchun ko‘plab
takliflar olishi mumkin. Shuning uchun u, birinchidan, biznes-rejaning
berilishi bilan qisqacha tanishishi kerak. Boiim hajmi 3-5 betni tashkil
qiladi.
Biznes-reja kirish qismining mustaqil ahamiyati ham bor. Ba’zida
bu hujjatdan bank yoki investitsiya fondidan mablag* olishda qisqacha
ma’lumotnoma sifatida foydalaniladi. Bunda quyidagi savollar ko‘zda
tutilishi kerak:
A.
Korxona haqida ma’lumot. Korxona nomi va uning joylashgan
yen, korxonannig tashkil etilganligi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Korxonaning mulk shakli (davlat, xususiy, jamoa qo’shma) va yuridik
shakli (masalan: kichik korxona, hissadorlik jamiyati, qo'shma korxona
va boshqalar) ko‘rsatiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki
xizmatlar nomlari va asosiy raqobatchilar haqida qisqacha ma’lumot
beriladi. Korxona boshqaruv tizimi bayon qilinadi.
B.
Faoliyat turlari, maqsadi va mo'ljali. Odatda korxona ma’lum soha
bo’yicha ishlashi kerak, ammo bir necha sohada faoliyat ko‘rsatishi ham
mumkin. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish, ta’mirlash va qurilish
ishlari, mahsulot ishlab chiqarish va o‘z mahsulotini sotish bo‘yicha
tijorat faoliyati va boshqalar. Tushuntirish yozuvining bu qismida
ishbilarmon o‘z korxonasining faoliyati, maqsadini va ularga erishish
yo’llarini ko'rsatishi kerak.
V. Kerakli mablag’ga bo'lgan ehtiyojning qisqacha bayoni. Bu
bo'limda ishbilarmon o’zining amaldagi mablag’lariga baho beradi va
kerakli qo’shimcha pul vositalariga muhtojligini isbotlaydi.
G. Rejalashtirilgan foyda va loyiha rentabelligi. Biznes-rejaning
asosiy maqsadi, shundan iboratki, ishbilarmon pul mablag‘larini
oladigan yuridik shaxsda o'ziga nisbatan yaxshi taassurot qoldirishi
kerak. Buning uchun u: 1) qaysi yo‘l bilan foyda olinishi; 2) uning
mahsuloti xuddi shunaqa mahsulotlardan qanchalik afzal ekanligini
ko'rsatishi kerak. Dalil sifatida quyidagi raqamlami keltirish lozim:
•
ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sotish yo‘llari;
■ bir mahsulotga ketgan xarajatlar;
•
yalpi daromad va foyda;
•
ketgan mablag‘laming o‘zini qoplash muddati, ketgan mablag‘ va
material sarflaming qaytish muddati va foizlar.
Dostları ilə paylaş: |