Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b





 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
Turkiy filologiyaga kirish 
ma`ruza matni 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
ANDIJON-2015 



1-mavzu: «Turkiy filologiyaga kirish» kursining predmeti va mazmuni
R e j a: 
1.“Turkiy filologiyaga kirish” kursining vazifasi, mazmuni, ahamiyati. 
2. “Turkiy filologiyaga kirish” fani doirasida o‘rganiladigan masalalar. 
3. Turkiy tillar oilasi. 
4. “Turk” etnonimi va uning etimologiyasi. 
5. Turkiy tillar va xalqlar, ularning soni, yashash hududlari. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Tillar oilasi, turkiy tillar oilasi, jonli va o'lik tillar, turkologiya
turkiy filologiya. 
Turkologiyaning asosiy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini shu til egalari tarixi bilan 
bog'lab o'rganish masalasidir. Mazkur muammoni to'g'ri va muvaffaqiyatli hal qilinishi turkiy 
tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi hamda lug'atlarini yaratish imkonini beradi. 
Davlat tili haqidagi qonunning 19-bandida: «O'tmishning ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, adabiy-
badiiy, madaniy va ilmiy merosini keng targ'ib qilish va chuqur o'rganish uchun o'zbek xalqining 
tarixiy-madaniy yodgorliklari asl nusxada nashr etilishi ta'minlanadi»,-deyiladi. 
Turkiy xalqlarning etnik tarkibi murakkab va xilma-xildir. Hatto, turkiy xalqlarning alohida 
qismlari (bulgor, qipchoq, qorluq va hokazo) o'rtasida ham til tafovutlari mavjud. Lekin turkiy tillar 
geneologik va tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin bo’lgan tillar oilasini tashkil qiladi. 
Tilshunos olimlarning keyingi ma'lumotlariga ko'ra dunyoda kishilar 5600 xil til va dialektlar 
vositasida aloqa qilishar ekan. M; Sudan aholisi 117 tilda, Dog'istonda 100 dan ortiq tillarda muloqot 
qilishar ekan. Kongoda 500 ta, Indoneziyada 250 ta til mavjud. Hindistonda to'rt uzvdan iborat 
ekzogloss lisoniy holat mavjud. 1) mahalliy tillar: 2)hududiy tillar, 3) makrovositachi til: 4) diniy 
yoki kasbiy til.' Shuning uchun ham tilshunoslikda tillar til oilalariga ajratiladi. 
O’zaro o'xshashligi kelib chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan tillar guruhi 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə