Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
46
BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIDA TARBIYANING ROLI
S.S. Ismatova
1
, H.M. Shokirova
2
Maqolada tarbiya va bola shaxsining rivojlanishida
tarbiyaning roli haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar:
tarbiya, ta’lim, maktabgacha ta’lim, mehnat, o’yin, mashg`ulot.
Tarbiya - inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya
- aniq maqsadlarni ko`zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib
toptirishi yo`lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya
ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan
belgilanadi. Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida
insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o`zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu
xilma-
xil faoliyat turlarida ro`y beradi. Natijada bola o`zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy
munosabatlari sistemasiga kiradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish tajribasi
uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir
tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo`lgan
insoniy tajribani o`zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani
o`zlashtirish usullarini hali egallamagan bo`ladi. Tarbiya va ta’lim
jarayonida katta
yoshli odam bolaga tushunarli bo`lgan mazmunni tanlaydi, uning o`zlashtirishiga
rahbarlik qiladi, bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan
belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo`shqinligi hisobga
olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o`zi doimiy bo`lib qolmaydi. U
o`zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o`zgaradi,
o`sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko`rsatish usullari tobora xilma-xil bo`lib boradi.
Tarbiyaning o`zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan
bog`liq bo`lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko`nikmalar, faoliyat turlari
va hokazolarni o`zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo`lishi bilan ajralib
turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni
o`zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo`lgandan
keyin tushunchalar
darajasidagi bilimlarni o`zlashtirish; buyum asosidagi o`yin, mehnat faoliyatining
vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta’lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga
asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini
olg`a harakatlantiradi. Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o`tadi.
Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog`liq bo`ladi, avval erishilgan
bosqich yanada yuqoriroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo`shiladi. Ilk yosh
bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga
ega bo`ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan
oxirigacha tarbiyaning o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda
tarbiyaning hal qiluvchi roli ko`zi ojiz va kar bolalar uchun mo`ljallangan jamoat
muassasalarida ayniqsa, aniq namoyon bo`ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan
tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning
eng oddiy turlari uning
shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini
shakllantirishning asosi hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan
muomalasining eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo`lgan ehtiyojini rivojlantiradi,
tasavvurlarini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning
faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib
qo`yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog`liq bo`ladi. Hayotning dastlabki yillarida
kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o`z ichiga oladigan
yo`l-yo`riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo`ladi. Tarbiyachilar
bolalar bilan muomalada bo`lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar.
1
Ismatova Sayyora Sobir qizi
- Shofirkon tuman 39-son davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston).
2
Shokirova Hikoyat Muhammmadovna
- Shofirkon tuman 30-son davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
47
Shunday yo’l bilan bolalar o`ziga xos buyumlar bilan bog`liq faoliyatni egallaydilar.
Bunda muomalaning o`zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.
Buyumlar bilan bog`liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta’lim
muassasasida ham bir va ikki yoshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi,
chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor
sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida
buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to`g`risida dastlabki
bilimlarni o`zlashtiradilar, bola ikki yarim yoshga to`lganda buyumlar bilan bog`liq
faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o`yin
va tasviriy
faoliyatga o`tish uchun asos yaratiladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatining mazmuni xilma-xil
bo`ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O`yin xayolni
rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to`g`risidagi bilimlarni
chuqurlashtirishga,
shaxsning
jamoatchilik
xususiyatlarini
shakllantirishga
ko`maklashadi. Muntazam mehnat topshiriqlari o`z faoliyatini jamoat manfaatlariga
bo`ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan
quvonish ko`nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Mashg`ulotlardagi
eng oddiy
o`quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni
o`zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko`nikmalarni shakliantirishga yordam
beradi. Agar 3-4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi
aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar
va munosabatlarni o`zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga
hamda eng oddiy
tushunchalarni shakliantirishga qaratilgan bo`ladi, bu esa bolalarda tushunish
tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O`zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy
qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o`yinlarda va mehnatda qo`llaydilar. Bularning hammasi
bola shaxsining rivojlanishi ga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga
qiziqishni shakllantiradi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg`otib, yangi xulq-atvor
sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.
2.
Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ//
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
©
S.S. Ismatova, H.M. Shokirova
, 2022.