Bolalar nutqda nuqsonlarining kelib chiqish sabablar va ularning tasnislanishi



Yüklə 190,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#87665
  1   2
bolalar-nutqda-nuqsonlarining-kelib-chiqish-sabablar-va-ularning-tasnislanishi



BOLALAR NUTQDA NUQSONLARINING KELIB CHIQISH SABABLAR 
VA ULARNING TASNISLANISHI
 
Arofatxon Abdusamatova 
Faridaxon Abdujalilova 
Andijon shahar 40-IMTT 

Annotatsiya: 
maqolada
 
nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar nutqini о’rganish. 
Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullarini, logoped, tarbiyachi 
va ota-onalar bilan suhbat о’tkazish. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni 
tekshirish. Duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini rivojlantirishni takomillashtirish 
hamda tasniflash haqida bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
ontogenetik rivojlanish, o‘ziga xos jins va yosh xususiyatlari, 
alaliya, afaziya, rinolaliya, nevrotik duduqlanish, nevrozsimon duduqlanish, kognitiv, 
kognitiv va affektiv jabhalar, genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillar, diagnostikasi va 
korreksiyasi jarayonlari, fonetik, leksik va grammatik vositalar. 

CAUSES OF CHILDREN'S SPEECH DEFICIENCIES AND THEIR 
RECOGNITION 
 
Arofatxon Abdusamatova 
Faridaxon Abdujalilova 
Andijan city 40-SPO 
 
Abstract:
To study the speech of children with speech problems in the article. 
Conversations with speech therapists, educators and parents on ways to develop 
independent speech in children with stuttering. Independent speech testing in stuttering 
children. Describes the improvement and classification of stuttering children’s 
independent speech development. 
Keywords:
Ontogenetic development, specific gender and age characteristics, 
alalia, aphasia, rhinolalia, neurotic stuttering, neurotic stuttering, cognitive, cognitive 
and affective aspects, genetic, social and personal factors, diagnostic and correction 
processes, phonetic, lexical and grammatical tools. 
 
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga 
ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan 
biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga 
nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor 
vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
229


tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda 
ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risida Qonuning I-bob 3-moddasida:
- davlat ta’lim talablari - ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga 
oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, 
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; 
- tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har 
tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va 
dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; 
- ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy 
ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka 
hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli 
jarayon. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuning II-bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor 
(sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga 
muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta 
va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka 
tartibda ta’lim oladi [1]. 
Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga 
g’amxо’rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini 
olishga imkon beradi. Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi 
qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib 
ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan 
sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali 
takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik 
omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, 
axloq ta‘limtarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari -
Qutadg’u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. 
Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan 
fikrlarini uqtiradilar [2]. 
Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. 
Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy 
aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar 
sistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, 
ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi 
orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari 
aniq va tо’g’ri bо’lishi kerak. 
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki 
tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо’pchilik olimlar 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
230


nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda 
fiqomulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining 
nutq buzilishlarini о’rganish borasida qо’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri 
bо’lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig’ilgan 
tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. 
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) 
E.Freshels, S.M.Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni 
kо’p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо’ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning 
alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о’rtasidagi bog’lanish, 
bunday xollarda nutq buzilishlari kо’pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida 
talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо’z yasovchi 
elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо’llanilgan. Tasniflar о’rtasida 
buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni 
tasniflashning muhimlik darajasiga bо’lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar 
bilan bog’liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi [3]. 
Mutaxassislar nutqning o‘z vaqtida rivojlanmasligi yoki keskin sekinlashuvining 
sabablari juda ko‘p ekanligini aniqlashgan: 
-
Homiladorlik davri (perinatal davri); 
-
Tug‘ruq davri (natal davri); 
-
Tug‘ruqdan keyingi davr (postnatal davr). 
Homiladorlik davrida turli xil kasalliklarni boshdan kechirish, turli xil 
infeksiyalar, intoksikatsiya, homila toksikozi, gepoksiya yoki kislorod yo‘qotish, qon 
bosimining oshishi, homilador ayol va homila qon guruhining mos kelmasligi. 
Homiladorlik paytida sigaret, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste'mol kilish, o‘z-
o‘zini davolash, ya'ni ayrim dori-darmonlarni qabul qilish. Homiladorning homila 
uchun xavfli bo‘lgan joylarda ishlashi (radiatsiya). 
Tug‘ruq davrida akusherlik patologiyalari ya'ni, tos suyagining kichkinaligi, 
homilaning kindik o‘qiga o‘ralishi. Tug‘ruqdan oldin suv ketishi, homilaning noto‘g‘ri 
joylashishi, tug‘ruq jarayonida bosh miyaning jarohatlanishi, tug‘ruq jarayonidagi 
asfiksiya natijasida bolaning ko‘karib tug‘ilishi. 
Tug‘ruqdan keyingi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bosh miyadan 
turli xil jarohatlarni olish, bosh miyadagi infeksiyalar, turli xil yuqumli kasalliklar 
sababli yuzaga keladi. 
Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va eshitish 
idroki tekshirib olinadi. Nutq nuqsonlari og‘ir-yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi. 
1. Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a'zolari normal innervatsiyasida yuzaga 
kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba'zan 
fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
231


2. Dizartriya - bu artikulyatsion apparat a'zolari innervatsiyasining organik 
jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning 
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng 
tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya'ni 
tarang falajlanishda bo‘ladi. 
3. Alaliya - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan 
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, bu tashxis eshitishi va zakovati me'yorda bo‘lgan shaxslarga 
qo‘yiladi. 
Alaliya nutqning 3ta komponenti rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladi. 
1. Afaziya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida shakllangan 
nutqning yo‘qolishi. Bolalar afaziyasi tajribada kam uchraydi. Afaziya asosan 
insultdan keyin uchraydi. Bolalarda esa miya infeksiyalari, miya rivojlanishi davrida 
turli xil kuchli travmalar natijasida yuzaga keladi. 
2. Rinolaliya - bu artikulyatsion apparat a'zolarida tug‘ma yoki orttirilgan 
nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a'zolarida burun, burun halqum 
sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi 
turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq 
nuqsonlari hisoblanadi. 
3. Duduqlanish - bu og‘zaki nutq jarayonida artikulyatsion apparat a'zolari 
muskullarining tortishishi sababli og‘zaki nutqning tempritmik o‘zgarishi natijasida 
yuzaga keladi. 
Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 
1. Nevrotik duduqlanish (logonevroz) bolaning kuchli ruhiy kechinmalari, stress, 
depressiya, qo‘rquv, haddan tashqari qattiqqo‘llik, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga 
o‘rgatish, oiladagi ikki tillilik, duduqlanuvchiga taqlid qilish natijasida. 
2. Nevrozsimon duduqlanish - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi, bosh 
miyadagi turli xil o‘simtalar , dizartriya, tayanch harakat a'zolari kasalliklari, DSP 
natijasida. 
Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy 
ta'sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan 
muloqotga kirisha olmaydi. 
Nutq nuqsonlari quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi: 
1. Gugulash davri (3 oylikdan); 
2. 1 yosh 6 oylikda 10-15 ta so‘z; 
3. 2 yoshda 300 ta so‘z; 
3. 3 yoshda 1000 ta so‘z; 
4. 6-7 yoshga kelib 4000 dan 5000 gacha so‘z lug‘at boyligida bo‘lishi lozim. 
Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari: 
1. Artikulsiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar; 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
232


2. Logomassaj (nuqtali , bo‘shashtiruvchi, tetiklashtiruvchi massaj); 
3. Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida); 
4. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar [4]. 
Hulosa qilib aytganda bu nuqson qо’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining 
muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi. Logoped tavsiyalarida
 
bolaning nutqi 
kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotganini, duduqlanayotganini 
sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat 
qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali bartaraf etiladi. 

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə