Boʻlimlar
Koʻzlangan maqsad va erishilgan natijalar
Ta’lim sifatini baholash boʻyicha oʻquv safari
Sinov kurslarini amalga oshirish
GE-UZ yozgi oʻquv kurslari
GISCA Konferensiyasi
GE-UZ haqida qisqacha
Tempus GE-UZ loyihasi yakuniga yetib borar ekan,
bizni loyihaning bajarilgan ishlari, maqsad va
vazifalari, erishilgan natijalari hamda asosiy faoliyati
haqida toʻxtalib oʻtishga, loyiha davomida erishilgan
natijalarni tanqidiy tahlil qilgan holda kelgusidagi
vazifalarni diqqat bilan rejalashtirishga undamoqda.
Loyihaning maqsad va vazifalari etib quyidagilar
belgilangan edi:
Geoinformatika boʻyicha magistratura
mutaxassisligini tashkil qilish;
mazkur mutaxassislikda ta’lim beradigan
malakali oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish;
barqaror ta’lim tarmogʻini barpo etish;
Oʻzbekistonning barqaror rivojanishiga oʻz
hissasini qoʻshish.
Geoinformatika fazoviy ma’lumotlar zarur boʻlgan
muhandislik-qurilish, avtomobil va temir yoʻl
qurilishi, shahar va qishloq joylarini loyihalash,
atrof-muhit monitoringi, yerdan foydalanish va
boshqarish, kadastr, konchilik, tabiiy resurslarni
boshqarish
va
qishloq
xoʻjaligini
barqaror
rivojlantirish
kabi
sohalardada
qoʻllaniladi.
Geografik axborot tizimi (GAT) barqaror rivojlanish
uchun qaror qabul qilishda juda muhim vosita
hisoblanadi, chunki u qaror qabul qiluvchilarni
fazoviy ma’lumotlarni baholash va tahlil qilish
uslublari orqali olinadigan axborot bilan ta’minlay
oladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston GAT yordamida
bir qator muammolarni samarali hal etishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab oʻtilgan maqsadlarga erishish
hamda ishlab chiqarishning mazkur soha kadrlariga
boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun Tempus GE-
UZ loyihasi konsorsiumi (Oʻzbekistondan 4 ta OTM,
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Geodeziya va
kartografiya milliy markazi, “Geoinformkadastr”
davlat unitar korxonasi va Yevropaning 4 ta
OTMlari) quyidagi vazifalarni amalga oshirishni
belgilab oldilar:
ehtiyojlar tahlili;
ta’lim sifatini baholash qoʻllanmasini yaratish;
yangi oʻquv rejani ishlab chiqish;
akkreditatsiyadan oʻtkazish/litsenziyalash;
ta’lim olishni boshqarish tizimini ishga tushirish;
ta’lim
metodologiyasi
va
AKT
boʻyicha
seminarlar oʻtkazish;
ma’lumotlarni
toʻplash
usullari
va
geoma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini
yaratish boʻyicha seminar-treningni oʻtkazish;
fazoviy
tahlil
boʻyicha
seminar-treningni
oʻtkazish;
oʻzbek tilida 8 ta yangi oʻquv qoʻllanmani ishlab
chiqish;
oʻquv qoʻllanma boblarining ingliz tilidagi tavsifi;
4 ta kompyuter laboratoriyalarini tashkil qilish;
zamonaviy geodezik asbob-uskunalarni xarid
qilish;
zamonaviy texnologiyalarni oʻrganish boʻyicha
dala trening mashgʻulotlarini oʻtkazish;
magistratura dasturining sinov bosqichida
tahliliy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali dasturni
takomillashtirish;
magistraturaga talabalarni jalb etish;
ta’lim sifatini baholash boʻyicha oʻquv safarini
Evropa OTMda oʻtkazish;
GAT boʻyicha yozgi oʻquv kursini oʻtkazish;
GISCA’15 xalqaro konferensiyani hamkorlikda
oʻtkazish:
Deyarli barcha vazifalar amalga oshirilib, nihoyasiga
yetkazildi.
Loyihaning asosiy maqsadi Oʻzbekistondagi hamkor
OTMlarda
Bolonya
jarayonining
magistratura
bosqichiga mos Geoinformatika boʻyicha yangi
mutaxassislikni ishlab chiqishdan iborat edi. Mazkur
yangi magistratura mutaxassisligida ta’lim olayotgan
talabalar uchun sohaga oid quyidagi 8 ta yangi
oʻquv qoʻllanmal ishlab chiqildi:
1. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
2. Masofadan zondlash
3. Fazoviy ma’lumotlar modellari
4. Ma’lumotlarni olish va integratsiyalash
5. Geoma’lumotlar bazasi va arxitekturasi
6. Kartografiya va Geovizualizatsiya
7. Fazoviy tahlillar
8. Loyihani tashkil etish va boshqarish
Ta’lim sifatini baholash boʻyicha oʻquv safari joriy
yilning aprel oyida boʻlib oʻtdi va yakuniy ikkita
tadbir May oyining ohirida amalga oshiriladi, ular
haqida quyida toʻliqroq ma’lumot berilgan.
The
GE
-
UZ
GE
oinformatika
:
OʻZ
bekistonda barqaror rivojlanishga
erishish
www.ge-uz.eu & www.geoinformatics.uz
GE-UZ Axborotnoma № 6, May 2015
TEMPUS GE-UZ project
530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV
Ta’lim sifatini baholash boʻyicha
oʻquv safari
Magistratura
dasturini
muvaffaqiyatli amalga
oshirishni qoʻllab-quvvatlashda juda muhim omil
boʻlgan ta’lim sifatini baholash boʻyicha trening
kursi Buyuk Britaniyaning Grinvich Universitetida
(Dr. Fakhar Khalid va Dr. Mike McGibbon
boshchiligida) tashkil etildi.
Mazkur
trening
kursning
asosiy
maqsadi
magistratura dasturini muvaffaqiyatli tashkil etish
va davom ettirishning nazariyasi hamda amaliyoti
haqida ma’lumot berish va qisqacha tahlil qilishdir.
Trening kurs quyidagi mavzularni qamrab oldi:
1.
Buyuk Britaniya va Yevropada ta’lim sifatini
baholashning muhimligi:
Buyuk Britaniya va Yevropada sifatni
baholash jarayonining tahlili;
ta’lim olish va sifat boʻyicha direktorning
universitetdagi roli;
talaba tajribasini oshirish uchun sifatni
baholash mezonlari.
2.
Sifatni baholash amaliyotda:
Mavjud namunaviy dasturlarning sifatini
baholash jarayonini oʻrganish;
Magistrlik dasturi rahbarining dasturni
rivojlantirishdagi roli va ma’suliyati.
3.
Sifatni baholash dasturni amalga oshirish va
muvofiqlashtirishda:
Kurs rahbari (fanga ma’sul oʻqituvchi)ning
dasturni
rivojlantirishdagi
roli
va
ma’suliyati;
muvofiqlashtirish jarayonlari bilan bogʻliq
hujjatlashtirish;
namunaviy
dasturni
muvofiqlashtirish
jarayoniga nazar.
4.
Magistratura dasturini muvaffaqiyatli amalga
oshirish:
Kurs (fan)ni baholab borish;
dastur va kurs monitoringi hisobotlari;
davriy hisobotlarning muhimligi (namunali
va ilgʻor tajribalar).
Sinov kurslarini amalga oshirsh
Sinov kurslari loyiha doirasida ishlab chiqilgan oʻquv
qoʻllanmalarni oʻqitish asosida milliy hamkor
OTMlar (OʻzMU, TAQI, TIMI va QDU) da 2015 yilning
1-martdan 31-mayiga qadar amalga oshirilishi
rejalashtirilgan. Rejaga koʻra, har bir kursda kamida
uch nafar talaba qatnashadi va umumiy hisobda
barcha hamkor universitetlardan jami 24 nafar
magistr va bakalavr talabalar ishtirok etadi.
GE-UZ yozgi oʻquv kurslari
Tempus loyihasi doirasida zamonaviy geodezik
asboblar jumladan, 8 ta elektron taxeometr, 4 ta
GNSS rover va bazaviy stansiyalar, bir necha qoʻl
GPSlari, 1 ta Trimble TX5 uch oʻlchamli lazer skaneri,
8 ta avtomatik nivelir va 8 ta lazerli masofa
oʻlchovchi asboblar xarid qilindi. Mazkur asbob-
uskunalarning amalda qoʻllanilishi boʻyicha 2015-
yilning 10-16 may kunlari Toshkent Irrigatsiya va
melioratsiya institutida yozgi oʻquv kurslari tashkil
etilmoqda. Mazkur yozgi oʻquv kurslari 2 ta asosiy
mavzuga yoʻnaltirilgan:
1.
Uch oʻlchamli lazerli skanerning qoʻllanilishi
Soʻnggi yillar davomida fazoviy ma’lumotlarni
toʻplash uchun havodan va yerdan turib lazerli
skanerlash keng qoʻllaniladigan vositaga aylanib
bormoqda. Bugungi kunda uch oʻlchamli lazer
skaner raqamli relef modelini yaratishda, oʻrmonlar,
uzluksiz infratuzilma, sanoat tizimi va tarixiy
binolarni tekshirishda hamda hujjatlashtirishda
muntazam ravishda qoʻllanilib kelinmoqda. Biz
mazkur kursda oʻz diqqatimizni uch oʻlchamli lazer
skanerni
tarixiy
binolarni
tadqiq
etishga
qaratmoqchimiz.
Tarixiy
binolarni
hujjatlashtirishdan
asosiy
koʻzlangan
maqsad
ularning tabiiy omillar ta’sirida yemirilishi, inson
TEMPUS GE-UZ project
530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV
ta’siri ostida buzilishi yoki vaqt oʻtishi bilan xarobaga
aylanishidan oldin uning uch oʻlchamli modelini
yaratish hisoblanadi.
Uch oʻlchamli lazer skanerni ishlatishni oʻrgatishdan
koʻzlangan maqsad binolarning uch oʻlchamli
modelini yaratish uchun qatnashuvchilarda yerdan
turib lazerli skanerlashning nazariy bilim hamda
amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Bu kurs davomida qatnashuvchilar yerdan turib
lazer skaner asbobi orqali olingan ma’lumotni qayta
ishlashga
moʻljallangan
dasturning
asosiy
tamoyillari bilan tanishadilar. Shuningdek, ma’lumot
olish va qayta ishlash koʻniklamalarini oshiradilar.
Shu maqsadda, biz, Baroqxon madrasasi tarixiy
binosini skanerlab, uning uch oʻlchamli modelini
yaratmoqchimiz. Bu ishdan kutilayotgan natija
binoni uch oʻlchamli modelini hujjatlashtirish va
qisqa matnli tavsiflashdan iborat.
Kursni muvaffaqiyatli tugatgan qatnashuvchilar
lazer skanerni ishlatish tamoyillari haqidagi
tushuncha va bilimlarga, shuningdek, lazerli
skanerni turli muhandislik ishlarida qoʻllash, olingan
ma’lumotlarni maxsus dastur orqali qayta ishlash
koʻnikmalariga ega boʻladilar.
“Uch oʻlchamli lazerli skanerning qoʻllanilishi”
kursida qatnashish uchun qatnashuvchi geodeziya
kursini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan va kompyuter
dasturlarida ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi shart
hisoblanadi.
2.
GATning
atrof-muhitni
boshqarishda
qoʻllanilishi
Dunyoda sodir boʻlayotgan atrof-muhit bilan bogʻliq
muammolar,
ularni
bartaraf
qilish
boʻyicha
choralarni aniqlashni yoki yangi infratuzilma
loyihalar natijasida ekotizimga boʻlayotgan salbiy
ta’sirlarni
kamaytirishga
qaratilgan
chuqur
oʻylangan yechimlarni ishlab chiqishni talab
etmoqda.
Atrof-muhitimiz
mantiqan
fazoviy
oʻlchamga egaligi uchun geografik axborot tizimini
qoʻllash bunday yechimlar uchun raqamli asos
sifatida uzoq an’anaga ega.
Mazkur yozgi oʻquv kursida biz atrof-muhitni
monitoring va tahlil qilish, atrof-muhitda yuz
beradigan oʻzgarishlarni va salbiy natijalarni fazoviy
va
vaqtli
oʻlchamlarda
tasvirlash
usullarini
oʻrganamiz. Yozgi oʻquv kursining birinchi qismi
fazoviy tahlil texnikalari, masofadan zondlash va
fazoviy statistikaning atrof muhitga bogʻliq asosiy
tushunchalariga bagʻishlangan boʻlsa, ikkinchi qismi
mahalliy ma’lumotlardan foydalanishning kompleks
amaliy tadqiqotlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Ma’ruza darslarining oʻqitilishi hamda uning
toʻgʻridan-toʻgʻri
laboratoriya
mashgʻulotida
koʻrsatilishi natijasida nazariyaning amaliyotda
qoʻllanilishi yorqin misollar bilan tushuntiriladi.
Kursning asosiy maqsadi qatnashchilarni GATning
fazoviy tahlil usullarini atrof-muhitni boshqarish
masalalarida qoʻllashga qaratilgan amaliy va
metodologik koʻnikmalarini oʻrgatishdir.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan qatnashuvchilar
GAT
va
masofadan
zondlash,
GPS/GNSS
tushunchalari, ma’lumot olish usullari hamda atrof-
muhit oʻzgarishlarida qaror qabul qilish uchun
fazoviy tahlil usullari haqidagi bilimlarga ega
boʻladilar.
“GATning atrof-muhitni boshqarishda qoʻllanilishi”
kursida ishtirok etish uchun qatnashuvchilar
GATning asosiy tushunchalarini bilishlari, ArcGIS
dasturining qoʻshimcha dasturlari bilan ishlash
koʻniklmarini namoyon qila olishlari kerak. Agar
qatnashuvchilarda ESRI Virtual Campus onlayn kursi
sertifikatlari boʻlsa bu ularga qoʻshimcha imtiyozni
beradi.
Kurs oʻtkazish joyi: Ushbu yozgi kurs Toshkent
viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan
TIMIga qarashli oʻquv-tajriba xoʻjaligida (Toshkent
shahridan taxminan 50 km uzoqlikda joylashgan)
oʻtkaziladi
va
atrof-muhitga
oid
ba’zi
bir
muammolar tahlil qilinib uning GAT kartasi tuziladi.
Yuqorida ta’kidlab oʻtilgan kurslar uchun quyidagi
ma’sul oʻqituvchilar tasdiqlagan:
TEMPUS GE-UZ project
530808-TEMPUS-1-2012-1-HU-TEMPUS-JPCR Tempus IV
Oʻquv kurslari rahbari - Ilhomjon Musaev, TIMI
Uch oʻlchamli lazerli skanerning qoʻllanilishi:
TIMI oʻqituvchisi: Utkir Shermanov, Oʻzbekiston
Qirollik Texnologiya Instituti (KTH) oʻqituvchisi:
Milan Horemuz, Shvetsiya
GATning atrof-muhitda qoʻllanilishi:
TIMI
oʻqituvchisi:
Sherzod
Raxmonov,
Oʻzbekiston
Zalsburg Universiteti (PLUS) oʻqituvchsii:
Kristofer Traun, Avstriya
GISCA Konferensiyasi
ACA*GIScience
(Qirgʻiziston),
Tempus
GE-UZ,
mahalliy tashkilotchi sifatida TIMI va Zalsburg
Universitetidan Z_GIS kafedrasi bilan birgalikda “Yer
va suv resurslarini geofazoviy boshqarish” shiori
ostida 2015 yilning 14-16 may kunlari GISCA’15
xalqaro konferensiyasini oʻtkazmoqda.
Ingliz tilida oʻtkaziladigan mazkur anjumanning
asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va
xorijiy
davlatlardagi Geoinformatika sohasidagi professor-
oʻqituvchular,
ilmiy
tadqiqotchilar
va
mutaxassislarni birlashtirish orqali GAT ta’limida
xalqaro hamkorlik va oʻzaro bilim almashinuvini
ragʻbatlantirishdan iborat.
2015 yilda
GISCA “Yer va suv resurslarini geofazoviy
boshqarish tajriba va imkoniyatlari” mavzusiga
bagʻishlangan boʻlib, 3 ta ilmiy yoʻnalish boʻyicha ish
olib boradi:
1. Geografik axborot ilmi konseptual asos
sifatida;
2. Geoinformatika metodologiya sifatida;
3. GAT turli manbalardan olingan ma’lumotlarni
joylashuviga nisbatan bogʻlash uchun ishonchli
vosita – dastur sifatida.
Aynan yuqoridagi yoʻnalishlar atrof-muhit va tabiiy
resurslarni boshqarish hamda tabiiy, texnik va
ijtimoiy
ta’sirlar
orqali
vujudga
keladigan
muammolarni baholash uchun zarur hisoblanadi.
Konferensiyaning asosiy mavzulari quyidagilar:
Atrof-muhitni boshqarishda GAT
Favqulodda vaziyatlarda GAT
Hududni barqaror rivojlantirishda GAT
Tabiiy va madaniy yodgorliklarni boshqarishda
GAT
Biznes va logistikada GAT
Sogʻliqni saqlashda GAT
Geodeziya, kadastr va yer tuzishda yangi
yoʻnalish va texnologiyalar
GAT va ekotizimni modellashtirish
Geoinformatikada ta’lim dasturlari
GAT texnologiyalaridan foydalanish va
oʻqitishda xalqaro hamkorlik
Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi rivojlanishi
Masofadan zondlashning qoʻllanilishi
Konferensiya toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni quyidagi
veb sahifadan olishingiz mumkin:
http://gisca15.aca-giscience.org/home
Konferensiyaning
toʻliq
dasturi
yuqoridagi
vebsaytda keltirilgan.
Axborotnomaning
avvalgi
sonlarini
yuqorida
keltirilgan loyiha vebsaytidan bevosita koʻchirib
olishingiz mumkin.
GE-UZ haqida toʻliqroq axborot olish yoki fikr va
mulohazalarni bildirish uchun:
Prof. Dr. Bela Markus,
GE-UZ TEMPUS loyihasi koordinatori
Gʻarbiy Vengriya Universiteti
Pirosalma koʻchasi 1-3,
Szekesfehervar H-8000
Email: ge-uz@geo.info.hu
yoki
Odil Akbarov
GE-UZ TEMPUS Milliy koordinatori
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Qori Niyoziy koʻchasi 39, Toshkent 100000
Email: odilxon@yahoo.com
Dostları ilə paylaş: |