Boshlang’ich sinflarda bilimlar bellashuvini o’tkazish qoriyeva Nasiba Mamaroziqovna



Yüklə 20,71 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü20,71 Kb.
#86572
maqola 2


BOSHLANG’ICH SINFLARDA

BILIMLAR BELLASHUVINI O’TKAZISH

Qoriyeva Nasiba Mamaroziqovna

Toshkent shahar Yashnobod tumani 339-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda onatili, oqish va matematika fanlaridan o’quvchilar o’rtasida bilimlar bellashuvini o’tkazish taklif qilinmoqda.

Ta’lim rivojida va shakllanishida boshlang’ich sinflarni chuqur bilimga ega bo’lishi poydevor hisoblanadi .Chunki boshlang’ich sinfda olgan bilimlar har bir o’quvchini xotirasida chuqur joy egallaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham bu borada maktab ta'limini rivojlantirish masalalari islohotlarni kechiktirmaslik lozimligini ta'kidlab, "ta'lim-tarbiya — bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak" degan vazifani qo’ydi [1].

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 28- yanvar kuni maktab ta'limini rivojlantirish masalalari bo'yicha video selector yig'ilishida "Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda”ekanligi ta’kidladi.

Yuqori sinflarda fan olimpyadalari va bilimlar bellashuvi bo’lgani kabi boshlang’ich sinflarda ham,masalan, matematika fanidan sinflar kesimida bilimlar bellashuvi o’tkazilsa, o’quvchilarda matematika faniga nisbatan qiziqish yanada ortadi.

Matematika fani o’quvchilarning erkin fikrlashga va ularni kelgusida olgan bilimlarini hayotiy faoliyatda qo’llay olishliri uchun zarur ko’nikma va malakalarini shakllantirib, boshlang’ch matematik ta’limni asosiy vazifalariga aylanishi mumkin. Matematika fanidan boshlang’ch sinflarda masalalar yechish, matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalani yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi. Masalalar yechishning boshlangich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonida muhim rolni o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishi o’ynaydi.

Shunday ekan, matematika fanini boshlang’ich sinflarda rivojlantirish maqsadida matematika fanidan sinflar kesimida bilimlar bellashuvi o’tkazilib tursa maqsadga muvofiq bo’lardi.

Keyingi 20 yil mobaynida mamlakatimiz ta’limida, xususan, o’rta maktab da matematika o’qitish,ayniqsa,boshlang’ich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirmoqda.Ta’lim to’g’risidagi qonun va boshqa farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol dalilidir.

Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.Masalan,o’quvchilarni qabul qilish darajasi har xil, bir o’quvchi mavzuni tez uqib oladi,boshqa o’quvchi esa sekinroq qabul qiladi.Shuning uchun matematik ta’lim bosqichma bosqich olib borilishi kerak va har dars jarayonidan so’ng, o’quvchilarning darajasiga qarab uyda bajarish uchun qo’shimcha material berish lozim.

O’quvchilar o’rtasidagi o’tkaziladigan bilimlar bellashuvi o’quvchilarni o’z tengdoshlari orasida o’z bilimlarini baholashiga imkon beradi.Bu bilimlar bellashuvi avval maktab miqiyosida,keyin tuman,Respublika miqiyosida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Matematika fanini chuqur o’rganish o’quvchilarni Prezident maktablari va Al-Xorazmiy maktablariga kirish imkonini beradi.Matematika fanini chuqur o’zlashtirish iqtidorli bolalarni kopayishiga zamin yaratadi.

Men tajriba sifatida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 339-maktabning 2-sinflar o’rtasida matematika fanidan bilimlar bellashuvi o’tkazdim. Mamlakatimizda bo’lib o’tayotgan pandimeya sababli bu bilimlar bellashuvi onlayn tarzda o’tkazildi.Avval sinf o’quvchilari o’rtasida g’olib bo’lgan 4 nafar o’quvchi saralab olinib, so’ng 5 ta 2-sinflardan eng iqtidorli 4 nafardan o’quvchi saralab olindi.Saralab olingan iqtidorli o’quvchilar maktab miqyosida bilimlar bellashuvida qatnashdilar, o’z imkoniyatlarini sinadilar.

Tajribamiz natijalari shuni ko’rsatdiki,bunday bellashuv o’quvchilarimizni rag’batlantirishga, o’z iqtidorini namoyon etishga xizmat qildi, raqobat muhitini yaratdi.Raqobat bor joyda o’sish bo’ladi.

Bunday bilimlar bellashuvini boshlangich sinflardagi onatili,o’qish fanidan ham o’tkazilsa ta’lim rivojlanishida o’z samarasini beradi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda bilimlar bellashuvini o’tkazilishi matematika, onatili, o’qish fanlaridan o’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilib, ta’lim sifati,rivojiga o’z hissasini qo’shgan bo’lar edi.


Foydalanilgan manbalar:

1.https://kun.uz/53070317- Shavkat Mirziyoev: "maktab ta'limini rivojlantirmasak, yoshlarimiz sharoit bor joylarga ketadi"



2. Jumayev M.E.Tadjiyeva Z.G’.Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. Toshkent – Fan texnologiyasi,2005-yil
Yüklə 20,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə