Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 23,03 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü23,03 Kb.
#81334
AmirxonEshonquloviqtisodiyot3(1)


Toshkent Moliya Instituti “ Buxgalteriya hisobi va audit “ fakulteti

HBA-90 guruh talabasi Eshonqulov Amirxonning

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan bajargan topshirig’i

1-VAZIFA


1

C

2

D

3

A

4

D

5

C

6

A

7

A

8

C

9

A

10

D


11

D

12

D

13

D

14

D

15

C

16

D

17

D

18

B

19

C

20

C


2-VAZIFA

  1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?

  2. Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib bering.

  3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.

  4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard tushuntirib bering.

5.Qo‘shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering.

6. So'nggi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunining mohiyati nima?



JAVOBLAR:

  1. Ishlab chiqarishda qo`llanadigan resurslar; yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga bog`liq, bo`ladi.

  2. «Kapital» - ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mеhnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga kеltiriladigan vositalardir.

  3. Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidirKishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida

kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir). Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o’zi qatnashadi.

  1. Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko’p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan yalpi ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu yaratilgan ja’mi tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo’lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo’ladi, bu esa o’z navbatida, ikki yirik bo’linmalar o’rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko’p korxona va tashkilotlar aholiga turli-tuman xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo’ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat buladi. Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo’yicha talab va takliflar o’rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
    Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi Tahlil qilinadi.
    Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:

1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (S);

2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, Yaьni, ishchilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (V);


3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulqdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (T)dan iboratdir

Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo’lib ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita,ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg’arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot hisoblanadi.



Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladiDemak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan menejerlar, ishchilar, dexqonlar, muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo’shimcha mahsulotdan iboratdir.

  1. Qo'shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir. ishchi va xizmatchilarniig qo'shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulot bo'lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir.

  2. . Rate aktivlar ustidan qaytarib ko'rsatadi Gross yoki kompaniyaning asosiy fondlarning qiymati tomon miqdorini. Hatto Sovet Ittifoqida, u har qanday tashkilotning samaradorligini dalil sifatida qabul qilindi. aktivlari nisbati ustida Qaytish ko'p mol (mahsulotlar) unda investitsiya asosiy mablag'larning ta narxi kompaniyasi ishlab qanday ko'rsatadi, chunki buning hech ajablanadigan yeri yo'q.Bu aktivlar qadriyatlar evaziga asoslangan, chunki ahamiyatga maqsadida, asosiy fondlarni yoki rentabellik (ishlashi ko'rsatkich) ishlab chiqarish uchun amortizatsiya bilan solishtirish mumkin, siz xulosa qanday yaxshi, ayniqsa, kompaniya, deb. Shu maqsadda, qoida, allaqachon bozorda ozod ishlab chiqarish, hajmi bir taqqoslash va mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga jalb etildi asosiy fondlarni, narxi, ishlatiladigan raqamlarni tasdiqlovchi roli. Shundan so'ng, keyin bilan solishtirganda sof foyda summasi, amortizatsiya uchun ajratmalar. Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi.

 
Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə