Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti



Yüklə 27,85 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü27,85 Kb.
#99274
kompyuterli matematik tizimlar

Buxoro davlat universiteti


Axborot texnologiyalari fakulteti
1.1-KIDT-21 guruh talabasi
Salimov Shahzodning
Kompyuterli matematik tizimlar
fanidan yozgan Mustaqil ishi

Mavzu: Zamonaviy matematik tizimlar.

REJA:


  1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi.




  1. MathCAD dasturida pog’onali va uzlukli funksiyalar, matritsalar




  1. Maple paketining asosiy maqsadi va uning imkoniyatlari.




  1. Muloqot tartibida Maple bilan ishlash asosi.

Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi


Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollekцiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega. Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash. Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko’rsatilgan (4.1-rasm): Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek (Grek harflari) – Symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani kiritishda u
kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
• menyu buyrug’idan foydalanib;
• klaviatura tugmalaridan foydalanib;
• matematik paneldan foydalanib.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni
amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda
yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
• kesib olish – Ctrl+x;
• nusхa olish – Ctrl+c;
• qo’yish – Ctrl+v;
• bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.

Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.



Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematik
ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish)
tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text Region
(Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region (Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi. Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametric qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi
Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.
x:=0…5. Bu shuni bildiradiki bu o’zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya’ni x=0,1,2,3,4,5. x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oхirgi sonni bildiradi.
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oхirgi sonni bildiradi.
Izoh! O’zgaruvchi diapazonini ko’rsatishda ikki nuqta o’rniga klaviaturadan (;) nuqta
vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o’zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o’zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o’zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu
qiymatlarni jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlashda diskret o’zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)Cos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo’lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo’lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak:
f(x)=sin(x)Cos(x) x:=0..5 f(x)=javob.
Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni
hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatgichini sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlash
natijasi Result Format oynasi paydo bo’ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir:
• General (Asosiy) – o’z holida qabul qilish. Son eksponenцial ko’rinishda tasvilanadi.
• Decimal (O’nlik) – o’nlik qo’zg’aluvchan nuqta ko’rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 12.5564).
• Skientific (Ilmiy) – son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105 ).
• Engeneering (muхandislik) – sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 1.22*106 ).
Ikki o’lchamli grafik qurish
Ikki o’lchamli funksiya grafigini qurish uchun quyidagi proцeduralarni bajarish kerak.
1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga krestli kursor qo’yiladi.
2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) tugmasi bosiladi.
3.Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abtsiss o’qi argumenti nomi, ordinata o’qigafunksiya nomi kiritiladi.
4.Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. Agar argumentning diapazon qiymati berilmasa, u holda avtomatik holdaargument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha bo’ladi va shu diapazonda grafik quriladi. Grafik formatini qayta o’zgartirish uchun grafik maydonini ikki marta tez-tez sichqonchani
ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o’zgarishlarni qilish kerak.
Agar bir necha funksiyalar grafigini qurish kerak bo’lsa va ular argumentlari har хil bo’lsa, u holda grafikda funksiyalar va argumentlar nomlari ketma-ket vergul qo’yilib kiritiladi. Bunda birinchi grafik birinchi argument bo’yicha birinchi funksiya grafigini va ikkinchisi esa mos ravishda ikkinchi argument bo’yicha ikkinchi funksiya grafigini tasvirlaydi va hakozo.
Funksiya grafigini qurish.
Quyida grafik formati muloqot oynasi qo’yilmalarini beramiz:
1. X-Y Axes – koordinata o’qini formatlash. Koordinata o’qiga setka, sonli qiymatlarni grafikga belgilarni qo’yish va quyidagilarni o’rnatish mumkin:
• LogScale – logarifmik masshtabda o’qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
• Grid Lines – chiziqqa setkalar qo’yish;
• Numbered – koordinata o’qi bo’yicha sonlarni qo’yish;
• Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o’qda avtomatik tanlash;
• Show Markers – grafikka belgi kiritish;
• Autogrid – chiziq setkasi sonini avtomatik tanlash.
2. Trace – funksiya grafiklarini formatlash. Har bir funksiya grafigini alohida o’zgartish mumkin:
• chiziq ko’rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtriхli, Dadot – shtriхli punktir);
• chiziq rangi (Color);
• grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step – pog’onali
grafik va boshqa);
• chiziq qalinligi (Weight);
• simvol (Symbol) - grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to’g’ri burchak, romb).
3. Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi.
4. Defaults – bu qo’yilma yordamida grafik ko’rinishga qaytish mumkin
Uch o’lchamli grafik qurish
Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi proцeduralarni bajarish kerak.
1.Ikki o’zgaruvchili funksiya nomini keyin (:=) yuborish operatori va funksiya ifodasini kiritish.
2.Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi.
3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi bosiladi. Shu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi.
4.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan, 5.Ikki o’zgaruvchili funksiya bo’yicha grafik sirtini qurishni tez qilish maqsadida boshqa usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv sonli qiymatlarini ishlatadi, masalan, 5.6-rasm chap tomon. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak.
1.Diskret o’zgaruvchilar yordamida ikki funksiyaning o’zgaruvchisi uchun ham qiymatlarini kiritish.
2.Massiv kiritish. Uning elementlari funksiya qiymatlari bo’lib, ular berilga funksiya
argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.
3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi.
4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish.
5.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan 4. o’ng tomon.
Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik maydonini ikki marta teztez sichqonchani ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasida kerakli o’zgarishlarni qilishkerak. Bu o’zgartirishlar muloqot oynasi 4.6-rasmda berilgan.
Bunda:
• Surface Plot – grafik sirti;
• Contour Plot – grafik chizig’i darajasi;
• Data Points – grafikda faqat hisob nuqtalarini tasvirlash;
• Vector Field Plot – vektor maydoni grafigi;
• Bar Plot – uch o’lchovli grafik gistogrammasi;
• Patch plot – hisob qiymatlari maydoni.
Bulardan tashqari yana bir qancha boshqarish elementlari mavjud. Ular grafikni formatlashda keng imkoniyatni beradi. Masalan, grafik masshtabini o’zgartirish, grafikni aylantirish, grafikga animatsiya berish va boshqa. 4.7-rasmda uch o’lchamli grafikni formatlash oynasi berilgan.
2. MathCAD dasturida pog’onali va uzlukli funksiyalar, matritsalar.
Pag’onali va uzlukli funksiyalar ifodalarida shartlarni ishlatish:
Funksiyalarni hisoblashda hamma vaqt ham u uzluksiz bo’lavermaydi. Ayri hollarda
uzulishga ega bo’ladigan va pag’onali (ступенчатый) funksiyalarni ham hisoblash kerak bo’ladi.
Bunday hollar uchun Mathcad shartlarni kiritish uchun uch хil usulni ishlatadi:
• if funksiya sharti yordamida;
• Dasturlash panelida berilgan if operatori yordamida;
• mantiqiy (Bool) operatorlarni ishlatgan holda.
Misol tariqasida balkaning egilishida uning siljishini aniqlash masalasini Mora integrali
yordamida hisoblashni qaraymiz.
Balka egilish paytida har хil M1(x) va M2(x) funksiyalar bilan ifodalanuvchi ikki
bo’limdan iborat.
if funksiya shartini ishlatishning proцedurasi quyida berilgan:
1. Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2. Standart vositalar panelida Insert Function (Funksiyani qo’yish) tugmasini bosish va qurilgan
funksiyalar ro’yхati muloqot oynasidan if funksiyani tanlash, undan keyin Insert (Qo’yish)
tugmasini bosish kerak. if funksiyasi shabloni uch kiritish joyida paydo bo’ladi
3. Kiritish joyi to’ldiriladi.
if funksiyasiga murojaat quyidagicha bo’ladi:
if (cond,x,y), bu erda cond – shart (masalan, x>L1),
x va y funksiyaga qaytariladigan qiymatlar. Agar shart bajarilsa, u holda qiymat x ga aks holda y ga yuboriladi. Dasturlash paneli yordamida shartli operatorni kiritish uchun quyidagi prosedurani bajarish kerak bo’ladi:
1. Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2. Matematika vositalar panelidan Programming (Dasturlash) panelini ochib, u erdan
Programming Toolbar (Dasturlash paneli) tugmasi va keyin Add Program Line (Dastur qatorini kiritish) tugmasi bosiladi.
3.YUqoridagi kiritish joyiga (qora to’rtburchakli) birinchi uchastkadagi egilish momenti uchun ifoda yoziladi.
Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish.

4. Dasturlash panelidan If tugmasi (if operatori) bosiladi. Natijada kiritish joyi, qaerga shartni


yozish kerak bo’lgan joy paydo bo’ladi, masalan x5. Pastki kiritish joyiga ikkinchi uchastka uchun egilish momenti kiritiladi va bo’shliq tugmasi
yordamida u ajratiladi.
6. Dasturlash panelidan Otherwise tugmasi bosiladi va shart yoziladi, masalan, x>L1.
Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishda berilgan qo’shiluvchi ifodalar mos mantiqiy
operatorga ko’paytiriladi. Mantiqiy operatorlar bool operatorlar panelidan kiritiladi (Boolean
Toolbar tugmasidan). Bool operatorlari faqat 1 yoki 0 qiymat qaytaradi. Agar shart to’g’ri bo’lsa,
u holda operator qiymati 1, aks holdla 0 bo’ladi. Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishga misol.

Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar



Ayrim o’zgarmaslarga global qiymatni berish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak bo’ladi:
1. O’zgarmas nomi kiritiladi.
2. Matematika panelidan Evaluation Toolbar (Baholash paneli) tugmasi bosiladi.
3. Ochilgan Evaluation (Baholash) oynasidan Global Definition (Global aniqlash) tugmasi
bosiladi yoki Shift+ tugmalari baravar bosiladi. Bunday aniqlanish barcha hujjatlar uchun ta’sir
qiladi, ya’ni barcha hujjatlarda bu qiymatni ishlatish mumkin.
Sonli hisoblashlardan tashqari Mathcad belgili (simvolli) hisoblashlarni ham amalga
oshiradi. Bu degani hisoblashlar natijasini analitik ko’rinishda tasvirlash mumkin. Masalan,
aniqmas integral, differensiallash va boshqa shu kabi masalalarni echishda uning echimini analitik
ko’rinishda tasvirlaydi. Bunday oddiy simvolli hisoblashlar
Simvolli hisoblashlarni bajarish.
Simvolli hisoblashlarni bajarishda ikkita asosiy vosita mavjud:
• Symbolics (Simvolli hisoblash) menyusi;
• Matematika panelidan Symbolic paneli.
Bu vositalar ancha murakkab simvolli hisoblashlarda qo’llaniniladi. Hozir esa oddiy simvolli hisoblashni bajarishning eng sodda usuli, ya’ni tez-tez ishlatilib turiladigan usullardan biri simvolli tenglik belgisi (→) usulini ko’rib chiqamiz. Quyida bu usuldan foydalanishning ketmaketlik tartibi berilgan:
1. Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi bosiladi.
2. Ochilgan panel oynasidan Calculus (Hisoblash) ni tanlab, aniqmas integralni sichqonchada
chiqillatiladi (misol tariqasida aniqmas integral qaralayapdi).
3. Kiritish joylari to’ldiriladi, ya’ni funksiya nomi va o’zgaruvchi nomi kiritiladi.
4. Simvolli belgi tengligi (→) belgisi kiritiladi.
Simvolli hisoblash vositalari Jadval 1
Vosita SHablon Ta’rifi
float • Float, •→ Siljuvchi nuqtani hisoblash
complex • complex, •→ Kompleks son formasiga o’tkazish
expand • expand, •→ Bir necha o’zgaruvchili yig’indi, ko’paytma va
darajani ochish
solve • solve, •→ Tenglama va tenglamalar tizimini echish
simplify • simplify, •→ Ifodalarni iхchamlash
substitute • substitute, •→ Ifodalarni hisoblash
collect • collect, •→ Oddiy yig’indida tasvirlangan palinom ko’rinishdagi
ifodani iхchamlash
series • series, •→ Darajali qatorda ifodani yoyish
assume • assume, •→ Aniq qiymat bilan yuborilgan o’zgaruvchini
hisoblash
parfrac • parfrac, •→ Oddiy kasrga ifodalarni yoyish
coeffs • coeffs, •→ Polinom koifisienti vektorini aniqlash
factor • factor, •→ Ifodalarni ko’paytuvchilarga yoyish
fourier • fourier, •→ Fure to’g’ri almashtirishi
laplace • laplace, •→ Laplas to’g’ri almashtirishi
ztrans • ztrans, •→ To’g’ri z-almashtirish
invfourier • invfourier, •→ Fure teskari almashtirishi
invlaplace • invlaplace, •→ Laplas teskari almashtirishi
invztrans • invztrans, •→ Teskari z-almashtirish
MT→ •
T→ Matritsani transponirlash
M-1 → •
-1 → Matritsaga murojaat
|M| → |•|→ Matritsa determinantini hisoblash
Modifiers Modifier panelini chiqarish
Maple paketining asosiy maqsadi va uning imkoniyatlari.
Maple muhiti 1980 yilda Waterloo, Inc (Kanada) firmasi tomonidan
yaratilgan. Bugungi kunda uning quyidagi versiyalari mavjud: Maple 5, Maple 6,
Maple 7 va hokoza.
Maple da belgili ifodalashlar bilan ishlash uchun asosiysini sxema yadrosi
tashkil qiladi. U belgili ifodalashlarning yuzlab bazaviy funksiya va
algoritmlaridan iborat. Shu bilan birga operator, buyruq va funksiyalarning asosiy
kutubxonasidan iborat.
Umumiy hisobda Maple 5 da 2500 ta, Maple 6 da 2700 ta, Maple 7 da 3000
ga yaqin funksiyalar mavjud. Bu shu narsani anglatadiki, ko‟plab masalalarni
sistema bilan to‟g‟ridan-to‟g‟ri muloqot tarzida yechish mumkin bo‟ladi.
Maple dasturlashsiz katta hajmdagi masalalarni yechish imkoniyatiga ega.
Faqat masalalarni yechish algoritmini yozish va uni bir necha bo‟laklarga bo‟lish
kerak. Bundan tashqari yechish algoritmlari funksiya va sistema buyruqlari
ko‟rinishida hal qilingan minglab masalalar mavjud. Maple uch xil shaxsiy tilga
ega: kirish, hal qilish va dasturlash. Maple matematik va injener-texnik
hisoblashlarni o‟tkazishga mo‟ljallangan dasturlashning integrallashgan tizimi
6
hisoblanadi. U formula, son, matn va grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatli
tizimdir.
Paket foydalanish uchun ancha qulaydir. Uning interfeysi shunchalik qulay
qilinganki, undan foydalanuvchi dastur varag‟i bilan xuddi qog‟oz varag‟i singari
ishlaydi. Unga sonlar, formulalar, matematik ifodalar va hokozalarni yozadi.
Maple tizimi matn muharriri, kuchli hisoblash va grafik prosessoriga ega.
Matn muharriri matnlarni kiritish va muharrirlash uchun ishlatiladi. Matnlar
izohlardan iborat bo‟lib unga kiritilgan matematik ifodalar bajarilmaydi. Matn
so‟zlar, matematik ifoda va formulalar, maxsus belgilar va hokozalardan iborat
bo‟lishi mumkin. Maplening asosiy xususiyati matematikada umumiy qabul
qilingan belgilarning ishlatilishidadir.
Hisoblash prosessori keng imkoniyatga ega. U murakkab matematik
formulalar boyicha hisoblashlarni bajaradi. Ko‟plab matematik funksiyalarga ega
bo‟lish bilan birga, qatorlar, yig‟indi, ko‟paytma, hosila va aniq integrallarni
hisoblash, kompleks sonlar bilan ishlash, hamda chiziqli va chiziqli bo‟lmagan
tenglamalarni yechish, vektor va matrisilar ustida amallar bajarish imkoniyatini
yaratadi.
Grafik prosessor gafiklar yaratish va uni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi.
Grafik prosessor foydalanuvchini grafik vositalarining eng qulay va sodda
imkoniyatlari bilan ta‟minlaydi. Foydalanuvchi oddiy funksiyalarning grafigini
tizim bilan ishlashni boshlashdanoq chizishi mumkin. Tradision ko‟rinishdagi
grafik bilan birgalikda qutb grafiklari, fazoviy grafiklar, vektorli maydon
grafiklari va hokozolarni yasash mumkin. Grafik tipik matematik masalalarni
yechish uchun mo‟ljallangan. Shu bilan birga grafikni tez-tez o‟zgartirish, ularga
matnli yozuv-larni qo‟shish va uni hujjatni ixtiyoriy joyiga ko‟chirish imkoniyati
mavjud. Bitta ishchi sohaga matnni, grafikani va matematik hisoblashlarni
joylashtirish orqali Maple eng murakkab hisoblashlarni tushunishni ham
yengillashtiradi.
Maple dasturini ishga tushirish uchun:
Windows ning asosiy menyu buyruqlari ro„yhatidagi Programmi (Dasturlar)
guruhidan ushbu dasturga mos nom: Maple tanlanadi.
Maple oynasi Windows ning amaliy oynalariga hos bo„lib, unda Sarlavha satri,
Gorizontal menyu satri, Uskunalar paneli, Ish maydoni va Holat satri, hamda
Chizg‘ich va O„tkazish tasmalari mavjud bo„ladi.
Sarlavha satri, Gorizontal menyu satri va Uskunalar panelidan tarkib topgan
Maple oynasining qismining ko„rinishi:
Gorizontal menyu bo„limlari:
File (Fayl)  fayllar bilan ishlovchi standart buyruqlar majmuidan tarkib
topadi, masalan: faylni saqlash, faylni yuklash, yangi faylni tashkil etish va x. k.
8
Edit (Pravka, Tahrirlash)  matnlarni tahrirlovchi standart buyruqlar
majmuidan tarkib topadi, masalan: belgilangan matn qismini buferga nushalash
yoki o„chirish, buyruq bajarilishini bekor qilish va x. k.
View (Vid, Kо„rinishi) – Maple oynasi (ko„rinishini) tuzilishini boshqaruvchi
standart buyruqlar majmuidan tarkib topadi.
Insert (Vstavka, Qо„yish) – turli tipdagi maydonlarni qo„yish uchun hizmat
qiladi: matematik matnlar satri, ikki va uch o„lchovli grafiklar maydonlari.
Format (Format) – xujjatni formatlash (bezash) buyruqlaridan tarkib topadi,
masalan: shriftning stilini, o„lchamini va tipini o„rnatish.
Options (Parametri, Parametrlar) – ma‟lumotlarni kiritishning,
ekranga,bosmaga chiqarishning turli parametrlarini o„rnatish, masalan, Chop etish
sifatini belgilash.
Windows (Okno, Oyna) – bir ishchi varoqdan ikkinchi ishchi varoqqa o„tishni
tayminlaydi.slujit dlya perexoda iz odnogo rabochego lista v drugoy.
Help (Spravka, Yordam) – Maple haqidagi ma‟lumotlardan tarkib topadi.
Maple ishlash muloqat tarzda olib boriladi – foydalanuvchi matn (buyruqlar,
ifodalar, protseduralar) kiritadi, u Maple tomonidan qabul qilinadi va qayta
ishlanadi. Maple oynasining ish maydoni uch qismga bo„linadi:
1) kiritish maydoni – buyruqlar satri. Har bir buyruqlar satri > belgisi bilan
boshlanadi;
2) chop etish maydoni - kiritilgan buyruqlar bajarilishining natijalari analitik ifoda,
grafik obekt yoki hatolik haqidagi ma‟lumot ko„rinishida beriladi;
3) matnli izohlar maydoni – bajariluvchi protsedurani izohlovchi ixtiyoriy matn
bo„lishi mumkin. Matnli satrlan Maple tomonidan qabul qilinmaydi va qayta
ishlanmaydi.
Buyruqlar satridan matnli satrga o„tish uchun Uskunalar panelidan tugmacha
tanlanishi mumkin.
Matnli maydondan buyruqlar satriga o„tish uchun esa Uskunalar panelidan
tugmacha tanlanishi mumkin.
Matematik belgilarni kiritish palitra.
Matematik belgilarni kiritish uchun Palettes palitrasi royxatidan
foydalaniladi. Bu royxat View menyusida joylashgan. Royxatda quyidagilar
mavjud.
SYMBOL- alohida belgilarni kiritish (grek xarflar va ba‟zi matematik belgilar);
FESSION- matematik operatorlar va amallar shablonini kiritish;
MATRIX – turli o‟lchovdagi matrisalar shablonini kiritish;
VEKTOR – turli o‟lchovdagi vektorlar shablonini kiritish
Menyudan pastda joylashgan har bir tugmacha belgilar palitrasini ochish
uchun ishlatiladi. Bu palitralar operatorlar, grek harflari, grafiklar va boshqalarni
o‟rnatish uchun ishlatiladi.
Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli.
Tugmachalar majmuasidan pastda – vositalar paneli joylashgan.
Menyuning ko‟plab buruqlarini tezroq ishga tushirish uchun vositalar panelining
tugmachalarini bosish kerak bo‟ladi. Har bir tugmachani bosish orqali nima amalga
oshirilishini bilish uchun, uning belgisi ustiga sichqoncha ko‟rsatkichi o‟rnatilsa
ma‟lumot satri paydo bo‟ladi.
Vositalar panelining to‟g‟rima - to‟g‟ri pastida shriftlar paneli joylashgan. U
tanlash shabloni va tugmachalardan iborat bo‟lib, tenglamalarda va matnda
shriftlar xarakteristikasini berish uchun ishlatiladi.
Oynaning o‟ng tomonida vertikal aylantirish uskunasi joylashgan bo‟lib, u
joriy holatda ekranda ko‟rinmay turgan ma‟lumotlarni ko‟rish imkonini beradi.
Ekranning ko‟rinib turgan sohasidan yuqori va pastki qismlarida nimalar borligini
ko‟rish uchun vertikal aylantirish uskunasining unga mos yo‟nalish belgisiga
sichqonchani qirsillatish yetarli bo‟ladi.
Oynaning quyi qismda gorizontal aylantirish uskunasi joylashgan bo‟lib, u
joriy holatda ekranning ishchi sohasining chap yoki o‟ng tomonida ko‟rinmay
turgan ma‟lumotlarni ko‟rish imkonini beradi. U vertikal aylantirish uskunasi kabi
ishlatiladi va undan farqi gorizontal aylantirish uskunasi chapdan o‟ngga yoki
o‟ngdan chapga yurgiziladi.
4.Muloqot tartibida Maple bilan ishlash asosi.
Sistema yuklangan va ishga tushirilgandan keyin matematik ifodalarni
yaratish va hisoblash uchun Maple muhiti bilan muloqotni bajarish mumkin.
Muloqot «savol berding, javob olding» ko‟rinishida olib boriladi. Savol va javoblar
chap tomonlari kvadrat qavslar bilan chegaralangan alohida bloklardan iborat
bo‟ladi. Kvadrat qavslarning uzunligi ifodalarning katta - kichikligiga bog‟liq.
> - muloqot belgisi. O‟chib yonuvchi vertikal chiziq – kiritish kursori
deyiladi.
Ifoda oxiriga quyiladigan (;) hisoblash natijasini ekranga chiqarish
kerakligini eslatadi ; (:) – ikki nuqta chiqarishni bekor qiladi, ya‟ni birnechta
ifodalarni bir satrga yozish yoki ularni bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi.
Maple muhitida grek harflarni ham poligrafik usulda yozish mumkin .
Buning uchun buyruqlar satrida grek harfining nomi yoziladi.
Masalan, agar alpha deb terilsa α hosil bo‟ladi.
Grek harflarining jadvali va nomlari:
Matematik
kattaliklar
Maple dasturida
yozilishi
Matematik
kattaliklar
Maple
dasturida
yozilishi
α - alpha ι - ita,
β - beta κ - kappa
G - gamma λ - lambda
δ - delta μ - mu
ε - epsilon χ -xi
ζ - zeta π – pi
η - eta ρ - rho
θ - theta ξ - sigma
Izoh: Agar grek harflarining nomlari bosh harflarda terilsa bosh grek
harflari hosil bo’ladi, masalan, Ώ ni hosil qilish uchun Omega deb terish
kerak.
Matematik doimiylar va arifmetik amallar.
Asosiy matematik doimiylar:
Infinity (∞) cheksizlik - ayirish
+ Qo‟shish * ko‟paytirish
11
^ darajaga ko„tarish ! faktorial
/ Bo‟lish <, >, >=,<=, <>, =. Munosabat
belgilari
Maple muhitida quyidagi standart funksiyalardan foydalaniladi
Matematik yozuv Mapleda yozuv Matematik yozuv Mapleda yozuv
Ex exp(x) cosecx csc(x)
lnx ln(x) arcsinx arcsin(x)
lgx log10(x) arccosx arccos(x)
logab log[a](x) arctgx arctan(x)
sqrt(x) arcctgx arccot(x)
abs(x) shx sinh(x)
sinx sin(x) chx cosh(x)
cosx cos(x) thx tanh(x)
tgx tan(x) cthx coth(x)
ctgx cot(x) secx sec(x)
Hisoblashlar:
1-misol: Sonning EKUB hisoblang:
Sonning eng katta umumiy bo‟luvchisini hisoblash uchun Maple dasturida igcd
buyrug‟i kiritiladi.
Masalan:
1) igcd(36,48); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 12
2) igcd(36,48); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 5
3) igcd(16,24,48); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 8
4) igcd(16,24,48,90); Enter tugmasi bolsiladi va natija:2
Sonning eng kichik umumiy karralisini hisoblash uchun Maple dasturida lcm
buyrug‟i kiritiladi.
Masalan:
1) lcm (10,15); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 30
2) lcm (620,550); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 34100
3) lcm (20,50,150); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 300
4) lcm (15,50,180,200); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 1800
Sonning tub ko„paytuvchilarga ajratish uchun Maple dasturida ifactor buyrug‟i
kiritiladi.
Masalan:
1) ifactor (54) Enter tugmasi bolsiladi va natija: 21 3
2) ifactor (620); Enter tugmasi bolsiladi va natija: (2)2*(5)1*(31)
3) ifactor (150); Enter tugmasi bolsiladi va natija: (2)*(3)*(5)2
4) ifactor (2000 ); Enter tugmasi bolsiladi va natija: (2)4*(5)3;
Bо’linmani hisoblash uchun Maple dasturida iquo buyrug‟i kiritiladi.
Masalan:
1) iquo (54,6) Enter tugmasi bolsiladi va natija: 9
2) iquo (45,7); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 6
3) iquo (150,30); Enter tugmasi bolsiladi va natija: 5
4) iquo (2000,150 ); Enter tugmasi bolsiladi va natija:13

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Матросов А. Решения задачи математики и механики системе
Мaple-6 . Санкт-Петергбург . 2000
2. Савотченко С.Е., Кузьмичева Т.Г. Методы решения математических задач в Maple.: Учебное пособие - Белгород: Изд. Белаудит,
2001. - 116 с
3.Mathcad 2001 - что нового. КомпьютерПресс, 4'2001
4.http://www.mathcad.com

Yüklə 27,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə