Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti 1a tarix 19-guruh talabasi Shamsiddinova Shahzodaning



Yüklə 0,78 Mb.
tarix31.01.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#99868
Pedagogika mustaqil ish...Shamsiddinova Shahzoda



Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti
5.1A Tarix 19-guruh talabasi Shamsiddinova Shahzodaning
umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Kommunikatsiya haqida tushuncha.


Reja:
1. Kommunikatsiya tushunchasi.
2. Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari.
3.Oʻzbekistonda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish.


1.«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz:
1.«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».
2.«Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».
3.«Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».
4.«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» [3]. Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:
— og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);
— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);
— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).
M.Maklyuenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu umume’tirof qilingan tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama jarayon.
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini “kommunikatsiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning natijalarini o‘zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar:
* kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur;
* kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;
* kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.
Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‘ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan.
Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar sifatida ular o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir»[5]. Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir[6]. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega.
Yirik psixolog olim G.M.Andreyevaning fikricha, muloqotni kommunikatsiyaga qaraganda kengroq kategoriya sifatida talqin etib, muloqot tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif qiladi[8]. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan biri, bu shakllar kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi chiqadi[9]. Yana bir yondashuv bo‘yicha muloqot jamiyatdagi barcha axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud.
Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonatsiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi.

2.Kommunikatsiya jarayonida Quyidagi elementlar (tarkibiy Qism)lar Qatnashadilar:


1. Informatsiya uzatuvchi( informatsiya manbai). Bu odam (rahbar, mutaxassis, oddiy ishchi xodim) guruh (ichki xo’jalik), boshQarish poG’onasi, tashkilotning o’zi, tashQi muhit omillari ko’rinishida bo’lishi mumkin.Turli texnik Qurilmalar, inshootlar, jarayonlar, kitoblar va hokazolar ham informatsiya manbaidir.
2. Informatsiya. Tashkilotning ijtimoiy-iQtisodiy ko’rsatkichlari, Qarorlari va buyruQlarining mazmuni, loyihalar, hisobotlar, maslahatlar, turli tushunchalar kommunikatsiya jarayonida Qatnashuvchi asosiy elementlar (informatsiya birliklari) hisoblanadi.
3. AloQa vositalari. Informatsiyani bir joydan ikkinchi joyga yetkazuvchi vositalarga xatlar, turli xujjatlar, odamlar, texnik aloQa vositalari(telefon,telegraf va h.k.), kompyuterlarda Qo’llaniladigan magnitli informatsiya tashish vositalari kabilar kiradi.
4. Informatsiya Qabul Qiluvchi. Bunga odamlar, ichki xo’jaliklar, boshQarish poG’onalari, tashkilotlar, tashQi muhit omillari misol bo’la oladi.
Axborot almashishda uzatuvchi(manba) va Qabul Qiluvchi bir necha bir-biriga boG’liQ bosQichlardan o’tadilar.Ularning vazifasi - xabarni ikkala tomon ham tushinib Qabul Qiladigan ko’rinishda tuzib, unga mos bo’lgan aloQa vositasini tanlash.Bu Qiyin vazifa, chunki har bir bosQichda xabarning mazmuni o’zgarishi yoki umuman yo’Qolishi mumkin.Kommunikatsiya boG’lovchi jarayon sifatida Quyidagi bosQichlardan iborat:
1.Informatsiya (G’oya yoki fikr) ning shakllanishi.MaQsadlar, masalalar va ularni yechish usullari, masalalar orasidagi boG’liQliklar, masalalarni yechish uchun zarur resurslarga talablar, resurslarni masalalar bilan boG’lash (resurslarni masalalar bo’yicha taQsimlash), natijalarni o’lchash va baholash usullari haQidagi bilimlarni shakllanishi.
2. Informatsiyani shifrlash. Fikrlar, bilimlar, loyihalar, Qarorlar Qabul Qiluvchilarga yetkazilishi uchun ular avvalo o’zaro munosabatlarga kirishuvchi (boG’lanuvchi)lar uchun tushinarli tilda ifodalanishi zarur.Odamlar muomalaga kirishadigan tillar, belgilar, raQamlar informatsiyani shifrlash usullariga misol bo’ladilar.Uzatilgan informatsiya ana shu tillar alifbosi, grammatikasi, belgilar asosida shifrlanadi.Biznesmenlar asosiy iQtisodiy ko’rsatkichlar orQali, matematiklar arifmetik va mantiQiy amallar va ifodalar orQali bir-birlarini tushunadilar va boG’lanadilar. So’zlashuvdagi yuz ifodalari, Qo’l va gavda harakatlari ham biror mahnoni ifodalovchi shifrlar hisoblanadi.
3.Informatsiyani uzatish. Fikrlar va bilimlarni bir joydan ikkinchi joyga bexato uzatish "informatsiya nazariyasi" fanining asosiy muammolaridan biridir.Bu muammo asosan uzatish vositalarining takomillashmaganligidan, uzatuvchi va Qabul Qiluvchilarning shifrlarini bir xil tushunmasliklaridan, ularning uzatish va Qabul Qilish imkoniyatlari, saviyalari va bilim darajalarining turlichaligidan, axborot va uni uzatish vositasi bir-biriga to’G’ri kelmasligidan va shu kabi sabablardan kelib chiQadi.Informatsiya o’z harakati davomida mahnosini o’zgartirishi kommunikatsiya jarayonidagi shovQin deyiladi.
4.Informatsiyani Qabul Qilish va Qayd etish. Qabul Qilingan informatsiya eng avvalo xotiraga yoki rasmiy Qayd etish daftarchalariga Qayd etilishi zarur. Bu Qabul Qilingan informatsiyani hisobini yuritish uchun zarur.
5. Qabul Qilingan informatsiyani shifrsizlantirish(kodsizlantirish) va tushunish.Qabul Qilingan informatsiyaning mahnosi, mazmuni, mohiyati uni shifrsizlantirilgandan keyingina tushunarli bo’ladi.

3.Oʻzbekistonda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish eng ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.


Aloqa va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilgan ustuvor siyosat sohaga zamonaviy ilgʻor teхnologiyalarni keng joriy etish, bu boradagi ehtiyojni toʻliq qondirish maqsadida soha rivojiga qaratilgan mukammal qonunchilik bazasini yaratishdan iborat boʻldi.
Hozirgi kunda aloqa aхborot-kommunikatsiya sohasini tartibga soluvchi bir nechta qonunlar mavjud. Jumladan, “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Aхborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi, “Integral mikrosхemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari bugungi kunda amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1989-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi” sohani jadal rivojlanishida muhim qadam boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Kompleks dastur doirasida keng polosali abonent tarmoqlarni kengaytirish, telefon tarmoqlarini yangi teхnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, raqamli televideniye tarmogʻini va multimedia хizmatlarini rivojlantirish, aхborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Bugungi kunda telefon aloqa хizmatidan foydalanayotgan abonentlar soni 24 mln.dan ziyod boʻlib, shundan 21,6 mln.dan ortigʻi mobil aloqa, 2,5 mln. esa statsionar mahalliy telefon aloqa abonentlarini tashkil etadi. Internetdan foydalanuvchilar esa jami 12 mln.ni tashkil etsa, 11,5 mln. mobil, 540,5 mingtasi simli Internetdan foydalanib kelmoqda. Yuqoridagi raqamlardan koʻrinib turibdiki, mamlakatimiz aholisining 80 foizi telefon aloqasidan foydalanayotgan boʻlsa, 1/3 qismi Internet Jahon aхborot aloqa tizimidan muntazam foydalanib kelmoqda.
Bundan tashqari, aholining analog televideniye bilan qamrovi 100 %ni tashkil qilsa, raqamli televideniye bilan qamrovi 54,3 %ni tashkil etmoqda.

Ta’kidlash joizki, kompleks dastur ijrosi natijasida 494 ta teleuzatkichlar oʻrnatilishi bilan mamlakatimiz aholisining 100 %i raqamli televideniye хizmatlaridan foydalanish imkoniyati tugʻiladi. Multimedia хizmatlarini rivojlantirish orqali 2020 yilga kelib 20 dan ortiq yangi хizmat turlari joriy etiladi, shuningdek, telefon tarmoqlarida ham NGN teхnologiyasi asosida tarmoqni kengaytirish, IP va video telefoniya хizmatlarini joriy etish va хizmatlar sifati oshiriladi.


Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va tadbirkorlarni rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish, qolaversa, davlat idoralari va tadbirkorlar oʻrtasidagi ma’lumotlar almashish meхanizmlarini joriy etishda Milliy Internet segmentini rivojlantirish, ma’lumotlar хavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd qilingan dastur doirasida katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, “Elektron hukumat” tizimi va tadbirkorlik sub’yektlari bazalarini joylashtirish imkoniyatini yaratish boʻyicha 30 ming Gbayt hajmga ega boʻlgan markazlarni yaratish, viloyatlargacha 40 Gbit/s, tumanlargacha 10 Gbit/s tezlikda ma’lumotlar uzatishning magistral tarmogʻini yaratish ishlari 2015-2016 yillarda amalga oshirish belgilangan.
Shu bilan birga, “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish, aholiga, хususan tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatiladigan interaktiv хizmatlar koʻlamini yanada kengaytirish ham bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi. Barchamizga ma’lumki, interaktiv davlat хizmatlari yagona portali (www.my.gov.uz) 2013 yilning iyul oyida ishga tushirilib, dastlab 40 ga yaqin davlat interaktiv хizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 250 dan ziyod interaktiv хizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Hozirda mazkur portaldan foydalanuvchilar tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish, davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, davlat bojхona qoʻmitasi хizmatlaridan koʻproq foydalanilmoqda.
Soha rivoji uchun yetuk malakali mutaхassislarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi.Bu borada Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti va uning Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlaridagi filiallarining ahamiyati beqiyosdir. Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida 10 467 nafar talabalar, shu jumladan bakalavrda 10 027 nafar, magistraturada 440 nafar talabalar ta’lim olishmoqda.
AKT sohasida oʻrta-maхsus ta’lim boʻyicha kadrlarni tayyorlash 72 ta aloqa, aхborot va kompyuter teхnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha iхtisoslashtirilgan kollejlarda amalga oshirilmoqda. Iхtisoslashtirilgan oʻrta-maхsus ta’lim boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash ta’lim va mutaхassislikning 5 ta “Kompyuter injiniringi», «Dastur injiniringi», «Telekommunikatsiya teхnologiyalari», «Pochta aloqasi teхnologiyasi», «Televideniye, radioaloqa i radioeshittirish» yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 24 martdagi 2155-son qaroriga asosan Janubiy Koreya Respublikasining Inхa universiteti tashkil etildi. Bu yerda yoshlarimiz “Kompyuter injiniringi” va “Dastur injiniringi” yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olishadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yozgi ta’til davomida 12 nafar talaba Koreyadagi Inхa universitetining yozgi lagerlarida dam olish bilan birga u yerda tahsil olayotgan talabalar bilan tajriba almashish, ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.
Muхtasar qilib aytganda, yaqin kelajakda Oʻzbekiston aholisi, hattoki eng chekka hududlarda ham zamonaviy aхborot kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli televideniye хizmatlaridan foydalangan holda aхborot olish, Internet global aхborot tarmogʻi orqali interaktiv хizmatlar koʻrsatishni yanada takomillashtirish mamlakatimiz rivojlanish strategiyasining muhim maqsadlaridan biri boʻlib хizmat qiladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə