Buxoro tarixi: Órta asrlarda buxoro



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#97668
  1   2   3   4   5
BUXORO TARIXI


BUXORO TARIXI: ÓRTA ASRLARDA BUXORO
1.Buxoro shahrining vujudga kelishi
2. Buxoro vohasi arablar istilosi arafasida
3. Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari
4. Shahar arkining barpo etilishi
5.Shahriston darvozalari, rabot va bozorlar
Buxoro shahrining vujudga kelishi
Zarafshon vodiysining quyi qismiga joylashgan Buxoro vohasi paydo bo‘lishi to‘g‘risida poleogeografik mulohazalarda ilk o‘rta asrlardayoq daryo vodiylari shakllanishi va bu jarayonda suv manbalarining tabiiy roli haqida etarli va aniq tushunchaga ega bo‘linganligidan dalolat beradi. Qizig‘i shundaki, bundan qariyb ming yil avval bu fikr naqadar to‘g‘ri ekanligini o‘lkada olib borilgan gidrogeologik va arxeologik tadqiqotlar tasdiqlab berdi. Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uzoq o‘tmishda Zarafshon daryosining quyi o‘zanlaridan biri hali ko‘hna Buxoro vujudga kelmasdan avval, hozirgi vaqtda qad ko‘tarib turgan Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, Toqi Zargaron, Mir Arab madrasasi, Minorai Kalon va Masjidi Kalon kabi me’morchilik obidalari bo‘y cho‘zgan zamin o‘rnidan oqib o‘tgan. Bu daryo o‘zanining kengligi 100-120 metrga borgan, ilk o‘rta asr yozma manbalarida u “Zarirud” yoki “Rudizari Buxoro” nomlari bilan tilga olingan. Bu o‘zanning toshqin suvlari qadim zamonlardan Poykand shahrigacha etib borgan. Bu ko‘hna o‘zanning daryovoti va tevarakatrofini qoplab yotgan qalin butazor va tuqaylarning asriy chirindilaridan Buxoro shahri ostida torf qatlamlari hosil bo‘lgan. Ayrim qazishma maydonlarida qayd etilgan kuchli yong‘in qoldiqlariga qaraganda, Buxoro xududini ilk bor o‘zlashtirishga kirishgan qadimgi “cho‘lquvarlar” bu ko‘hna daryovot sohillariga kelib o‘rnashib, to‘qaylarga o‘t qo‘yib er ochgan bo‘lishsa ham ajab emas. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning ta’kidlashicha, “daryo tomondan odamlar yig‘ilib, u joy obod bo‘ldi. Odamlar Turkiston tomonidan kelar edilar. Bu viloyatda suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivorlar ko‘p bo‘lganidan kishilarga bu viloyat xush kelib, shu erga joylashdilar”1 . Arxeologik tadqiqotlar shuni aniqlab berdiki, Buxoro shahri dastavval qadimgi Zarirud o‘zanining ikki sohilida alohida-alohida joylashgan uchta mustaqil qishloq shaklida qad ko‘targan. Ulardan biri daryoning o‘ng sohilida hozirgi Arkning o‘rnida bo‘lgan, qolgan ikkitasi Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi va Timi Abdullaxon arxitektura yodgorliklari yo‘nalishida, ilk o‘rta asrlardagi Buxoro shaxristoni o‘rnida, daryo o‘zanining ikki betida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ekan. Arkda olib borilgan qazish ishlarining natijalarini g‘oyat samarali bo‘ldi. Eng muhimi, arkni o‘rganish tarixida birinchi marotaba uning qadimgi quyi zaminigacha kovlab tushildi. Shaharning bu qadimgi qismi ostida hosil bo‘lgan madaniy qatlamning umumiy qalinligi 20 metrdan oshiqroq bo‘lib, uning ostki qatlamidan kovlab olingan arxeologik topilmalarning eng ko‘hnasi miloddan avvalgi IV asr oxiri va III asr boshlariga mansub edi. Moddiy madaniyat izlari orasida 15,5 metr hamda 18,5 metr chuqurlikda kovlab ochilgan qadimgi ikki mudofaa devorlari qoldiqlarning topilishi shahar tarixini o‘rganishda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi mudofaa devori 2,5-3, ikkinchisi 2-2,5 metr balandlikda saqlangan. Yuqori qatlamdan topilgan devor milodning III-IV asrlarida, quyi qatlamdan topilgani esa milodgacha bo‘lgan IV-III asrlarda paxsadan barpo etilgan. Bu maydonda madaniy qatlam hosil bo‘lgan qadimiy er sathiga qaraganda, Buxoro arki ostida qad ko‘targan dastlabki qishloq Zarirud o‘zanining so‘ng sohilida joylashgan tabiiy do‘nglik ustida paydo bo‘lgan bo‘lib, bu do‘nglik tevarak-atrofning umumiy relefidan 8-10 metr baland bo‘lgan. Maydoni 1,5-2 gektardan oshmagan. Arxeologik qazishlar natijasida kovlab ochilgan tarixiy manzara shuni ko‘rsatadiki, Buxoroning qadimgi markaziy qismi, Arkdan sharqroqda, daryo bo‘yida relefi jihatdan arkka nisbatan ancha-muncha pastroq erda joylashgan, maydoni 12-13 gektarga teng bo‘lgan. Mir Arab madrasasining yaqinida olib borilgan qazishmalar chog‘ida 4,5 metr chuqurlikda shaharning qadimgi mudofaa devori qoldiqlari qayd etildi. Paxsa hamda yirik hajmdagi xom g‘ishtlardan urib chiqilgan bu qala devori 5-6 metr balandlikda saqlangan. Devor poydevori ostida qolib ketgan madaniy qatlam va unda qayd etilgan arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, bu qadimgi mudofaa inshooti milodning V-VI asrlarida qad ko‘targan1 . Buxoro shahrining barpo negizi bo‘lgan uchinchi qishloq Zarirud o‘zanining so‘l qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, u ham alohida mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Maydoni 6-7 gektar. Bu nohiyada so‘nggi o‘rta asrlarda Buxoro qozikalonining saroyi va mahkamasi joylashgan bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, tadqiq qilingan 18 metrli madaniy qatlamning 9 metri miloddan avvalgi IV-I hamda milodning I-IV asrlarida hosil bo‘lgan. Mazkur qatlamda qayd etilgan turli xil ashyoviy topilmalar yuqori sifatli shahar hunarmandchiligi mahsulotining qoldiqlarn bo‘lib, ular bu erda qadimdan shaharning gavjum hunarmandchilik mahallalari joylashganidan guvohlik beradi. Xullas, ko‘p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon daryosi quyi o‘zanlaridan birining sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan uchta aloqida qishloq asosida Buxoro shahri barpo bo‘lgani aniqlandi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə