Chdpu boshlang’ich ta’lim fakulteti 23/2 guruh talabasi ochilova dilshodaning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 8,07 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,07 Kb.
#156952
Chdpu boshlang’ich ta’lim fakulteti 23

Chdpu boshlang’ich ta’lim fakulteti 23/2 guruh talabasi ochilova dilshodaning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: tafakkur shakli:tushuncha ,hukm, xulosa

Reja: 1.tafakkur shakli 2. tushuncha atamasi tahlili 3.hukm 4xulosa shakllari

Тафаккур -деб нарса ва ҳодисалар ўртасидаги энг муҳим боғланишлар ва муносабатларнинг онгимизда акс эттирилишига айтилади.

Tafakkur shakllariga xukm, tushuncha va xulosa chikarish kiradi. Narsa va xodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr XUKM deb aytiladi. Masalan, baxorda daraxtlar barg yozadi. Borliqdagi narsalar, xodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror xukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga bo`linadi: Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm. YAkka, juz’iy va umumiy xukm . SHartli, ayiruvchi va qat’iy xukm. Taxminiy xukm.

TUSHUNCHA narsa va xodisalarning umumiy va muxim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy, Ko`prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret va abstrakt bo`ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go`zallik, uzunlik, balandlik, kenglik, xarakat kabilar kiradi.

Tushunchalar ko`lami jixatdan uch turga bo`linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to`planma tushunchalar. YAKKA tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo`qon, Sirdaryo, Sobir Raximov kabilar. 

UMUMIY tushuncha deb bir jinsda bo`lgan narsa va xodisalar to`plami xaqida yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o`spirin, yulduz va boshqalar. TO`PLANMA tushuncha deb bir xil narsalarning to`plamiga aytiladi. Masalan, kutubxona, paxtazor, yig`ilish kabilar

Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘larok, inson miyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat. Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ular­ning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.

Taqqoslash analizni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.

Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmet­ni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa pred­met haqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir. Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.

Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.

 Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrogi, xulosa chiqarish qoidalarining katiyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yunalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yunalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalrok bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, (deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (tulik induksiyani xisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.

Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy harakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:


Yüklə 8,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə