O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
"CHET EL ADABIYOTI TARIXI"
FANIDAN MA'RUZA MATNI
NUKUS - 2011
2
1-mavzu:
KIRISH. YUNON ADABIYOTI
REJA:
1. Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy axamiyati
2. Mif va afsonalarning paydo bulishi
3. Kadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari
Antik adabiyot. Eng kadimiy adabiy yodgorliklar. Mifologiya. Yunon adabiyoti.
Folklor. Didaktik epos. Lirika. Tragediya. Komediya. Nasr.
Ellinizm davri adabiyoti. Lirika. Dostonlar. Nasr. Roman. Bukolikalar.
Idilliyalar. "Yangi" komediya.
Rim adabiyoti. Lirika. Nasr. Drama. Komediya. Avgust asri adabiyoti. Rim
adabiyotining "oltin davri". Bukolikalar. Georgikalar. Kasidalar. Nomalar.
Dostonlar.
I. Antik jamiyat - insoniyat rivojlanishining aloxida boskichi sifatida. Antik
jamiyatning rivojlanish boskichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiklol davri
uchun tarixiy axamiyati.
Antik dunyo bilan, xususan Misr, Bobil, Yunoniston kabi mintakalar bilan
Markaziy Osiyoning madaniy alokalari. Ipak yulining kup kismi mamlakatimizdan
o'tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi.
Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta'siri, uni o'rganish manbalari. Adabiyot va
yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo'llanmalar.
Qadimda yunon qabilalarining vujudga kelishi. Yunon folklori: mehnat va
marosim qo'shiqlari, dehqonchilik qo'shiqlari, to'y va ziyofatlarda aytiladigan
qo'shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining
anchagina boy va rang-barang og'zaki adabiyoti bo'lganidan dalolatdir.
Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega.
Xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lmish mif va afsonalar kishilarning zaif
tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-qudrati va orzu-armonlarini ham
fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san'atning ravnaq
topishiga zamin tayyorlaydi.
Mif va afsonalar uchun yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o'rtasidagi
kurash xarakterlidir. Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni
yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yib, baxt
o'lkasi, baxtsizlik o'lkasi degan miflarni yaratganlar. Tabiatda ulug' va foydali
kuchlar - quyosh va suv abadiy bo'lgan o'lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar -
zulmat va kulfat abadiy bo'lgan o'lka bor deb hisoblaganlar. Ko'pchilik mifologik
obrazlar mana shu ikki o'lka va ular o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi.
Barcha xalqlarning tarixida bo'lgani kabi yunon adabiyoti ham, muqarrar, miflar
zaminida yuzaga kelgan. Kollektiv ijod natijasida maydonga kelgan miflar va
afsonalar kishilarning tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan. "Koinotning
chaqmoq, momaqaldiroq, zilzala, bo'ron, to'fon, yong'in, oy va quyosh tutilishi
3
kabi hodisalari qurshovida yashagan ibtidoiy odam, bu hodisalar sababini
anglamasdan, tabiatdagi bu o'zgarishlarga ilohiy ma'no bergan. Bugun borliqni
ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman mahluqlar makoni tarzida tasavvur
etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan.
"O'zbek tilining izohli lug'ati"da bu so'zlar quyidagicha izohlangan:
MIF - Xudolar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida
hayotning paydo bo'lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona.
MIFOLOGIYa - 1. Miflar haqidagi fan.
2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui
("O'zbek tilining izohli lug'ati", I tom, Moskva, 1981, 468-bet).
Biz bu ta'rifni butunlay rad etmagan holda, unga bir oz o'zgartirish kiritish
tarafdorimiz. Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to'g'risidagi tushunchalari, tabiat
va kishilik jamiyatida sodir bo'layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga
intilishlari miflarda o'z aksini topgan. Shu bois ham, miflardagi xudolar, ma'bud
va ma'budalar obrazlariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk badiiy obrazlar
sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu obrazlar orqali adolat, haqiqat
va ezgulik kabi fazilatlarni ulug'laganlar. Keyinchalik xudolar obrazi jamiyatdagi
voqelik bilan uyg'unlashtirilgan, unga yaqinlashtirilgan. Bu esa xudolar, ma'bud
va ma'budalar obrazlarining xayoliy emasligini ma'lum darajada tasdiqlaydi. Ya'ni
miflar shunchaki xayol mahsuli, kishilarning tabiat hodisalari oldidagi o'z
ojizligini tan olish emas, balki insoniy fazilatlar ulug'langan, kishilarning orzulari
ifodalangan, kishilarni hayotni sevishga, har qanday ishda g'olib chiqishga
yo'llovchi va insonning kuch-qudratini ulug'lovchi ilk asarlardir.
Yunon miflari hali yunonlar xat-savodni bilmagan vaqtlaridayoq yaratila
boshlangan, asrlar davomida sekin-asta tartibga kelgan, og'izdan-og'izga, nasldan-
naslga o'tgan va hech qachon alohida bir kitob shaklida yozilmagan. Miflarni biz
qadimgi yunon adiblaridan Gesiod va Xomerlarning, yunon dramaturglari Esxil,
Sofokl, Evripid hamda ancha keyinroq yashagan yozuvchilarning asarlarida
ko'ramiz. Shuning uchun ham yunon miflarini har xil manbalardan to'plab, bir
tizimga yig'ishga to'g'ri kelgan.
Miflarda hikoya qilinishicha, yerda dastavval dahshatli mahluqlar: DEVlar,
oyoqlari o'rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog'day
YuZ-QO'LLIKlar, peshonasi o'rtasida bittagina chaqchaygan ko'zi bor vahshiy
KIKLOP (SIKLOP)lar, Yer va osmonning dahshatli bolalari - qudratli TITANlar
yashagan. Yunonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz
kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, oqibat natijada
tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o'rnatgan va unga hukmronlik qilgan
Chaqmoq, Chaqar va Bulut quvlar osmon iohi ZEVS tomonidan jilovlangan va
bo'ysundirilgan. TITANlar o'rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan.
Yunonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan
munosabati ham kishilar o'rtasidagi munosabatga o'xshagan. Yunon xudolari
o'zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan,