Cho’l ekotizimlari hayvonot olami asosiy vakillarining ichki va tashqi tuzilishidagi yashash sharoitiga moslanish belgilarini o’rganish reja



Yüklə 1,8 Mb.
tarix14.02.2022
ölçüsü1,8 Mb.
#83752
CHO’L EKOTIZIMLARI HAYVONOT OLAMI ASOSIY VAKILLARINING ICHKI VA TASHQI TUZILISHIDAGI YASHASH SHAROITIGA MOSLANISH BELGILARINI O’RGANISH


CHO’L EKOTIZIMLARI HAYVONOT OLAMI ASOSIY VAKILLARINING ICHKI VA TASHQI TUZILISHIDAGI YASHASH SHAROITIGA MOSLANISH BELGILARINI O’RGANISH

Reja:

1.Cho’l ekotizimining hayvonot dunyosi

2.Cho’llarda o’sadigan o’simliklar

3.Cho’l va chalacho’llarda iqlim muhitiga moslashgan umurtqali hayvonlar

C hoʻl hayvonlari: Qumli choʻllardan Qizilqum, Sandiqli va Kattaqum, Yozevonda sudralib yuruvchilardan — taroq barmoqli gekkon, qurbaqabosh choʻl kaltakesak, yoʻl-yoʻl kaltakesak, toʻr chiziqli kaltakesak, choʻl boʻgʻma iloni, chipor ilonlarning bir necha turi, oʻq ilon, charx ilon va choʻl toshbaqasi uchraydi.

Sudralib yuruvchilar koʻp boʻlganligi sababli choʻlni sudralib yuruvchilar makoni deyish mumkin. Sut emizuvchilardan choʻllarda ola putarok, ingichka barmoqli yumronqoziq, tushki qumsichqon, qushoyoqlar, boʻri, quloqdor tipratikan, tulki, qarsoq tulki, katta qumsichqon, qum tovushqoni, yovvoyi quyon kabi hayvonlar yashaydi. Qumli choʻllarda qushlarning atigi bir necha turi-yilqichi, tentakqush, choʻl moyqut, xoʻjasavdogar, choʻl qargʻasi, toʻrgʻay, toshsirchumchuq uchraydi. Qumli choʻllarda umurtqasiz hayvonlardan tirik oʻrgimchaksimonlar (bit, sariq falanga, chayonlar), qora tanali qoʻngʻizlar, iskabtoparlar, zahkashlar tarqalgan.

Barcha choʻl hayvonlari tez yugurishga, tana haroratini boshqarishga imkon beradigan morfologik belgilarga ega. Hatto sekin harakatlanadigan tipratikanlarning ham oyoqlari, quloqlari va ignalari nisbatan uzun. Kaltakesaklar uzun oyoqlari, tovoni va dumi yordamida tez chopadi. Choʻl qushlari (yoʻrgʻa tuvaloq, yilqinchi) yoki tez uchadigan (qorabovur, oqbovur) yerda tez yuguradi. Koʻpchilik tuproq ustida yashovchi choʻl qoʻngʻizlarning oyoqlari nam sharoitda yashovchi qoʻngʻizlarga nisbatan birmuncha uzun. Vizildoq qoʻngʻizlar, chirildoqlar, falangalar, ayniqsa, qum biyi tez yuguradi.

Gil tuproqli choʻllarda (Qarshi, Mirzachoʻl va boshqalar) umurtqasizlardan zahkashlar, falangalar, jizildoqlar, chumolilar va qoraqurtlar uchraydi. Umurtqali hayvonlardan, ayniqsa, choʻl toshbaqasi va sariqyumronqoziq koʻp tarqalgan. Taqir yumaloqbosh kaltakesak, choʻl agamasi, har xil rangli kaltakesakcha, qum bugʻma iloni, oʻqilon, yoʻrgʻa tuvaloq, qorabovur, oqbovur, kokildor toʻrgʻay, oqquyruq (saygʻoq), boʻri, tulki, jayran, kichik qushoyoq, severtsov qushoyogʻi, katta qumsichqon, qizildum qumsichqon, koʻrsichqon taqir choʻllar uchun xos. Oʻrta Osiyo kapcha iloni Qarshi choʻlida, oddiy qalqontimshuq Mirzachoʻlda koʻp uchraydi.

Ustyurt hayvonot dunyosi gil tuproqli choʻllardagiga oʻxshash, lekin turlar soni juda kam. Oqquyruq — bu choʻllar uchun xos boʻlgan hayvondir. Sudralib yuruvchilardan toʻrt yoʻlli chipor ilon uchraydi. Choʻl hayvonlari, asosan, bahor oylarida uchriydi. Ular koʻpincha fevral oyining oxirlarida qishki uyqudan uygʻonadi va zoʻr berib oziqlangach, tez orada uchriy boshlaydi. Ikki-uch oydan soʻng gil tuproqli tekisliklarda koʻp uchraydigan choʻl toshbaqasi bilan sariq yumronqoziq yozgi uyquga, keyinchalik esa qishki uyquga kiradi. Qurbaqabosh taqir kaltakesak rang-barang kaltakesak aprel-may oylarida, baʼzan esa martda ham tuxum qoʻyadi. Toʻrgʻaylar apreldayoq uya yasab, joʻja ochadi

C hoʻl (tekislik)dagi oʻsimliklar hayoti, asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok bilan bogʻliq. Qumli choʻlga Qizilqum, Qashqadaryoning quruq oʻzani (Sandiqliqum), Surxandaryoning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm voxasidagi qumli massivlar kiradi. Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik butalardan oq saksovul, juzgʻun (qandim), cherkez; butalardan oq boyalich, quyon suyak, qizilcha kabi oʻsimliklar oʻsadi.

Juzgʻun ildizlari yon tomonga 20 m gacha oʻsib qumlarni maʼlum darajada ushlab turadi. Qumlarni mustahkamlashda koʻp yillik oʻtlardan selen alohida ahamiyatga ega. U tarqoq ildizlari hamda yer ustki qismlari (poyalari) bilan qumlarning koʻchishiga toʻsqinlik qiladi va boshqa oʻsimliklar (juzgʻun, saksovul va boshqalar) urugʻini tutib qolib, oʻsishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, qumda rivojlanishiga moslashgan koʻp yillik efemer oʻsimlik — iloq ildiz poyasi orqali ham koʻpayadi. Qisqagina bahor oylarida tez oʻsib, gullab, meva berishga ulguradi.

Gipsli choʻlga Ustyurt, janubiy-gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy Qizilqumda joylashgan ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli choʻl florasi turlarga uncha boy emas. Oʻsimliklar formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan, shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Jumladan, yarim but ava butalardan buyurgʻun, voyalich hamda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni koʻplab uchratish mumkin.

Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi. Nam, qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik rivojlanishi uchun juda noqulay. Lekin, shunga qaramay, ayrim joylarda sarisazan, qizilshoʻra, qorabaroq, shohilak, oqbosh, buzoqbosh, donashoʻr, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab turadi. Umuman, bunday sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrxoklarda keng tarqalgan oʻsimliklarga saksovul (ikkala turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp vakillari (baliqkoʻz, quyonjun, qora shoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir (issiq va quruq) sharoitda oʻsishga turlicha shaklda moslashgan, yaʼni ayrimlarning bargi, poyasi seret boʻlsa, boshqalarining bargi tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan.

Bir vaqtlar sayos suvlar ostida boʻlgan joylar — taqirlarda oʻsimliklar juda kamdan-kam uchraydi. Baʼzi hollardagina taqir yoriqlaridan chiqib turgan ayrim efemerlar va donni shoʻr kabi oʻsimliklarni koʻrish mumkin. Bunday taqirlar Qizilqum choʻllarda bor.

Toʻqaylar daryo (ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo) qirgʻoqlari boʻylab turlicha kenglik hamda uzunlikda joylashgan. Toʻqaylarda, asosan, daraxt, buta va koʻp yillik oʻtlar keng tarqalgan. Daraxtlardan turongʻil (teraklar turkumidan), kaptarjiyda, tol turkumining bir qancha vakillari; butalardan yulgʻun; koʻp yillik oʻtlardan shirin miyya, yantoqning ayrim turlari, qamish, erkakqamish, famatsiya kabilar oʻsadi.

Togʻ oldi tekisliklarini, asosan, bir yillik va koʻp yillik oʻtlar qoplagan. Bu yerlarda daraxtlar uchramaydi. Ayrim butalar esa bahordagi yomgʻir suvlari oqadigan oʻzanlar atrofida uchrab turadi. Togʻ oldi tekisliklarida efemer va efemeroid oʻsimliklar keng tarqalgan boʻlib, ular oʻziga xos guruh hamda assotsiatsiya (qavmlar)ni tashkil etadi.

Bir yillik oʻsimliklar (efemerlar) kuzda havo iliq va sernam boʻlgan paytlarda rivojlanib, qishda ob-havoga qarab turli darajada oʻsishda davom etadi. Janubiy viloyatlarda rivojlanish ancha jadal kechadi. Mart-Aprel oylaridayoq efemerlar nisbatan qisqa vaqt ichida gullab, meva tugashga ulguradi. Efemeroidlar (koʻp yillik oʻtlar) ham efemerlarga oʻxshab havoga mos ravishda kuzda, qishda va bahorda oʻsib rivojlanadi. Lekin piyozli va ildiz poyali efemeroidlar hayotiy jarayonlar kuz va qish fasllarida yer ostida davom etadi. Masalan, lolaning gʻunchalari tuproq ostidayoq shakllanadi.

Qoʻngʻirbosh va iloq turkumiga mansub qator turlar eng keng tarqalgan efemeroidlardir. Bulardan tashqari yana isriq, shuvoqlarning ayrim turlari va kovrakni uchratish mumkin

C ho‘l o‘simliklari.O‘rt aOsiyo hududining g‘arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo‘lib, u yerda qumli, toshloq (gipsli), gilli cho‘llar tarqalgan. Ko‘p yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho‘ra o‘simliklar o‘sadigan sho‘rxoklar egallagan.

Qumli cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyoda qumli cho‘llar Bo‘rsiq cho‘llari, Mo‘yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo‘yi qumlari, Orolbo‘yi Qoraqumi, Unguzorti Qoraqumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi. Qumli cho‘llarning katta qismida qumda o‘suvchi o‘simliklar: daraxtlardan oqsaksovul (ba’zan bo‘yi 6—7 metrga etadi), yirik juzg‘un ko‘p. Butalardan qum akatsiyasi, chalabutalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar juda ko‘p tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on ko‘p.Toshli, ya’ni giðsli cho‘llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang‘ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog‘ etaklarida keng maydonlarni egallagan.Toshli cho‘llarda o‘simliklar siyrak bo‘lib, faqat shuvoq, chalabuta shaklidagi sho‘raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o‘simliklar o‘sadi. Shuvoq ko‘p uchraydi.

Sho‘rxok cho‘l o‘simliklari.Sho‘rxok yerlarda, asosan, sho‘ralarning ba’zi turlari: biryillik sho‘rak, qorabargo‘t,qizilsho‘ra, yerbag‘irlab o‘sadigan chalabuta sarisazan, shuningdek, ajriq, qorasaksovul, Burgan o‘sadi (20- rasm).

Lyossli cho‘l yoki efemer cho‘l o‘simliklari. Efemer cho‘llar O‘rta Osiyoning qalin soz tuproq lyoss) qatlamlari mavjud bo‘lgan sharqi va janubidagi tog‘ etaklaridagi tekisliklarda tarqalgan. UlarMirzacho‘lda, Zarafshon vodiysida, Badxizcho‘lida, Kopetdog‘oldida, Murg‘ob — Amudaryo oralig‘ida, Toshkent yaqinidagi Kelestekisligida, shuningdek, Qashqadaryo ham-

Da Surxondaryoning tog‘oldi hududlaridagi qalinl yossli yerlarda uchraydi. O‘rta Osiyoning efemer cho‘llarida rang va qo‘ng‘irbosh boshqa o‘simliklarga qaraganda ko‘p uchraydi. Bu yerda boychechaklar, ayiqtovon, arpag‘on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba’zi o‘simliklar o‘sadi.To‘qay o‘simliklari. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko‘llar bo‘yida to‘qay o‘simliklari ko‘p o‘sadi.

Cho‘l mintaqasining geografik va ekologik tavsifi


Cho‘l mintaqasining boshqa yashash mintaqalaridan asosiy farqia- 
rini  va xususiyatlarini  tavsiflash  uchun,  dastlab  cho‘l  tushunchasiga 
berilgan  ta’riflarni  tahlil  qilish  zarur.  Bugungi  kunda  soha  olimlari- 
ning “cho‘l tushunchasi”ga nisbatan qarashlari va yondashuvlari har 
xil va shu  sababli choMga berilgan ta’riflar ham  bir xil  ma’noga ega 
emas.  Jumladan,  cho‘lga  berilgan  ba’zi ta’riflarda  cho‘ldagi  iqlimiy 
xususiyatlar (harorat, namlik), boshqalarida esa o‘simlik va hayvonot 
dunyosi  asos qilib olingan.  Yer yuzining turli kengliklarida joylash­
g an  cho‘llar o‘zaro o‘xshash  bo‘lmagan ekologik xususiyatlari  bilan 
ham faqrlanadi  va bu holat cho‘llarga yagona ta’rif berishni  murak- 
kablashtiradi.
Tadqiqotchi M.P.Petrov (1973) cho‘lni doimiy yoki mavsumiy is­
siq  iqlim  sharoitiga  ega bo‘lgan, juda tarqoq  va fitotsenozlari  tarki­
bida turlar soni kamligi bilan xarakterlanuvchi  Iandshaft tipi  sifatida 
ta'riflaydi. A.G.Boboyev va Z.G.Freykinlar (1982)  cho‘lni  quruq va 
issiq  iqlimli,  namlik juda  kam  va  nisbatan  siyrak  o‘simliklar  qop- 
lamiga  ega  bo‘lgan  keng  tabiiy  hudud  sifatida  ta’riflaydilar.  Cho‘l 
uchun  nafaqat  namlikning  yetishmasligi,  balki  namlikning  yilning 
turli  mavsumlarida juda  notekis  taqsimlanishi  ham  xosdir.  Cho‘lda 
tuproqdagi namlikka nisbatan undan ajralib chiqishi mumkin bo'lgan 
suv bug‘larining miqdori ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasida doimiy suv man- 
balarining yo'qligi, quruq o'zanlar hamda vaqtinchalik irmoqlaming 
mavjudligi, tuproqning yuqori darajada sho‘rlanishi -  cho'llar uchun 
xos bo'lgan asosiy xususiyatlardan biridir. BMTning 1977-yildaNay- 
rob shahrida bo‘lib o‘tgan cho‘Hashish muammolariga bag‘ishlangan 
konferensiya  materiallarida  “Cho‘llar  o‘simlik  dunyosi  siyrak  yoki

butunlay o‘simliklardan xoli bo‘lgan, biologik mahsuldorligi past, at- 


mosfera yog‘inlari kam tushadigan hudud”  sifatida ta’riflangan (Ro­
zanov,  1977).  Cho‘llardagi  ekologik  sharoitlar chala  cho‘l  va  dasht 
mintaqalariga o‘xshab ketishi sababli, cho‘llarni chala cho‘l va dasht- 
lardan ajratib turuvchi aniq chegarani belgilashning imkoni yo‘q.
Cho‘llarning  paydo  bo‘lish  sabablari  xilma-xil,  ammo  ulaming 
shakllanishida bulutlar yoiiga g‘ov bo‘luvchi to‘siqlar asosiy o‘rinni 
egallaydi. Bunday to‘siqlami relyefdagi vertikal balandliklar va xusu- 
san tog‘lar hosil qiladi. To'siqlarda (tog‘tarda)  bulutlaming ushlanib 
qolishi yomg‘ir yoki  qor ko‘rinishidagi namlikning yerga tushishiga 
va  natijada  o‘rmonlarning  shakllanishiga  olib  keladi.  To‘siqlaming 
qarama-qarshi tomonida esa quruq havo  massasi  hukmronlik qilishi 
tufayli cho‘llar shakllanadi. Barcha cho‘llar uchun qurg‘oqchilik xos, 
ammo  uzoq  davom etuvchi va juda yuqori harorat barcha cho'llarga 
ham xos emas.  Jumladan, Takla-Makon va Gobi cho‘llarida yoz oy- 
larida ancha salqin, qishda esa qattiq sovuq hamda bo‘ronli ob-havo 
hukmronlik qiladi. 0 ‘rtacha kunlik harorat tebranishi ba’zi cho‘llarda 
35 °C ni tashkil etadi.
Cho‘llar  orqali  oqib  o‘tuvchi  daryo  suvining  bir  qismi  tuproqqa 
shimilib ketadi  va bir qismi dengizlarga quyiladi yoki umuman den- 
gizlar bilan  tushmasdan  ko‘Uarni  hosil  qiladi.  Bunday  holat Orol 
dengiziga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolarga ham 
xos.
Yer  yuzida  cho‘llar  asosan  tropik  hamda  mo‘tadil  mintaqalar 
chegarasidagi qit’alar markazining katta qismini egallaydi va yerda- 
gi  qit’alarning  23%  ini  tashkil  etadi.  Sharqiy  yarim  sharda  cho‘llar 
Shimoliy Afrikadan boshlab  (Saxar с ho Mi) Arabiston orqali  G‘arbiy 
Hindiston,  0 ‘rta  Osiyo,  Qozog‘iston,  Markaziy  Osiyo  va Avstrali- 
yaning markaziy qismlarida tarqalgan. Janubiy Afrikada Kalaxara va 
Namib cho‘llari,  G‘arbiy yarim sharda esa Atakama (Chili), Moxave 
va  boshqa  cho‘Uar  tarqalgan.  0 ‘rta  Osiyoda  Qoraqum,  Qizilqum, 
Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Mirzacho‘l va Qarshi kabi cho‘llar 
keng maydonlarni egallaydi. Dunyodagi eng yirik cho‘l shimoliy Af-

rikadagi  Saxara  cho‘li  bo‘lib,  uning  maydoni  9  mln.km2  ni  tashkil 


etadi va g‘arbdan sharqqa qarab 7000 km ga,  shimoldan janubga qa 
rab esa 2000 km ga cho‘zilgan.
Cho‘llar hududiy tarqalishiga  ko‘ra,  shimoliy, janubiy va baland 
tog‘lik  cho‘l  guruhlariga  bo‘linadi.  Choilar  qayerda  joylashgan- 
ligidan  qat’iy  nazar,  havo  haroratining  yuqori  tebranishga  egaligi, 
atmosfera yog‘inlari miqdorining kamligi  (300  mm  dan kam),  havo 
namligining  pastligi,  quyosh  radiatsiyasining  yuqoriligi  va  boshqa 
qator  ekologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi.  Bunday ekstremal 
ekologik sharoit ko‘pchilik organizmlarning cho‘l hududida yashashi- 
ni cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Cho‘llarda  biomassa  miqdori  juda  past  ko‘rsatkichni  namoyon 
qiladi.  0 ‘zbekistondagi  cho‘llarda oq saksovullar egallagan maydon 
1274,4  ming  ga  ni,  qora  saksovullar  egallagan  maydon  esa  369,6 
ming  ga  ni  tashkil  etadi.  Saksovul  o‘rmonlaridagi  fitomassa  mah- 
suldorligi  atigi  20-50  m3/ga  ni  tashkil  etadi  va  boshqa  o‘simliklar 
biomassasi ham xuddi  shunday past darajada bo‘ladi.  Mazkur holat 
hayoti  o‘simliklar bilan  uzviy  bog‘liq bo‘lgan  cho‘l  hayvonot  dun 
yosining  ham  tur  tarkibi,  zichligi  va  biomassasiga  bevosita  hamda 
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.  Shu sababli mazkur ko‘rsatkichlar boshqa 
tabiiy biotsenozlarga qaraganda ancha past darajada namoyon bo‘ladi. 
Choilar o‘simlik va hayvonot dunyosining tarkibida turlar soni qan- 
chalik  kam  bo‘lishiga  qaramay,  egallagan  maydonining  kengligi, 
ekologik  sharoitlari  va  shunga  mos  bo‘lgan'betakror organik  olami 
bilan ajralib turadi.
Clio* liar  yer yuzasining  tuzilishi  (substrat),  tuproq  sharoitlari, 
gidrologik  rejimi,  iqlimi,  o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan o‘zaro 
farq  qiladi va shu  asosda bir nechta tiplarga ajratiladi  (qumoq,  gilli, sho‘rxok, toehloq va  boshqalar).  Cho‘l  tiplari  qanchalik  xilma-xil 
bo‘lmasin, ular uchun ko‘pincha umumiy ekologik xususiyatlar xos. 
0 ‘zbcki.slonda  turli  tiplarga  mansub  bo‘lgan  choilar  tekislik  min- 
taqusidu shakllangan bo‘lib, ulardagi ekologik sharoitlar, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi o‘zaro o‘xshash boiadi.

Qumli  (qumoq)  cho‘llar Qoraqum va Qizilqum kabi  cho‘llaming 


asosiy  qismini  egallaydi.  Atoqli  geobotanik  olim  M.G.Popov  (1958) 
qumli  cho‘llami ta’riflar ekan,  “Qozog‘iston va 0 ‘rta Osiyoning qumli 
cho‘llari dunyo masshtabida tengi yo‘q tabiat go‘shalaridir”, -  degan edi.
Qish  mavsumida  qumli  cho‘llarda  qor  qoplami  deyarli  hosil 
bo‘lmaydi,  kamdan-kam  holda  yog‘adigan  yupqa  qor  qoplami  sha- 
mollar va relyefdagi o‘ziga xoslik tufayli notekis taqsimlanadi. Bun 
day vaziyatda ayrim mayda sutemizuvchilar, jumladan, qumsichqon 
lar  va  ingichka  barmoqli  yumronqoziqlar  qishki  uyquga  ketmaydi. 
Uyquga ketmaydigan  bunday turlar yirtqichlar uchun  oziqa manbai 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Shu  sababli  qumli  cho‘llarda  yashovchi  yirt- 
qichlaming soni yil davomida deyarli barqaror saqlanadi.
Boshqa  cho‘l  tiplariga  nisbatan  qumli  cho‘llarda  o‘simliklarning 
tur soni ko‘p va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi ham xilma- xil.  Bu  yerda  ayrim  daraxt  turlarining  mavjudligi  o‘rmonlarga  xos 
bo‘lgan fauna elementlarining (ayrim sudralib yuruvchilar, ola qanot- 
li qizilishton, zag‘izg‘on, Buxoro chittagi, cho‘1 karqunog‘i, saksovul 
chumchug‘i,  kurgalak,  moyqutlar,  tentakqush,  ko‘k  kurkunak,  qo‘1 
qanotlilaming ayrim turlari) uchrashiga sabab boigan.
Qumli cho‘llarda ssink gekkoni, kulrang gekkon, yoi-yo‘1 kaltake 
sakcha, quloqli yumaloqbosh, taroq barmoqli gekkon, qum yumaloq- 
boshi,  to‘r-to‘r  kaltakesak,  kulrang  echkemar,  ikki  dogii  to‘rg‘ay, 
cho‘l  quzg‘uni,  choi  qarqunog‘i,  taroq barmoqli  va paxmoq oyoqli 
qo‘shoyoq,  katta  qumsichqon,  tolay  tovushqoni,  ingichka  barmoqli 
yumronqoziq,  shalpangquloq  tipratikan  kabi  turlar  keng  tarqalgan. 
Ulaming  morfologik  belgilari  va  xatti-harakatlari  qumli  choilarda 
yashashga moslashishiga sabab boigan.
Toshloq choilar 0 ‘rta Osiyoning  shimoliy  qismidagi tekisliklar- 
da  katta  maydonni  egallaydi.  Ular  orasida  eng  yiriklari  Betpakdala 
va  Ustyurt platolaridir.  Toshloq  choilarda yeming  yuza  qismi  gips 
kristallari bilan qoplanganligi sababli, gipsli choilar ham deb yuriti 
ladi. Xuddi shunday shag‘alli choilar va qirlar ham toshloq choilar 
tipiga tegishli.
Toshloq  choilar  yashash  muhiti  sifatida  qumoq  va  sho‘rxok 
choilardan  sezilarli  darajada  ajralib  turadi,  ammo  gilli  choilarga 
o‘xshaydi. Mazkur tipdagi choilar o‘simliklar hayoti uchun bir qator 
noqulayliklarga ega boiganligi sababli, bu yerda o‘simliklar qoplami 
tarkibida daraxtlar uchramaydi va o‘simliklar tarqoq joylashadi.
Umurtqali  hayvonlaming  tur  tarkibi  va  ulardagi  moslanishlar 
toshloq  choilardagi  hayotiy  sharoitlarga  (oziq  tarkibi,  substratning 
qattiqligi)  muvofiq  ravishda  shakllangan.  Toshloq  choilar  boshqa 
choilarga  qaraganda  ovchilik  yuritish  uchun  qator  qulayliklarga 
ega.  Betpakdala  va  Ustyurtda  tarqalgan  sayg‘oq  toshloq  choilar 
uchun  tipik  boigan  tur  sanaladi.  0 ‘tgan  asming  ikkinchi  yarmida 
Betpakdalada  200-300  ming  bosh  sayg‘oq  ovlangan.  Yaqin-yaqin- 
gacha  bu joylarda  qulonlar  ham  uchragan  va  ayni  vaqtda  esa  ular 
Badxizda  saqlanib  qolgan.  Bir  paytlar  0 ‘zbekiston,  Turkmaniston va Qozog‘iston tekisliklarida jayronlaming  yirik podalari  uchragan, 
endilikda  ulaming  soni  juda  kamaygan.  Qo‘shoyoqlar  bu  tipdagi 
cho‘llarga xos bo‘lib, ulaming o‘nga yaqin turlari uchraydi. Ular zich 
substratli joylami ma’qul ko‘radi. Bu yerda qizil dumli va katta qum 
sichqonlar ham tez-tez uchrab turadi.
Toshloq  choilar  uchun  faqat  yerga  uya  quradigan  qushlardan 
oqbovur,  qorabovur,  kichik  to‘rg‘ay,  kulrang  to‘rg‘ay  va  yo‘rg‘a 
tuvaloqlar  tipik  turlar  sanaladi.  Ulaming  ayrimlarida  (bulduruqlar, 
tuvaloqlar)  orqa barmoqlar  yo‘q,  tovonlar  esa  qattiq yerda  harakat- 
lanishga  moslashgan  bo‘ladi.  Sudralib  yuruvchilardan  to‘r-to‘r  kal 
takesak, taqir yumaloqboshi, turli rang kaltakesak,  dasht agamasi va 
qalqontumshuq ilon tipik turlar sanaladi. Tabiiy boshpanalaming juda 
kamligi  sababli,  deyarli  barcha  mayda  sutemizuvchilar  va  sudralib 
yumvchilar uya qazib yashashga moslashishgan.
Sho‘rxok  cho‘llarga  Borsa-Kelmas  cho‘li  (Ustyurtda  joylash- 
gan  bu  cho‘l  ba’zan  “ko‘l”  deb  ham  yuritiladi,  maydoni  1  mln.ga 
atrofida),  Qoraqumdagi  Sariqamish  botig‘idagi  sho‘rxoklar,  Aydar 
sho‘rxogi,  Baland  Sor  sho‘rxogi,  Ming  buloq,  Og‘itma,  Karrak  ota 
sho‘rxoklari va Qizilqumda tarqoq joylashgan  sho‘rxoklami  kiritish 
mumkin. Xuddi shunday sho‘rxoklar ko‘llaming qurib qolgan qismi­
da ham uchraydi.
Sho‘rxok cho‘llaming hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni juda 
kam bo‘lib, tipik turlarga sariq yoqa,  suvtorg‘oq,  sho‘rxok to‘rg‘ayi, 
jiqtoqlar  kiradi.  Hayoti  butunlay  sho‘rxok  cho‘l  tipi  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  sutemizuvchi  va  sudralib  yuruvchi  hayvon  turlari  deyarli 
yo‘q. Bahor oylarida sho‘rxoklarga suvning yig‘ilishi hisobiga hayoti 
suv bilan bog‘liq bo‘lgan katta qiziloyoq, jiqtoq, suvtarg‘oq kabi qush 
turlarining uchrashiga imkon yaratiladi.
Orol  dengizining  qurigan  tubida  shakllangan  Orolqumni  ham 
sho‘rxok  cho‘l  tipiga  kiritish  mumkin.  1960-yillarda  Orol  den 
gizining  maydoni  68,9  ming  kvadrad  kilometr,  suv  hajmi  esa  1083 
kilometr kub  bo‘lgan.  0 ‘sha  davrda uning bioxilma-xilligi  va mah 
suldorligi yuqori  bo‘lgan va har yili  30  ming tonna baliq  ovlangan. Orol  dengizida 20 turga mansub baliqlar yashagan bo‘Isa,  Orol  oldi 
havzalarida  esa  38  tur baliqlar uchragan.  Endilikda  qurigan  dengiz 
ostidagi tuz va qumdan iborat maydoni 5 million gektarga yetadigan 
Orolqum  deb  nomlanuvchi  cho‘1  shakllangan.  Ma’lumotlarga  qara 
ganda,  Orolqumdan ko‘tarilgan tuz va chang bo‘ronining ta’sir etish 
radiusi 300 kilometrga yetadi. Bu, o‘z navbatida, 0 ‘zbekistonning ta 
biatiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gilli choilar (efimer choilar) Badxizda,  Qashqadaryoda (Qarshi 
dashti),  Sirdaryoning  ikkala  sohilida  (Dalvarzintepa  va  Mirzacho‘1 
dashti)  va  Qoratog‘ning  janubiy  etagida  joylashgan.  Relyefi  turli- 
tuman, yer usti suvlari boshqa tipdagi choilarga nisbatan ko‘p. Gilli 
choilar  cho‘zilgan  uzun  polosalar  shaklida  boiib,  ayrim joylarda 
uzilgan holatni egallaydi.
Ekologik  sharoitlari  toshloq  choilarga  o‘xshab  ketadi.  Yer yuzasi 
ancha qattiq, yurish va yugurish uchun yaxshi tayanch b o ia oladi. Tabi 
iy boshpanalar deyarli yo‘qligi sababli hayvonlar uya qazishga majbur 
boiadi. Yoginlar ko‘p boigan yillarda gilli choilarda o‘simliklar qop­
lami yaxshi rivojlanadi va o‘tloqqa o‘xshash qiyofa kasb etadi. Bu ho 
lat o‘simlikxo‘r hayvonlaming oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi.
Gilli  choilaming  hayvonot  dunyosi  toshloq  choilarga  o‘xshab 
ketadi. Chunki bu ikkala tipga xos choilar bir-birlariga yaqin joylash 
ganligi  sababli  o‘xshash  sharoitlarga ega.  Tuyoqlilardan jayron gilli 
choilar uchun asosiy tipik turlardan sanaladi.  Badxizda hanuzgacha 
qulon  saqlanib  qolgan.  Bu  yerda  katta  va  kichik  qo‘shoyoqlar,  se 
versov  qo‘shoyog‘i,  qizilqum  qumsichqoni,  zamdniy  qumsichqoni, 
afg‘on  dala  sichqoni,  ko‘rsichqon,  sariq  yumronqoziq  va  shu  kabi 
boshqa turlar uchraydi. Ikki dogii, dasht va hind to‘rg‘aylari, buldu 
fuqlar, tuvaloqlar va tumalar ham uchrab turadi.
Sudralib yumvchilardan eng xarakterlisi dasht toshbaqasidir. Gilli 
choilarda  ildam kaltakesakcha,  turli rang kaltakesakcha,  dasht aga 
masi,  taqir  yumaloqboshi,  uzunoyoqli  ssink,  turli  rang,  ko‘ndalang 
yo ili  va  yo‘l-yo‘1  chiporilonlar,  qum  bo‘g‘ma  iloni,  o‘q  ilon  va 
boshqa cho‘1 tiplariga xos boigan turlar uchraydi.

M a’lumki,  cho‘l  landshafti  o‘zining  qadimiyligi  bilan  boshqa 


landshaftlardan  ajralib  turadi.  Bunday  xususiyat  cho‘l  landshafti- 
ning  juda  qisqa  vaqt  ichida  turli  antropogen  omillar  ta’sirida  tub 
dan  o‘zgarishiga  va  qayta  tiklanishi  uchun  juda  uzoq  muddat  ta 
lab  qilishiga  sabab  bo‘ladi.  Ayniqsa,  cho‘l  mintaqasini  o‘zlashtirish 
maqsadida suv chiqarish (Qoraqum, Amu-Buxoro mashina kanallari) 
voha va ko‘llaming shakllanishiga, natijada, cho‘l hayvonlari hamda 
o‘simliklarining areali va soni qisqarishiga, ayrim turlaming hududni 
tark  etishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Cho‘llar  o‘mida  vohalar,  turli  aholi 
yashash  punklari,  jumladan,  shaharlaming  (Zarafshon,  Uchquduq) 
qad ko‘tarishi, nafaqat ular joylashgan maydon, balki ular atrofidagi 
tabiiy  cho‘l  mintaqasining  tarkibida  turli  yo‘nalishdagi,  masshtab 
dagi  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishiga  olib  kelmoqda  (Mirzacho‘l,  Qar­
shi  dashti,  Qizilqum).  Mazkur jarayonlar  cho‘lga  xos  tipik  hayvon 
va o‘simlik turlari  o‘miga sinantrop turlaming kirib kelishiga  sabab 
bo‘lmoqda (kulrang kalamush, qumri, qishloq qaldirg‘ochi, mayna va 
boshq.).
Cho‘llar  uzoq  yillar  mobaynida  asosan  chorvachilik  yuritish 
maqsadida  foydalanilgan  bo‘Isa,  endilikda  turli  foydali  qazilma- 
lami  qazib  olishda,  saksovul, juzg‘un,  yulg‘un  kabi  o‘simliklardan 
yoqilg‘i,  yantoq,  shuvoq,  silen,  singren kabi  oziqbob  o‘simliklardan 
oziqa va boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda. Bunday vaziyat cho‘l 
ekotizimlari barqarorligining buzilishiga va natijada bioxilma-xilligi- 
ning pasayishiga olib kelmoqda.
2.2. Cho‘l faunasining ekologik xususiyatlari
Cho‘l  sharoitida  tirik  organizmlaming, jumladan,  hayvonot  dun­
yosining hayoti nisbatan noqulay abiotik omillar ta’siri ostida kechadi. 
Bunday sharoitda hayvonlaming hayoti uchun zarur bo‘lgan omillar- 
ning ko‘pchiligi pessimal va hatto cheklovchi ko‘rsatkichda namoyon 
bo‘ladi.  Natijada hayvon va o‘simlik turlarida yaqqol  ajralib  turadi- 
gan morfo-fiziologik moslanishlar shakllanadi. Cho‘l hayvonlarining ko‘pchiligi  ekologik  sharoitlarga  mos  ravishda  kserofil  va  evriterm 
turlardan tashkil topadi.
Cho‘llar turli yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar, jumladan, organizm 
laming  noqulay  iqlim  sharoitlariga  nisbatan  moslanishini,  morfo- 
fiziologik  o‘zgarishlami,  faunaning  shakllanish jarayonlarini,  turlar 
ekologiyasini,  ulami  muhofaza  qilish  va  oqilona  foydalanish  masa 
lalarini o‘rganish uchun tajriba maydoni boiib xizmat qiladi.
Choida yashovchi turli  sistematik guruhlarga mansub hayvonlar 
o‘zlarining tashqi tuzilishi, xatti-harakati va boshqa ekologik belgilari 
bilan bir-biriga juda  o‘xshash boiadi.  Kemimvchilar turli  avlod va 
oilalarga tegishli bo‘lishlaridan qat’i nazar, deyarli bir xil ko‘rinishga 
va o‘xshash hayot kechirish tarziga ega.  Masalan, sutemizuvchilarga 
mansub  qo‘shoyoqlar,  tovushqonlar,  kengumsimon  sichqon,  xaltali 
qo‘shoyoq kabi turlaming orqa oyoqlari uzunligi, quloqlari va ko‘zlari 
kattaligi,  dumi uzunligi va u tayanch vazifasini bajarishi hamda  du 
mining uchi mo‘yqalam uchiga o‘xshashligi kabi morfologik belgilari 
bilan qo‘shoyoqlarga o‘xshab ketadi. Bunday o‘xshashliklar konver- 
gensiyaga yaqqol misol bo‘la oladi va hayvonlaming cho‘1 sharoitiga 
moslashuvini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Hayvonlaming  cho‘1  sha 
roitida yashashga nisbatan moslanishlari ichida ulaming suvni qidirib 
topishi,  uni  sarflashi  va  tanada  saqlashi  bilan  bog‘liq  fiziologik  va 
etologik xususiyatlari asosiy o‘rinni egallaydi.  Suv va oziqaning tan 
qisligi  hatto  issiqqonli  hayvonlaming  nafaqat  qishda,  balki yozning 
issiq  oylarida ham uyquga ketishiga  sabab boiadi.  Hayvonlar orga 
nizmidagi bu kabi moslanishlar ulaming tashqi morfologik belgilarida 
(jun, pat va par qoplami),  fiziologiyasida (yog‘  qatlami,  metabolitik 
suv hosil qilish) va xatti-harakatida (qishki va yozgi uyquga kirish, is­
siq va sovuqdan himoyalanishda boshpana tanlash va hokazo) yaqqol 
namoyon boiadi.
C hoi hayvonlari suvga boigan talabini qondirish maqsadida uzoq 
masofalarga doimiy migratsiya qilishadi.  Bunday  sharoitda ulaming 
bir qismi yirtqichlarga o‘lja ham boiadi. Ayrim turlar suvni iste’mol 
qilgan oziqasi tarkibidan olishadi yoki metabolitik suv hosil qilish xu susiyatiga ega. Cho‘l qushlarining ayrim turlari suv ichish maqsadida 
uzoq masofalarga uchib boradi.  Jumladan,  Saxar cho‘lida yashovchi 
cho‘l  to‘rg‘aylari  nomuntazam  ravishda  suv  ichishga  borishadi  va 
ba’zan  hafta  davomida  suvsiz  yashay  oladi.  Bulduruqlar  haqiqiy 
cho‘l qushlari bo‘lib, suvsizlikka chidamliligi tufayli, cho‘lning ancha 
ichkarisida, suvdan uzoqda joylashgan qismlariga uya quradi.
Damanlar bir necha oylab, bir o‘rkachli tuyalar esa haftalab suvsiz 
yashay olishi mumkin. Bu muddatda ular tana to‘qimalaridagi zaxira 
suvdan foydalanadi va juda oriqlab ketadi, ammo bir marta to‘yib suv 
ichishi, ulaming yo‘qotgan vaznini qayta tiklab olishi uchun yetarlidir. 
Xuddi shunday qobiliyat tuyoqlilardan qilich shoxli antilopalar vakili 
addaks (Addax nagomaculatus)  da va Afrika yovvoyi eshagi (Equus 
asimus)  da  ham  kuzatiladi.  Ko‘pchilik  bo‘g‘imoyoqlilar  ham  kam- 
dan-kam holda suv ichadi. Cho‘l hayvonlari orasida umuman suv ich 
maydigan vakillarga o‘simlikxo‘r kemiruvchilami, ko‘pchilik hasha 
rotlar va qator sudralib yumvchilami misol qilish mumkin. Ulaming 
suvga bo‘lgan talabi  iste’mol qiladigan oziqasi hisobiga qondiriladi. 
Kunduzgi qumsichqon (Psammomys  obesus)  o‘simliklaming  sersuv 
qismlari  bilan  oziqlanadi  va  hatto  sho‘rxok  tuproqda  o‘suvchi  suk 
kulentlaming tarkibidagi suvdan foydalanadi. Bu kabi hayvonlar siy- 
digining konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lib,  o‘zida dengiz  suvining 
tarkibiga qaraganda to‘rt barobar ko‘p tuz saqlaydi.  Sudralib yuruv­
chilar esa cho‘l sharoitida yashash uchun nisbatan ajoyib moslashish 
hosil  qilishgan.  Ulaming  muguz  tangachalar  bilan  qoplangan  terisi 
suv  o‘tkazmaydi  va  shu  bilan birga,  oziqasi  tarkibidan  yetarli  miq 
dordagi suvni o‘zlashtira oladi hamda bu kabi turlaming ekskrimenti 
tarkibida suv deyarli bo‘lmaydi.
Qushlar  va  sudralib  yuruvchilar  moddalar  almashinuvida  hosil 
bo‘lgan azot saqlovchi hosilalami siydik kislotasi ko‘rinishida ajrati- 
shadi. Chunki siydik kislotasi yengil zich massa holidagi cho‘kmaga 
o‘tadi  va  deyarli  tarkibida  suvni  saqlamaydi.  Sutemizuvchilar  mo 
chevina  ajratishadi,  ammo uning  tarkibidagi  suv minimum  darajada 
kamaygan holda bo‘ladi. Jumladan,  odam siydigi tarkibida suv 92% bo‘lsa,  kengurusimon  kalamush  siydigi  tarkibida  u  70%  ni  tashkil 
qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming tashqi xitin qoplag‘ichi ham tanani suv 
sizlanishdan saqlaydi.
Cho‘1 hayvonlarida,  suv tanqisligiga moslashish bilan birga, issiq 
sharoitda yashashga nisbatan ham turli moslanishlar shakllangan. Or- 
ganizmni  sovitishga qaratilgan  ayrim  xatti-harakatlar cho‘1  hayvon 
larida yaqqol namoyon bo‘ladi (1-rasm).
1-rasm.  Cho 7 hayvonlarining yuqori haroratga moslashish xususi­
yatlari:  1 -  sudralib yuruvchilar; 2 -  kemiruvchilar; 3 -yirtqichlar.
Bu  kabi  moslanishlar  tanadagi  ortiqcha  issiqlikni  ajratishga  qa 
ratilgan  boiib,  yirik  sutemizuvchilar,  masalan,  antilopalarda  bunday 
hodisa terlash va nafas olishning tezlashuvi orqali yuz beradi va maz 
kur fiziologik holatlaming tezlashuvi suvni bug‘latib tananing sovishiga 
olib keladi. Qushlar va ko‘pgina sudralib yuruvchilar og‘izlami keng 
ochish va tez-tez nafas olish orqali suvni ko‘proq bug‘latishga erisha 
di.  Jazirama issiq sharoitda yashovchi aksariyat sutemizuvchilaming 
quloqlari katta, oyoqlari esa uzun boiadi. Bu qonuniyat Allen qoida 
sida o‘z  ifodasini topgan, ya’ni nisbatan issiq hududlarda yashovchi 
hayvonlarda  tananing  bo‘rtib  chiqqan  qismlari, jumladan,  quloqlar, 
dum  va  oyoqlar  sovuq  hududda  yashovchi  hayvonlarga  qaraganda 
katta va uzun boiadi.  Masalan, кар tovushqoni,  fenek tulkisi va pa- 
kana tulki kabi turlaming quloqlari ancha katta boiib, ular “sovitish 
tizimi” 
r olini bajaradi.

Umurtqali hayvonlaming ba’zi bir turlari issiqlikka juda chidamli 


bo‘ladi, jumladan, kaltakesaklar uchun yuqori kritik harorat 40-^5 °C 

bo‘lsa, ilonlar uchun 38-42°C, qushlar uchun 43-46°C va sutemizuv- 


chilar uchun esa 39-44°С da tebranadi. Yuqori harorat ayrim turlam- 
ing  yer  ostida yozgi  uyquga  ketishiga  sabab  boisa,  boshqalarining 
turli  yoriqlarda,  buta  va  daraxtlarning  ustida  boshpana  topishiga 
olib  keladi.  Hasharotlar  esa  yozni  tuxum  yoki  g‘umbak  bosqichida 
o‘tkazishga moslashganligi sababli, noqulay sharoitdan himoyalanadi. 
Bunday moslashish tuxum va g‘umbakning lichinka yoki voyaga yet 
gan hasharotga nisbatan issiqlikka chidamliligi bilan tushuntiriladi.
Amerikada  yashovchi  kurakoyoqli  amfibiyalar  (Scaphiopus) 
qurg'oqchilik davrida (8-9 oy) orqa oyoqlari bilan yerai kovlaydi va 
yer ostida uyquga ketadi. Ulardan ajralib chiqadigan shilimshiq mod 
da yer ostidagi kameraning devorini namlaydi hamda qurg‘oqchil sha 
roitda yashab qolishga imkon beradi. Yozgi uyqudan uyg‘ongan am 
fibiyalar qisqa muddatda hosil bo‘lgan havzalarga tuxum qo‘yishadi. 
Otalangan tuxumdan ikki kun ichida itbaliqlar chiqadi, bir hafta ichida 
ular jadal о‘sib rivojlanadi va qisqa vaqt ichida kichik, mustaqil uya 
qaza oladigan baqachalarga aylanadi. Butun rivojlanish davri jami bir 
oy muddatni egallaydi.
Ko‘pchilik  sudralib  yuruvchilar o‘tkir quyosh nuridan himoyala- 
nish  maqsadida  qumga  ko‘milib  olishadi  (urchuqsimon  ssink,  qum 
bo‘g‘ma  iloni,  oddiy  ssink).  0 ‘rta  Osiyoda  uchraydigan  aksariyat 
sudralib yuruvchilar issiqlik va quyoshning o‘tkir nurlaridan himoya- 
lanish  uchun  sutemizuvchi  hayvonlaming  uyalaridan  boshpana 
qidirsa, o‘qilon, dasht agamasi kabi turlar buta va past daraxtlar ustiga 
chiqib oladi.
Cho‘1  hayvonlarining  o‘ziga  xos  oyoq  panjalari  ham  ulaming 
qumli  cho‘llarda tez  va yengil harakatlanishini ta’minlashga xizmat 
qiladi.
Cho‘llarda turlar soni juda kam va zichligi past ko‘rsatkichga ega 
bo‘lishiga  qaramay,  umurtqalilardan  -   sudralib  yuruvchilar,  qush 
lar va  sutemizuvchilar,  hasharotlardan -   sakrovchi  to‘g‘riqanotlilar, qo‘ng‘izlar,  chumolilar,  o‘rgimchaksimonlardan  -   chayonlar,  falan 
galar va boshqalar nisbatan keng tarqalgan.
0 ‘simliklar  qoplamida  yarustlilikning  deyarli  yo‘qligi  sababli, 
hayvonlar asosan yer ustida va ba’zan yer ostida hayot kechirishadi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, qiyosiy tahlil qilinganda, Mustaqil dav 
latlar hamdo‘stligi hududida joylashgan cho‘llar faunasining tur soni 
dashtlar faunasiga qaraganda ancha ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Cho‘l ekotizimlari qadimiyligi sababli, bu yerda endemik turlar va 
avlodlar ko‘p (Orol baqra balig‘i, Turkiston agamasi, xo‘jasavdogar, 
ingichka  barmoqli  qo‘shoyoq  va  boshq.).  Cho‘llaming  antropogen 
omillarga  juda  beriluvchanligi  ulardagi  faunaning  qisqa  muddatda 
boy berib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Cho‘llarda  dashtlarga  qaraganda  migratsiya  jarayoni  nisbatan 
kuchsiz  namoyon  bo‘ladi  va  bunday  migratsiyalar  asosan  qushlar 
olamida kuzatiladi. Ulaming ayrim turlari yilning noqulay davrlarida 
cho‘l chegarasidan tashqariga migratsiya qiladi.
Cho‘llarda,  ayniqsa,  bahor  faslida  hayvonot  dunyosining 
ko‘payishi,  oziqlanishi,  oziqa  va  energiya  jamg‘arishi  kabi  hayo 
tiy  faoliyatlar jadallashadi.  Ko‘pgina  cho‘l  hayvonlari  uchun  tungi 
faollik xarakterli  bo‘lib,  bu  holat  ayniqsa,  yoz  oylarida  haroratning 
maksimal darajani egallashi tufayli sodir bo‘ladi.  Hayvonlar kunduz 
kunlari soya-salqin joylardagi boshpanalarga kirib, issiqdan himoya- 
lanishadi.  Ayniqsa,  oziqlanish,  suv  qidirish  bilan  bog‘liq  faollik 
ulaming  chaqqon  harakatlarida  yaqqol  seziladi.  Bunday  harakatlar 
hayvonlaming  issiqdan  hamda  ochiq  maydonlarda  dushmandan  hi 
moyalanishiga  ancha  qulayliklar  tug‘diradi  (qo‘shoyoqlar,  ingichka 
barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq).
Cho‘lda o‘simliklarning siyrakligi va relyefning nisbatan tekisligi 

b oihpana rolini o‘tovchi joylaming tanqisligiga sabab bo‘ladi. Bu esa, 


O'z  navbatida,  mayda  hayvonlaming  boshqa  turdagi  yirik hayvon 
Itr 
boshpanasidan foydalanishiga olib kelgan. Jumladan,  katta qum 
llchqonning  uyasida  300  ga  yaqin  turdagi  hayvonlaming  yashashi 
•nlqlangan.  Hatto  to‘rg‘aylar  yozgi  issiqdan  saqlanish  maqsadida kemiruvchilaming uyasidan boshpana sifatida foydalanishi qayd etil 
gan.  Ko‘kbo‘zdoq  va  hind  chumchug‘i  kabi  qush  turlari  qoyalarda 
uya qurib, ko‘payishda ishtirok etishi bilan bir qatorda, jazirama is 
siqdan va dushmanlaridan himoyalanadi.
Hayvonlaming  tashqi  muhitga  moslanishlaridan  yana  biri 
maskirovkadir.  Odatda,  cho‘l hayvonlarining rangi tashqi muhit ran 
giga mos, ya’ni sarg‘imtir kulrang tusda bo‘ladi. Bunday tus ulaming 
dushmanlardan himoyalanishi va ov qilishida qulaylik yaratadi.
Qumli  cho‘llarda  tarqalgan  hayvonlaming  harakat  organlarida 
moslanish  bilan  bog‘liq  o‘zgarishlar  kuzatiladi.  Masalan,  ingichka 
barmoqli yumronqoziq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va putorak yerqa 
zarining panjalarida uzun dag‘al qillar bo‘Isa,  ayrim sudralib yuruv­
chilar  (taroq barmoqli  gekkon,  yumaloqboshlar)  va  qo‘ng‘izlaming 
panjalarida  shox  va  xitindan  tashkil  topgan  o‘simtalar  shakllangan. 
Bunday  moslanishlar  ulaming  sirg‘anchiq  qumda  harakatlanishini 
yengillashtiradi. Ko‘pgina qumda harakatlanuvchi sudralib yumvchi 
larda boshining yuqori qismida joylashgan ko‘zlar va bumn teshiklari 
hayvonning  qumga ko‘milgan holda atrofni kuzatishini  ta’minlaydi. 
Yumaloqboshlar,  charxilon va qum bo‘g‘ma iloni kabi turlar qumga 
ko‘mila  olish  qobiliyatiga  ega  bo‘lib,  bunday  xususiyat  hayvonlar- 
ning himoyalanishi va ov qilishi uchun qulaylik yaratadi.
Cho‘l mintaqasida yashaydigan hayvonlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, 
quzg‘un  kabi  turlar  yuqori  ekologik  valentlikka  ega  bo‘ladi.  Ayrim 
sinantrop  turlar  (uy  sichqoni,  uy  chumchug‘i)  hamda  hayoti  suv 
havzalari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ba’zi  turlar  ham  cho‘lda  yashashga 
moslashgan.
Cho‘l  faunasi  tarkibi  choi  sharoitlariga  yuqori  darajada  muvo 
fiqlashgan,  adaptatsiyalashgan  turlar bilan  bir  qatorda,  ancha  keyin 
dasht mintaqasidan cho‘l mintaqasiga ko‘chib o‘tgan  turlardan (dasht 
qora iloni, tez kaltakesagi, dasht burguti, bir necha turdagi to‘rg‘aylar, 
kichik yumronqoziq, ko‘rsichqon, sayg‘oq) tashkil topgan.
Qumloq  cho‘l  tiplarida  asosan  bo‘g‘imoyoqlilar  (chumolilar, 
qora qo‘ng‘izlar,  uzun tumshuqlilar,  bo‘xcha  qo‘ng‘izlar)ning  turlar soni  ancha  ko‘p  bo‘lib,  o‘rgimchaksimonlardan  falangalar,  haqiqiy 
o‘rgimchaklar,  chayonlar,  umurtqalilar  orasida  esa  sudralib  yuruv- 
chilar keng tarqalgan. Bu turlaming aksariyati endemik yoki Paleark- 
tika  cho‘llariga,  ayrimlari  faqat  Orol  -  Kaspiy  cho‘llariga xos  tur- 
lardir  (dasht  baqasi,  kulrang  ssink,  taroq  barmoqli  va boshqa  qator 
gekkonlar, dasht va Kavkaz agamalari, quloqli va qum yumaloqbosh 
lari, kulrang echkeemar, qum charx iloni, qumbo‘g‘ma iloni, o‘qilon, 
chipor ilonlar va boshqalar).
Qushlar faunasi tarkibida turlar  soni kam bo‘lishiga qaramay,  bu 
guruh orasida ham aynan cho‘llar uchungina xos bo‘lgan endemiklar 
(xo‘jasavdogar,  cho‘l  va  saksovul  chumchuqlari,  cho‘l  moyquti,  oq 
va qorabovurlar) uchrab turadi.  Cho‘l mintaqasidagi suv havzalarida 
jingalak va pushti birqozon, kichik qoravoy, qizil g‘oz, kichik va katta 
oq qarqaralar,  qoshiqburun,  marmar o‘rdak, uzun dumli burgut kabi 
suv va suv oldi qushlarini uchratish mumkin.
Markaziy  Osiyo  cho‘llarida  sutemizuvchilardan  putorak  yerqa 
zari,  shalpangquloq tipratikan,  sariq  va  ingichka barmoqli  yumron 
qoziq, kichik qo‘shoyoq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va taroq barmoq­
li  qo‘shoyoq,  qizil  dumli  katta  qumsichqon, jayron,  qulon,  yovvoyi 
mushuklaming bir necha turlari (qoraquloq, manul, barxan mushugi, 
gepard), chiya bo‘ri, tulki, bo‘ri va boshqalar keng tarqalgan.
Qumli  cho‘l  tipi  faunasi  xilma-xilligi  bo‘yicha  boshqa  tipdagi 
cho‘l faunalaridan ancha ustun turadi. Bu tipdagi cho‘llarda, ayniqsa, 
sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va bo‘g‘imoyoqlilaming xilma- 
xilligi hamda zichligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gilli cho‘llaming faunasi tarkibida turlar soni kam bo‘ladi. Bu yer- 
da hasharotlaming kam bo‘lishi sababli, ular bilan oziqlanuvchi sud­
ralib  yuruvchilar  ham  kam  bo‘ladi.  Toshloq va  sho‘rxok  cho‘llarda 
hayotiy jarayonlaming kechishi uchun qulay  sharoitlaming kamligi, 
mazkur  cho‘llar  faunasi  tarkibida  turlar  sonining  ham  kamayishiga 
sabab bo‘lgan.
Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə