Choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, govzabondoshlar va atirguldoshlar oilalari



Yüklə 57,86 Kb.
tarix24.04.2018
ölçüsü57,86 Kb.
#40120

Aim.uz

Choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, govzabondoshlar va atirguldoshlar oilalari.

 

Reja:



1. Choydoshlar oilasiga tasnif.

2. Dalachoydoshlar oilasiga tasnif.

3.  Qovoqdoshlar  oilasiga tasnif.

4.  Karamguldoshlar (krestguldoshar) oilasiga tasnif.

5. Gulxayridoshlar oilasiga tasnif.

6. Govzabondoshlar oilasiga tasnif.

7. Atirguldoshlar oilasiga tasnif.

8. Choy avlodiga xos xarakterli belgilar.

9. Dalachoydoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati.

10.Varonkadoshlar oilachasiga kiradigan avlodlar haqida umumiy ma’lumot.

11.Butguldoshlar oilasining begona o‘t sifatida uchraydigan vakillariga xarakteristika.

12.Kanopga xos ta’rif va kanopning turlari.

13.Tubulg‘iguldoshlar kenja oilasiga tasnif.

14.Atirguldoshlar kenja oilasiga tasnif.

15.Olmaguldoshlar oilasiga xarakteristika.

16.Olxo‘ridoshlar oilasiga xarakteristika.

 

Choydoshlar oilasi-(Theaceae).

 

       Bu oila vakillari ko‘pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy,  chetlari tekis, birin-ketin  joylashgandir. Yonbarglari bo‘ladi yoki bo‘lmaydi.  Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabarglari 5-7 ta. Tojbarglari 5 ta, ba’zan 4 ta yoki bir qancha va kosabarglari singari tagi qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bo‘ladi. Otaligi ko‘pincha cheksizdir. 5 ta bog‘lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo‘ladi.  Onaligi 2 yoki ko‘p, ko‘pincha 3-5 mevabargli,tugunchasi ustki,ikki va ko‘pincha 3-5 uyali, mevasi  ko‘sakcha  yoki kamdan kam rezavor mevadir.  Bu oila 30 avlod 400 turdan tashkil topgan bo‘lib, uning vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim avlodlariga choy (Thea) va kamelliya (Camellia) lar kiradi.



       Choy avlodi (Thea). Bu avlod vakillari doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxt o‘simliklardir. Ularning barglari etli, ovalsimon uchiga tomon ensizlagan va qisqa  bandlidir.  Gullari  bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg‘ish pushti tukga moyilroq rangli bo‘ladi.

       Mevasi yog‘ochlangan ko‘sakcha,  har qaysi uyasida bittadan olchadek  urug‘i bo‘ladi. Choy  yer shari bo‘yicha 4 ta turi ma’lum.  Shundan ikkitasi Xitoy choyi (Gh.  Sinensis) va assam yoki xind choyi (Gh. assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi.  Xind choyi bo‘yi 10-15 m. balanlikdagi daraxt, barglari cho‘ziq bo‘ladi. Xitoy choyi esa asosan 2-3 m balandlikdagi butadir. Uning barglari esa cho‘ziq tuxumsimon bo‘ladi. Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va xind choyi (Gh.  assamica) gibridlari asosan Farbiy Gruziyada, Ozarbayjonning Lenkoran rayonida, Krasnodar o‘lkasining janubida ekiladi. Asli (Hindixitoy) tog‘li o‘rmonlari hisoblanadi.

       Nerv sistemasining faoliyatini yaxshilash, xordiq chiqarish maqsadida yer kurrasining qariyib barcha aholisi  tomonidan  ichiladigan choy  shu o‘simlikning bargidan  tayyorlanadi.  Choy o‘simligining bargida 20-28% tannidlar, 2-5% kofein, 0,01% efir moyi, S,V 41 0, V 42 0, K vitaminlari, putin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor.

      Qizilpoychadoshlar oilasi (Yuttiferae)

       Bu oila vakillari daraxt, ba’zan o‘t,goho epifit va liana o‘simliklardir. Ularning  barglari  oddiy, qarama-qarshi  joylashgan, ko‘pincha yonbarglari bo‘lmaydi.  Gullari 2 jinsli yoki bir jinsli va to‘g‘ri, spiral xolda yoki doira bo‘lib, chala qalqonsimon yoki ro‘vak to‘pgulda  joylashgan. Kosacha  va tojbarglarining soni har xildir.  Tojbarglari ko‘pincha 5 ta,  ba’zan 4 ta, sariq goho qizil, to‘q qizil rangda bo‘ladi. Otaligi ko‘p, ba’zan 6-18 ta, aksari osti birikkan bo‘lib, 3-5 bog‘lamni tashkil etadi.  Onaligi ko‘pincha 3-5 uyali.  Mevasi ko‘sakcha,danakcha yoki rezavor mevadir. Mevasi ko‘sakcha, danakcha yoki rezavor mevadir.

       Qizilpoychadoshlar oilasi 47 avlod 850 turdan iborat bo‘lib, asosan tropik mamlakatlarda tarqalgandir. Shundan O‘zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi (Hypericum)  tarqalgan.  

       Dalachoy avlodi (Hypericum).

       Bu avlod vakillari o‘t yoki chala  buta  o‘simliklaridir.  Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz.  Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan,  otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3  uyali  ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir.  Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi.

      Dalachoy (H perforatum)

       Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi  gultojidan  qisqa  bo‘ladi.  U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi.

      Qizilpoycha (H. Scabrum)

       Bu bo‘yi 20-40 sm keladigan tanasining hammasi g‘adir budur,  ildizlari yeg‘ochlangan ko‘p yillik o‘tdir.  Uning gullari sariq, otaliklari tojbarglardan uzunroq, adir va tog‘larning yon bag‘rlarida tarqalgan.

      Xo‘jalikdagi axamiyati.

       Bu oila vakillari orasida foydali turlari  ko‘p.  Ammo  ularning dalachoylar avlodidan  boshqa  hammasi tropik mamlakatlarda tarqalgan. Ularning bargida efir moylari juda ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oshlovchi, oq bo‘yoq bo‘luvchi moddalar ham uchraydi.  Dalachoy tunda beixtiyor siyish kasaligiga duchor bo‘lgan bolalarga yotish oldidan uning bir  stakan damlamasi ichiriladi.

      Qovoqdoshlar oilasi - Sucurbitaceae.

       Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘t o‘simliklar, ba’zan chala buta, buta va kichik daraxtlardir. Ularning barglari oddiy,navbatlashib o‘rnashgan,  ko‘pincha bo‘lakchali yoki anchagina o‘yilgan, yonbargchalari bo‘lmaydi.

       Ilashuvchi poyalarida  barg  qo‘ltig‘idan  chiqqan oddiy yoki murakkab gajaklari bo‘ladi, bular shu vositasi bilan tayanchlarga ilashadi. Gullari yolg‘iz  yoki  barg qo‘ltig‘idan to‘p bo‘lib chiqadi. Ko‘pincha 1 jinsli , aktinomorf,va 4 doirali. Gulqo‘rg‘on a’zolari doirada 5  tadan  bo‘lib joylashadi. Gultojisi tutash, kamdan-kam hollarda ayrim-ayrim tojbargdan iborat.  Changchisi 3-5 ta bo‘lib, ular o‘zaro har xil birikib o‘sgan yoki erkin (yakka-yakka) bo‘ladi. Onaligi 2-5 ko‘pincha 3 mevabargli bo‘ladi. Tugunchasi ostki,3 uyali va ko‘p urug‘ kurtakli.  Mevasi yirik rezavor (qovoq deb ataladi),  kamdan-kam xolda ko‘sak mevadir.  Urug‘i endospermsiz bo‘ladi.

       Qovoqdoshlar 90 avlod 760 turdan iborat bo‘lib yer sharining tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gullari shakliga qarab bu oila qo‘ng‘iroqdoshlar va  voronkadoshlar oilachalariga bo‘linadi.

      Qo‘ng‘iroqdoshlarga tubandagi avlodlar kiradi.

      Qovoq avlodi (Sucurbita).

       Bular bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklardir. Palagi yirik,  poyasining  ichi bo‘sh bo‘ladi.  Gajaklari sershox, guli ayrim jinsli, qo‘ng‘iroqsimon va sariq rangli.  Qovoqlar Janubiy  Amerikadan kelib chiqqan. Bu turkumni 13 turi bor. Shunda 3 turi ekiladi:  Kartoshka qovoq (C. maxima)

       Meva bandi va palagi silindrsimon. Mevasi juda yirik bo‘lib-og‘irligi 60-80 kg ga yetadi.  Bu turning ovqatga ishlatiladigan,  yem-xashak va manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan navlari bor.

      Oddiy qovoq (C.pepo)

       Buning palagi va meva barglari o‘tkir qirrali bo‘ladi.  Oddiy qovoqning palak bermay tanasi to‘p bo‘lib o‘sadigan va mevasi  cho‘ziq  silindrik xili "kabachki" , yassi mevali xili patison deb ataladi.

      Oshqovoq (C. moschata) Pallali o‘tmas silindr, uzun bo‘lib, mevabandi qirrali. Voronkadoshlarga quyidagi avlodlar (turkumlar) kiradi.

       Qovunlar (Cucumis), bodringlar (Cucumis) tarvuzlar (Citrullus), qozonyuvgichlar (Luffa) va boshqalar.

       Voronkadoshlar quyidagi avlodlar kiradi:

       Tarvuz - Citrallus. Poyasi palakli, tana barglari tuklar bilan qoplangan, bir va ko‘p yillik. Barglari ikki qayta patsimon qirqilgan. Gajaklari 2-3 bo‘lakchali. Gullari 2 jinsli, mayda, sarg‘ish. Mevasi ko‘p urug‘li, sersuv, soxta meva. Unga 7 tur kiradi. Afrika va Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida tarqalgan. Ayrim turlari Afg‘oniston va Hindistonda yovvoyi holda o‘sadi. Tarvuz avlodining 2 turi ekib o‘stiriladi.

       Yeyiladigan tarvuz - C.lanatus. Vatani Kalaxalari saxrosi bo‘lib, O‘rta Osiyoda ko‘p ekiladi.

       Xashaki tarvuz -  C.vulgaris . Poyasi yo‘g‘on bir yillik gullari va mevalari yirik, o‘t o‘simlik. Eti qattiq, mazasi bir oz taxir. Quruq yerlarda  o‘sishga moslashgan, hashaki tarvuz yem-xashak sifatida o‘stiriladi.

       Qovun - Helo. Mazkur avlod vakillari bir yillik, palakli o‘simlik. Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki jinsli. Poyasi dag‘al va bargi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Urug‘chi guli changchi guliga nisbatan yirik.

       Mevasi yirik, seret, xushbo‘y, suvli, shirin. Bu avlod 10 tur mansub bo‘lib, ularning turli navlari o‘stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan.

       Bordring - Cucumisyu Bular yer bag‘irlab o‘suvchi palakli o‘simlik. Barglari yuraksimon, besh bo‘lakli, o‘tkir burchakli. Gullari ayrim jinsli. Changchi gullari shingil, urug‘chilari esa yakka - yakka joylashgan. Gullari barg qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi. Gajagi oddiy, mevasi cho‘ziq, uch uyali. Bu avlodi 30 tur kiradi. Afrika va Osiyoning issiq mamlakatlarida tarqalgan. Ekiladigan bodringning (C. sativus) yovvoyilari noma’lum. Vatani quyi Hindiston va Hindixitoy, navlari ko‘p, mevasi yangiligida yeyiladi.

       Qozonyuvgich - Luffa. Mazkur avlod vakillari bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasidagi gajaklari bilan ilashib o‘suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho‘ziq, uch uyali, quruq meva. Qozonyuvgichlarning 7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o‘stiriladi. 

       Xo‘jalikdagi ahamiyati

       Bu oilaga  kiruvchi  o‘simliklarning  ko‘pchiligi oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida ishlatiladi. Bu oila vakillarining urug‘larida moy bo‘lishi, barcha organ va to‘qimalarida achchiq glikozidlar: golotsintin, brionin,   brinoidin, alkaloidlardan   xomen, emetin va xar xil organik kislotalarning bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

 

Karamdoshlar - Brassicaceae.

 

       Bu katta  oilaga bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi, ba’zan chala butalar ham uchraydi. Barglari oddiy yoki qirqilgan bo‘lib, navbat bilan joylashgan. Yonbargchalari bo‘lmaydi.  Guli aktinomorf bo‘lib, zigomorflari kam uchraydi.  Ular 2  jinsli,  nektardonli  bo‘ladi. Gullarining rangi  ko‘pincha sariq yoki oq bo‘lib, pushti va gunafsha ranglilari ham uchraydi.  Gullari shingil va ro‘vak to‘pgullarga  to‘planadi. Kosachalari 4 ta kosacha bargdan tashkil topgan, barglari barvaqt to‘kilib ketadi.  Gultojilari krest shaklida joylashgan  to‘rtta  tojbargdan iborat. Shunga  ko‘ra  bu oila  krestguldoshlar deb ataladi.  Gulining changchilari 6 ta,  ulardan 2 tasi boshqalariga nisbatan  kaltaroq  bo‘lib,tashqi doirada,  qolgan  4  ta  uzunrog‘i ichki doirada bo‘ladi 4 ta uzun changchi dastlabki ikkita otalikning bo‘linishidan vujudga  kelganligi aniqlangan. Urug‘chilari ikkita mevacha barglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan,  tugunchalari ustki, ikkita soxta uyalidir. Tugunchalarning soxta  uyali  deb atalishiga uya ichida soxta uzala devorcha borligi sabab bo‘lgan.  Bu oila vakillarining ko‘pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, lekin o‘z-o‘zidan changlanadigan turlari ham bor.  Mevalari qo‘zoq yoki qo‘zoqchalar bo‘lib, ikki pallaga bo‘linib ochiladi. Ikkala palla o‘rtasida urug‘li yupqa parda bo‘ladi. Urug‘ida endosperm bo‘lmaydi, ammo moy kup to‘planadi. Tarkibida glyukozidlarning bo‘lishi  krestguldoshlarning xarakterli belgilaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo‘lgan krestguldoshlar 380 avlod, 3000 dan ko‘proq turi bo‘lib,  ular  asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli oblastlarida tarqalgan.  Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar:  karam (Brassica),  brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o‘sma (Isatis), katranlar (Crambe), kapsella (Capsella)



       Karamlar taxminan  50 turdan iboratdir.  Ular 1-2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Bu turkumga bargi yeyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug‘i moy beradigan o‘simliklar kiradi.

       Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o‘t sifatida uchraydi. Masalan, qo‘zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg‘om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo‘zoqcha turlaridan: jag‘-jag‘ (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka  (Thlaspi arvese), rijik(Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba’zi turlari shular jumlasidandir.

       Bizda o‘sadigan butgulli begona o‘tlarning ko‘pchiligi bir yillik o‘simlik bo‘lib, vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug‘dan tez ko‘payishiga bog‘liq. Masalan, bir tup jag‘-jag‘ 2 mingdan 70 mingtagacha urug‘ tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug‘ tugadi.

       Eng zararli o‘tlarning biri surepka (Barbarea vulgaris) dir, bu o‘t ba’zan dalani boshdan -oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o‘simlik, ammo ba’zan ildiz bachkilari bilan ko‘payadigan ko‘p yillik o‘t holiga kiradi. Uning shu jihati ko‘p urug‘ tugishi bilan birga qo‘shilib, tez ko‘payishini ta’minlab beradi. Shuning bilan birga surepkadan arilar anchagina asal ham yig‘adi. Surepkaning gullari hunarmandchilikda shoxini sariq rangga bo‘yashda ishlatiladi. O‘ziga xos begona o‘tga rijik misol bo‘la oladi. Rijik avlodining ba’zi turlari noksimon dumaloq qo‘zoqcha va moy olish uchun ekiladi.

      Gulxayridoshlar oilasi- Malvaceae.

       Gulxayridoshlar oilasiga o‘t, buta va daraxt o‘simliklar kiradi. Barglari oddiy,  panjasimon qirqilgan, gullari to‘g‘ri, 2 jinsli. Gullarining kosachasi  va tojbargi besh bo‘lakchali kosachasi ko‘pincha qo‘shloq bo‘lib ost kosachasi ham bor.  Changchilari ko‘p, ular o‘zlarining ipi bilan tutashib,  naycha bo‘lib turadi. Urug‘chilari uchta yoki undan ham ko‘proq mevacha bargdan iborat. Tugunchalari ustki, tojbarglarining asosida nektardonlar bo‘ladi.  Mevalari quruq, ko‘p urug‘li ko‘sakchalardan yoki bitta urug‘li yeng‘oqchalardan iborat. (yong‘oqchalar buyraksimon).

       Gul formulasi *Sa(5)  So5 A  U(3)

       Bu oilaga 90 avlod 1600 tur kiradi. O‘zbekiston florasida 6 avlod va 17 turi uchraydi. Ular issiq mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan.

       Bu oilaga g‘o‘za (Gassypium),gulxayri (Althaea),tugmachagul  (Malva), dag‘al kanop (Abutilon) va boshqalar kiradi.

       Fo‘za- asli vatanida ko‘p yillik daraxt va  buta  o‘simliklaridir.



Ular yovvoyi  holda  ham o‘sadi.  Fo‘za bizning sharoitimizda bir yillik o‘simlik. Fo‘zaning daraxtsimon vakillarining bo‘yi 5 metrga,  bir  yilliklarining buyi 1 metrga yetadi.  Bir yillik vakillarining o‘q ildizi juda rivojlangan bo‘lib yerga kirib boradi. Poyasi tik chiqqan va  shoxlangan, shoxlari 2 xil bo‘ladi. Tik o‘sgan shoxlari monopodial yoki o‘suvchi shox deyiladi, bu poyaning ostki qismida chiqadi. Yon shoxlari simpodial yoki xosil shoxlar  deyiladi,  bular poyaning yuqori qismidan chiqadi va tirsak-tirsak bo‘lib o‘sadi. Barglari oddiy 3-5-7 bo‘lakchali va uzun bandli ikkita yonbargli bo‘ladi. Guli yirik va qo‘shgulqo‘rg‘onli, kosacha barglari qo‘shilib o‘sgan,  5 tishli, 3 ta yirik yonbargchadan hosil bo‘lgan ost kosachali. Gultoji 5 ta erkin. Fo‘za guli atigi 1 kun ochilib turadi. Ertalab gultojining rangi och sariq,  kechga yaqin  binafsha  rangga kirib so‘liydi  va 2-3 kun ichida qurib otaligi va tuguncha to‘kilib ketadi. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi. Otaligi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tugunchasi 3-5 uyali, ustki. Mevasi 3-5 uyali ko‘sak bo‘lib, ichida uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan dumaloq yirik bir qancha  urug‘lar bo‘ladi.

       Fo‘zaning madaniy turlaridan 3 turi ekiladi.

       Oddiy g‘o‘za (G hirsutum)

       Misr g‘o‘zasi (G barbadense)

       Jaydari g‘o‘za (G herbaceum)

       Gulibaxmal (A officinalis) Bu poyasi to‘g‘ri va tik o‘sgan, namatdek yumshoq, yulduzsimon  tukchalar  bilan qoplangan, gullari  och  pushti yoki oqimtir, hidsiz, ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Bizda to‘qaylarda va zahroq yerlarda o‘sadi. Ildizi meditsinada qo‘llanaladi.

       Gulxayrilar oilasiga sanoatda muhim hisoblanadigan kanop o‘simligi kiradi.

Kanop (Hibiscus cannabinus) bonbey kanop tolasi deb ham ataladi, chunki bu o‘simlik ekiladigan asosiy joy Hindiston, qisman Erondir. Kanop asl o‘sadigan bo‘ydor o‘t bo‘lib, poyasining o‘rtasidan 5-7 bo‘lakli barglar chiqaradi, pastki barglari esa yaxlit, ustki barglari tishli bo‘ladi. Kanopning poyasidan yaltiroq, mayin va yumshoq tola olinadi, bu tolaga yaxshi ishlov berilsa, u zig‘ir tolasiga yaqinlashib qoladi.

       Dag‘al kanop  (Abutilon avicennae) ham o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 4 m gacha boradi va yuraksimon yirik - yirik yaxlit barglar chiqaradi. Bu o‘simlik bizda Bessarabiyadan sharqqacha, to Manjuriyagacha bo‘lgan qirlarda odatda siyrak holda uchraydi. Dag‘al kanop Xitoyda qadimdan ekiladi.

       Dag‘al kanop tolasining sifati kanop tolasi sifatiga nisbatan pastroq - bu tola dag‘al va mo‘rt bo‘ladi. Dag‘al kanop kanopga nisbatan kamroq issiq talab qiladi va namgarchilik yetarli bo‘lsa, yaxshi hosil beradi.

 

Govzabondoshlar oilasi - Boraginaceae.

 

       Bu oilaga  asosan o‘t o‘simliklar va kamdan kam buta hamda daraxt o‘simliklar ( tropik mamlakatlardagi) kiradi.  Poyalari qirrali, barglari butun,  navbat  bilan,  ba’zan  qarama-qarshi joylashadi.  Poya va barglari qattiq tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi.  To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat.  Gullari 5 bo‘lakchali to‘g‘ri bo‘lib, ba’zan noto‘g‘rilari ham uchraydi. Kosachalari 5 tishli. Gultojilari naychasimon, qo‘ng‘irsimon yeki boshoqqa o‘xshash bo‘lib 5 bo‘lakli va 5 tishlidir.  Ular 5 ta tojbargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan.  Changchisi 5 ta ular gultoj naychasiga birikadi. Urug‘chilari 1-2 mevachi bargdan tuzilgan, tugunchalari ustki asosida nektardoni bor. Gullari xashoratlar yordamida  chetdan changlanadi. Mevalari quruq, to‘rtta yong‘oqchaga ajraladi, ba’zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir.  Govzabondoshlar oilasiga  1800 tur kiradi,  bu turlar butun yer yuziga tarqalgan. O‘rta Osiyeda 150 dan ko‘proq turi o‘sadi. Fovzabondoshlar o‘rmon va dashtlarda,  chala cho‘l  va cho‘l va tog‘li rayonlarda juda ko‘p o‘sadi. Bu oilaning eng ko‘p tarqalgan turkumlari quyidagilardir: Kampirchopon (Trichodesma), nayzatuklar (Echium), Govzabonlar (Anchusa), Zag‘chakuzlar (Myosotis) va boshqalar.



       Govzabon xo‘kiztili (Anchusa). Bular bir va ko‘p yillik o‘tlardir. (Urug‘lari zaharli bo‘ladi). Falla va boshqa ekinlar  ichida  o‘sadigan  begona o‘tlar bo‘lib  bo‘z va partov yerlarda uchraydi.Italiya govzaboni(A.italica)turi ko‘p uchraydi.

       Kampirchopon-(Frehodesma B.Br).

       Oq tukli kampirchopon - Fincanum. Ildizpoyadan o‘sadigan, bo‘z rangli yoki  kul  rang ko‘p yillik o‘simlik. May oyidan boshlab noyabrgacha gullaydi va meva tugadi. Soz tuproqni  adirlar, toshli  yerlar, g‘alla  va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Kampirchoponning barg poya va xususan urug‘ida alkaloidlar bo‘lganidan, uning urug‘i aralashgan  maxsulotlarni iste’mol qilgan kishilar va uy xayvonlari og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. Ko‘pincha  govzabondoshlar (Onosma) mehrigiyo, Anchusa, Arnebia-arnebia, Echium-nay.

 

Atirgullilar tartibi-Rosales.Atirguldoshlar oilasi-Rosaceae.

 

       Atirguldoshlar oilasiga  o‘t  o‘simliklar,buta  va  daraxtlar  kirib, ularning 115 avlodi va 3200 turi ma’lum. Bu o‘simliklar asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimi kengliklarida  tarqalgan. Barglari oddiy va  murakkab bo‘lib navbat bilan joylashadi. Gullari to‘g‘ri, doiraviy, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, ikki jinsli bo‘ladi va ba’zan bir jinslilari  ham uchraydi. Gullari ko‘pincha  5 bo‘lakchali, to‘rt bo‘laklari ham uchraydi.Ular to‘pgul hosil qiladi yoki yakka-yakka turadi. Kosachasi besh bo‘lakchali  kosachabarglarning soni ikki barobar ko‘payganida ost kosacha hosil bo‘ladi. Gultoji bargi 4-5 ta.Changlari juda ko‘p va ular odatda besh  karrali bo‘ladi. Ko‘pincha,changchilari kosachaga  birikib o‘sadi. Gul o‘rni (gipantiy) yassi tarelkasimon, piyolasimon, bokalsimon yoki bo‘rtgan ba’zan mevasi pishganda  u bilan qo‘shilib o‘sib, etli soxta mevaga aylanadi. Urug‘chidan tashqari gulning  hamma  qismi  gulqo‘rg‘oning  chetlariga  birikkandir. Gulo‘rnida nektar moddasi bor. Urug‘chisi 1 ta yoki gulda nechta kosachabarg bo‘lsa shuncha yoki noaniq sonda  bo‘ladi. Tugunchasi ustki, o‘rta, yarim ustki, ostki. Mevasi juda xilma-xildir: pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, yoyma, to‘pmeva, rezavor-meva kabisoxta  meva.Urug‘i  odatda  endospermsiz. Asosan xashoratlar  yordamida changlanadi, ba’zan shamol vositasi bilan changlanadigan formalari ham uchraydi.



       Atirguldoshlar oilasi  gul va mevalarining tuzilishi jixatidan quyidagi 4 ta kenja oilalaga bo‘linadi:

       1.Tubulg‘iguldoshlar (Spirayecoidcae)

       2.Atirguldoshlar (itburunlar)-Rosaideae

       3.Olmaguldoshlar (Pomoideae)

       4.Olxo‘riguldoshlar(Prunoideae)

 

Tubulg‘iguldoshlar kenja oilasi-Spirayeoideae.

 

       Bu kenja oilaning vakillari oddiy bargli butalardan iborat. Guli mayda bo‘lib, to‘pgul, shingil  yoki  qalqongullarga to‘plangan, tugunchasi ustki. Gulo‘rni yassi  yoki  bir oz  botiq. Kosachasi  5 ta kosacha bargdan, gultojisi 5 tojbargdan iborat. Changchilari ko‘p, ular doira  shaklida joylashgan. Urug‘chisi 5 ta mevachabargdan tuzilgan. Mevalari to‘pmeva Gul formulasi:



       Sa(5) So5 A      U

       Bu kenja oilaga tubulO‘i turkumi Spirae kiradi. Bu turkumning vakillari manzarali va asal beruvchi °simlik hisoblanadi.

 

 

 



Atirguldoshlar (itburunlar)kenja oilasi-Rosoideae.

 

       Bu kenja  oilaga  o‘t, chala buta va buta o‘simliklar kiradi. Poyasi tikanaklar bilan qoplangan. Barglari toq patsimon, murakkab yoki o‘yilgan yon bargchalarga ega. Gul tugunchasi o‘rta.Mevasi barglari 1 ta yoki ko‘p,ular birmuncha uzunroq, qavariq, botiq gulo‘rnida bo‘ladi.



       Gul formulasi:

       Bu kenja oilaga ko‘pincha hammaga ma’lum bo‘lgan o‘simliklar kiradi.

       Maymunjon va malina-Rubus.

       Bular buta o‘simliklaridir. Poyalari va barg bandlarida tikanlari bo‘ladi. Mevalari sersuv va xushbo‘y. Meva  sifatida  ekiladi. Malina mevasi terlatuvchi va  siydik  xaydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi. Maymunjon (R.caesius) -tekislik, ariq va  kanal bo‘ylarida, tog‘ va tog‘ yon bag‘rlarida o‘sadigan rezavor butacha.Mevasi yeyiladi  va  murabbo  qilinadi. Sirop va vino tayyorlanadi.

       Zemlyanika va qulpunay (yer  tut)Fragaria. Poyalari  o‘rmalab  o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t  o‘simlik. Barglari  3 tali murakkab barg, yon bargchali. Mevasi ko‘p urug‘li rezavor.

       Fozpanja (Potentilla). Bir  yillik  va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari  panjasimon,ba’zan patsimonlari bo‘ladi. Mevasi ko‘p  urug‘li  O‘zbekiston florasida beshbarg  (P.reptans)va  pakana beshbarg (P.supina)keng tarqalgan. P.erecta turi meditsinada ishlatiladi.

       Itburun (na’matak)-Rosa.

       Bular poyasi 1-3 mli butasimon o‘simlik bo‘lib,bargi toq patsimon,tanasi tikanlar  bilan  qoplangan. Yon  bargli. Guldoni  ko‘zachasimon. Mevasi soxta meva. Bu mevaning tarkibida "S" vitamini ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu turkumning 120  turi  bor. O‘zbekistonda 17 turi o‘sadi. Na’matakda asal modda bor. Uning mevalari vitamin tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xisoblanadi. Na’matak o‘simligining  bir  qancha  turlari  atirgulning manzarali navlari uchun payvandtag  qilinadi. O‘zbekiston  sharoitida, na’matakning itburun Rosa canina degan turi ayniqsa yaxshi payvandtag bo‘ladi.

               

Olmaguldoshlar kenja oilasi-Pomoideae.

 

       Bu kenja  oilaning  vakillari  daraxt  va  ba’zan  buta o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan  murakkab  tushib  ketadigan, yonbargli,gulkosasi ham  gultojisi ham  5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning  etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi.



       Gul formulasi:

       Sa(5) So5  A     U( 2)

       Bu kenja  oilaga olma(Malus), nok(Pyrus), behi(Cydonia), do‘lana (Crataegus), chetan(Sorbus) va boshqa turlar kiradi.

       Olma-Malus. Olma barglari  oddiy, bandi  butun, ko‘pincha  xar  xil  oval shakllarda, ostki tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi  tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va tojibargi 5 tadan. Gultojning sirti oq,ich tomoni och yoki to‘q pushti, qizil.Changchisi ko‘p, changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining  osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi  ostki  5  uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi.

 Nok(Pyrus). - daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi.

 

Olxo‘riguldoshlar kenja oilasi-Prunoideae.

 

       Bu kenja oila vakillari daraxt va  buta,barglari  oddiy, qirqilgan, tushib ketuvchi  kichik  yonbargli  o‘simlikdir. Gullari  oq  yoki pushti, gulqo‘rg‘on barglari 5 tadan. Changchisi 10-20  ta bo‘lib, gipantiyning qirg‘og‘ida joylashgan. Gulo‘rni  bokalsimon tuguncha bilan qo‘shilib o‘smaydi. Urug‘chisi 1 ta mevabargdan tuzilgan, tugunchasi  ustki. Mevasi  quruq yoki sersuv danakcha.



       Gul formulasi:

       Sa(5) So5  A     U1

       Bu oilaga olxo‘ri (Prunusdomestica), bodom (Amygdalus), tog‘olcha(Prunus), olcha(Cerasus), o‘rik(Armeniaca), cheremuxa avlodi(Padus)    shaftoli avlodi (Persica)va boshqa daraxt vabutalar kiradi.

       Olxo‘rilar (Prunusdomestica) bu sal tikanli yoki  tikansiz daraxt va buta o‘simliklaridir. Oqimtir  gullari bargi yozilishi bilan teng ochiladi. Mevalari uzunligi 2 sm keladigan bandchalarda osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi xar xil, usti g‘uborli bo‘ladi. Ularning yovvoyi xolda uchrashi noma’lum.

       Bodom (Amygdalus. Bu  turkum  vakillari  daraxt  va buta o‘simliklaridir. Ularning barglari lansetsimon, qisqa bandli.Gullari pushti yoki oq qariyib bandsiz bo‘lib, barg chiqarishga qadar ochiladi. Bu juda erta gullovchi meva o‘simliklaridir. Mevasi  quruq  danakcha, mezokarpi  etli  va qattiq, ba’zan silliq  yoki g‘alviraksimon bo‘ladi. Oddiy bodom.(A.communis).

       O‘rik (Armeniaca) Bu  shox-shabbali,tanasidagi  po‘stlog‘i  kul  rang  va yorilgan daraxtlardir. Yosh novdalari qizil rangda, gullari  qisqa  bandli, mevasi etli  suvli  pishganda danagi osonlik bilan ajraydigan danakli mevadir.

       Shaftoli (Persica).  Bular  daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari lansetsimon, gullari pushti rangda yoki  qizil. Mevasi  tuxumsimon, sharsimon  yoki anjirsimon, juda suvli, po‘sti  mayda  tukchalar bilan qoplangan danakli mevadir.

 Olcha (Cerasus). bular  daraxt  va  buta  o‘simlik  bo‘lib, barglari oddiy, silliq, chetlari tishli, tuxumsimon yoki  ellipsimon  va  uzun  bandlidir. Gullari to‘g‘ri, oq  rangli, oddiy  soyabon shaklida tuzilgan. Qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchisi ko‘p  sonli, onaligi  bitta. Tugunchasi   ustki. Mevasi sharsimon, qizil, qoramtir va  sariq  rangli, sersuv danakli meva. 2  turi



gilos (C.avium),olcha (c.vulgaris) bizda ko‘p ekiladi.

 

A D A B I YO T L A R

 

1.     L.I.Kursanov.,N.A.Komarnitskiy ,Meyyer K.M.va boshqalar. Botanika II tom.T."O‘rta va Oliy maktab"  1963 y.

2.     V.A.Burыgin.F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar. Botanika va  o‘simliklar

       fiziologiyasi.T,"O‘qituvchi",  1972 yil.



 3.    V.G.Xrjanovskiy.Kurs  obshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo  "Vыsshaya shkola "1982 god.

4.     I.Xamdamov.,I.Shukurullayev.,YE.Tarasova.va boshqalar.Botanika asoslari.T.,Mehnat 1990 yil.

5.     G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika. M.Iz-vo"Vыsshaya shkola" 1990 god.

6.     Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T."O‘qituvchi 1995 yil.
Yüklə 57,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə