Dars ishlanmasi



Yüklə 19,38 Kb.
tarix09.03.2018
ölçüsü19,38 Kb.
#31070

DANG`ARA TUMANI XTMFMTTEB TASARRUFIDAGI 8-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABINING TARIX FANI O`QITUVCHISI


ASRAQULOV FARHODJONNING

DARS ISHLANMASI



Mavzu: Birinchi jahon urushi.

Mavzu: Birinchi jahon urushi.

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: O`quvchilarning insoniyat tarihidagi urushlar va ularning insoniyatga keltiradigan zarari haqida bilimlarga ega bo`lishi;

  2. Tarbiyaviy: urushlarga nisbatan bo`lgan munosabatlari shakllantiriladi;

  3. Rivojlantiruvchi: Mustaqillikning va tinchlikning qadriga yetish ruhida tarbiyalanadi;

Darsning turi: Yangi tushunchalar berish;

Darsning uslubi: Aktiv, aralash, aqliy hujum;

Darsning jihozi: Darslik, dunyoning siyosiy xaritasi, mavzuga doir rasmlar, tarqatma materiallar, slaydlar;

Darsni borishi:

I. Tashkiliy qism

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash.

c) siyosiy yangiliklar bilan tanishish

d) kun tarihi bilan tanishish

II. O`tilgan mavzuni takrorlash


  1. Ismoil Somoniy maqbarasi

  • IX asrda bunyod etilgan

  • 4 tomoni ham bir xil ko`rinishga ega

  • Pishiq g`ishdan qurilgan

  • Gumbaz atrofida 4 ta kichik gumbaz o`rnatilgan

  1. Minorai kalon

  • 1127 yilda qurilgan

  • Arslonxon tomonidan qurdirilgan

  • Balandligi 50 metr

  • Minora tepasiga 104 zina orqali chiqilgan

  1. Registon majmuasi

  • Mayda tosh yotqizilgan maydon

  • 3 ta madrasa joylashgan

  • Yalangtushbiy tomonidan qurdirilgan

  • 1997 yildan buyon “sharq taronalari” musiqa festivali o`tkaziladi.

III. Yangi dars mavzusini ro`yobga chiqarish

Urushning sabablari. Urushlarning hammasi dahshatli. Ammo ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo'ldi. Chunki bu urushlarda dunyoning ko'plab davlatlari ishtirok etishdi. Binobarin, qirg'in va vayronagarchilik, xalqlar boshiga tushadigan azob-uqubatlar ham shunchalik ko'p bo'lgan. Insoniyat bugungi kungacha ikkita jahon urushini boshidan kechirdi. Ularning birinchisi 1914-yilda boshlanib, 1918-yilda tugadi.

Xo'sh, bu urushning sabablari nimalardan iborat edi? Qudratli davlatlar 1914 yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bosib olib, ularni o'z mustamlakalariga aylantirib bo'ldi. Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va Rossiya imperiyasi dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatlariga aylanishdi.


Yodda tuting! Boshqa davlatlar hududlarini zo'rlik yo'li bilan bosib olgan davlatlar mustamlakachi davlatlar deyiladi.

Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning mustamlakalari esa kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo'lishni talab eta boshladi.

Avstriya-Vengriya da'vo qilayotgan hududlar, asosan, Rossiya ta'siri ostida, Italiya da'vo qilayotgan hududlar esa Fransiya ixtiyorida edi. Shuning uchun ham ular Germaniyani qo'llab-quvvatladilar. Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Germaniyaning talablarini rad etishdi. Natijada Yevropaning qudratli davlatlari o'rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaydi. Oxir-oqibatda ular bir-biriga dushman bo'lgan ikkita ittifoqqa birlashdilar. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyani birlashtirgan birinchi ittifoq «Uchlar ittifoqi», Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyani birlashtirgan ittifoq esa «Antanta» deb ataldi.


Yodda tuting! «Uchlar ittifoqi» va «Antanta» o'rtasida dunyoni qaytadan bo'lib olishga urinish birinchi jahon urushining asosiy sababi bo'ldi.


Urushning boshlanishi va uning natijalari: Birinchi jahon urushi 1914-yilning yozida Avstriya-Vengriyaning Serbiyaga hujum qilishi bilan boshlanib ketdi. Bunga javoban Rossiya Avstriya-Vengriyaga, Germaniya Rossiya va Fransiyaga, Buyuk Britaniya esa Germaniyaga urush e'lon qildi.

Shu tariqa Yevropani Birinchi jahon urushi alangasi qoplab oldi. Urush bora-bora dunyoning 38 davlatini o'z domiga tortdi.

Urush boshlangach «Antanta» katta va'dalar evaziga Italiyani o'z tomoniga og'dirib olishga erishdi.

Birinchi jahon urushida mutlaqo yangi qurollar suv osti kemasi, xlorli gaz va tanklar qo'llanildi.

Germaniya suv osti kemalari hatto yo'lovchi tashuvchi kemalarga ham hujum qildi. Jumladan, 2000 dan ortiq yo'lovchisi bo'lgan «Luzitaniya» kemasi shulardan biri edi. Hujum oqibatida ularning ko'pchiligi halok bo'ldi.

Birinchi jahon urushi 1918-yilning kuzida Germaniya va ittifoqchilarining mag'lubiyati bilan tugadi. Bu mag'lubiyat oqibatida Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar imperiyalari parchalandi. Germaniyada imperator taxtdan ag'darildi. U chet elga qochib ketishga majbur bo'ldi. Buyuk Britaniya va Fransiya mag'lublarning mustamlakalariga ega bo'lib oldi. Biroq urush ularni zaiflashtirib ham qo'ydi.

Rossiyada esa uch yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining hokimiyati 1917-yilda barham topdi. 1917-yilda urushga qo'shilgan AQSH urush qatnashchilariga qurol-yarog' sotish va qarz berish evaziga katta boylik orttirdi.

U hatto dunyoning eng yirik mustamlakachi davlati Buyuk Britaniyani ham qarzdor qilib qo'ydi va dunyoning yetakchi davlatiga aylandi.



Urushning insoniyat uchun fojiali oqibatlari: To'rt yildan ortiq davom etgan bu dahshatli urush dunyo xalqlariga juda katta fojialar keltirdi. Urushda 10 million kishi halok bo'ldi. 20 million kishi esa yarador, mayib-majruh bo'lib qoldi. Davlatlar juda katta miqdorda moddiy talafot ko'rdilar.

IV Darsni mustahkamlash:

  1. Antanta tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?

  2. Uchlar ittifoqi tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?

  3. Urushning natijalari va fojiali oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

V O`quvchilarni baholash.

VI Uyga vazifa.

c:\users\service\documents\p0137.png
Yüklə 19,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə