Darsning mavzusi: Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari



Yüklə 218,5 Kb.
səhifə1/2
tarix13.01.2022
ölçüsü218,5 Kb.
#82857
  1   2
Olmoshlar-Dars-ishlanmasi


Darsning mavzusi: Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari

Darsning maqsadi:

  • O’quvchilarga olmoshning tuzilishiga ko’ra turlari yuzasidan ma'lumot berish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • o’quvchilarda olmosh so’z turkumiga doir matnlar asosida Vatanga muhabbat, o’z xalqiga, uning tarixiga hurmat tuyg'usini shakllantirish;

  • o’quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o’stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Darsning turi: aralash dars.

Darsning usuli: muammoli vaziyat, tadqiqot, "Aqliy hujum", "Kim topqir?", "Ko’rsatkichlar" usuli.

Darsning jihozi: darslik, markerlar, A 4 formatli qog'ozlar, karton qog'ozlar, stiker (yopishqoq qog'oz).

Darsning borishi:

Dars uy vazifasini so’rashdan boshlanadi. Uyga vazifa sifatida "Mustaqillik yillarida o’zbek tilining rivoji" mavzusida matn tuzish berilgan edi. Uyga berilgan topshiriqni so’rashda "Xotira mashqi" o’yinidan foydalanish mumkin. Bunda bir o’quvchi uyga berilgan matnni ovoz chiqarib o’qiydi. Boshqa o’quvchilar esa matndagi olmoshning ma'no turiga oid bo’lgan so’zlarni ilg'ab olib, eslab qolishga harakat qilishadi. Matnning ma'lum qismi o’qib bo’lingandan so’ng ziyrak o’quvchi eslab qolgan olmoshlarni ma'no turlari bo’yicha tasnif qilib beradi. Uyga topshiriqni tekshirish shu tariqa davom etadi. Ziyrak va hozirjavob o’quvchilar rag'batlantirib boriladi.

O’tilgan mavzu - "Olmoshning ma'no turlari" mavzusini mustahkamlash maqsadida olmoshning ma'no turlariga oid so’zlar yopishqoq qog'ozlar (stiker)ga yozilib, har bir o’quvchiga beriladi va ushbu qog'ozlarda yozilgan olmoshning turli ma'no guruhiga oid so’zlarni doskada oldindan tayyorlangan jadvalga joylashtirish talab etiladi.



Masalan, bu, men, shu, har kim, allaqaysi, hech narsa, kimdir, o’z, kim, nima va h.k. o’quvchilar topshiriqni bajarib bolishgandan so’ng doskada quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi:



Yüklə 218,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə