Darsning ta`limiy maqsadi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham e`tabor berildi



Yüklə 187,59 Kb.
tarix01.11.2017
ölçüsü187,59 Kb.
#7852

etgh (15)

Islomova Muborak Aslanova o`z pedagogic faoliyatini 1988-yildan Kogon tuman 12-umumta`lim maktabida boshlagan.Hozirgi kungacha shu maktabda tarix fanidan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.O`qituvchi 29 yillik ish stajiga ega bo`lib,darslarni zamonaviy dars talablari darajasida tashkil etadi va ilg`or ped texnologiya AKT dan dars o`z o`rnida samarali foydalanadi

Dars jarayonida o`quvchilarning mustaqil ishlashga ,fikrlashga, guruh bo`lib ishlashga, voqealarga baho bera olish, xulosalar chiqara olishga o`rgatadi.

Darsning ta`limiy maqsadi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham e`tabor berildi.

O`qituvchi dars jarayonida bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarga e`tabor berib ,ularga alohida topshiriqlar berib, qiziqishini oshirib boradi. Darsdan keyin, iqtidorli o`quvchilar “Yosh tarixchi” to`garagiga jalb qilingan.

O`qituvchi “Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik-tanlovida 2marta tuman bosqichida g`olib bo`lib, viloyat bosqichida faol qatnashdi.

O`quvchilari fan olimpyadalari, “Bilimlar bellashuvi” da katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan 2013-2014- o`quv yilidan buyon “Bilimlar bellashuvi” da 1-2 –o`rinlarni olib kelmoqda. 2015-2016 o`quv yilida 9-sinf o`quvchisi Rahmonov Zafar “Fan olimpiya” da tumanda g`olib bo`lib viloyat bosqichida 72,5 bal bilan 4- o`rinni, 8-sinf o`quvchisi Jabborova Muxlisa “Bilimlar bellashuvi” da 95 ball bilan 2-o`rinni egalladi. 2015-2016 o`quv yilida o`quvchilar “Prezident asari bilimdoni” ko`rik tanlovida tumanda 2- o`rinni egalladi. O`qituvchi sinfdan tashqari o`tkazgan “Ma’naviyatga – tahdid – o`zligimizga tahdid” , “Internet va yoshlar” , “Ajdodlar merosi” “Balli yigitlar”, “Odam savdosi-asr vabosi” kabi mavzulardagi tadbirlari orqali yosh avlodning ma`naviy,axloqiy, vatanparvarlik, miliy g`urur va iftixor tuyg`ulari ruhida tarbiyalashga erishmoqda.O`qituvchi maktabda yosh muallimlarga jon kuyar ustoz sifatida ham katta obro`-e`tiborga egadir. Uning ota- onalarga ,mahalla bilan doimiy muloqotda bo`lishi barchaga o`rnak bo`larli darajada olib bormoqda. U rahbarlik qilayotgan 7-“B” sinf maktabdagi eng tartibli,tarbiyali va bilimdon sinf hisoblanadi.

O`qituvchi barcha tadbirlar,tanlovlarga,jamoat ishlariga doimo oldingi safda turib ma`suliyat bilan faol qatnashib kelmoqda.

Kogon tuman 12-umumta’lim

maktabining tarix fani o’qituvchisi

Islomova Muborakning

7-“A”sinfda

O’rta Osiyolik mutafakkirlar”

mavzusida tayyorlagan

Fan : O’zbekiston tarixi Sinf: 7-‘’a’’ Mavzu: Orta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm – fan ravnaqi . 1. Maqsad: a) O’quvchilarga ‘’Bayt ul –hikma’’faoliyati , O’rta Osiyolik mutafakkirlar va ularning ilm fan rivojiga qo’shgan hissalari haqida bilimlarini shakllantirish;b) O’quvchilarga milliy g’urur,vatanparvarlik , ma’naviy, madaniy, axloqiy tarbiyani singdirish; v) O’quvchilarda mustaqil bilim olish ,mustaqil fikrlash va izlanuvchanlik qobiliyatini, jamoa bo’lib ishlash ,voqea va hodisalarga qiyosiy baho bera olish qobiliyatini rivojlantirish; 2. Dars jihozi: Dunyo xaritasi, O’zbekiston xaritasi ,kompyuter, proyektor tarqatma didaktik materiallar ,plakatlar,I.A.Karimovninig ‘’Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ kitobi,Imom al-Buxoriy haqidagi’’ Moziydan taralgan ziyo ‘’ kitobi. 3. Dars uslubi: guruhlarda ishlash, savol-javob ,test sinovi,klasster usuli,video- lavha ,krossvord, ‘’kichik ma’ruza’’, ‘’loto’’ usuli’’,jadval-test,baho kartochkalari. 4. Dars tipi: Yangi bilimlar berish 5. Dars turi: Noana’naviy dars 6. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism :Salomlashish(.O’zbek va ingliz tillarida salomlashiladi) . Davomadni aniqlash, guruhlar tashkil etish,’’V atan ‘’ daqiqasini o’tkazish.

Guruhlar tashkil etish uchun geometrik shakllardan foydalaniladi.Bunda bir xil shaklni tanlagan o’quvchilar bir guruhga birlashadilar.4ta guruh tashkil etiladi.

Guruhlar o’z o’rinlarini egallagach,ctol ustiga teskari go’yilgan kartochkalardan birini tanlaydilar va guruhlar nomlari aniqlanadi. -1-guruh; ‘’Xorazmiy ‘’ 2-guruh: ‘’Farg’oniy ‘’ 3-guruh: ‘’Buxoriy ‘’ 4-guruh: ‘’Moturidiy’’

.’’Vatan’’daqiqasida quyidagi savollar beriladi:’’Vatan deganda nimani tushunamiz’’?,’’ Vatanimiz tarixini nega o’rganamiz’’?.

‘’Vatanimiz qachon mustaqillikka erishdi’’?’’ Vatanimizni ingliz tilida ta’riflaylikchi’’,’’Vatanimizni dunyo xaritasidan ko’rsatingchi’’

‘’Biz tarix darslaridan vatanimiz hududidagi eng qadimgi daysi davlatlarni bilamiz’’?,’’Biz o’tgan darsimizda shu davlatlardan qaysi birining o’rta asrlardagi hayoti bilan tanishdik’’?.

2. O’tilgan mavzuni so’rash O’tilgan mavzu: Xorazm davlati va uning yuksalishi.

O’tilgan mavzu ‘’Loto’’ usulida so’raiadi.

Maxsus quti ichidan raqamiangan sharchalar tanlab olinadi va e’lon qilinadi. O’qituvchi shu raqam ostidagi savolni o’qiydi.Har bir guruh 3tadan savolga ljavob beradi.Qaysi o’quvchiga 13-raqamli sharcha tushsa badiiy kitob sovg’a qilinadi. Savollar quyidagicha bo’ladi:

O’rta asrlarda Xorazm qaysi davlatlar qo’l ostida bo’lgan?.

Xorazm davlati hukmdorlari qanday unvonga ega bo’lishgan?.

‘’Iskandari Soniy’’ deb qaysi xorazmshoh ulug’langan?.Davlatning eng yuqori lavozimi qaysi?.Xorazm mustaqilligi kimning nomi bilan bog’liq?. Har bir guruhga baho kartochkalari berib boriladi.

3-Yangi mavzu ustida ishlash

Reja :1 ‘’Bayt ul- hikma ‘’ 2. Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy 3. Ahmad al- Farg’oniy 4. Imom al- Buxoriy 5. Abu Mansur al- Moturidiy

1-rejani O’qituvchi ‘’kichik ma’ruza’’ uslida tushuntiradi. Movaraunnahr va Xurosonda arablar istilosi bilan islom dini va arab tili va yozuvi ham joriy etildi . Arab tilining bilimdonlari ilm-fan bilan shug’ullanib uning rivojiga hissa qo’shdilar.Sharqning madaniyat markazi bo’lgan Bag’dodda asrda ‘’ Bayt ul- hikma’’ ya’ni ‘’Donishmandlik uyi’’ tashkil etildi. Unda Movarounnahr va Xurosonlik olimlar – Al – Farg’oniy ,Al- Xo- razmiy , Al- Javhariy ,al- Marvaziylar o’rta asr ilm-u faniga katta his- sa qo’shdilar. Mana endi guruhlarimiz ana shu mutafakkirlar haqida ma’lumot berishadi.Har bir guruh o’z nomi berilgan alloma haqida ma’lumot berishi kerak bo’ladi. 1-guruh- Muso al- Xorazmiy haqida ma’lumotlarni bayon etishadi. Bunda o’quvchilar kompyuterda yaratilgan quyidagi slaydlardan foydalanishlari mumkin:

O’qituvchi quyidagi qo’shimcha ma’lumotlarni bayon etadi:Xorazmiy . 840-yilda 70 ta olimga rahbarlik qilib dunyo xaritasini ishlab chiqadi. Uning “Yer surati ”asarida 2402 ta geografik hudud haqida ma`lumot keltirilgan .

2-guruh – Ahmad al-Farg`oniy haqida oldindan tayyorlangan plakatga marker ruchka orqali ma`lumotlarni guruh bo’lib birgajikda yozishadi.

-Ahmad al-Farg`oniy 797-yil Farg`onaning Quva shahrida tavallud topgan .

-Matematika , geografiya ,astronomiya fanlari bilan shug`ullanadi

-“Bayt ul-hikma”da faoliyat yuritib , Nil daryosi sathini o`lchaydigan –gidrometr “Miqyos an Nil” inshootini quradi. Xaritadan Bog`dod , Farg`ona shaharlari ko`rsatiladi.



“Miqyos an-Nil” Misr.

3-guruh – Imom al-Buxoriy haqidagi ma`lumotlarni oldindan tayyorlangan savol kartochkalariga javob berish orqali bayon etishadi.Kamchiliklar boshqa guruh tomonidan tuzatiladi.O`qituvchi qo`shimcha ma`lumotlar beradi. –Imom al-Buxoriy 810-yilda Buxoroda tavallud topgan buyuk hadisshunos muhaddisdir

-“Al-jome as-sahih” asarida 7275 hadis kiritilgan . -1998-yil 1225 yilligi nishonlandi va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog`ida yodgorlik bunyod etildi .Proyektorda alloma maqbarasi namoyish etiladi.’’Moziydan taralgan ziyo’ kitobidan qo’shimcha ma’lumotlar bayon etiladi.





Samarqand .Imom al- Buxoriy yodgorligi majmuasi. Xaritadan Buxoro va Samarqand viloyatlari ko’rsatiladi ko`rsatiladi . Xar bir yangi atama doskaga yozib boriladi va ma`nosi tushuntiriladi . Atamalar : Alloma Gidrometr Hadis Muhaddis Kalom ilmi.

4-guruh Abu Mansur al-Moturidiy haqida ma`lumot beradi .Ma`lumotlar ‘’Moychechak’’ usulida yozib boriladi.O’quvchilarning xato va kamchiliklari o’qituvchi tomonidan tuzatilib,to’ldirilib boriladi.I. A. Karimovning ‘’Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch asari’’dan al- Moturidiyning ‘’Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi ’’degan buyuk ehtiromga sazovor bo’lganligi haqidagi fikrlar o’qib eshittiriladi va buning mohiyati tushuntiriladi.

VII. Mustahkamlash.

1-guruh. Krossvord “Farg`oniy” Krossvord savollari: 1. Ahmad al- Farg’oniy Yevropada qanday nom bilan shuhrat topgan? 2. Farg’oniy rahbarligida qayta tiklangan Misrdagi suv inshooti? 3. Daryo oqimi sathini belgilovchi asbob? 4. Yurtimizdagi qaysi shaharda al- Farg’oniy haykali o’rnatilgan ? 5. ‘’Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum’’ asari qaysi fanga oid?

6. Farg’oniyning asarlari XII asrda qaysi tilda tarjima qilingan ? 7. Farg’oniyning nechta asari hozirgacha saqlanib qolgan ? 8. Farg’oniy Bog’doddagi qaysi ilmiy markazda faoliyat yuritgan ?

2-guruh. Jadval-test.

3-guruh. “Sanalar-Voqealar” jadvalini to`ldirish

4-guruh. Xarita bilan ishlash.

Test sinovi - 10 ta. Barcha guruhlarga beriladi .Test savollari monitorda ko’rsatiladi.

1.Quyidagi qaysi alloma ‘’Bayt ul-hikma’’da mudir sifatida faoliyat ko’rsatgan?. A) Al-Xorazmiy. B)Al-Farg’oniy. S)Al-Buxoriy D)Al-Moturidiy. 2)’’Al jome’ as-Sahih’’asarining muallifi kim?. A) Al-Xorazmiy. B)Al-Farg’oniy . S)Al-Buxoriy D)Al-Moturidiy. 3.1998-yilda kimning 1200 yilligi nishonlangan?.

A) Al-Xorazmiy. B)Al-Farg’oniy. S)Al-Buxoriy D)Al-Moturidiy. 4. 783-yilda Xiva shahrida tug’ilgan allomani toping. A) Abu Rayhon Beruniy B) Ahmad al- Farg’oniy S) Abu Ali ibn Sino D) Muhammad Muso al-Xorazmiy 5. ‘’Al-jabr’’ asarining muallifi kim ? A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Ali ibn Sino S) Ahmad al- Farg’oniy D) Muhammad Muso al- Xorazmiy

Har bir javob uchun yashil(‘’5’’) , ko`k(‘’4’’) , sariq(‘’3’’) baho kartochkalari berib boriladi

VIII. Xulosa .

IX.Baholarni e`lon qilish . G`olib guruhni aniqlash . Faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. ‘’Moziydan taralgan ziyo’’

2. I. A. Karimov ‘’ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch’’ kitobi

3. Internet tarmog’idan ham foydalanildi

e:\rasm ekskursiya.jpg

Sana : 17- Yanvar

Sinf: 5-“A

Mavzu: “ Yurtimiz allomalari “



I. Maqsad:

a) O`quvchilarga IX-XII asrlarda yurtimizda yashab ilod qilgan ulug` zotlar , ularning ilm-fanga qo`shgan buyuk xizmatlari haqida bilim, ko`nikmalarni shakllantirish .

b) O`quvchilarga tariximizga hurmat va qiziqish, vatanga muhabbat ,buyuk ajdotlarimiz bilan faxrlanish va g`urur hissini tarbiyalash .

c) O`quvchilarda mustaqil fikrlay olish,izlanuvchanlik,voqealarga qiyosiy baho bera olish qobiliyatlarini rivojlantirish.



II.Dars jihozi :

o`zbekiston xaritasi , dunyoning siyosiy xaritasi , kompyuter ,tarqatma materiallar , Beruniy , Xorazmiy , Ibn Sinoning rasmlari ,kompyuter,proyektor.

III. Uslub : Hikoya , savol javob , test , klaster usuli , krossvord , guruhlarda ishlash, xarita bilan ishlash , aqliy hujum , jadvalli test.

IV.Dars tipi : Yangi bilimlar berish

V.Dars turi: Noan`anaviy dars.

VI.Darsning borishi.

1.Tashkiliy qism: Davomadni aniqlash , guruhlar tashkil etish “Vatanni madh etish daqiqasi ”.

2.O`tilgan mavzuni so`rash .

O`tilgan mavzu : “Maktab - ilm o`chog`i”

-Savol- javob (og`zaki)

Savollar:

- “Maktab ” so`zi qanday ma`noni bildiradi ?

- Maktab bizning hayotinizda qanday o`rin tutadi , qanday ahamiyatga ega ?

- Dastlabki maktablar qyerda vujudga kelgan ?

- “Bayt ul-hikma” , “Ma`mun akademiyasi ” haqida nimalar bilasiz ?

O`qituvchi o`tilgan mavzuni xulosalab , yangi mavzuga zamin tayyorlaydi va yangi mavzuni e`lon qiladi .Yangi mavzu doskada yozilgan bo`ladi .

Reja:

1.Abu Rayhon Beruniy



2.Amad al-Farg`oniy

3.Abu Ali ibn Sino

4.Muso al –Xorazmiy

O`qituvchi IX-XII asrlarda vatanimizda ilm-fan sohasida buyuk ishlar , asarlar , kashfiyotlar qilgan ulug` zotlar dunyo ilmu –fani rivojiga ulkan hissa qo`shganligi haqida ma`lumot beradi .”Alloma” , “olim” so`zlarining ma`nolarini tushuntiradi. Har bir guruhdan bir o`quvchi stol ustiga teskarisiga terilgan 3 ta varaqadan 1 tadan oladi va uni o`girib yozilgan alloma nomini o`qiydi . Guruhlar shu alloma nomi bilan nomlanadi va shu alloma haqida ma`lumot berishi kerak bo`ladi.

Guruhlar ma`lumoti eshitiladi va o`qituvchi tomonidan to`ldirib, xatolar tuzatilib , qoshimcha ma`lumotlar berib boriladi.

1-guruh: A.R.Beruniy haqida ma’lumotlarni darslikdan foydalanib bayon etishadi. Beruniy 973-yil 4-sentabrda Xorazmda tug’ildi.Erta yetim qolgan bo’lsa ham yaxshi odamlarning qo’lida tarbiyalandi.U 75 yil umr ko’rdi. Shu davr ichida turli sohalarga oid 160ga yaqin kitob va risolalar yaratdi.Asarlari matematika,astronomiya,geografiya, geologiya,farmakologiya,kartografiya,tarix,til,adabiyot sohalariga,shuningdek etnografiya ,falsafa va boshqalarga bag’ishlangan.Uning ‘’Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar’’, ‘’Kartalar chizish’’,’’Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniqlash’’,’’Astronomiya ilmida boshlang’ich ma’lumotlar’’,’’Ma’sud qonuni’’,’’Astronomiya qonunlari’’,’’Mineralogiya’’,’’Dorivor o’simliklar haqida kitob’’va boshqa shu kabi yirik asarlari jahon xalqlarining turli tillariga tarjima qilingan.

2-guruh:Al-Farg`oniy haqida ma’lumot beradi. Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog’ida tug’ilgan.Uning ‘’Ustrlob yasash haqida kitob’’,’’Al-Farg’oniy jadvallari’’,’’Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola’’- qo’lyozmasi ‘’Yetti iqlimni hisoblash haqida asarlari turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda.1998-yilda O’zbekiston Respublikasi Pre-zidentining farmoni bilan allomaning 1200yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi.2007-yilda Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal qo’yildi.

3-guruh:Ibn Sino nomlari yozilgan kartochkalar guruh stollariga qo`yib qo`yiladi . Har bir alloma haqidagi ma`lumotlar berilgach , o`qituvchi kompyuter orqali proyektorda o`sha allomaning rasmini ,haykali, Buxoro , Xiva , Farg`ona shaharlarining tarixiy joylari haqidagi videolavhani o`quvchilarga namoyish etib , qo`shimcha ma`lumotlar beradi .



d:\maktab\beruniy\b.jpegd:\maktab\beruniy\bhnjh.jpeg

d:\maktab\beruniy\акпкп.jpg

O`qituvchi ushbu allomalarga bugungi kunda berilgan e`tibor haqida ma`lumotlarni aytib beradi .

Guruhlar taqdimoti davomida xaritadan guruh a`zolari alloma yashagan , ijod ailgan , vafot etgan joylarni ko`rsatadilar .

.

O`qituvchi 4-alloma haqidagi ma`lumotni “Jumboqli-tanishuv” usuli orqali o`quvchilardan so`rab oladi .Savollsr quyidagicha bo`lishi mumkin :



  • Bu alloma Xiva shahrida tig`ilgan

  • Matematika , astronomiya , geografiya fani rivojiga ulkan hissa qo`shgan .

  • Bog`dodda “Bayt ul-hikma” da mudir vazifasida ishlagan .

  • “Al-jabr” asaridan “algebra” atamasi olingan .

  • “0” dan “9” gacha bo`1gan raqamlar bilan har qanday sonni yozish qoidasini yaratgan .

  • Matematikada 4 ta amal “ + , - , / , x ” ni qoidasini yaratgan .

O`quvchilar har bir savolni eshitgach, o`asha allomaning nomini daftariga yozib borishi kerak boladi .Qaysi guruhda xatolar kam ya`ni faqat shu allomaning nomi takror-takror yozilgan bo`lsa shu guruhlar 5 balli yashil kartochkani oladi . Javob : Muso al-Xorazmiy

VIII. Mustahkamlash .



  • Guruhlarga 5 ta savoldan iborat test savollari topshiriladi .(savollar ilova qilindi.)

1.’’Astronomiya asoslari haqidagi kitob’’asarining muallifi kim? A) Abu Rayhon Beruniy B) Ahmad al-Farg’oniy S) Abu Ali ibn Sino D)Muhammad Muso al-Xorazmiy 2.2007-yilda Ahmad al-Farg’oniy nomini abadiylashtirish maqsadida qaysi shaharda haykal o’rnatildi? A) Turkiyaning Istanbul shahrida B) Iroqning Bag’dod shahrida S)Misrning Qohira shahrida D) Eronning Tehron shahrida 3. Quyidagi asarlarning qaysi biri Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub? A)’’Al-jabr’’ B)’’Tib qonunlari ‘’ S)’’Hindiston’’ D)’’Astronomiya asoslari haqidagi kitob’’ 4.Abu Ali ibn Sinoga bag’ishlab 2000-yilda Yevropaning qaysi davlatida haykal o’rnatilgan? A) Fransiyada B) Angliyada S) Italyada D) Belgiyada 5. AQSHning fanlar tarixi bilan shug’ullanuvchi olimi Jorj Sarton XI asrni qanday ta’riflaydi? A) ‘’O’rta Osiyolik olimlar davri’’ B) ‘’Beruniy asri’’ S) Islom dini rivojlangan asr D) Yirik qomusiy olimlar asri

1-guruhga:Krossvord beriladi. 2-guruhga: Jadvalli-test savollari beriladi. 3-guruhga: Klasster usulida ma’lumot yozish topshiriladi. Krossvord savollari : 1.2000-yilda Yevropaning qaysi shahrida ibn Sino haykali o’rnatilgan ? 2.’’Al-jabr’’ asarining muallifi kim? 3. Al-Xorazmiy qaysi shaharda vafot etgan? 4. Xivada tug’ilgan alloma 5. ‘’Tib qonunlari’’asarining muallifi kim?





  • Har bir guruhga bo`sh kartochkalar beriladi , bunda guruhlar yurtimizda yashab o`tgan buyuk zotlar , olim , mutaffakkirlar, sarkardalar ,davlat arboblarining nomlarini yozishlari kerak bo`ladi , eng ko`p yozgan guruhga 5 balli yashil kartochka beriladi .

  • “Aqliy hujum” bunda tarixiy voqeani o`qituvchi hikoya qilib , jumboqli savol bilan yakunlaydi .

Bir davlaтda tungи soqchilardan biri ertalab podshoh huziuriga kelib , bu kecha bir tush ko`rsa , tushida dushman janubiy darvoza tomondan hujum qilganini aytadi va o`sha darvoza himoyasini kuchaytirish haqida taklifini bildiradi. Hukmdor unga shubha bilan qaraydi , lekin soqchining taklifini qabul qiladi. Haqiqatdan ham dushman janubiy darvozadan hujum qiladi , mamlakat esa asrab qolinadi. Hukmdor tungi soqchiga bir xaltacha oltin berib , uni bir oy zindonga tashlaydi . Nega ? To`g`ri javob bergan guruh 5 ballni oladi .

Monitorda guruhlarning ballari ko`rsatib hisoblab boriladi . Barcha baho kartochkalari hisoblab boriladi.

Xulosa .

IX. O`qituvchi bugungi mavzu asosida olingan bilimlarni xulosalab , erishilgan yutuq va kamchiliklarni izohlaydi .O`quvchilarga buyuk vatandoshlarimizga mos avlod bo`lish , ular bilan faxrlanish , yaxshi o`qish , ilm olishga doimo intilib yashashga , kasb-hunar o`rganishga intilish hissi singdiriladi.

X. Baholash .

G`olib guruh ballari monitordan aniqlanadi .Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

XI. Uyga vazifa : Mavzuga oid jadvalni to`ldirish.





Alloma nomi.

Yashaganyillari

Asarlari





































M.ISLOMOVANING TESTLAR BANKI.

6-sinf tarix testi

I-chorak


1. Arxeologiya fani nimani o’rgajnadi?

A. Qadimgi yodgorliklarni B. Qadimgi tillarni C. Qadimgi manzilgohlarni

D. Qadimgi odam suyaklarini

2. ,,Geografiya ,,asarining muallifi kim?

A Strabon B Arrian C Kvintiy Kurusiy Ruf D Gerodot

3. Qachondan boshlab yunonlar yurtimiz aholisi haqida ma’lumotga ega bo’lganlar?

A Mill avv 3-2 asr B Mill avv 4-5 C Mill avv 6-7 D Mill avv 8-9

4. Uchi bir tomonga qarab o’tkirlangan tosh qurollarini nima deb ataymiz?

A Akveduk B Chopper C Amlut D Tesha

5. Teshiktosh g’oridan topilgan 8-9 yoshli bola suyagi qanday odam suyagi deb ataydilar ?

A Zinjantrop B Pitekantrop C Neandertal D Sinantrop

6. Altamir , Lasko, Kapova g’orlari nimasi bilan mashhur?

A Eng qadimgi qoya tosh rasmlari B Eng qadimgi spool buyumlari

C Eng qadimgi dehqonchilik buyumlari D Barcha javoblar to’g’ri

7 Eng qadimgi urug’chilik tuzumi qaysi davr kelishi bilan nihoyasiga yetdi?

A Harbiy demokratiya B Matriarxat C Enolit D Patriarxat

8 Qachondan boshlab qadimgi aholi doimiy turar joylar qura boshladilar?

A Eneolit B Neolot C Bronza D Palyolit

9 Qaysi davrda kulolchilik , to’quvchillik kashf etildi?

A Mezolit B Enolit C Neolit D Palyolit

10 Enolit davri qaysi ming yillikni o’z ichiga oladi?

A Mill avv XII-VII ming yilllik B Mill avv IV –III ming yilllikda C MILL avv VI-IV ming yilllikda D Mill avv III-II

11 Mill avv IV ming yillikda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang?

1 xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurish boshlandi 2 g’ildirak kashf etildi 3 o’rta osiyo janubida sug’orma dehqonchillik vujudga keldi 4 idishlarni pishirish uchun kullolchilik xumdonlaridan foydalanildi 5 bronzadan foydalaniladi 6 qadimgi sharqda ilk shaharlar vujudga keld i 7 sopol idishlar hayvon lar naqshi bilan bezatildi 8 kulolchilik vujudga keldi

A 1,3,4,6,7 B 3,2,4,5 C 6,4,3,2,5 D 8,,6,7,5,,4

12 Qachondan boshlab “bronza ” mehnat qurolllari, qurol-yarog’lar va zebi ziynat tayyorlash asosiy xom ashyo bo’ldi?

A Mill avv III ming yilllik boshlari B Milll avv III ming yilllik o’rtlari C Mill avv II ming yillik oxiri D Milll avv II ming o’rtalaridan

13 O’rta osiyodagi bronza davri dehqonlarining manzilgohlarini aniqlang ?

1 Zamonbobo 2 Qo’shilish 3 Ko’lbuloq 4 Zarutsoy 5 Sopolitepa 6 Machay 7 Jarqo’ton

A 1,5,7, B1,3,7 C 2,4,,5 D 1,3,6,7

14 O’zbekiston hududidagi mill avv II ming yillikka oid dehqonchilik va chorvachilik manzilgohlarini ko’rsating ?

1 Zamonbobo 2 Zarautsoy 3 Oltintepa 4 Sopolitepa 5 Jarqo’ton

A 2,4,,5 B 1,3,5, C 2,3, D 1,4,,5

15 Temirdan mehnat qurollarini yasash imkoniyati qachondan paydo bo’ldi ?

A Mill avv II ming yillik o’rtalaridan B Milll avv I ming yilllik oxirlaridan

C Mill avv III ming yilllik D Mill avv I ming yilllik boshlarida

16” Avesto” da O’rta osiyo jamiyatining negizi nima ?

A “Dahya B Nmana C ViS D Zantu

17 “ Avesto” da “Zantu” ---BU ?

A urug’jamoasi B qabilllalar ittifoqi C hududiy qo’shnichilik jamoasi D qabila

18 Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishida qaysi daryo muhim ahamiyat kasb etgan?

19 Nil vodiysi bu ……

20. Qaysi davlat “qora tuproq” nomiga ega

21. Qadimgi Misr davlati qachon tashkil topgan

22. Qadimgi Misrda birlashgan mamlakatning ilk hukumdori kim bo’lgan

23. Ilk Misr podsholigining poytaxti qaysi

24. Qadimgi Misr janubida qaysi davlat bilan chegaradosh

25. Qadimgi misrliklar Nil bo’ylab oltin, simola, fil suyagi, nodir navli yog’ochlarni ayirboshlash uchun qaysi davlatga borishgan





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

C

A

B

B

D

A

D

B

C

D

A

B

A

D

D

B

B

18. Nil 19. Har ikki qirg’oq bo’ylab 3km dan 22 kmgacha kenglikdagi 600 km 20. Misr davlati

21. Mil. avv 3000-yil 22. Menes 23. Memfis

24. Nubiya

6-Sinf II-chorak

1. Qadimgi Misr g’arbida qaysi davlat joylashgan

A. Mesopotamiya B. Liviya C. Suriya D. Nubiya

2. Qadimgi Misrda mis qayerdan qazib olingan

A. Mesopotamiya B. Liviya C. Suriya D. Sinay yarim oroli

3. Gigsoslar Misrga qachon hujum qildilar

A. Mil. avv XIV asr boshlarida B. Mil. avv XV asr oxirida C. XVI asr oxirida

D. Mil. avv XVIII asr oxiri

4. O’rta podsholik davrida Misrga hujum qilgan gigsoslarning asosiy kuchi nima

A. otlar qo’shilgan jang aravalar B. piyoda askarlar C. kamonchilar D. naftandozlar

5. Qaysi firavn gigsoslarni tor-mor etib bosqinchilarni Misrdan haydab chiqardi

A. Tutmos II B. Yahmos C. Tutmos III D. Menes

6. Qadimgi Misr tarixi necha davrga bo’linadi

A. 2 B. 3 C. 4 D. 5

7. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning xudosini aniqlang

A. Ptax B. Ra C. Amon D. Xappi

8. Ptax xudosining yer yuzidagi qiyofasinij aniqlang

A. Ra B. Amon C. Xapi D.Apis

9. Qadimgi Misrliklar Ptax xudosini qaysi hayvon timsolida tasavvur qilishgan

A. qora qo’y B. qora tovuq C. qora sigir D. qora ho’kiz

10. Quyidagi xudolardan faqat Misrga tegishli bo’lganlarini aniqlang

1. Ptax 2. Indra 3. Gonesha 4. Ahuramazda 5. Ossiris 6. Nika 7. Xapi 8. Amon-Ra

9. Aid


A. 2, 4, 6, 9 B. 3, 5, 7, 8, C. 1, 5, 7, 8 D. 1, 3, 4, 6

11. Qaysi Misr podsholigi davrida piramidalar bunyod qilindan

A. Ilk va O’rta podsholiklar davrida B. O’rta vq Yangi podsholiklar davrida

C. Qadimgi va O’rta podsholiklar davrida D. Yangi va So’ngi podsholiklar davrida

12. Qaysi shaharda eng mashhur piramidalar bunyod etilgan

A. Abidos B. Fiva C. Giza D. Memfis

13. Qadimgi Misrning firavnlari uchun –Xufu, Xafra, Menkaura bunyod etilgan mashhur piramidalar qaysi shaharlarda bunyod etilgan

A. Memfisda B. Fiva C. Giza D. Geliopolda

14. Eng katta piramida bu ….

A. Xufu B. Xafra C. Menkaura D. Xufu va Xafra

15. Qadimgi Misrliklar diniy e’tiqodiga ko’ra qumursqalar orasida alohida hurmat e’tibiorga sazavor bu….

A. Zuluk B. chumoli C. chigirtka D. qora qo’ng’iz

16. Qadimgi Misrliklar qaysi hayvonlarni muqaddas deb bilganlar

A. Mushuk, qo’y, ho’kiz, sigir, arslon, lochin, ilon B. It, qo’y, ho’kiz, sigir, arslon, lochin, ilon

C. sichqon, qo’y, ho’kiz, sigir, arslon, lochin, ilon D. ot, qo’y, ho’kiz, sigir, arslon, lochin, ilon

17. Iyeroglif bu….

A. toshga chekilgan muqaddas bitiklar B. firavnnig mumyolangan jasadi

C. Misrda marhumlar va mumyolar xudosi D. Dastlabki uzun jangovor oybolta

18. Misrliklar alifbosida qancha iyeroglif mavjud edi

19. Qadimgi Misrliklarning nazariy bilimlari dunyoga kelishi va rivoj topishi…

20. Qaysi xalq dunyoda birinchi bo’lib taqvim tuzishgan

21. Bir tup “hayot daraxti”qancha hosil bergan

22. Qachon shumerlar janubiy mesopotamiyaga joylashib bu yurtni Shumer deb ataganlar

23. Mesopotamiyaga suriyadan qanday mahsulot keltirilgan

24. Qadimgi Mesopotamiyada qaysi iloh oily hakam hisoblangan

25. Hammurappi qonunlari nimasi bilan kishini lol qoldiradi

II-chorak


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

B

D

D

A

B

D

A

D

D

C

C

D

A

C

D

A

A

18. 750 ta

19. kundalik hayot bilan bog’liq

20. Misrliklar

22. Mil. avv 4 ming yillik

23. kedr yog’ochi

24. Shamash

25. hayotni9ng hamma tomonlarini qamrab olgamligi bilan

6-Sinf III-chorak

1.Xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamatli bezatilgan ibodatxona qaysi shaharlarda ekanligini aniqlang

A. Ummada B. Urda C. Urukda D. Lagashda

2. Mil. avv 3-ming yillik o’rtalarida kim Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi

A. Sargon I B. Gilkomish C. Tusmos II D. Xammurappi

3. Xamurappi vafotidan 150 yil o’tigach …..

A toglik kasssitlar Bobilni bosib oldilar B Eronliklar lashkarlari Bobilga bostirib kirdi

C Shumerlarga singishib ketgan butun Mesopotamiyani egalladilar D. Sargon I Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi

4. Old Osiyo hududida ilk davlatlar qachon vujudga kelgan

A Mill avv III ming yilllik B Milll avv IV ming yilllik C Mill avv II ming yillik

D Milll avv V ming yillik

5. Xetlar o’z davlatiga qachon asos slogan

A. Mil. avv XVIII asr B. Mil. avv XIV asr C. Mil. avv XII asr D. Mil.avv XX asr

6. Qadimgi Mitanni davlati hozirgi qaysi davlat

A. Suriya B. Turkiya C. Arabiston yarim oroli D. Hindiston

7. Ossuriya davlatining ilk poytaxti qaysi shahar

A. Xattusas B. Oshshur C. NIniviya D. Tushpa

8. Niniviya shahri qadimda qaysi podsholik poytaxti bo’lgan

A. Ossuriya B. Xet C. Niniviya D. Isroil

9. Kimning hukumronligi davrida Urartu davlati gullab yashnagan

A. Sargon I B. Sardur C. Salamansar D. Navoxodonosor

10. Quyidagi qaysi davlat XI –Vi asrlarda faoliyat ko’rsatgan

A. Isroil podsholigi B. Tir-Sidon podsholigi C. Finikiya D. Urartu

11. Ahamoniylar asos slogan fors podsholigi qachon vujudga keldi

A. Mil. avv VI asr B. Mil. avv IX asr C. Mil. avv VII asr

12. Qadimgi Ahamoniylar davlati hozirgi qaysi davlat

A. Hindiston B. Misr C. Arabiston D. Eron

13. Qadimgi Elam davlati qachon vujudga kelgan

A Mill avv II ming yilllik B Milll avv III ming yilllik C Mill avv VII ming yillik

14. Mediya davlatida Kiaksar qachon hukumronlik qilgan

A Mill avv VII ming yilllik B Milll avv III ming yilllik C Mill avv VI ming yillik

15. Kir II mil. avv 539-yil qaysi davlatni bosib olgan

A. Urartu, Parfiya, Ossuriya B. Falastin, Finikiya, Urartu C. Lidiya, Midiya, Bobil

D. Ossuriya, Xet, Shumer

16.Qadimgi Forslar qanday belgilar bilan yozishgan

A. Iyeroglif B. Mixxatsimon C. rasm belgilar D. Harfiy yozuvlar

17. Makedoniyalik Aleksandir nechanchi yilda Fors davlatini zabt etgan

A. Mil. avv 327-yil B. Mil. avv 326-yil C. Mil. avv 328-yil D. Mil. avv 330-yil

18. Qachondan boshlab hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga keldi

19. Oriylar kimlar

20. Qadimgi hind diniy e’tiqodiga ko’ra boshi filnikiga o’xshash xudoni belgilang

21. Qadimgi Hindistonda kishatriylar kimlar

22. Sanskrit tili qadimgi qaysi tillar asosida ishlab chiqilgan

23. Qachon yunon makedon qo’shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi

24. Pataliputra qaysi davlatni poytaxti

25. Hindlaar shaxmat o’yinini qanday nomlashgan



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

D

A

A

C

A

A

B

A

B

A

A

D

B

A

C

B

D

18. Mil. avv 3 asr

19. Sharqiy Yevropa va uralda yashagan

20. Ganeshka

21. Jangchilar

22. Hind tillari

23. Mil. avv 318-yil

24. Mauriya 25. Qo’shinning to’rt turi

6-Sinf IV-chorak

1.Qadimgi Xitoyda ilk sivilizatsiya qachon kurtak yoya boshladi

A. Mill avv III-II ming yilllik B Milll avv II-I ming yilllik C Mill avv IV-III ming yillik

D Milll avv V-IV ming yillik

2. Xuanxe so’zining ma’nosi

A. Xitoycha sariq daryo B. Xitoycha xudolar daryosi C. Xitoycha Betoshqin daryo

D. Eroncha sariq daryo

3. Zafaryor podsholik nomini olgan qadimgi davlatni toping

A. Eron B. Chijou C. Sin D. Misr

4. Quyidagi asrlardan qaysi biri Gala podsholiklar davriga oid

A. Mil. avv VII-V B. Mil. avv VI-IV C. Mil. avv V-IV D. Mil. avv VIII-V

5. Sin Shixuandi qabridan imperatorni qo’riqlash uchun nechta spool haykalcha yasalgan

A. 8000 ta B. 6000 ta C. 5000 ta D. 4000 ta

6. Qadimgi Xorazm markazlarini aniqlang

A. Uzunqir B. Yerqo’rg’on C. Ko’zaliqir D. Afrosiyob

7. Qadimgi Xorazmliklar yashagan hududni aniqlang

A. Zarafshon, Qashqadaryo B. Surxon vodiysi, Afg’oniston shimoli Tojikiston janubi

C. Cho’llar va Amudaryo bo’yi D. Amudaryo quyi oqimida

8. Salavka Qchon vafot etgan

A. A. Mil. avv 323-yil B. Mil. avv 250-yil C. Mil. avv 280-yil D. Mil. avv 293-yil

9. O’zini 1000 ta Baptriya hukumdori deb e’lon qilgan yunon baqtriya podshosini aniqlang

A. Yevtidem B.Diodot C. Demitriy D. Metridat

10. Parfiya davlati Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqandan so’ng qaysi davlatning raqibiga aylandi

A. Baqtriya B. sug’diyona C. Maroqand D. Salavkiylar

11. Qaysi hukumdor davrida Yunon Baqtriya davlati eng katta sarhadga aylandi

A. Yevtidem B. Diodot C. Demetriy D. Mitridat

12. Yunon Baqtriya davlati necha yil hukumronlik qildi

A. 120 yil B. 150 yil C. 210 yil D. 90 yil
13. Dovon davlatining poytaxti bo’lgan Ershi quyidagi qaysi davlat tomonidan bosib olingan

A. Qang’ B. Xorazm C. Kushon D.Xitoy

14. Dovon davlatining chegaralari janubda ….. boradi

A. yuechijlar davlatigacha B. Baqtriyagacha C. Hindistongacha D. Kashmir o’lkasigacha

15. Qang’ davlatiga qachon asos solindi

A. Mil. avv VIII-VII B. Mil. avv III C. Mil. avv IV D. Mil. avv II

16. Qang’ davlatiga kimlar asos solishgan

A. saklar B. xitoyliklar C. Xorazmliklar D. Qang’lar

17. Qaysi shahar xarobalaridagi saroy zallaridan birida devor bo’ylab 20 dan ortiq haykallar o’rnatilgan

A.Oybo’yriqal’a B. Tuproqqal’a C. Qo’yqirilganqal’a D. Jonbosqal’a

18. Dovon davlati xitoy manbaalarida qanday nomlangan

19. Dovon davlati boshqa manbaalarda qanday nomlangan

20. Dovonda bo’lgan Xitoy sayyohini aniqlang

21. Dovon davlatida katta kichik nechta shahar mavjud

22. Dovon davlatini poytaxti qayer

23. Buyuk Ipak Yo’li qachon vujudga keldi

24. Lal yo’l qachon vujudga keldi

25. Buyuk Ipak Yo’li yana qanday nomlana

IV-chorak


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

A

A

B

A

D

C

C

C

B

A

C

A

D

A

B

A

B

18. Parkana

19. Parkana

20. Chijan Syan

21. 70 dan ortiq

22. Ershi

23. II asr

24. Mil. avv III-II ming yillik

25. Buyuk Meridian yo’l



7sinf tarixdan test savollari

I chorak

1.”Germaniya “ asarining muallifi kim ?

A.Yuliy Sezar B. Tatsit C. Sima Szyon D. Grigoriy

2.Germanlarning qabila boshlig’i , zodagonlarning oliy vakili qanday nomlangan?

A.Aleman B.Got C.Frank D.Konung

3. Nechanchi asrdan boshlab germanlarda mulkiy tengsizlik kuchaygan ?

A.IV asrda B.VI asrda C.VII asrda D. V asrda

4. German qabilalaridan ange - sakslar o’z davlatiniqaysi davlayga tuzgan edi ?

A.Italiyada B.Galliyada C. Britaniyada D.Shimoliy Afrikada

5.Dehqonlarning ekinzorlarida ishlovchi tabaqa vakillari kim edi ?

A.Kashovarz B.Kadivar C Chokar D.Dehqon

6. Germanlar itlilosi qachon bo’lib o’tgan edi ?

A. 474- y B .475- y C. 476 – y D. 477- y

7.Vesgot qirolligi nechanchi asrda tashkil topdii ?

A.V asrda B. VI asrda C. IV asrda D. VII asrda

8.Xlodvigning o’g’illari tasviri tushirilgan miniatura nechanchi yil chizilgan ?

A.1493-y B.1494-y C.1495-y D.1496-y

9. 534- y Xlodvigning vorislari davrida qaysi davlatni istelo qilgan ?

A. Provansni B. Galliyani C. Burgundiyani D. Italiyani

10.Ilk o’rta asrlarda aholining mutlaqo yersiz qatlamini aniqlang ?

A. .Kashovarz B. .Dehqonlar C. Kadivarlar D.Hunarmandlar

11. Ilk o’rta asrlar tarixi qaysi asrlarni o’z ichiga oladi ?

A.V - XV asrlar B. VII- V asrlar

C. IV – IX asrlar D.X- XI asrlar

12.Franklar davlatiga asos slogan Xlodvig Xristian dinini qayerdan qabul qiladi?

A. Vizantiyadan B. Rimdan C. Parijdan D.Chexiyadan

13.Franklarda kimlar uzun soch qo’yib yurish huququga ega bo’lishgan ?

AQirol va ularning oilasi B. Ritsarlar C.Monarxlar D.Poplar

14.Karl imperatorlik tojini qachon kiygan?

A.800- y B. 900-y C.300-y D.700- y

15.Eftallar davlatiga kim asos slogan?

A.Grumbat B. Shopur С.Vaxshunvar D. T . j. y.

16. Franklar imperiyasida xalq maktablari qachon kim tomonidan joriy etilgan ?

A.764-y Alkuin tomonidan B.769-y Buyuk Karl tomonidan

C.779-y Yustinian tomonidan D. 788-y Buyuk Karl tomonidan

17. Slavyanlar necha guruhga go’lingan ?

A.3 ga B. 4 ga C. 5ga D. 6 ga

18. Slavyanlarda osmon xudosi kim bo’lgan ?

A. Vecha B. Svarog C. Cherkov D. Varya

19. 486- y …

20.”Har qanday hokomiyat xudodan “ deb uqtirish kimlarga mos kelardi?

21.879- y …

22.VI asrning 60- y Xorazm va Vizantiya

23.Franklar imperiyasi qachon 3 ga bo’linib ketgan ?

24.Fiod qaysi so’zdan olingan va nima degan ma ‘noni bildiradi?

25.Karlning muhrida qanday so’zlar zarb etilgan?

1.B 10.D

2.D 11.A


3.A 12.B

4.C 13.A


5.B 14.A

6.C 15.C


7.A 16.D

8.A 17.A


9.C 18.D

7-sinf II chorak

1.Verden shahrida qirolliklar o’rnida qachon nechta davlat tashkil topdi ?

A.5 ta B. 2ta C. 4ta D. 3ta

2.Normandlar Londonni qachon bosib olganlar ?

A.841- y B. 842-y C . 843-y D. 844-y

3.849-y Daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzgan qirol kim ?

A.Qirol Artur B. Buyuk Karl C. Qirol Amroziy D.Qirol Alfred

4.Nechanchi yil Pragada alohida Yepiskoplik tashkil qilindi?

A.973-y B. 976-y C. 966-y D. 970-y

5.Xalifa Marvon II taxtdan ag’arilgach xalifalik taxtiga kim ko’tariladi ?

A. Abu Muslim B. Muqanna C. Abul Abbos D. T. j. y.

6.Freska qanday tildan olingan?

A. yunonocha B. nemischa C. italiyancha D. lotincha

7.Avliyo Sofiya ibodatxonasining ulkan gumbazi

necha metrni tashkil etgan?

A.32.1 m B. 30.5 m C. 24.5 m D 31.5 m

8. .Avliyo Sofiya ibodatxonasi kim tomonidan barpo etilgan?

A. Otton I B. Yustinian I C. Ryurik D. Igor

9. Eron shohi Xsravf I nechanchi yil Yamanni istelo qilgan?

A.570- y B. 640-y C.780-y D.880-y

10.Abu Muslim Xrosonning poytaxti Marvni qachon egalladi ?

A. 770-y B.748-y C.760-y D. 758-y

11.Portugalcha e ‘tiqod yoki din ishi so’zlari qanday aytilgan?

A.Yeretiklar B. Interdik C. Autodafe D.Inkvizitsiya

12.1-Salb yurishi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A.1079-1081-y B.1096-1099-y C. 1087-1107-y D.1099-1127-y

13.Indulgensiya …

A. gunohlar yozib qo’yiladigan yorliq

B. gunohlardan foriq qiluvchi yorliq

C.avf qog’ozi D. B va D

14.Salb yurishlari Katolik cherkovi tomonidan necha marta tashkil topgan?

A.5 B. 6 C.8 D.7

15.Jakeriya qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tgan ?

A.1357-y B.1448-y C. 1354-y D. 1358-y

16.Janna D’ark 1431-yilning qaysi oyida gulxanda yondirilgan?

A.30-mayda B. 20-aprelda C.10-avgustda D.30-iyunda

17.1066-yil Angliya kim tomonidan bosib olinadi ?

A.Karl Burgundiskaya B. Vilgelm I C. Lyudovik XI D. Karl Jasur

18.Qirol Richard II nechanchi yil mamlakatda qo’shimcha jon solig’i

Joriy ettirdi?

A.1370-y B.1377-y C.1340-y D.1344-y

19.”Odam ato yer haydab Momo havo charx yigirganda kim Dvoryan bo’lgan”

degan so’zlar kimga tegishli?

20.Kim 1445-y kitob bosish dastgohini kashf qilgan?

21.1582-y Florensiyada ochilgan 1- akademiyaning nomi nima?

22.Dastlabki universitetlar nechanchi asrda tashkil etilgan?

23.Sarbon bu…

24.1455-1485-y …

25.1254-1273-yillarda qaysi davlatda umuman imerator saylanmaydi?

1.D 10.B


2.B 11.C

3.D 12.B


4.A 13.C

5.C 14.C


6.C 15.D

7.D 16.A


8.B 17.B

9.A 18.B


7-sinf III chorak

1.Xorazimga Qutbiddin Muhammad qachon noiblik qilgan ?

A.1095-1066 yillar B.1097-1127 yillar C.1077 – 1039 yillar

D.1086 -1040 yillar

2.Xorazmiy qancha asar yozgan ?

A.20 dan ortiq B.10 dan ortiq C.50 dan ortiq D.30 dan ortiq

3.Qachon Ahmad Al – Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi?

A.1996 – yil B.1998 – yil C.1999- yil D.1997 – yil

4.810 – 870 – yillarda qaysi alloma yashab ijod qilgan ?

A.Al Xorazmiy B.Ahmad Al Farg’oniy

C.Al Buxoriy D.Abu Nasr Forobiy

5.Shiddatli laqabini olgan sulton kim edi ?

A.Sulton Sulaymon B. Sulton Boyazid

C.Sulton Mexmet II D.Sulton Usmon I

6.”Kitob at - Tavhid “asarining muallifi kim ?

A.Al Farobiy B.Beruniy C.Matrudiy D.Ibn Sino

7.Motrudiyning 2000 – yil necha yilligi nishonlandi ?

A.1130 yilligi B.1140 yilligi C.1150 yilligi D. 1160 yilligi

8. Qachon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm Ma’nun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni chiqdi ?

A. 1997 – yil B.1998 – yil C.1999- yil D.1994- yil

9. Al – Farobiy qancha asar yozib qoldirgan ?

A.180 ta B.170 ta C.160 ta D.150 ta

10.Chingizxon Shimoliy Xitoyda qachon urush boshlaydi ?

A.1410- yil B.1240 – yil C.1420- yil D.1211- yil

11. Chingizxon qachon zabt etgan hududlarni o’z

o’g’illariga bo’lib berdi?

A.1214-yil B.1120- yil C.1210- yil D.1224- yil

12.Xonbandi Suv ombori necha mln metr kub suv to’plagan

A.1.5 mln m kub B.2.2 mln m kub

C.1.3 mln m kub D.2.5 mln m kub

13.Nechanchi asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi?

A.VII asrda B. VIII asrda C.IXasrda D. Xasrda

14. Buxoroda 1- ochilgan madrasa qanday nomlangan edi?

A. Tafvsir B. Farjak C.Sipoxon D. Kavshdo’z

15. 1254- 1273 – yillarda qaysi davlatda imperator saylanmaydi?

A.Saksoniyada B.Fransiyada C. Germaniyada D. Russiyada

16. Buxoro nechanchi asrdan boshlab “Qubbat ul- Islom “ nomi bilan shuhrat topdi ?

A. IX asrda B.Xasrda C.VI asrda D.VIIIasrda

17. XIIasrda Buxoroda qanday madrasa qurilgan ?

A. Farjak madrasasi B.Fiqihlar madrasasi

C. Islom madrasasi D. A va C

18. Turkistonda qachon Yassaviya ta ‘ limoti vujudga keladi ?

A. XIV asr B.Xasr C .XII asr D .XX asr

19. Chingiz so’zining ma ‘nosi nima ?

20. Pekin shahri qanday nomlangan?

21.Tyanshan tog’i yana qanday aytilgan ?

22. 1216 – yil …

23.G’ayirxon yana qanday nom bilan tilga olingan ?

24. Chingizxon Xorazmshohga qarshi qachon yurish boshlagan?

25.”Lashkar birun “ necha ming qo’shinlik askar edi ? в 10.D



  1. A 11.D

  2. A 12.A

  3. B 13.D

  4. C 14.B

  5. B 15.C

  6. C 16.A

  7. A 17.B

  8. A 18.C

9.C

19.Kuchli , qudratli , toza

20.Pekin shahri

21.Tangri tog’

22.Cingizxon xuzuriga Xorazmshoh o’z elchilarini yuboradi

23.Inalchiq

24.1219-yil kuzida

25.50 ming

7-Sinf IVchorak test


  1. Bahoviddin Naqshband qachon tug’ilgan?

A.1210- y B.1310- y C. 1311-y D. 1318 – y

2.”Qushlar bilan ov qilish “ asarini kim yozgan?

A. Fridrix II B. Grigoriy IX

SC. Genrix VI D. Papa Inakenti III

3. Yassaviyning qanday asari mashhur ?

A. “Hayotnoma “ B. “Hikmat “ C. “Dalil al Oshiqin “

D. “Kubroviya “

4.A . Temur turmush og’oga qachon uylangan?

A. 1350- y B. 1352 – y C. 1354- y D. 1356 – y

5. 1365 – y 22 – mayday Chirchiq daryosi bo’yida qaysi jang bo’lib o’tadi ?

A. Loy jangi B .Anqara jangi C. Seiyston jangi D. Jeta jangi

6.A.Temur 1388 – y qayerga 5 marta yurish qildi va uzil –kesil bo’ysundirdi?

A. Hirotga B. Sayramga C.Farg’onaga D. Xorazmga

7.Anqara jangi qachon bo’lib o’tgan ?

A.1406-y B.1404- y C.1402 – y D. 1410 – y

8. Anqara jangida Usmonlilarni qancha askari qatnashadi ?

A. 120 ming B. 160 ming C. 180 ming D .190 ming

9.”Muhassil “ qanday lavozim ?

A. Shikoyatlarni ko’ruvchi B. Soliq undiruvchi

C. Qo’shin to’plovchi D. Yassovulboshi

10.Aksum davlati nechanchi asrda mag’lubiyatga uchraydi ?

A. VII asrda B. VI asrda C. IV –V asrda D. X asrda

11. Jalolidin Manguberdining 800 yilligi qachon nishonlandi ?

A. 1996 – y B.1998- y C. 1999- y D. 1994- y

12. Chingizxon Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no’yonni necha minglik

qo’shinini jo’natadi ?

A. 50 minglik B. 30 minglik C. 85 minglik D. 45 minglik

13.Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda yerga bo’lgan egalikning nech xil

shakli mavjud edi ?

A.3 B.4 C. 5 D. 6

14. Ma’sudbek qachon pul islohoti o’tkazadi ?

A. 1271 – y B .1220- y C.1310- y D 1210- y

15.Naira qaysi davlat poytaxti edi ?

A. Mali davlatini B . Makka shahrini

C. Gana davlati D .Aksum davlatini

16.A . Temur tabrizda nima qurdiradi ?

A. saroy B .madrasa C. bog’ D masjid

17.1404- y Samarqandda qaysi davlat elchisi bo’lgan ?

A. Fransiya B .Kastilya C. Ispaniya D . B va S

18.A.Temur 1402- y 15- mayda kimning nomiga xat yo’llagan?

A. Ioann VII Paleolokka B. Karl VI ga

C. Genrix IV ga D.A .Yu. Yakubovskiyga

19. Lavvox …

20.M .Ulug’bek 1424-1429- yillarda …

21. M. Ulug’bek qanday asar yozgan ?

22.G’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar qanday atalgan?

23.Mulk yerlaridan qancha miqdorda soliq olingan?

24.1469- y Sulton Husayin qayerni egalladi ?

25.Kim 55 yoshida vafot etadi ?

1.D 10.A


2.A 11.C

3.B 12.D

4.B 13.B

5.A 14.A


6.D 15.A

7.C 16.D


8.B 17.D

9.B 18.A


19.Lavha yozuvchi usta

20.Obiraxmat anhori bo’yida Rasadxona qurdirgaн 21.”Ziji jadidi - Ko’ragoniy” 22.Banno



23.10 foiz miqdorida 24.Hirotni 25 .M. Ulug’bek

e:\rasm bitiruvchi.jpg
Yüklə 187,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə