Davlat budjeti xarajatlari ijrosi: zarurligi, mohiyati va omillari



Yüklə 388 Kb.
səhifə1/12
tarix15.06.2022
ölçüsü388 Kb.
#89569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI52 SALOHIDDIN


DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI IJROSI:ZARURLIGI, MOHIYATI VA OMILLARI
REJA
KIRISH
1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, zaruriyati va ularni moliyalashtirish usullari
2. Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili


2. Davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish yo`llari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH

Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko’rsatayotganiga barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta’minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.


Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu yo’nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag’larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan1.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta’sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda
davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur2”.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlat byudjetini takomillashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlarning markaziy bo’g’inida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va xarajatlaridan yanada samarali foydalanish, iqtisodiyotda soliq yukini maqbullashtirish va soliqlarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o’rnini oshirish, byudjet mablag’laridan oqilona foydalanish masalalari turadi.
Hozirgi vaqtga kelib respublikamizda bir qadar samarali byudjet tizimi shakllantirilgan bo’lsada, bu borada ayrim muammolar ham mavjudki, bu holat byudjetizimini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Byudjet daromadlarini samarali shakllantirish, byudjetdan xarajatlarni amalga oshirishda byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala bo’lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko’rsatib beradi. Shuning uchun ham biz mazkur magistrlik dissertatsiyasida ushbu masalani tadqiq etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

Yüklə 388 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə