Davlatning tarkibiy investitsiyaviy va innovatsiya siyosati



Yüklə 238,5 Kb.
səhifə1/3
tarix25.08.2023
ölçüsü238,5 Kb.
#120907
  1   2   3
Davlatning tarkibiy investitsiyaviy va innovatsiya siyosati



Davlatning tarkibiy investitsiyaviy va innovatsiya siyosati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy jivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keying yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog’liq.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. (1-rasm)

1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:

  • Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida

kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;

  • Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.

Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin.
Investitsiya jarayoni – bo’sh sarmoyaga ega bo’lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar.

Yüklə 238,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə