Demografik portlash



Yüklə 10,86 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü10,86 Kb.
#161460
ASHIROV KOMILJON


O’tgan asrda jahon aholisi juda tez sur’atlarda o’sdi. Bu jarayonni fanda “demografik portlash” deb nom oldi. Darhaqiqat jahon aholisi soni 1804 yilda 1 milliard kishini tashkil etgan. Oradan 123 yil o’tib 1927 yilda jahon aholisi 2 milliardga yetdi. 1950 yilda 2.5 mlrd. ni tashkil etgani holda, atigi qirq yil o’tib bu ko’rsatkich 5 mlrd ni tashkil yetdi (5-jadval). Boshqacha aytganda jahon aholisini bu qadar yuqori sur’atlar bilan o’zishi faqat XX asrning ikkinchi yarmida kuzatildi. 1987 yilda jahon aholi soni 5 mlrd. ni tashkil etgani holda, oradan 12 yil aholi soni 1999 yil 12 oktyabrda 6 mlrd. ni tashkil etdi. 2011 yil 21 oktyabrda esa 7 milliardinchi chaqaloq dunyoga keldi. Hozirgi kunda jahon aholi soni 7 mlrd. 225 mln. dan ortib ketdi.Ayni vaqtda jahonda sekundiga 4,2 ta tug’ilish va 2,0 ta o’lim, yoki 2,2 ta tabiiy o’sish kuzatilmoqda


Dastavval bunday farqni qit’alar bo’yicha turlicha ekanligini ko’rish mumkin. Jumladan, jahon aholisining asosiy qismi Osiyo va Afrikada joylashganligini ko’rish mumkin. Buning asosiy omili aholi tabiiy o’sishining eng yuqori ko’rsatkichi ushbu mintaqaga to’g’ri kelishi bilan izohlanadi.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo'limi dunyo aholisining 2050 yildagi holati haqida o'z tahminlarini e'lon qildi. Demografik bashoratga ko’ra jahon aholisi o’sish sur’atlari hozirgi sur’atda davom etsa, aholi soni 1950 yilga borib 9 mlrd ga yetishi kutiladi. Bunda kelajakda asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi tabiiy o’sish sur’atlari pasayib borishi e’tiborga olingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligida aholi turmush tarzini yaxshilanishi, tibbiy xizmat ko’rsatishni rivojlanishi, chaqaloqlar o’limini kamayishi, ayollarni ish bilan bandligini ortishi va boshqa omillar ta’sirida oilada o’rtacha farzandlar soni kamayib borishi taxmin qilinmoqda. Jumladan, 2005 yilda farzand ko’rish yoshidagi har bir ayolga 2,6 ta tug’ilish to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2050 yilga borib 2,0 tani tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu holatda jahon aholisi 2050 yilga borib 9 mlrd. ga yetishi bashorat qilinadi. Agarda, farzand ko’rish yoshidagi har bir ayolga tug’ilishlar soni 1,5 tani tashkil etsa 2050 yilga borib jahon aholisi 7,7 mlrd. va 2,5 tani tashkil etsa 10,6 mlrd. ni tashkil etishi bashorat qilinadi. O’rtacha sur’atda bu ko’rsatkich 2,0 tani tashkil etishi kutilmoqda.
Umuman olganda, kelajakda jahon aholisi tabiiy o’sish sur’ati pasayib borishi bashorat qilinmoqda. Bunda ayniqsa, iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi tabiiy o’sish sur’ati pasayish sur’ati yuqori bo’lishi kutilmoqda

rivojlangan mamlakatlarda 2025-2030 yillarda tabiiy o’sish sur’ati 0 ga teng bo’lishi va 2030 yildan boshlabaholining tabiiy kamayishi bashorat qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham aholi tabiiy o’sish sur’ati 2010 yilda 1,3 foizdan 2050 yilda 0,4 foizgacha pasayib borishi bashorat qilinmoqda.


Aholi soniga ko’ra birinchi o’nlik mamlakatlarining egallagan o’rnida ham o’zgarish bo’lishi kutiladi. 2050 yilga borib Hindiston Xitoydan o'zib ketadi. Hindiston aholisi 489 mllionga ko'payib, jami 1,6 mlrd. kishini tashkil etadi. Tug'ilish sur’atining pasayishi tufayli Xitoy aholisi 76 millionga ko'payadi xolos va 1,4 mlrd. kishiga yetadi. 2050 yilda eng aholisi ko'p davlatlar ro'yxatida 395 million aholi bilan AQSh uchunchi o'rinni egallaydi.
Afg'oniston, Burkina-Faso, Burundi, Chad, Gvineya-Bisau, Liberiyam Mali, Uganda kabi kam rivojlangan davlatlarda aholi ko'payishi ortib boraveradi. Aholining eng ko'p o'sishi Pokiston (+147 mln), Nigeriya (+120 mln) va Kongo (+120 mln)da kuzatiladi. Rossiyada esa demografik holat tushib boradi: 43 yildan so'ng Rossiya Federatsiyasi aholisi 31 million kishiga kamayadi. Shuningdek, Ukraina (-20 mln), Yaponiya (-16 mln) va Italiya (-7 mln) aholisi ham sezilardan darajada kamayadi.
aholi soniga ko’ra birinchi o’ntalik mamlakat aholisini 6 tasi Osiyo mamlakati, 1 ta Shimoliy Amerika, 2 ta Janubiy Amerika va 1 ta Afrika mamlakati hisoblanadi.
2050 yilda esa ushbu ko’rsatkich Osiyoga 5 ta, Shimoliy Amerikaga 1 ta, Janubiy Amerikaga 1 ta va Afrikaga 3 ta mamlakat to’gri keladi. Shuningdek, aholi soniga ko’ra 1 o’ringa Hindiston chiqib oladi. Rossiya va Yaponiya birinchi o’ntalikka kira olmaydi. Ularni o’rniga Afrikaning Efiopiya va Kongo davlatlari yuqori o’ringa ko’tarilib oladi.
Aholi soniga ko’ra birinchi o’ntalik mamlakat ichida 2012 yilda 3 ta davlat iqtisodiy rivojlangan mamlakat hisoblansa, bugungi kundaq 2 ta va 2050 yilga borib birgina AQSH birinchi o’ntalik tarkibiga kiradi. Bu esa rivojlangan mamlakatlar aholi tabiiy o’sish sur’ati kelgusida ham rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan past sur’atda bo’lishligini bildiradi
Yüklə 10,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə