Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 5bt-s22 guruhi 2- bosqich talabasi Ibragimova Shahnozaning Ona tili nazariyasi va amaliyoti fanidan yozgan mustaqil ishi. Mavzu: Ravish so'z turkumi sifatida



Yüklə 29,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü29,13 Kb.
#167555
Ravish so\'z turkumi sifatida. (1)




Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich 
ta‘lim yo‘nalishi 5BT-s22 guruhi 2- bosqich talabasi 
Ibragimova Shahnozaning Ona tili nazariyasi va amaliyoti 
fanidan yozgan mustaqil ishi. 
Mavzu: Ravish so'z turkumi sifatida 
 
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), 
ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. 
Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). 
Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat). 
Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, 
predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining 
belgisini bildiradi. 
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), 
o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi 
(noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. 
Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p 
kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgining kuchini; darajasini, 
o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no 
xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? 
qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob 
bo`ladi. 
Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega: 
1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan 
o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki 
egalik qoʻshimchasi shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar 
mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi. 
2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning 
belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda 



daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja 
ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat 
darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, 
asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos
1

Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda 
(chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik 
ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunohkorona jilmaydi. 
Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi 
bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni 
kuchaytirish ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil 
qilinadi: astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush 
keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin 
sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv 
ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y 
bergan bo`ladi (Sh.Rashidov). 
Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi 
so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta 
ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng 
keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda 
yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan). 
3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning 
asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar 
o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda. 
4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgining belgisini 
bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak 
berdim...
Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi 
aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan 
1
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova M., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 
“Fan va texnologiya”, -T.: 2009. 



sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham 
sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay 
birini uzishni bilmadi. Yetti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq). 
5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda 
qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravish otga xos egalik, kelishik, ko`plik 
affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi 
vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar. 
Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o`g`lim. 
Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt 
belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos. 
6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida 
ham keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari 
ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 
7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z 
yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday 
usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham 
yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi. 
8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan 
ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. 
Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, 
-qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi 
hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-
pal kabi.
Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi 
(P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi 
(A.Qodiriy). Chiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana 
boshlagandik (H.Nazir)
2

2
Amonov, Ulug‘murod Ona tili (morfologiya) [Matn] : o‘quv qo‘llanma / U. Amonov .-Buxoro: "Sadriddin Salim 
Buxoriy" Durdona,2021.-216 b. 



Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan 
ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, 
koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas 
bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar 
ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi 
ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning 
belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning 
belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib 
boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, 
larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan 
mustasno)
3

Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, 
qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik 
usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), 
qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-
yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning 
anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar 
gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi. 
Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi hisoblanadi. 
Affiksatsiya so‘z yasashda unumli usuldir: chiroy-lichiroyli; mulk-dor-mulkdor; 
qahramon-ona-qahramonona, qahramon-larcha-qahramonlarcha. 
 
3
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova M., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 
“Fan va texnologiya”, -T.: 2009. 

Yüklə 29,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə