Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. “Devonu lug‘atit-turk” – adabiy manba. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#107576
  1   2   3
4 11


DEVONU LUG'ATI TURKDAGI HARAKAR FELLARI


Reja:



  1. Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi.

  2. Devonu lug‘atit-turk” – adabiy manba.

  3. Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar.

  4. Devonu lug‘atit-turk”dagi adabiy janrlar.

  5. Devonu lug‘atit-turk”da doston izlari.

  6. Devonu lug‘atit-turk”da to‘rtlik.


Kalit so‘z va terminlar: urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati.

Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068 yili yozib tugatgan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Avval yurtma-yurt kezib material to‘pladi.YUqori CHindan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalarning turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab o‘rgandi. Mahmud Koshg‘ariy bu asarini o‘rganish bilan ilk bor turkiyshunoslikka asos soldi.


«Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asardan faqat tilga yoki adabiyotga oid materiallar va dalillarnigina emas, balki Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabilaning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham etarli ma’lumotlar beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida o‘rni-o‘rni bilan aytilgan ma’lumotlar bunga dalildir.
«Devonu lug‘atit-turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy parchalar X1 asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda, xususan, lirik va epik janrning rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar turli mavzuda – mehnat, yorning ta’rif-tavsifi, turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va h. SHe’riy parchalarni Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar majlum bir ijodkor qalamiga mansub ekanligini Koshg‘ariyning ishorasidan bilish mumkin. Koshg‘ariy ko‘p o‘rinlarda «shoir aytadi» iborasini ishlatadi va bir to‘rtlik keltiradi. Ular xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham Koshg‘ariy ularning ismini aytib o‘tirmagan. Ba’zi shoirlarning (masalan, CHo‘chu) aytib o‘tadi.
O.Pritsakning aytishicha, o‘z Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U siyosiy ta’qiblardan qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u erdan-bu erga ko‘chib yurgan. Ana shu davrda u turkiylar haqida ko‘p material to‘plagan.Oxiri Bag‘dodda to‘xtagan. Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi. Saljuqiylar ham turkiyzabon bo‘lgani uchun, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi to‘plagan materiallar saljuqiylarda qiziqish uyg‘otishini bilib, «Devonu lug‘atit-turk» asarini yozgan.
«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik evropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar yozilgan davrdan ilgari mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham «Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (etti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.
V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor. Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:

Turkan qatun qutinga,


Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizing tabug‘chi
O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks sadosini ko‘rishimiz mumkin. Namuna sifatida «Devonu lug‘atit-turk»ning 1-jildidagi to‘rtliklarni keltiramiz:

Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,


Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan (1,95).
Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik etkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l.

Kelsa qali yarlig‘ bo‘lub yunchig‘ uma,


Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma (1, 118).
Bechora, ojiz g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan (o‘zingda bo‘lgan) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib, mehmonga malol keltirma.

Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,


Baqqil angar ezgulugung ag‘sin qula (1, 149).

Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.


«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan evropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi. «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan.1 Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi,
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi.

Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,


Tang tangrig ogalim.

Korugma kun tangri,


Siz bizni kuzating,
Korunugma ay tangri,
Siz bizni qurtgaring.

Tang tangri,


Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri.

Tang tangri,


Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri.2
Misralar boshidagi t, y, k, s undoshlarining takrori alliteratsiyali she’ri yuzaga chiqargan. Bu she’rda “Devonu lug‘atit-turk”dagi singari qofiya qo‘llanmagani uchun hijolar tengligi yo‘q. Alliteratsiyali she’rda hijolar tengligi bo‘lishi shart emas. Ritm va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham yuzaga kelaveradi.
Moniylik she’rlarini kuzatsak, alliteratsiya usuli she’riyatning muhim xususiyati bo‘lganini ko‘ramiz. “Bizing Tangrimiz adgusi radni tiyur”, Aprinchur tiginning boshlanishi o‘chib ketgan she’ri, “O‘lim tasviri”, “Moniyga atalgan madhiya” alliteratsiyali she’r qadimgi turkiy she’riyatning tuzilishida asosiy omil ekanini ko‘rsatadi.
“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub. 2. Matnlar islomdan oldingi davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.
Bunday talqindan so‘ng yana quyidagicha savol kelib chiqadi: agar “Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub bo‘lsa, qaysi tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma she’rlar sillabik she’r deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi folklor va individual she’riyatni farqlash uchun zaruriy edement bo‘lib xizmat qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan individual she’riyatni farqlashga yordam beradigan hech narsa yo‘q.3
Agar “Devon” dagi she’rlar islomgacha bo‘lgan davrga mansub bo‘lsa va bora-bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi elementlar islomgacha bo‘lgan davr elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik ta’siri nimada o‘z ifodasini topgan? Bombachining fikricha, islomgacha bo‘lgan she’r turi izosillabizm (teng hijolilik) tamoyili buzilgan o‘rinlardagi baytlarda o‘z aksini topgan. Bombachi, qadimgi turkiy she’riyat uchun misralardagi bo‘g‘inlar miqdori turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi. Masnaviy shaklidagi qofiyalanishga ega bo‘lgan ikkiliklar arab-fors poetikasning ta’siri sinab ko‘rilgan usuldir deb qarash mumkin, deydi.
Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy o‘z asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati poetikasidan foydalangani haqiqatga yaqin, deb aytish mumkin. Quyida arab-fors adabiyotiga oid masnaviy shaklidagi baytlardan keltiramiz.

Alg‘il o‘gut mendin, o‘g‘ul erdam tila,


Bo‘yda ulug‘ bilga bo‘lub, bilging ula (1, 85).

O‘g‘il, mendan o‘git sotib ol, fazilat tila,


El-yurt orasida ulug‘ olim bo‘l, ilmingni tarqat.

Qishqa etin kelsa, qali qutlug‘ yay,


Tun, kun kecha alqinur o‘zlak bila ay (1, 111)

Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan, chunki kecha va kunduzning o‘tishi bilan oy va zamon kechadi (yoz o‘tib qio‘ keladi).


Bardi eran qo‘nuq, ko‘rub qutqa saqar,


Qali yavuz uyuq, ko‘rub evni yiqar (1, 112)

Mehmonni davlat va barakatdan sanaydiganlar o‘tib ketdi, sahrolarda ko‘ringan qoralarni va manzillarni belgilash uchun qo‘yilgan toshlarni ko‘rib, odam deb o‘ylab, u kelib qolmasin deb, chodirni buzguvchilar qoldi.


O‘truk o‘tun ag‘rilayu yuzga baqar,


Elkin tashub bermish ashig‘ bashqa qaqar (1, 127)

Erlarning hiylakori, pastkashi, baxili qoldi. Mehmon uning oldida o‘g‘ridek ko‘rinadi, musofir mehmonga eydigan narsasini minnat qilib, bergan narsasi bilan mehmonning boshiga uradi.


SHuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir aytadi» iborasi ostida keltirgan to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit - turk» qiyoslanganda, badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.4
«Devonu lug‘atit-turk» va enisey yodnomalaridagi jang lavhalari bir biriga motiv va syujet jihatidan uyg‘un keladiki, «Devon»dagi to‘rtliklar «islomdan oldingi O‘rta Osiyo xalqlarining eposi»5ga aloqador. Fitratning ko‘rsatishicha, «Devon»dagi to‘rtliklar milodiy VII-VII asrlarga oid adabiy manbalardir. Qadimgi turkiy adabi yot - urxun-enisey yodnomalaridagi an’ana Qoraxoniylar davri adabiyotiga uzluksiz o‘tgani haqidagi fikrlar shunday parchalarda o‘z tasdig‘ini topadi. Jumladan, A.Bombachi qadimgi turkiy adabiyot bilan «Qutadg‘u bilig» o‘rtasidagi aloqani tarixiy sharoit bilan bog‘laydi: «Turkiylar uchun islomgacha bo‘lgan davrdan islomga o‘tish birdaniga bo‘lmagan edi. An’ananing uzluksizligi Qoraxoniylar adabiyotida yaqqol kuzatiladi. Til ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldi».6
Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida «qadimgi turkiy adabiyot» va «qadimgi turkiy til» nomi ostida X11 asrgacha bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi.
Gap «Devonu lug‘atit-turk» va urxun- enisey yodnomalarining tili umumiyligi va bu manbalardagi tasvirning uyg‘unligi haqida ketar ekan, yana Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik asarlarni tiklaydi, ular tasvir xarakteri, ruhi, poetik jihatlari, voqealar mazmuni jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi sezilib turadi. Fitrat «Devon»dagi to‘rtliklarni mazmuniga ko‘ra, o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII (Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi to‘rtliklarning yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va mazmun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz. Misol uchun «Tangut begining urushi» deb nomlangan bo‘lim to‘rtliklarida (8 to‘rtlik) jang manzarasi tasvirlangan.
Qatun sini jig‘iladi,
Tangut begin yag‘iladi,
Qani ag‘ib jag‘iladi,
O‘yin suvin qizil sag‘di.

Qatun sini qabilasi qichqirishib, g‘ulg‘ula solib, tangut begiga dushman bo‘ldi, urush ochdi, (oqibatda) bo‘ynidan zil suv sog‘ilgan kabi bo‘lib, qoni vijillab oqdi.


Bu to‘rtliklardagi tarixiy voqealar turk xoqonligi davrida yuz bergan. Qiyos uchun Bilga xoqon yodnomasidagi tangutlar bilan bo‘lgan jang lavhasiga to‘xtalaylik.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə