Dinning paydo bo’lishi



Yüklə 24,61 Kb.
tarix19.02.2023
ölçüsü24,61 Kb.
#101120
Dinning paydo bo’lishi


DINNING PAYDO BO’LISHI
Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil: teologik va materialistik qarashlar mavjud.

Teologik (ilohiy, diniy) yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan, animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolikdan keyin yuzaga kelgan. Jumladan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlariga ko‘ra, Xudo ilk inson — Odamni yaratib, unga o‘zini tanitgan va Odam avlodlarini o‘ziga sig‘inishga chaqirgan. Vaqt o‘tishi bilan insonlar sof ta’limotdan uzoqlashib, turli butlarga sig‘ina boshlaganlar.
Ilm — dunyoning lazzati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur.

Abdulla Avloniy

Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Maz kur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqala di — ilk bor qadimgi yunon faylasuflari bu haqdagi o‘z qarashlarini bayon etganlar.

Teologik yondashuv — dinning paydo bo‘lishi bevosita Xudo bilan bog‘liq, degan ta’limot.

Nuh payg‘ambar qavmining butparast bo‘lib ketishi tarixi


Buyuk payg‘ambarlardan bo‘lgan Nuh (a.s.)ning qavmi butparast edilar. Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli arslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi. Ibn Jarir Tabariy yozishicha: «Nuh qavmi ibodat qilgan butlar aslida Odam va Nuh payg‘ambarlar orasidagi muddatda yashagan solih odamlarning nomlari bilan bog‘liq edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltirsin degan niyatda suratlarini yasatib qo‘yganlar va bu suratlarga sig‘inmagan edilar. Bu zamon odamlari olamdan o‘tib ketishgandan keyin, ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, «Otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih kishilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi. Shunday qilib butparsatlik paydo bo‘ldi».

«Tafsir at­Tabariy» kitobidan

XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham materialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi.

Materialistik yondashuv — dinlarning kelib chiqishini ibtidoiy insonning qo‘rquvlari bilan bog‘laydi.

Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan.

Mazkur qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan.

Materialistik qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan hissiy holatdir.

Ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820–1903) ham (1820–1903) ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida «ajdodlarga sig‘inish» sabab bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi.

Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligini alohida ko‘rsatadi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.

Maks Myuller (1823–1900) fikriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi.

Maks Myuller hinduiylikning muqaddas kitobi V edalarga suyangan holda, deyarli barcha dinlarda xudo nomlari tabiat hodisalarini bildirishini ta’kidlagan. Mazkur ta’limot tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydilar. Animizm
Animizm. Qadimgi odamlar atrofdagi dunyoda hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari kabi har narsaning joni, ya’ni ruhi mavjud deb tasavvur qilganlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan afsonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uyning odamsimon «ruhlari» ham shundan kelib chiqqan.

Jumladan, daraxtga sig‘inish ham animizmning bir turi hisoblanadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, «Hayot daraxti» mavzusi O‘zbekiston xalq hunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Xalqlarda insonning jismoniy o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator marosimlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Totemizm
Totemizm. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasini ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan.

1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.

TARIXGA NAZAR
Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avvalgi II mingyillikka oid tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.

Ho‘kizga qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Qadimgi mahalliy xalqlarda yuqoridagi hayvonlarni ulug‘lash odati ancha keng tarqalgan.

Fetishizm
Fetishizm. Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida, jumladan, xristianlarda — xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar orasida tumor baxt keltiradi, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asraydi, degan ishonch mavjud bo‘lgan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon) kabi narsalar zamonaviy fetishlarga misol bo‘ladi.

Shamanizm (shomonlik)


Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham shamanizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm belgilari sifatida keltiriladi.

Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qotgan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuningdek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazishga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan muloqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki, ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.

Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish
Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish. Markaziy Osiyo xalqlari orasida, asosan, quyidagi jonzotlar va o‘simliklar muqaddaslashtirilgan:

Odamlar! Eng avvalo, ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling, zero, axloq qonunning asosidir. Pifagor

Bo‘ri. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham Yevroosiyo vohalaridagi turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘jizaviy ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha qisman saqlanib qolgan.

Ot. Otni ulug‘lash turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘laridagi (Aravon, Ayirmoch-Tog‘) qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida ham keng tarqalgan. Qushlar. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan turkiy o‘g‘izlar bobolar timsolini yomonliklardan asrovchi qushlarda ko‘rishgan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzotlar hisoblanib, ularni otish qat’iyan man etilgan.

O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimda ukki, boyo‘g‘li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonganlar. Bugunga qadar ham kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari orasida qirg‘ovul, tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan.

Daraxtlar. Markaziy Osiyoda chinor va sarv daraxtlari (archa) qadimdan muqaddas kuchga ega obyekt sifatida e’zozlangan. Ularga qizlar o‘z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga nishona bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor daraxti g‘oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar.



Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti akauka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Burchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyorat qilishga keluvchilarning keti uzilmaydi. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
.Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo‘linib ketgan.
Sunniylik yo‘nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe’iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur’oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat - Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‘zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga etgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos - ya’ni, hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda, shunga o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo’nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo’nalishi va ta’limoti. Mo’’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo’nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo’nalishi va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari. Turli xil manbalarda dinning mohiyati turlicha izohlansada uning asosida ishonch,e'tiqod ma'nosi yotadi. Din bu ishonmoq tuygʻusidir. Dinlar tarixi ular bilan bogʻliq jarayonlar, dinning inson faoliyati bilan bogʻliq tomonlarini oʻrganuvchi fan "Dinshunoslik fan"i deb ataladi.
Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham taʼriflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi.
Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar ijtimoiy tartibni belgilab kelgan boʻlsa, boshqalari insonning ichki kechinmalari va ruhiyatini tartibga solishni koʻzlaydi.
„Din“ soʻzini baʼzi hollarda „e’tiqod“ maʼnosida ham qoʻllashadi, lekin bu doim oʻrinli emas, zero eʼtiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas.
Din — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy dinga falsafa b-n bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining dinga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va boshqa turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda dinni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda din — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.
Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki din hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, din madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va dinga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslaviye mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular b-n bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.
Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr b-n yonma-yon rivojlanib kelmoqda.


Yüklə 24,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə