Dunyo dinlari



Yüklə 249,5 Kb.
tarix26.10.2018
ölçüsü249,5 Kb.
#75636

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

IJTIMOIY FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA

UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING

O‘QUV DASTURI

(XI SINF)
DUNYO DINLARI

TARIXI


Toshkent-2018

TUSHUNTIRISH XATI

O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga еtgan Vatani tarixini bilishga intilish va jamiyatda bo‘layotgan jarayonlarga qiziqish, unga dahldorlik tuyg‘usini his qilish, har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

XI sinfDunyo dinlari tarixi” fanida ilk diniy tasavvurlarni paydo bo‘lishi omillari, yakkaxudolik dinlarining paydo bo‘lishi va tendensiyalari haqida o‘quvchi yosh xususiyatidan kelib chiqib IX-XI sinflarda bosqichma-bosqich o‘rgatib boriladi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-XI sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim.



XI-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular qo’shimcha adabiyotlardan foydalanilgan holda kengaytirib o‘qitiladi.

O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birlamchi voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari «Tarix» fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchi bitiruvchilar quyidagi malaka talablariga ega bo‘ladilar:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

o‘z va o‘zga dinlarga nisbatan hurmatni ongli ravishda anglab yetadi;

shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom-ma’naviy muhitni shakllantiradi, nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi idora qila oladi;

O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildira oladi;

turli ma’naviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlarni anglaydi va to‘g‘ri baholay oladi, munosabat bildiradi;

mamlakatimizdagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda ishtirok etish va baholashda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’ladi;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, dahldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissi shakllanadi va rivojlanadi;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganadi.

“Dunyo dinlari tarixi” o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim-reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim-reja tuzishda yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishining ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim.

Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.

Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.

O‘quv dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi.

DUNYO DINLARI TARIXI”

(34 soat)

O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:

o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob beradi;

ijtimoiy moslasha oladi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;

tarixdagi buyuk avliyolar va muqaddas joylarga nisbatan hurmat hissi shakllanadi, uni asrab-avaylashda dahldorlik tuyg‘usi shakllanadi;

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi.



Kirish. O‘zbekistonda xavfsizlik, barqarorlik muhitini shakllantirish. Xavfsizlik–eng muhim masala. O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”. Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda millatlararo totuvlikning ahamiyati. Milliy madaniy markazlar.

Dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar. Dinshunoslik faninig rivojlanish tarixi. Din sotsiologiyasi, falsafasi, psixologiyasi, fenomenologiyasini o‘rganishda yangi tendensiyalar.

Davlat va din munosabatlari. Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari. Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari.

Din va ijtimoiy hayot. Dinning jamiyatdagi o‘rni. Ijtimoiy munosabatlar va din. Dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari.

Markaziy Osiyo dinlari. Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. Tangrichilikdagi “Uyg‘onish” harakati va zararli oqibatlari.

Jahon dinlari manbalari. Buddaviylik va Xristianlik. Jahon dinlari manbalarining diniy bag‘rikenglik, totuvlik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati. O‘zbekistondagi buddaviylik jamoasi, adabiyotlari. O‘zbekistondagi xristianlik jamoalari. Bibliyaning o‘zbek tilidagi nashri.

XX-XXI asrlarda Islom. Islom dini doirasida yuzaga kelgan xalqaro tashkilotlar, ularning mutaasiblik va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni. O‘zbekistoning Xalqaro Islom tashkilotlaridagi a’zoligi.

XX-XXI asrlarda Islom dinlardagi oqimlar va sektalar. Xalqaro terrorizm muammosi. Mutaasiblik ildizlari. Zamonaviy mutaasib oqimlar va ularning mafkuraviy tizimi.

O‘zbekistonning xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi o‘rni. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi milliy strategiyasi. Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha O‘zbekistonning tashabbusi. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlikning ta’minlanishidagi o‘rni.

XX-XXI asrlarda tariqatchilik. Tasavvuf ta’limotning asosiy maqsadi. Tariqatchilikning mazmun-mohiyati. Adashgan so‘fiy guruhlarga xos hususiyatlar. Tasavvuf va tariqatchilik o‘rtasidagi farqlar.

XX-XXI asrlarda Din va madaniyat . Dinning madaniy hayotdagi o‘rni. Islom madaniyati poytaxtlari tashkil etilishi. Toshkent – islom madaniyati poytaxti. O‘zbekistonda “Islom sivilizatsiyasi markazi” faoliyati.

XX-XXI asrlarda diniy an’ana va marosimlar. “Marosim” tushunchasining mazmun-mohiyati. Miliy va diniy marosimlarning transformatsiyalashuv jarayonlari. Milliy qadriyatlar va diniy an’analar.

Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili. Din va kinomotografiya. Virtual messenjerlar va ulardan turli ekstremistik oqimlarning foydalanishi. O‘zbekistonda axborot xurujlarning oldini olish bo‘yicha harakatlar.

XX-XXI asrlarda Dunyoning konfessional manzarasi. Konfessiya tushunchasining mazmun-mohiyati. Dunyodagi konfessional o‘zgarishlarning sabablari. Dunyoning bugungi kundagi konfessional manzarasi.O‘zbekiston Respublikasidagi konfessiyalararo muloqotlar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

XX-XXI asrlarda missionerlik va prozelitizm. XX-XXI asrlarda yuzaga kelgan xalqaro missionerlik uyushmalari. Missonerlik geosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida. Missionerlik va prozelitizmni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka salbiy ta’siri.

Diniy bag‘rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot. Diniy bag‘rikenligik madaniyatini shakllantirish zarurati. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarida diniy bag‘rikenglik madaniyatining targ‘ib qilinishi. Diniy tashkilotlarning nashrlari va OAVdagi chiqishlari.

O‘zbekistonda diniy ta’lim. O‘zbekistonda diniy ta’limning tarixiy ildizlari. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan madrasa va seminariyalar.

Dunyo dinlari tarixi kursini mavzuiy rejalashtirish



Mavzular nomi

Soatlar taqsimoti

1

Kirish. O‘zbekistonda xavfsizlik, barqarorlik muhitini shakllantirish

1

2

Dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar

1

3

Davlat va din munosabatlari

2

4

Din va ijtimoiy hayot

1

5

Markaziy Osiyo dinlari

2

6

Jahon dinlari manbalari. Buddaviylik va Xristianlik

2

7

XX-XXI asrlarda Islom

2

8

XX-XXI asrlarda Islom dinlardagi oqimlar va sektalar

2

9

O‘zbekistonning xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi o‘rni

2

10

XX-XXI asrlarda tariqatchilik

2

11

XX-XXI asrlarda Din va madaniyat

2

12

XX-XXI asrlarda diniy an’ana va marosimlar

2

13

Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili

2

14

XX-XXI asrlarda Dunyoning konfessional manzarasi

2

15

XX-XXI asrlarda missionerlik va prozelitizm

2

16

Diniy bag‘rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot

2

17

O‘zbekistonda diniy ta’lim

2

18

Amaliy mashg‘ulot

1

19

Nazorat ishi

1

20

Umumlashtiruvchi dars

1




Jami

34

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: O‘zbekiston. 2017.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: O‘zbekiston. 2016.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.Т.1.T.:O‘zbekiston, 1996.

  5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

  6. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

  7. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

  8. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997.

  9. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6.–Toshkent: O‘zbekiston, 1998.

  10. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7.–Toshkent: O‘zbekiston, 1999.

  11. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.

  12. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. –Toshkent: O‘zbekiston, 2001.

  13. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002.

  14. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003.

  15. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.

  16. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

  17. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14.–Toshkent: O‘zbekiston, 2006.

  18. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.

  19. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008.

  20. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. – Toshkent: “Ma'naviyat”, 2008.

  21. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011

  22. Karimov I.A. Mustaqillikka erishish ostonasida– Toshkent: “Ma'naviyat”, 2011.

  23. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.

  24. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 2016. – № 2.

  25. Hasanboev O‘.O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. – T.: Toshkent islom universiteti, 2014.

  26. Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararomunosabatlar.–T.: O‘zbekiston, 2004.

  27. Najmiddinov J. Missionerlik: kecha va bugun. –T.: Toshkent islom universiteti, 2008.

  28. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri) // O‘zbekistonning yangi qonunlari, № 19. – T.: Adolat, 1998.

  29. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., KomilovM., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. – T.: Mehnat, 2004.

  30. Антерс Петер. Религии современности. История и вера. – М.: Прогресс-Традиция, 2001.

  31. Радугин А.А. Введение в религиоведение: теория, история и современные религии. – М.: 1996.

  32. Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968.

  33. Религиоведение: хрестоматия / сост. Рожковский В.Б., Устименко Д.Л.– Ростов на Дону: Феникс, 2009.

  34. Тора (Пятикнижие Моисеево). / Под. общ. ред. проф. Брановера Г. – Иерусалим, Москва: Шамир, 1993.

  35. Nizomiddinov N. Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari.–T., 2010.

  36. Корнеев В.И. Буддавийлик и общество в старанах Южной и Юго-Восточной Азии.–М., 1987.

  37. Лысенко В.Г., Теренев А.А., Шохин В.К. Ранняя буддийская философия. Философия джайнизма. – М., 1994.

  38. Markaziy Osiyo dinlari tarixi / Mas’ul muharrir Yovqochev Sh. – T.: Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2006.

  39. Кон-Щербок Д., Кон-Щербок Л. Иудаизм и христианство. Словар. – М., 1995.

  40. Мюллер М., Вундт В. От слова к вере. Миф и религия (История религии). – М.: Изд-во Эксмо; Санкт-Петербург: Terra Fantastica, 2002.

  41. Al-Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. – T.: O‘zbekiston, 1990.

  42. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy / Abdullo A. tarjimasi.– T.: G‘. G‘ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.

  43. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya / Sayid Maxmud Taroziy Alixonto‘ra tarjimasi. – T.: “Mehnat” nashriyoti, 1991.

  44. Islom: ensiklopediya. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

  45. Xuzariy M. Nur-ul yaqin. – T.: Cho‘lpon-Kamalak, 1992.

  46. Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Arabchadan Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi. – T.: Movarounnahr, 1995.

  47. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Mansur Abdulaziz. – T.: Toshkent islom universiteti, 2009.

  48. Hasanov A., Komilov N., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q. Islom tarixi. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008.

  49. Hasanov A.A. Qadimgi Arabiston va ilk islom. Johiliya asri.–T.: Toshkent islom universiteti, 2001.

  50. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi (Qadimgi Arabiston tarixidan lavhalar). – T.: Mehnat, 1992.

  51. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. O‘quv qo‘llanma.–Toshkent: Movarounnahr, 2014.

  52. To‘ychiboev A. Islomga yot jamoa.–T.:“Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2010.

  53. Bag‘rikenglik - barqarorlik va taraqqiyot omili / Mas’ul muharrir - A.Achildiev. - T., 2007.

  54. Yovqochev Sh. Islom va siyosat. - T., 2011

  55. Sirojiddinov Sh. Bag‘rikenglik – dinlarning ma’rifiy asosi. - T., 2010.

  56. Al-Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. – T.: O‘zbekiston, 1990.

  57. Hasanov A. Misrda “Ixvon muslimin”ning hokimiyat tepasiga kelishi va qulashi // Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. - T.: ToshDShI, 2015. - B. 10.

  58. “Avesto”kitobi – tariximiz va ma’naviyatimizning ilk yozma manbai”mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari. – Toshkent, 2000.

  59. At-Termiziy. Sahihat-Termiziy/ Abdullo A. tarjimasi.– T.: G‘. G‘ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.

  60. XuzariyM. Nur-ul yaqin. – T.: Cho‘lpon-Kamalak, 1992.

  61. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Mansur A. – T.: Toshkent islom universiteti, 2009.

  62. Горелов А. История мировых религий: учебное пособие / 2-изд., испр. – М.: Флинта: МПСИ, 2006.

  63. Каутский К. Происхождение христианства. – М., 1990.

  64. Кривелев И. История религий. – М.: 1989.

  65. Кулаков А. Религии мира. – М., 1996.

  66. Munavvarov Z.I. “Arab bahori” va Markaziy Osiyo xavfsizligi muammolari // Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. - T.: ToshDShI, 2016.

  67. Снесарев.Г.П. Реликты до мусульманских верований и обрядов узбеков Хорезма. – М.: 1969.

  68. Сухарева О.А. Пережитки демонологии и шаманства у равнинных таджиков //Домусульманские верования и обряды в Средней Азии. – М.: Наука, 1975.

Yüklə 249,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə