Egamov ilyosning analizning xromatografik usullari fanidan yupqa qatlam xromatografiyasi mavzusi yuzasidan bajargan



Yüklə 248,21 Kb.
səhifə1/5
tarix12.04.2022
ölçüsü248,21 Kb.
#85362
  1   2   3   4   5
Egamov ilyosning analizning xromatografik usullari fanidan yupqa


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

1-KURS MAGISTIRI

EGAMOV ILYOSNING

ANALIZNING XROMATOGRAFIK USULLARI FANIDAN



YUPQA QATLAM XROMATOGRAFIYASI MAVZUSI YUZASIDAN BAJARGAN


MUSTAQIL ISHI


SAMARQAND-2021

Mavzu: Yupqa qatlam xromatografiyasi



REJA

  1. Kirish



  1. Asosiy qism

  1. Xromatografik usullar



  1. Yupqa qatlam xromatografiyasi xususiyatlari



  1. Yupqa qatlam xromatografiyasini sifat va miqdoriy analizda qo’llanilishi



  1. Xulosa



  1. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Ma'lumki, fan va texnika jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bubir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo'limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar

orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Biror kimyoviy birikma sintez qilinayotganda reaksion aralashmadareaksiyaga kirishmay qolgan moddalar, asosiy moddaga qo'shimcha moddalarbo'ladi. Bundan tashqari reaksiya uchun olinayotgan har bir modda avval yaxshilab tozalanishi zarur. Tabiiy manbalardan kerakli birik malarni ajratib olish davomida ham ko'pincha aralashmalar hosil bo'ladi. Aralashmalardan alohida moddalarni ajratib olish va tozalash mahsus usullar bilan amalga oshiriladi, ana shunday tozalash usullaridan biri xromatografiya usulidir.

Moddalarni ajratish va analiz qilishning xromatografik usulini rus olimi

M.S.Svet asoslagan. M.S.Svet 1903-1904-yillarda o’simlik pigmentlarini ajratishda xromatografiyani qo’lladi. Keyinroq R.Kun, A.Vittershteyn va Ye.Dederer karotin xomashyosidan α- va β-karotinlarni kristall shaklida ajratib olib, usulning moddalarni preparativ (toza holda) ajratishda ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatishdi.

Xromatografiya -xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida-alohida bo'lib olonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob - detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, ya'ni egri chiziq holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqgungacha bo'lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy turda bir xil elyuyentda belgilab olinadi. Miqdoriy analiz uchun esa xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan holda o'lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda xromatografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Moddalarni xromatografik ajratish yoki tozalash aralashmadagi moddalarning adsorbent yuzasida turlicha adsorbilanishi va erituvchilardagi eruvchanligining har xilligiga asoslangan.

Xromatografiya usullari ajratish mexanizmi bo’yicha adsorbsion, taqsimlanish, ion-almashinish, cho’ktirish va boshqa usullarga, ajratish texnikasi Bo’yicha kolonkali, kapilyar va yuzaviy, fazalarning agregat holati bo’yicha gaz,

suyuqlik va gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo’linadi.

Xromatografik tahlil - aralashmadagi moddalarni qattiq yoki suyuq adsorbеntga (shimuvchi modda) tanlab shimilishiga - adsorbtsiyalanishiga asoslangan. Moddani adsorbеntga shimilish darajasi shimiluvchi-sorbatni shimib oluvchi adsorbеntga bo`lgan moyilligiga bog’liq.



Xromatografiya – komponentlarning qo‘zg‘almas faza qavatidan harakatdagi faza oqimi orqali o‘tganda taqsimlanishi hisobiga amalga oshadigan ajralishga asoslangan moddalar va ular aralashmalarining analiz va tadqiq etishning fizika-kimyoviy usulidir

Umuman olganda barcha fanlar kabi xromatografiya ham o‘zining ma’lum

tarixiga ega. Xromatografiya tarixining xronologiyasi: 1938 yilda. N.A. Izmaylov va M.S.Shrayberlar (Harkov kimyofarmatsevtika instituti) tomonidan yupqa qavat xromatografiyasining yaratilishi xromatografiyaning rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. 1940 yilda Martin vaSinglar tomonidan suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasining ochilishi xromatografiyaning rivojlanishida muhim o‘rinni egalladi. Ular o‘z ishlarida aminokislotalarning atsetilli hosilalarini suv bilan to‘yintirilgan silikagel bilan to‘ldirilgan kolonkada erituvchi sifatida xloroformdan foydalanib, ajratishgan. Ular harakatdagi faza sifatida nafaqat suyuqlikdan, balki gazdan ham foydalanish mumkinligini qayd etishgan. Keyinchalik ular aminokislotalar hosilalarini suv bilan namlangan qog‘ozda harakatdagi faza sifatida butanoldan foydalanib, ajratishni amalga oshirishni taklif etishgan va birinchi bo‘lib ikki o‘lchamli ajratishni amalga oshirishgan. 1952 yilda Martin va Singlar taqsimlanish xromatografiyasini ochganliklari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishdi.


Yüklə 248,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə