Ekologiya asoslari



Yüklə 178,57 Kb.
tarix23.04.2018
ölçüsü178,57 Kb.
#39878

http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group

Ekologiya asoslari
1. Juzgʻun qaysi ekologik guruhga kiradi?

a) mezofit

b) kserofit

c) gigrofit

d) gidrofit

2.Transpiratsiya nima?

a) oʻsimliklarda suvning shimilishi

b) oʻsimliklarda shimilgan suvning oʻzlashtirilishi

c) oʻsimliklarda suvni bugʻlatish

d) organizmlarda suvni parchalanishi

3. Oʻsimlikka tushayotgan quyosh nurining necha foizi suv bugʻlanishiga sarf boʻladi?

a) 50 %


b) 80 %

c) 75 %


d) 30 %

4. Tik qiyaliklarda asosan qanday oʻsimlik oʻsadi?

a) gidrofit

b) gigrofit

c) kserofit

d) mezofit

5. Alp oʻsimliklarida suvni kam bugʻlatishga qanday moslanish mavjud?

a) qalin mum qavatini hosil boʻlishi

b) bargining tikanga aylanishi

c) bargining soʻlganligi

d) qalin tuklar bilan qoplanishi

6. Oʻrta Osiyoda shoʻrlangan yerlarga gʻalladoshlar oilasiga kiradiga qaysi oʻsimlik ekiladi ?

a) makkajoʻxori

b) oqjoʻxori

c) baxorgi bugʻdoy

d) kuzgi bugʻdoy

7. Paporotnik, plaun, mox va lishayniklarda suvni yoʻqotishga nisbatan qanday fiziologik moslanish bor ?

a) suvni koʻp yoʻqotganda ham oʻz hayot faoliyatining saqlashi

b) urugʻ, spora, tugunag, piyozchas sifatida noqulay sharoitni oʻtkazadi

c) tana massasi ancha kamayganda ham suv mavjudligida tez tiklanadi

d) barchasi

8. Oʻsimliklarning sovuqqa chidamliligi hujayraning qanday moddalariga bogʻliq?

1 oqsil miqdorining koʻp boʻlishiga 2 qand miqdorining koʻp boʻlishiga 3 suvning koʻp boʻlishiga 4 suvning kam boʻlishiga

a) 1.2


b) 2.3

c) 2.4


d) 1.3

9. Gumus nima?

a) tuproqdagi mineral moddalar yigʻindisi

b) tuproqdagio organik moddalar yigʻindisi

c) tuproq biotik tarkibining jamlanmasi

d) organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti

10. Ayrim hayvonlar uyquga ketganida ikki oygacha suv ichmaydi. Hayot uchun zarur boʻlgan suvni qayerdan oladi?

a) uglevodlarning oksidlanishi nitijasida hosil boʻlgan suvdan

b) oqsilning sintezlanishi natijasida hosil boʻlgan suvdan

c) nukein kislatalardan

d) yogʻning oʻksidlanishi natijasida hosil boʻlga suvdan

11. Konkurensiya, parazitizm va yirtqichlik hodisalari organizmlarni oʻzaro munosabatlarining qaysi turiga kiradi?

a) antibioz

b) simbioz

c) mutualizm

d) neytralizm

12. Hayvon organizimidagi davriy oʻzgarishlarni belgilovchi omilni koʻrsating ?

a) haroratning oʻzgarishi

b) ozuqaning kamayishi

c) kun uzunligini oʻzgarishi

d) hayot faoilyatini susayishi

13. Hayvonlar va oʻsimliklarning janubdan shimolga tarqalishida nima cheklovchi omil hisoblanadi ?

a) issiqlikning yetishmasligi

b) namlik yetishmasligi

c) bosim

d) issiqlik va bosimning yuqori boʻlishi

14. Organizmlarni bir populyatsiyaga birlashtiruvchi omilni aniqlang ?

a) erkin chatishuv

b) oziqlanish xususiyati

c) geografik toʻsiq

d) biologik toʻsiq

15. Organizmlarning qanday holatiga anabioz deb ataladi ?

a) noqulay sharoitda organizmning nobud boʻlishi

b) noqulay sharoitda hayotning vaqtincha toʻxtashi

c) ikkita tirik organizmning birga yashashi

d) noqulay sharoitda organizmning sista hosil qilishi

16. Biogeosenoz va unda roʻy beruvchi jarayonlarni ta’riflash uchun qaysi asosiy koʻrsatgichlarni bilish zarurligini belgilang?

a) turlar xilma – xilligi, biomassa

b) turlar xilma – xilligi populyatsiyaning zichligi

c) populyatsiyaning izchilligi, biomassa

d) turlar xilma – xilligi, populyatsiyaning zichligi, biomassa

17. Negroidlar uchun xarakterli belgilarni aniqlang.

1. mushak massasining kamligi 2. koʻkrak qafasi keng 3.qonda eritrotsitlar koʻp 4.koʻkrak qafasi tor 5.ter bezlari koʻp 6. yogʻ bezlari kam

a) 2.4.6


b) 2.3.6

c) 3.4.6


d) 1.4.5

18. Qaysi metod yordamida ayrim omillarning organizm rivojlanishiga ta’siri oʻrganiladi?

a) dala

b) matematik modellash

c) ekologik tajribalar

d) taqqoslash

19. Keng bargli oʻrmon biogeosenozidagi oʻsimliklar jaomoasi yaruslar boʻyicha toʻgʻri joylashgan qatorni koʻrsating ?

1 har xil butalar 2 eman, shumtol (yorugʻsevar ) 3 oʻtsimon oʻsimliklar 4 zarang, chetan, ( kam yorugʻsevar )

a) 3.2.4.1

b) 2.4.1.3

c) 4.3.2.1

d) 3.1.4.2

20. Ultrabinafsha nurlar odam organizmida nimalar hosil boʻlishiga yordam beradi ?

1 vitamin A 2 vitamin D 3 vitamin C 4 teri pigmenti 5 koʻz toʻr pardasi pigmenti 6 koʻz qorachigʻi pigmenti

a) 1.6.3

b) 2.5.4


c) 5.6.3

d) 4.5.6

21. Ekologik piramida asosini nima tashkil etadi ?

a) produtsentlar

b) konsumentlar

c) redutsentlar

d) destruktorlar

22. Ekologik faktorlarni belgilab bering ?

a) abiotik, biotik

b) abiotik, antropogen

c) biotik, sistematik

d) biotik, abiotik, antropogen

23. Biogeosenozga ta’sir etuvchi biotik faktorlarni belgilang ?

a) mikrorganizmlar, oʻsimliklar

b) oʻsimliklar, hayvonlar

c) hayvonlar, zamburugʻlar, mikrorganizmlar

d) mikrorganizm, oʻsimliklar, hayvonlar, zamburugʻlar

24. Biotik faktorarni belgilab bering ?

a) mikroorganizmlar, oʻsimliklar, tuproq tarkibi

b) oʻsimliklar, hayvonlar, tuproq tarkibi

c) hayvonlar, mikroorganizmlar, havo

d) oʻsimlik, mikroorganizmlar, hayvonlar

25. Yerga yetib kelgan quyosh nurlarining koʻp qismini qaysi nirlar tashki etadi ?

a) koʻrinadigan

b) ulrrabinafsha

c) infraqizil

d) gamma nurlar

26. Gigrofitlar qanday oʻsimliklar oʻsimliklar hisoblanadi ?

a) suvda oʻsadigan

b) nam sharoitda oʻsadigan

c) normal namlikda oʻsadigan

d)namlik yetishmaydigan joyda oʻsadigan

27. Ekologik piramida qoidasi - bu har bir oziq darajasida …

a) energiya miqdorining ortishi

b) energiya miqdorining kamayib borishi

c) moddalar va energiyaning progressiv ortishi

d) moddalar va energiyaning progressiv kamayishi

28. Yorugʻlik nurlari qanday xillarga boʻlinadi ?

1.koʻrinadigan 2. β – nurlar 3.infraqizil 4. ultrabinafsha

a. teri pigmentini hosil boʻlishi b. hujayralarning nobud boʻlishi v. fotosintez g. asosiy issiqlik manbai

a) 1 – 6 2 – a 4 – g

b) 1 – v 3 – g 4 – a

c) 2 – 6 3 – v 4 – a

d) 1 – v 2 – g 4 – 6

29. Ultrabinafsha nurlari organizmda nimalar hosil boʻlishiga ta’sir qiladi ?

1 D – vitamin 2 toʻqimalar 3 koʻz toʻr pardasi 4 nuklein kislatalar 5 hujayralar 6 teri pigmenti

a) 1.3.4

b) 1.3.5


c) 1.3.6

d) 1.4.6


30. Mezofitlar qanday oʻsimlik hisoblanadi ?

a) suvda oʻsadigan

b) nam sharoitda oʻsadigan

c) nam yetishmaydigan joyda

d) normal namlik sharoitida oʻsadigan

31. Quyidagilardan sun’iy biogeosenozni toping ?

a) suv ombori

b) daryo

c) buloq

d) soy


32. Hayvon va oʻsimliklarning janub tomon tarqalishi … yetishmasligidan kelib chiqadi ?

a) namlikni

b) issiqlikning

c) havoning

d) yorugʻlikning

33. Tropik adaptiv tip qanday sharoitda shakllanadi ?

a) sovuq iqlim va koʻproq hayvon mahsulotlari bilan oziqlanish sharoitida

b) issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili nisbatan kam sharoitda

c) gipoksiyada

d) A va D

34. Ekologik jamoani nima tashkil etadi ?

a) bitta umumiy arealda yashaydigan turlarning populyatsiyalari

b) bitta umumiy arealda yashaydigan bitta turga mansub populyatsiyalar yigʻindisi

c) har xil arealda yashaydigan populyatsalar yigʻindisi

d) bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari

35. Oʻsimliklar koʻrinadigan nurlarni har xil spektrlarini nimalar orqali oʻzlashtiradi ?

a) hujayralar

b) xlorofill donachalari

c) barglar

d) fitopigmentlar

36. Fotoperiodizm qushlarning, sutemizuvchilarning … katta ta’sir koʻrsatadi .

a) urchish davriga

b) organizmdagi hayotiy jarayonlariga

c) tullashi, migratsiyasiga

d) barchasi

37. Oʻsimlik va hayvonlar uchun mavsumiy oʻzgarishga asosiy belgi boʻlib nima hizmat qiladi ?

a) issiqlik

b) kun uzinligi

c) namlik

d) havo

38. Hayvonlarni ovlash mumkinligi nimaga qarab belgilanadi ?

a) yosh individlarni katta yoshdagi individlarga nisbatan koʻrsatkichiga

b) har xil jinsdagi individlarga

c) yosh individlar soniga

d) katta yoshdagi individlar soniga

39. Produtsentlar … organizmdir.

a) geteratrof

b) avtotrof

c) xemotrof

d) saprofit

40. D vitamin sinteziga qaysi abiotik omil ta’sir koʻrsatadi ?

a) infraqizil nurlar

b) issiqlik, namlik

c) ultrabinafsha nurlar

d) havo, issiqlik

41. Koʻpchilik qushlarda bahor oylarida jinsiy bezlarining rivojlanishi va uya qurish inistinkti paydo boʻlishiga sabab nima ?

a) harorat

b) yorugʻlik

c) kun uzunligi

d) namlik

42. Ekologik omillar nimalarga ta’sir etadi ?

a) organizmning tuzilishiga

b) oragnizmning tarkibiga

c) populyatsiyaga

d) organizmning tuzilishi va tarkibiga, populyatsiyaga,tabiiy jamoaga

43. Suv tubida yashovchi organizmlar nima deyiladi ?

a) bentos

b) plankton

c) mikroplankton

d) zoobentos

44. Organizmlarning kun uzunligiga javob reyaksiyasi niam deyiladi ?

a) tabiatdagi mavsumiylik

b) biologik ritm

c) oʻzgaruvchanlik

d) foroperiodizm

45. Baland togʻda yshovchi aholida, ularning qanday irqqa kirishidan qat’iy nazar quyidagi qaysi muhit sharoitlari kuzatiladi ?

1 moddalar almashinuvi jadal 2 koʻkrak qafasi tor 3 koʻkrak qafasi keng 4 qonida eritrotsitlar koʻp 5 qonida leykotsitlar soni koʻp 6 moddalar almashinuvi sekin

a) 1.2.5


b) 1.3.4

c) 2.4.6


d) 6.2.5

46. Mezofit oʻsimliklar deganda qanday oʻsimliklar tushuniladi?

a) botqoqda oʻsadigan oʻsimliklar

b) oʻrtacha namlikda oʻsadigan oʻsimliklar

c) sovuq sharoitda oʻsuvchi oʻsimliklar

d) soya joyda oʻsuvchi oʻsimliklar

47. Kserofit oʻsimliklar deganda qanday oʻsimliklar tushuniladi ?

a) choʻlda oʻsadigan oʻsimliklar

b) namlik koʻp joyda oʻsadigan oʻsimliklar

c) sersuv oʻsimliklar

d) erta bahorda oʻsib, issiq boshlanishi bilan quriydigan oʻsimliklar

48. Odam faoliyatiga bogʻliq, tabiatni va tabiatdagi barcha tirik organizmlarni oʻzgartira oladigan omil qanday ataladi?

a) abiotik

b) biotik

c) antropogen

d) cheklovchi

49. Xrizantemaning yoz oxiri va kech kuzda gullashi qaysi abiotik omilga bogʻliq ?

a) harorat

b) kun uzunligi

c) namlik

d) yorugʻlik

50. Tashqi muhit bilan va bir – birlari bilan mustahkam bogʻlangan, hamda ma’lum bir territoriyada uchraydigan oʻsimliklar guruhi nima deb ataladi ?

a) agrotsenoz

b) biosenoz

c) biogeosenoz

d) fitotsenoz

51. Organizmlarning oʻz ichki muhiti doimiyligini saqlash hususiyati qanday ataladi ?

a) biologik ritm

b) fotoperiodizm

c) gomeostaz

d) toʻqima suyuqligining normasi

52. Erkin kislorod nima ta’sirida ozonga aylanadi ?

a) quyosh nuri ta’sirida

b) radioaktiv energiya ta’siri

c) kislarodning miqdori oshishi natijasida

d) yerdan qaytadigan nurlar ta’sirida

53. Ekologik piramida asosini qaysi organizmlar tashkil etadi?

a) avtotrof

b) geteretrof

c) zooplankton

d) saprofit

54. Oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamayib boorish kuzatiladi. Bu qonuniyat …

a) oʻz – oʻzini idora qilish qoidasi deb ataladi

b) ekologik piramida qoidasi deb ataladi

c) biomassa koʻrsatkichi deb ataladi

d) redutsentlarning koʻpayish qidasi deb ataladi

55. Oʻzbekiston “Qizil kitob”iga umurtqali hayvonlardan nechta tur kiritilgan ?

a) sutemizuvchilardan 22 ta, qushlardan 30 ta, sudralib yuruvchilardan 6 ta, baliqlardan 6 ta

b) sutemizuvchilardan 31 ta, qushlardan 22 ta, sudralib yuruvchilardan 5 ta, baliqlardan 5 ta

c) sutemizuvchilardan 5 ta, qushlardan 5 ta, sudralib yuruvchilardan 31 ta, baliqlardan 22 ta

d) sutemizuvchilardan 22 ta, qushlardan 31 ta, sudralib yuruvchilardan 5 ta, baliqlardan 5 ta

56. Biotsenoz qanday asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan ?

1. produtsentlar 2. plankton 3. abiotik omillar 4. konsumentlar 5. yorugʻlik 6. tashqi muhit 7. redutsentlar

a) 1.6.7


b) 3.2.6

c) 1.7.4


d) 7.6.3

57. Dengiz ekosistemalarini nimalar tashkil etadi ?

a) ochiq dengizlar va kontinental shelflar

b) limanlar

c) ochiq dengizlar

d) kontinental shelflar

58. Tinimsiz ilmiy – texnik rivojlanish sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqadigan fan bu …

a) noosfera

b) noogenez

c) noogenika

b) biosfera

59. Ekosistema tushunchasini fanga kiritgan olimni aniqlang ?

a) V. Sukachyov

b) Zyuss


c) V. Vernadskiy

d) A. Tensli

60. Tarixiy ekologiya nimani oʻrganadi ?

a) bir xil turga kiruvchi organizmlarning oʻzaro va muhit bilan munosabatini

b) har xil turga kiruvchi organizmlarning oʻzaro va muhit bilan munosabatini

c) inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlarni neolit davridan boshlab hozirga davrgacha oʻrganadi

d) biosferaning evalutsiyada insoning ta’sirini oʻrganadi

61. Hayvonlar hayotida ekologik omillarning qaysi biri informativ ahamyatga ega ?

a) namlik

b) kun uzunligi , namlik

c) yorugʻlik

d) bosim


62. Ekologik piramidaning eng choʻqqisida qanday organizmlar joylashgan ?

a) avtotroflar

b) oʻtxoʻr hayvonlar

c) yirtqichlar

d) yirik yirtqichlar

63. Ozon ekranining hosil boʻlishi quyidagi qaysi jarayonlar bilan bogʻliq ?

a) fotosintez

b) xemosintez

c) aerob nafas olish

d) anaerob nafas oilsh

64. Fotoperiodizm hayvonlardagi qaysi jarayonlarga katta ta’sir koʻrsatadi ?

1 urchish davriga 2 oziqlanishiga 3 embrional rivojlanishiga

4 tullashiga 5 dam olishiga 6 migratsiyasiga 7 qishki uyquga ketishiga 8 moddalar almashinuviga

a) 1.3.4.6.7

b) 1.2.4.5.8

c) 1.2.3.4.8

d) 1.5.6.7.8

65. Qanday adaptiv tiplar farq qilinadi?

1 arktika 2 tropik 3 oʻrta iqlim 4 ekvatorial 5 subekvatorial 6 baland togʻli 7 choʻl 8 voxa 9 chala choʻl 10 adir

a) 1.2.6.7.9.10

b) 1.2.3.6.7.9

c) 1.4.5.6.7.10

d) 1.5.6.7.8.9

66. Tirik organizmlarda quyidagi qaysi sikllarni seza oladigan biologik soatlar mavjud ?

1. kecha – kunduz 2. yillik 3. oylik 4. mavsumiy 5. minutlik

a) 1.3.5


b) 2.3.4

c) 1.3.4


d) 1.2.5

67. Hayvonlarning oʻzgarishga moslanish mexanizmlaridan biri …

a) fototaksis

b) migratsiya

c) fotoperiodizm

d) adaptatsiya

68. Infraqizil nurlari qaysi nurlar tarkibida ayniqsa koʻp boʻladi ?

a) koʻrinadigan

b) ultrabinafsha

c) tik tushadigan

d) rentgen

69. Biomlar deb nimaga aytiladi ?

a) oʻziga xos koʻrinishga va oʻsimlik dunyosiga ega boʻlgan yirik regional biosistemalarga

b) quyosh bilan energiya almashinish holatida boʻlgan. yerdagi hamma organizmlar yigʻindisi

c) ma’lum sharoitda turning rivojlanishi va yashashning umumiy holati

d) tirik organizimlarga ta’sir qiladigan muhitning har qanday tarkibiy qismlariga

70. Oʻrmon biogeosenozidagi yaruslarning pasayib borishi oʻsimliklardagi qanday xususiyatni kuchaytiradi ?

a) qurgʻoqchilikka chidamlilik

b) namlikka chidamlilik

c) yorugʻlikka chidamlilik

d) soyaga chidamlilik

71. Toʻlqin uzunlugi 0.40 mkmdan 0.75 mkmgacha boʻlgan nurlar qanday ataladi ?

a) ultrabinafsha

b) infraqizil

c) rentgen

d) koʻrinadigan

72. Tirik mavjudotlar jamoalari va ularning yashash muhitini oʻz ichiga oladigan funksional sistema nima deyiladi?

a) biosenoz

b) zoobentos

c) biogeosenoz

d) agrosenoz

73. Oʻz – oʻzini boshqaradgigan barqaror sistemani biogeosenoz deb atagan olimni belgilang ?

a) N. I. Vavilov

b) A. N. Seversov

c) V. N. Sukachyov

d) K. A. Timiryazev

74. Markaziy Osiyo mintaqasidagi biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili nima hisoblanadi ?

a) quyosh nuri

b) issiqlikning yetishmasligi

c) namlikning yetishmasligi

d) kislorodning yetishmasligi

75. Tana haroratini doyoimiy saqlashdagi kimyoviy mexanizm qanday jarayonlarning jadalligiga bogʻliq ?

a) oksidlanish – qaytarilish

b) issiqlik hosil boʻlishi

c) assimlyatsiya

d) sintez qilish

76. Biotsenozda iste’mol qiluvchilar qanday ataladi ?

a) redutsentlar

b) produtsentlar

c) konsumentlar

d) destruktorlar

77. Sodda hayvonlarning anabioz holatida nima hosil boʻladi

a) spora

b) zingota

c) sista

d) lichinka

78. Chumoli ichagida parchalovchi ferment vazifasini qaysi hayvonlar bajaradi?

a) infuzoriyalar

b) kipriklilar

c) soxta oyoqlilar

d) xivchinlilar

79. Hasharotlarda suv bogʻlanishini kamaytiruvchi qanday moslashish mavjud?

a) xitin qoplami

b) yogʻ tanachalarining boʻlinishi

c) anabioz holatga oʻtish

d) nafas teshikchalarining klapanlar bilan berkilishi

80. Hasharotlarda suvni kam bogʻlatishga qanday moslanish mavjud?

a) ter ajratishni kamayishi

b) nafas teshiklarining klapanlar bilan yopilishi

c) maxsuslashgan siydik pufagida suvni toʻplash

d) yer osti suvlargacha yoʻl ochish

81. Oʻzbekiston hududida baliqlarning necha turi mavjud?

a) 37

b) 79


c) 99

d) 410


81. Mutualizmga misol keltiring.

a) mayda baliqlarning yirik baliqlarga yopishib olishi

b) baliq tuxumlarini yumshoq tanlilarning mantiya boʻshligʻiga qoʻyishi

c) hayvonlarning qishqi uyquga ketishi

d) mikoriza

82. Oʻzbekiston hududida sudralib yuruvchilarning nechta turi mavjud?

a) 37 ta

b) 79 ta

c) 99 ta

d) 410 ta

83. Oʻzbekiston hududida qushlarning necha turi mavjud?

a) 37 ta

b) 79 ta

c) 99 ta

d) 410 ta

84. Oʻzbekiston hududida quyidagi umurtqali hayvonlarning nechtadan turi mavjud?

1.baliqlar; a) 99; 2.suvda ham quruqda yashovchilar; b) 410; 3.sudralib yuruvchilar; v) 79; 4.qushlar; d) 3; 5.sut emizuvchilar; g) 37;

a) 1-a, 2-d, 3-b, 4-v, 5-g

b) 1-g, 2-6, 3-v, 4-a, 5-d

c) 1-d, 2-g, 3-a, 4-6, 5-v

d) 1-v, 2-d, 3-g, 4-6, 5-a

85. Tana haroratini bir xilda saqlashda quyidagilarning qaysi biri katta ahamyatga ega boʻlgan?

a) yurak va oʻpkaning paydo boʻlishi

b) toʻrt kamerali yurakning paydo boʻlishi

c) koʻp kamerali yurakning paydo boʻlishi

d) nafas sitemasining takomillashuvi

86. Oʻzbekiston hududida sut emizuvchilarning necha turi mavjud?

a) 37


b) 79

c) 99


d) 410

87. Tuyada suvni kam bugʻlatishga qanday moslashish mavjud?

a) ter ajratishning kamayishi

b) nafas teshiklarining klapanlar bilan yopilishi

c) maxsuslashgan siydik pufagida suvni toʻplash

d) yer osti suvlarigacha yoʻl ochish

88. Tuya oʻrkachida toʻplangan yogʻ....manbai hisoblanadi?

a) yogʻ

b) uglevod

c) suv


d) energiya

89. Umurtqali hayvonlarda issiqlikni saqlash vazifasini nima bajaradi?

a) oqsil

b) uglevod

c) yogʻ

d) kraxmal

90. Respublikamiz hududida umurtqali hayvonlarning qancha turi aniqlangan?

a) 500 dan ziyod

b) 400 dan ortiq

c) 200 ta

d) 600 dan ortiq

91. Biogeotsenozning asosiy vazifasi nima?

a) biologik moddalarni bir tizimga birlashtirish

b) evolyutsion o'zgarishlar hosil qilish

c) energiyani to'plash va taqsimlash

d) energiyaning davriy aylanishi

92. Populyatsiyaning ayrim qismlarida individlarning xaddan tashqari koʻpayib ketmasligini cheklovchi omil nima?

a) hududiylik

b) tasodifiy oʻzgarishlar

c) kannibalizm

d) ovqatning miqdori

93. Qiyalik qancha tik boʻlsa, unda oʻsimliklar shuncha ... oʻsadi . Tik qiyaliklarda asosan ... oʻsadi

a) kam/ kserofitlar

b) koʻp/kserofitlar

c) kam /mezofitlar

d) koʻp/mezofitlar

94. O'z o'zini idora qila oladigan , barqaror, muhit bilan muvozanat holatda bo'lgan biogeosenozlar qanday ataladi?

a) biom


b) klimaksli

c) zonalli

d) suksessiyalangan

95. Lui Paster tirik tabiat go'rkovlari deb qaysi organizmlarni aytgan?

a) bakteriyalar

b) zamburug'lar

c) viruslar

d) hasharotlar

96. Bir organizmning ikkinchi organizmga zarar keltirmagan holda undan oziq muhiti va yashash joyi sifatida foydalanishi qanday ataladi?

a) pazitizm

b) neytralizm

c) sinoykiya

d) kommensalizm

97. Inson ekologik omil sifatida qanday hususiyatga ega?

1. faol 2. ijobiy 3. kuchli 4. maqsadga nomuvofiq 5. ongli 6. ijodiy

a. 1.3.5.6

b. 1.2.5.6.

c. 2.4.6.

d. 1.3.4

98. Quyidagi jarayonlarning qaysi biri ta'sir yo'nalishiga bo'g'liq emas?

a) fotonastiya

b) fototropizm

c) fototaksis

d) fotosinsibilazatsiya

99. Hozirgi zamonda eng muhim antropogen sistemalar necha xil?

a) 2


b) 3

c) 4


d) 5

100. XX asrning demografik o'ziga xosligi nima?

a) jahon okeanining o'rganilishi

b) suv resurslarinig ko'p sarflanishi

c) parnik effekti

d) aholi sonining ortishi

101. Qaysi ekosistemalarda maydon birligiga nisbatan moddalar migratsiyasi juda faol kechadi?

a) tabiiy

b) agro

c) urbano



d) kosmik

102. Nima uchun agroekosistemalar o'z o'zini idora qila olmaydi?

a) turlar soni kam

b) sun'iy tanlash ta'siri ostida

c) tabiiy tanlanish ta'siri ostida

d) moddalar davriy aylanishiga odam aralashadi

103. Agroekosistemalarning turg'unligini oshirish uchun nima qilish kerak?

a) ularni o'z holicha tashlab qo'yish

b) sun'iy namlash

c) entomofaglar kiritish

d) industrial texnologiyalardan foydalanish

104. Nima uchun agroekosistemalar turg'un emas?

a) turlar soni kam

b) sun'iy tanlash ta'siri ostida

c) tabiiy tanlanish ta'siri ostida

d) moddalar davriy aylanishiga odam aralashadi

105. Quyidagi organizmlarning qaysi birlari hasharotlar bilan oziqlanadi?

a) entomofaglar

b) fitofaglar

c) detritofaglar

d) zoofaglar

106. Biogeosenozning tuproq omili qanday ataladi?

a) klimatotop

b) edafatop

c) ekotop

d) tuproqshunoslik

107. Ma'lumki biogeosenozlar turlar xilma-xilligi(1), individlar zichligi(2), biomassa(3) kabi ko'rsatkichlar bilan ta'riflanadi.Shulardan qaysi biri qutbdan ekvator tomon ortib boradi?

a) 1.2


b) 2.3

c) 1.3


d) 1.2.3

108. Organizm o'zaro munosabatlaridan qaysi biri tabiiy tanlanishda muhim ahamiyatga ega?

a) antibioz

b) simbioz

c) antogonizm, sinergizm

d) neytralizm , simbioz , antibioz

109. Tuproq tarkibida havo necha foiz bo'ladi?

a) 50-60


b) 10

c) 15-25

d) 25-35

110. Tuproq tarkibida suv necha foiz bo'ladi?

a) 50-60

b) 10


c) 15-25

d) 25-35

111. Tuproq tarkibida mineral moddalar necha foiz bo'ladi?

a) 50-60

b) 10

c) 15-25



d) 25-35

112. Tuproq tarkibida organik moddalar necha foiz bo'ladi?

a) 50-60

b) 10


c) 15-25

d) 25-35

113. Matematik modellashtirish usuli ekologiyaning qaysi bo'limida qo'llaniladi?

a) autoekologiya

b) sinekologiya

c) evolyutsion ekologiya

d) tarixiy ekologiya

114. Ekologik muammolar ekologiyaning qaysi bo'limida o'rganiladi?

a) autoekologiya

b) sinekologiya

c) evolyutsion ekologiya

d) tarixiy ekologiya

115. Ekologiyaning qaysi bo'limi ekologik sistemalarni nazariy rekonstruksiya qilishga

harakat qiladi?

a) autoekologiya

b) sinekologiya

c) evolyutsion ekologiya

d) tarixiy ekologiya

116. Hayvonlarning ko'rish qobiliyati qaysi nurlarga bog'liq?

a) ko'rinadigan

b) ultrabinafsha

c) infraqizil

d) tik tushadigan

117. Keng yuza ildiz sistemasi nam tanqisligiga qanday moslanish qatoriga kiradi?

a) suv yo'qotishga fiziologik moslanish

b) suv so'rilishini kuchaytirish

c) suv bug'latishni kamaytirish

d) qum va barxanlarni ko'chishdan saqlash

118. Ter ajralishini kamayishi nam tanqisligiga qarshi qanday moslanish?

a) suv yo'qotishga fiziologik moslanish

b) suv so'rilishini kuchaytirish

c) suv bug'latishni kamaytirish

d) suvni zahiralash

119. Ekosistemadagi abiotik va biotik omillarni nima bog'lab turadi?

a) yorug'lik

b) tuproq

c) harorat

d) suv


120. Qaysi o'simliklarning areali bir-biridan deyarli farq qilmaydi?

a) kedr, terak, qarag'ay

b) kedr, qayrag'och, terak

c) qayin, terak, shumtol

d) qayin, qayrag'och, terak

121. Kosmopolit turni ko'rsating.

a) qishloq qaldirg'ochi

b) o'rmon kalamushi

c) delfin

d) dala sichqoni

122. Qaysi hayvonlarning yashash areali turning belgisi deb ta'riflab bo'lmaydi?

a) qishloq qaldirg'ochi

b) o'rmon kalamushi

c) delfin

d) dala sichqoni

123. Ikkinchi darajali konsumentlarni aniqlang.

a) ilon

b) sichqon

d) burgut

d) quyon

124. Uchinchi darajali konsumentni aniqlang.

a) ilon

b) sichqon

d) lochin

d) quyon

125. Biogeosenozlardagi turlarning almashinishi nima deyiladi?

a) monokultura

b) ekologik suksessiya

c) reintroduksiya

d) evolyutsiya

126. Oziq zanjiri necha zvenodan iborat?

a) 2


b) 3

c) 4


d) 5

127. Ba’zi jarayonlarni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish usuli qanday ataladi?

a) diapauza

b) antibioz

c) konservatsiya

d) gipoksiya

128. Zamburugʻlar tomonidan sintezlangan antibiotiklar ta’sirida mikroorganizmlarning oʻsishini toʻxtatib qoʻyishi oʻzaro munosabatlarning qaysi turiga kiradi?

a) neytralizm

b) antibioz (konkurensiya)

c) antibioz (parazitizm)

d) antibioz (yirtqichlik)

129. Tiriklikning qaysi tuzilish darajasi turlar tarkibi boʻyicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bogʻliq holda birlashtiradi?`

a) organizm

b) populyatsiya

c) biogeosenoz

d) biosfera

130. 1966-yil nashr etilgan xalqaro “Qizil kitob” ga sutemizuvchilarning qancha turi kiritilgan?

a) 321


b) 485

c) 141


d) 194

131. Autotrof, geterotrof va redutsentlar faoliyatining muvozanatlashishi natijasida biosferada nima shakllangan?

a) gomeostaz holati

b) biogen migratriya

c) noosfera

d) biomassa

132. Moddalar , energiya va informatsiya oqimlari oʻzaro bogʻlangan har xil turga mansub organizmlar va muhit yigʻindisi qanday ataladi?

a) biogeosenoz

b) ekosistema

c) biosfera

d) ekologiya

133. Topografik omillarni aniqlang ?

a) balandlik b) iqlim c) tirik organizmlar d) qiyalikning joylashishi e) vaqt f) qiyalikning tikligi j) fotoperiodizm

a) a,b,c


b) a,d,f

c) d,e,f

d) e,f,j

134. Populuyatsiya dinamikasiga nima katta ta’sir koʻrsatadi ?

a) bir turga kiruvchi har xil populyatsalar orasidagi raqobat shakllari

b) har xil turga kiruvchi populyasiyalar orasidagi raqobat shakllari

c) bir turga kiruvchi populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari

d) bir turga kiruvchi har xil populyatsalar orasidagi moslanish turi

a) a,b

b) b,c


c) a,c

d) a,c,b

135. Xalqaro “Qizil kitob”ga nechta sutemizuvchilar(1),qushlar(2),sudralib yuruvchilarning(3) turlari kiritilgan?

a) 321 b) 485 c) 141 d) 41 e) 194

a) 1-b 2-c 3-d

b) 1-c 2-d 3-e

c) 1-a 2-b 3-c

d) 1-a 2-d 3-e

136. Qaysi adaptiv tiplarning koʻkrak qafasi tor (1) va keng (2) boʻlishini aniqlang.

a. togʻ b. oʻrta iqlim c. arktik d. tropik

a) 1-a / 2-d

b) 1-b / 2-a

c) 1-d / 2-a

d) 1-c / 2-b

137. Xalqaro “Qizil kitob”ga (A) va Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga (B) nechta sudralib yuruvchilar kiritilgan?

a) a-141 / b-5

b) a-5 / b-5

c) a-41 / b-5

d) a-141 / b-41

138. Xalqaro “Qizil kitob” ga nechta sutemizuvchilar (1) qushlar (2) sudralib yuruvchilar (3) turi kiritilgan ?

a) 321; b) 485; c) 141; d) 41; e) 194;

a) 1b, 2c, 3d

b) 1a, 2d, 3e

c) 1a, 2b, 3c

d) 1c, 2d, 3e

139. Xalqaro “Qizil kitob” ga nechta suvda va quruqlikda yashovchilar (1) baliqlar (2) turi kiritilgan?

a) 141; b) 41; c) 194

a) 1-b, 2-c

b) 1-a, 2-b

c) 1-c, 2-b

d) 1-a, 2-c

140. Xalqaro “Qizil kitob”ga (a) va Ozbekiston “Qizil kitobi” ga (b) nechta sudralib yuruvchilar kiritilgan?

a) a-5, b-5

b) a-141, b-41

c) a-141, b-5

d) a-41, b-5

141. Tasodifiy oʻzgarishlar qaysi populyatsiyalarga kuchli ta’sir etadi?

a) panmiksiya kuzatilmaydigan

b) gomozigotali

c) koʻp sonli

d) kam sonli

142. Agroekosistemaning tabiiy ekosistemadan farqini aniqlang

a) turlarni soni koʻp b) turlarni soni kam c) oʻz-oʻzini idora qila olmaydi d) turgʻunligi mustahkam emas e) turgʻunligi mustahkam f) energiya manbai quyosh energiyasi va inson tomoniodan sariflanadigan energiya

a) a,c,d,f

b) b,c,d,f

c) a,c,e,f

d) b,c,e

143. Topografik omillarni aniqlang?

a) balandlik b) iqlim c) tirik organizmlar d) qiyalikning joylashishi e) vaqt f) qiyalikning tikligi j) fotoperiodizm

144. Tabiiy sharoitlarda qaysi populyatsiyalar koʻproq saqlanib qoladi?

a) raqobatga chiday olmagan

b) raqobatga chiday oladigan

c) gomozigotali

d) kam sonli

145. Turning yaxlitligini saqlovchi mexanizmni aniqlang.

a) sun’iy urchish

b) migratsiya

c) fotoperiodizm

d) alohidalanish

146. Oʻzbekiston “Qizil kitob”ining hayvonlarga (1) va oʻsimliklarga (2) bagʻishlangan ikkinchi jildiga necha tur kiritilgan?

a) 163 b) 301 c) 63 d) 184

a) 1-d; 2-a

b) 1-c; 2-d

c) 1-d; 2-b

d) 1-a; 2-b

147. Shimoliy yarimsharlarda janubga qaragan qiyaliklarda yorugʻlik va harorat shimolga qaragan qiyaliklarga nisbatan qanday?

a) pastroq

b) teng


c) juda past

d) yuqoriroq

148. Turning yaxlitligi individlar orasidagi qanday xususiyatga bogʻliq?

a) panmiksiyaga

b) sun’iy urchishga va migratsiyaga

c) migratsiya

d) sun’iy urchishga

149. Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini qaysi oʻsimliklar tashkil etadi?

a) zarang, chetan

b) eman, shumtol

c) gulxayri, qirqboʻgʻim

d) zarang, kallima

150. Tuproqshunoslik faniga qaysi olim asos solgan?

a) N.Zyuss

b) V.Vernadskiy

c) N.Pirogov

d) V.Dokuchayev

151. Yerga yetib kelgan quyosh energiyasining necha foizi okean, dengiz va tuproqdan suvni bugʻlatish uchun sarf boʻladi ?

a) 0.1 %

b) 0.5 %


c) 10 %

d) 20 %



http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group

Yüklə 178,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə