Evolutsion ta'limot



Yüklə 132,9 Kb.
səhifə1/3
tarix11.04.2018
ölçüsü132,9 Kb.
#37755
  1   2   3

EVOLUTSION TA'LIMOT

Reja :


1) TABIAT HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING PAYDO BO'LISHI

2) MARKAZIY OSIYODA EVOLUTSION G'OYALARNING PAYDO BO'LISHI

3) DARVINGACHA BO'LGAN DAVRDA TABIAT FANLARINING RIVOJLANISHI. SISTEMATIKA FANI

4) TUR - EVOLUTSIYANING ASOSIY BOSQICHI

5) EVOLYUTSIYA DALILLARI
Mazkur bobda asosiy bilimlar qatoriga Darvinning madaniy o'simliklar, xonaki hayvonlarning xilma-xilligi, kelib chiqishi, o'zgaruvchanlik, irsiyat, sun'iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, tur paydo bo'lishi, organizmlardagi mosla-nishlar, ularning hosil bo'lishi haqidagi tushunchalar kiritilgan. Organik olam evolu-tsiyasi to'g'risidagi hozirgi zamon biologiya fanining yutuqlari, ya'ni mikroevolutsiya asoslari: evolutsiyaning boshlang'ich materiali, birligi, hodisasi, omillari, tabiiy tanla-nish \illari haqidagi bilimlar shular jumlasidandir. Siz bu bilimlarni o'zlashtiribgina qol-may, balki ulardan amaliyotda foydalanish ko'nikmalariga ham ega bo'lishingiz kerak.
TABIAT HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING PAYDO BO'LISHI
Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqida. Tirik tabiat haqidagi tasawurlar eramizdan bir necha ming yil oldin qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan. Miloddan oldingi XVI asrda misrliklar ko'pgina dorivor, madaniy o'simlik xillarini bilganlar. Ular donli ekinlar, sabzavotlar, meva daraxtlarining bir necha turlarini ekib o'stirganlar. Misrliklar qoramol, ot, eshak, qo'y, echki va cho'chqalarni boqqanlar. Bir o'rkachli tuyani, mushuk, g'oz, o'rdakni xonakilashtirganlar. Hindistondan tovuq keltirib boqqanlar.

Qadimgi Hindiston xalqlari ham miloddan oldingi XX—XV asrlarda ko'pgina madaniy o'simliklarni ekkanlar, qoramol, kaptar, it boqqanlar. Birinchi marta tovuq, lni xonakilashtirganlar. Qadimgi hindlar tabiat besh elementdan: olov, yer, suv, havo va efirdan tashkil topgan, odamdagi shilimshiq modda — o't, havo bilan aralashib, qon, go'sht, yog', suyak va miyani hosil etgan, degan fikrda bo'lganlar. Ularning qayd qilishlarjcha, homila erkak va ayol jinsiv bezlari mahsulotining qo'shilishidan hosil bo'ladi.

Ko’pgina madaniy o'simliklar, xonaki hayvonlarning kelib chiqish markazi Xitoy hisoblanadi, Miloddan oldingi 2000-yiUarda Xitovda dehqonchilik. chorvachilik bir-rnuncha rivojlangan. Tut ipak qurti boqish esa undan anchagina oldin amalga oshgan. Boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi Xitoyda ham biologik bilimlar, tibbiy va falsafiy qarashlar shakllangan. Qadimgi Xitoy tabiatshunos olimlari o'simliklar, hayvonlar, hatto suv, daraxt, olov, yer va ba'zi narsalarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lgan, degan fikrni ilgari surganlar.

Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, atrofdagi o'lik va tirik tabiat to'g'risidagi tushun-chalari otashparastlarning muqaddas kitobi «Avesto» da o'z ifodasi-ni topgan. Zardushtiy dinining mazkur kitobi bundan deyarii 2700 yil muqaddam qadimgi Xorazm o'lkasida bunyod etilgan (1-rasm).

Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va undagi narsalar, voqea-hodisalar, odamlar-ning hayot kechirish tarzi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar — Axura Mazda va Anxra Ma-nuning o'zaro kurashi sifatida tasvirlangan.

Koinot va hayotning yaratuvchisi Axura Mazda yaxshi va go'zal narsalarni bunyod etsa, Anxra Manu vomon. xunuk narsalar. chunonchi, bo'ri, ajdaho, zararkunanda ha-sharotlar, chayon, qurbaqa, chivin, chumo^ lilarni varatgan. It vafodor va foydali, bo'ri esa vovuzlik timsoli sifatida talqin qilingan.

Avestoning tibbiyotga doir bo'limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e'tibor berish, toza suvni ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmas-lik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo'lish lozim-ligi ta'kidlanadi.

Tuproq, yer muqaddas sanalgan. Shu sababli o'liklarni tuproqqa ko'mish ma'n etil­gan. O'liklar qurt-qumursqalar va yowoyi hayvonlarga yemish bo'lgan. Bunda asosiy sabab, bir tomondan, tuproqni iflos qilmaslik bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'lim zardushtlik bo'yicha dushman sifatida talqin qilingan.

Avestoda dunyo va hayotninig yaratilishi, tibbiyotga oid ma'lumot-lardan tashqari, ekin yerlarini ko'paytirish, shudgor qilish, unga sara urug' ekish tavsiya etilgan, uy hayvonlarini ko'paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan.

Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida. Miloddan oldingi VI—IV asrlarda yashagan Yunon va Rim tabiatshunoslari organizmlarning tabiiy ravishda vujudga ke-lishi g'oyasini e'tirof etganlar. Masalan, Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksiman_s&L hayvon va odamlar loyqadan kelib chiq'qanljgini aytgan. Anaksimanfar: «Dastlabki odamlar baliqlarga o'xshagan, ular o'z navbatida boshaa hawonlar turidan paydo boigan».— deganlar.

Qadimgi Yunon olimlaridan Levkipp va Demokrit atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko'ra, barcha tirik organizmlar atomlardan tashkil topgan.

Eramizdan oldingi 490—430-yillarda yashagan Empedokl. «Tabiatdagi suv, yer, olov. havo bir-biriga qo'shilib, keyin ajraladi. Oqibatda organizmlarning organlari aTo-hjda-alohida paydo bo'lgan. Organlarning bir-biri bilan muvofiq qo'shilishidan normal organizmlar, nomuvofiq qo'shilishidan anormal organizmlar vujudga kelgan»,— degan.

Gippokrat va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda biologik bilimlardan keng foydalanganlar. Gippokratning irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir.

Gippokratning irsiyat haqidagi tasawuriga ko'ra, erkak va ayolning urug'i hamda tuhumi organizmninq barcha oismidan hosil bo'ladi, baquvvat orqanizmdan kuchli, nimjon orqanizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi.

Qadimgi Yunonistondagi tabiatshunoslik rivojiga, ayniqsa, Aristotel katta hissa qo'shgan. U hayyonlar klassifikatsivasi asosini varatib, solishtirma anatomiya, embri-ologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan, «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning paydo boJishi», «Hayvon tanasining qismlari»'"degan asarlami yozgan. Bu asarlarda olim tabiatda hayvonlarning asta-sekin rivojlanish to'g'risida ba'zi fikrlarni ilgari sur-gan.

Aristotel hawonlarni klassifikatsiyalashda ulaminp avrim xossalariea emasr ko'p belgilariga e'tibor herish kerakligini e'timf ptgan

Aristotel barcha hayvonlarni ikkita katta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo'lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqalilar» va «umurtqasizlar»ga to'g'ri keladi.

Qonlilar 5 ta katta avlodga ajratilgan. «Katta avlod» tushunchasi hozirgi paytdagi «sinf» tushunchasiga hamnhangdir. Aristotel «qonsizlardan-> 130 turini bilgan. Olimning ufllilishicha, meduza, aktinlya, bulutlar tuzilishi jihatdan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o'simliklarga o'xshash^ Shuning uchun ularni Aristotel «zoofitlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo'lishi'> asarida uqtirilishicha, cmbrion ma'lum izchillikdajTvojIanadi U oldin zoofitlar, keyin umuman hayvonlar, so ngra o'z turiga xos tuzilishga va nihoyat, shaxsiy xossalarga ega bo'ladi. Olimning fikricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o'/aro o'xshash va hir xildi1 joylashgan.

Aristotelning shogirdlaridan biri — Jeofrast o'simliklarning 400 da.p ortig turini o'rgangan. Ularning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan. Teotrast bir o'simlik turi boshaa turea avlanishi mumkin, degan fikrni quwatlagan.
MARKAZIY OSIYODA EVOLUTSION G'OYALARNING PAYDO BO'LISHI
Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasviriovchi muqaddas kitoblar juda qadimdan mayjud bo'lgan. Miloddan keyin Yevropada tabiiy fanlar inqirozga uchra-gan bir davrda, Markaziy Osiyoda u anchagina rivojlangan edi. Markaziy Osiyo olim­lari tabiiyot fanlari, ayniqsa, biologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo'shganlar. Shu sababli ham, Markaziy Osiyoning IX—XV asrlarda ijod qilgan buyuk olimlari Yevropaning XVI—XVIII asr buyuk olimlarining munosib o'tmishdoshlari sanaladi. Bundan har bir o'quvchi faxrlansa arziydi.

Chunonchi, Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870—912) HinHiston, Markayjy Osjyo, Xitoy o'simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatii ma'lumotlar to'plapan. U o'simlik va hayvonlaming tarqalishi, mahalliy xalqlar foydalanadigan o'simlik ya hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni yozib qoldirgan.



Abu Nasr Forobiy (873—950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiiyot-shunoslikning boshqa sohalarida mushohada yuritgan (2-rasm). U inson organizmi yaxlit sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining b'zgarishi bilan bog'liqligini ko'rsatgan.

Farobiy inson dastavval_hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanltfli, shu sababli odamda hayvonlarda ba'zi o'xshashliklar saqlanib qplganligi naqiaagi fikrni llgari surgan. U tabiiy tanlanishni, sun'iy tanlashni e'tirof etgan.

O'rta asrlardagi tabiat fani rivojiga, ayniqsa, Beruniy va ibn Sino katta hissa qo'shganlar. Abu Rayhon Beruniy (973—1048) ko'rsatishicha, tabiat beshta element-dan — bo'shliq, havo, olov,~suv va tuproqdan hosil bo'lgan (3-rasm). Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo'lib. u harakatlanmaydigan say-yoradir», — degan ta'limotiga tanqidiy ko'z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yumaloq shaklda, deb ta'kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 vil awal Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to'g'n tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuzasida doimo o'zgarishlar sodir bo'lib turadi. Suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo'ladi. Ular ham o'z nav-batida joylarini o'zgartiradi.



Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o'simliklar rivoj- lanishi uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi.

— Agar atrofdagi tabiat o'simlik va hayvonlar biror turining urchishiga monelik ko^rsatrnaganda edi,— deb ta'kidlaydi Beruniy, — bu tur butun Yer yuzasini egallagan .bo'Iardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar qarshilik ko'rsatadi va ular orasidagi kurash ko'proq moslashgan organizmlami ro'yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash tabiiy tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanib, vatandoshimiz evo-lutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvin 800 yil ilgari ta'kidlab o'tganligini ko'ramiz.

Beruniyning aytishicha, tabiatda hamma narsalar tabiat qonunlariga muvofiq yashaydi va o'zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e'tirof etmasada, asalari-lar o'simliklardan, qurtlar go'shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo'ladi, deb faraz qil­gan. Olimning qayd etishicha, Yer yuzining o'zgarishi o'simlik va hayvonlarning o'zgarishiga olib keladi.

Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo'lishiga irsivateina emal, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi deb e'tirof etadi. Beruniyning fikricha, odam o'z rivojlanishi bilan hayvonlardan anchagina uzoqlashib ketgan. U xalqlami tabaqalarga bo'lish, ularning birini yuqori, ikkinchidan past ko'rish nodon-likdan boshqa narsa emas, deb uqtiradi.

Markaziy Osiyoning mashhur tabiatshunos olimi Abu Ali ibn Sina (980—1037) tabiatning obyektiv borlig'iga ishonch hosil qiladi (4-rasm). Tog'lar uning fikricha, suv ta'siri yoki yerning ko'tarilishi natijasida paydo bo'Igan.



Ibn Sino o'z asarlarida o'simliklar, hayvonlar va odam o'zaro o'xshash, chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko'payadi, o'sadi deb uqtiradi. O'simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar o'rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi.

Odam tanasining tuzilishini o'rganish ta'qiqlangan o'rta asrlarida Ibn Sino odam anatomiyasi bilan yashirincha shug'ullangan. Olim ko'p ilmiy asarlar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi vetib kelgan. Olim tibbiyot asoschilaridan bin sifatida katta shuhrat qozongan. U o'rta asr Sharqi tibbiyot bilimlarining qomusi bo'Igan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifidir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat.



Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va funksiyalari, turli kasallik-larning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon_cJiladi.

Ikkinchi kitobda o'simlik. ma'dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining aaysi kasallikka davo ekanliei jto'rsatiladi.

Uchinchi kitob insonning har bir orgamda bo'ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bpg'i(;hlan£ari

To'rtinchi kitobda jarrohlik, va'ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so'z vuritiladi.

Beshinchi kitobda murakkah dorilar, ularni tayyorlash to'g'risida ma'lumotlar keltTriladi.

Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa uni-yersitetlarida asosiy tabobat go'Hanmasi j»ifajjdj_~o'qitilib kelindi va 40 martadan ortia nashr qilindi.

Olim odamdagi ba'zi kasalliklar (chechak, vabo. sil) ko'zga ko'rinmas organizmlar orqali paydo bo'ladi. deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikro-biologiya fani hali shakllanmasdan 600—700 yil oldin Ibn Sino vuqumli kasalliklar suv va havo orqali taraalishini e'tirof etdi.

Zahiriddin MuhammadJtobur (1481—1*^0).faqat buyuk davlat arbobi, shoir bo'lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir (5-rasm).

Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziv Osivo. Afg'oniston. Hindiston kabi mamlakatlarnine tarixi. eeografiyasi xalqlar turmush kechirish tarzi, madaniyatThilan hirpa, n'simlik va hawonot olami to'g'risida qiziqarli ma'lumot beril-gan. U o'zgalardan eshitganlariga emas, balki o'zi ko'rgan, kuzatganlariga asoslangan Folda hayvon va o'simliklar tuzilishi, hayot tarzi, ularning o'zaro o'xshashligi voki farqlarihaqida ma'lmriTvrTarni bayr.n ptgan

Bobur to'ti, tovuq, laylak, o'rdak. fil. mavmun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa_hayvonlarnini to'rt quruhga: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashavdigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.
DARVINGACHA BO'LGAN DAVRDA TABIAT FANLARINING RIVOJLANISHI. SISTEMATIKA FANI
XV asrning yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o'rniga burjuaziya hokimiyati o'rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqish, o'zga mamlakatlami bosib olish, ularning tabiiy boyliklarini talash, xalqni ekspluatatsiya qilish avj oldi. Yirik sha-harlarda botanika va hayvonot bog'lari tashkil etildi. Boshqa yerlardan yevropaliklarga notanish ko'pgina o'simlik va hayvon turlari keltirildi.

Bularning hammasi o'simlik va hayvonlarni o'rganishga katta qiziqish uyg'otdi. Natijada kishilarning o'simliklar va hayvonlar to'g'risidagi bilimlari antik dunyoga nis-batan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarining yanada rivojlanishi uchun awal ma'lum bo'lgan o'simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug'ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney shug'ullandi (6-rasm). Olim o'simlik va hayvonlar sistematikasiga asos soldi. U 10 mingdan ortiq o'simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tasvirlab berdi.



Lenney turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkum-larga, turkumlarni sinflarga birlashtirdi.

Siz quyi sinflarda botanika, zoologiya fanlarini o'qiganingizda suvo'tlar, sporali o'simliklar, ochiq va yopiq urug'lilar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning bir qan-cha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va turlari bilan tanishgansiz. Hozirgi vaqtda biologiya fanining turli sohalari juda rivojlanib ketgan. Shu sababli, o'simlik va hayvonlarni sistemaga solganda ularning bir qancha belgi, xossalari e'tiborga olinadi. Bu esa, o'z navbatida, tirik mavjudotlami qon-qarindoshligiga asoslanib sistema tuzish imkonini beradi.

Linney zamonida esa, biologiyaning juda ko'p sohalari hali rivojlanmagan edi. Shu sababli, u o'simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sun'iy sis­tema tuzishga muvaffaq bo'ldi.

Linney barcha o'simliklarni changdonlari soniga, changchi iplarining

uzun-qisqaligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni esa

tuziiishiga qarab 6 sinfga kiritdi. Ular sutemizuvchilar, qushlar,

amfibiyalar (sudralib yuruvchilar, suvda ham quruqda yashovchilar)

baliqlar, hasharotlar hamda chuvaichangiar sinfi edi.

Linneyning umurtqali hayvonlar sistemasi to'g'risidagi fikrlari nisbatan to'g'ri bo'lsa-da, umurtqasiz hayvonlarda uning sun'iyligi ko'zga yaqqol tashlanadi. Umurtqasiz hayvonlarning hasharotlardan tashqari barcha vakillari chuvalchanglar sin-figa kiritilishi bunga yaqqol misoldir.

Linney sistemasida ko'p hayvonlar to'g'ri joylashtirilgan. Chunonchi, uning sute-mizuvchilar, qushlar, baliqlar to'g'risidagi sistemasi hanuzgacha o'z qimmatini yo'qot-gani yo'q.

K.Linneyning hayvonlar sistemasiga qaraganda J.B.Lamark (1744—1829) tomonidan tuzilgan hayvonlar sistemasi birmuncha afzalliklarga ega (J-rasm).



Lamark hayvonlami 14 sinfga ajratdi. Bunda ularning ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish va nerv sistema tuzilishiga o'z e'ti-borini qaratdi.

Agar Linney tuzgan sistemada hayvonlarning murakkab tuzilishidan oddiy tomon tuzilishga qarab joylashtirilgan bo'lsa, Lamark hayvonlami oddiy tuzilishdan murakkab tuzilish tomon joylashtirdi.

Hayvonlar sistemasini tuzishda fransuz olimi Jorj Kyuvening ham xizmatlari bor. U hayvonlami sistemaga solishda asosiy mezon qilib birinchi darajali organlarga e'ti-bor berish kerakligini aytdi. Bunday birinchi darajali organlarga u nerv sistemasini ki-ritdi. Chunki nerv sistemasi organizmdagi turli organlar sistemasi o'rtasidagi bog'la-nishlami saqlashda, organizmning bir butunligini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyat-ga ega.

Kyuve hayvonlarning nerv sistemasini to'rt plan asosida tuzilganli- gini e'tirof etdi hamda barcha hayvonlami to'rt: umurtqalilar, yumshoq tanlilar, bo'g'imlilar, nurlilar kabi tiplarga ajratdi.

O'simliklar va hayvon sistematikasi sohasida to'plangan ma'lumotlar, turlar o'zgar-maydi, degan edi K.Linney. J.Kyuve ilgari surgan g'oyalarga qarama-qarshi bo'lib, turli xil o'simlik, hayvon guruhlari tuzilishi jihatidan har xil bo'lishiga qaramay, ular orasida o'zaro qon-qardoshlik borligini ko'rsatdi. Bu esa evolutsion ta'limot yaratish-da muhim ahamiyat kasb etadi.


J.B.LAMARK TA'LIMOTI

Organik olam evolutsiyasi to'g'risidagi ta'limotni birinchi bo'lib fransuz olimi Jan Batist Lamark yaratdi. Uning ta'limoti organik olam evolutsiyasiga oid ko'p masalalarni, xususan, biologik tur, tashqi muhitning organizmlarga ko'rsatgan ta'siri, evolutsion jarayonda organizm ichki xossalarining ahamiyati, o'zgaruvchanlik va irsi-yat kabilarni qamrab olgan.



Lamark o'z ta'limotida tabiatda faqat individlar mavjud, tur, avlod, oila, turkum, sinf kabi sistematik birliklar odamlar tomonidan o'ylab chiqilgan, ular tabiatda uchramaydi degan fikrni ilgari surdi, va sis­tematik birliklarning tabiatda real ekanligini inkor qildi.

Uning fikricha, tur xillari, kenja turlarning tabiatda uchrashi, turlar o'zgarishidan dalolat beradi. Shu sababli ham, turlar orasidagi chegarani topib bo'lmaydi.

Lamark turlarning o'zgaruvchanligini qayd etish bilan birga, bu o'zgarishlar sabablarini va evolutsion jarayonning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirishga intil-di. Lamarkning uqtirishicha, birlamchi organizmlar hayotiy xususiyatga ega bo'lishi uchun ular tanasiga tashqi muhitda keng tarqalgan moddiy zarrachalar (flyuidlar) kirishi lozim. Keyinchalik ana shu tirik zarrachalarga ega bo'lgan sodda organizmlar murakkablanish tomon o'zgargan.

Mavjud bo'lgan organizmlarning tuzilishiga qarab, Lamark hayvon-larni oltita pog'ona — gradatsiyaga ajratgan.

Pog'onali rivojlanish asosan hayvon sinflarini bir-biri bilan taqqoslab o'rganilgan-da namoyon bo'ladi. Masalan, birinchi pog'onaga Lamark hazm organlaridan boshqa ichki organlari bo'lmagan infuzoriyalar poliplarni, ikkinchi pog'onaga esa uzunchoq zanjirsimon nerv sistema, hazm organlaridan tashqari boshqa ichki organlari bor bo'lgan nurlilar, chuvalchanglarni, beshinchi pog'onaga nervlar bosh miyaga tutashgan, lekin kalla suyak bo'shlig'ini to'ldirmagan, yuragi bir qorinchadan iborat, sovuq qonlilar — baliqlar, reptiliyalar sinfi, ollinchi pog'onaga ega nervlar bosh miyada tutashib, bosh miya kalla suyak bo'shlig'ini to'ldirgan, yuragi ikkita qorinchadan tuzil-gan, issiq qonli hayvonlar — qushlar, sutemizuvchilar sinflarini kiritgan.

Pog'onali rivojlanish tamoyiliga ko'ra, organizmlar doimo soddadan murakkabla-nish tomon o'zgarar ekan, u holda nima uchun hozirgi davrda organlar tuzilishi murakkab hayvonlar bilan sodda tuzilishga ega bo'lgan hayvonlar birga yashamoqda, degan muammo ustida to'xtab, Lamark bunday hayvonlar murakkab o'lik moddadan paydo boimoqda, deydi.

Lamark fikriga ko'ra, tabiatda organizmlarning pog'onali rivojlanish tamoyili bo'yicha taraqqiyot hamma vaqt to'g'ri amalga oshaver-maydi. Tashqi muhit organizmlarga ta'sir etib, ularning pog'ona bo'yicha rivojlanish rejasini o'zgartirib yuboradi.

Faraz qilaylik, tabiat suv hayvonlarini yaratgan. Agar suvning chuqurligi, tiniqligi, harakati bir xil bo'lsa, to'liq holda pog'onali rivojlanish boiar edi. Haqiqatda esa tabi­atda bir xil o'zgarmas sharoit kuzatilmaydi. Masalan, suvlar sho'r, chuchuk, tiniq, loyqa, oqmaydigan, oqadigan, sayoz, chuqur, sovuq, issiq bo'lishi mumkin. Organizmlar xilma-xil sharoitda yashar ekan, bir pog'onaga mansub bo'lgan orga­nizmlar tashqi muhit ta'sirida o'zgarishi, ayrim hollarda tanib bo'lmas ko'rinishga ega bo'lishi tabiiy bir hoi. Lamarkning ta'kidlashicha, tekis joyda tez chopishga moslash-gan hayvon molxonada yashashga majbur etilsa, u semirib kuchi va chaqqonligini yo'qotadi. Xuddi shuningdek, 5—6 yil qafasda saqlangan qush ozod qilinsa, erkinlik-da boshqa qushlar kabi ucha olmaydi. Agar o'zgargan sharoit bir necha bo'g'in davo-mida ta'sir etsa va unga iqlim, ozuqa hamda muhitning boshqa omillari qo'shilsa, u holda tamomila o'zgargan organizmlar paydo bo'ladi.



Lamark muhit ta'siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizm-larni uch guruhga ajratgan.

Birinchi guruhga o'simliklar kiritilib, ular ta'sirlanish va harakatlanish xususiyatiga ega emasligi qayd qilinadi. Ikkinchi guruhga tashqi ta'siri natijasida harakatlana oladi-gan sodda hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, chuvalchanglar) kiritilgan. Uchinchi guruhga nerv sistemasi yuksak darajada rivojlangan, takomillashgan sezgi organlari tashqi muhit ta'sirida o'z xohishi bilan harakatlana oladigan hayvonlar kiritilgan.

Tashqi muhit birinchi va ikkinchi guruh organizmlarga bilvosita va bevosita ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ayiqtovon o'simligining suv orasidagi yoki suv yuzasidagi bargla-rining har xil ko'rinishda bo'lishi tashqi muhitning bevosita ta'siriga misoldir (8-rasra)-

Nerv sistemasi murakkab hayvonlarga esa tashqi muhit bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Muhitning uzoq davom etgan ta'siri bunday hayvonlarning awalo talabini o'zgartira-di. Bu talabni qondirish maqsadida hayvonning harakatlari o'zgaradi. Harakatning o'zgarishi hayvonning xulq-atvorini o'zgarishiga olib keladi. Bu o'z navbatida ba'zi organlarning mashq qilishiga, boshqalari esa mashq qilmasligiga sabab bo'ladi. Mashq qilgan organlar kuchayib, mashq qilmagan organlar esa kuchsizlana boradi (9-rasm).

Lamarkning odam paydo bo'lishi haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Uning fikricha, odam tabiatning bir qismi bo'lib, u boshqa tirik mavjudotlarga o'xshab tabi-at qonunlariga bo'ysunadi. Lining tana tuzilishi boshqa sutemizuvchi hayvoniamikiga o'xshash, deydi. Odam, ayniqsa, gavda tuzilishi, fe'1-atvori bilan maymunlarga yaqin.



Yüklə 132,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə