Fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/10
tarix01.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi guruh im-50 Topshirdi Xayrullayev X qabul qildi


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI

“MENEJMENT” YO’NALISHI

KURS ISHI

Guruh: IM-50

Topshirdi: Xayrullayev X

Qabul qildi: Xudayberganova N

REJA:


  1. Aholi daromadlari.

  2. Aholi daromadlarining turlari.

  3. Aholi daromadlarining shakllanish manbalari.

  4. Aholining nominal, real daromadi.


KIRISH

«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholining real va nominal daromadlarini rivojlantirish, uning yangi manbalarini yaratish muxim e’tirof etilmoqda.



Аholi daromadlari deyilganda ularning maʼlum vaqt oraligida odatda bir yilda olgan pul mablaglari va moddiy neʼmatlari (uy xujaligida ishlab chiqarilgani bilan birga) summasi tushuniladi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.

Аholi isteʼmol darajani tugridan-tugri ularning daromadlari darajasiga bogʼliq buladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi

rolini belgilab beradi. Аholi pul daromadlari ish xaki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaka, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz devidend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, kimmatli kogozlar, kuchmas mulk, kishlok xujalik maxsulotlari, xunarmadchilik buyumlarini sotishdan olinadigan pul tushumlarini xar xil xizmatlar kursatishidan tushadigan daromadlar shu kabilarni uz ichiga oladi.

Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush
darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. Aholining umumiy daromadiga pul
daromadlari va natura shaklidagi daromadlar
kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi
xususiyatga ega bo'lgan, yillik yoki undan kam
vaqt oralig`idagi davrda uy xo'jaligi yoki uning
alohida a'zolariga tushadigan tushumlardan
tarkib topadi. Raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak,
dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning
yanvar-sentyabr holatiga aholi umumiy daromadlari
173,0 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda
5,3 mln. so`mni tashkil etdi.

"Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko’rsatadi. Bu o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin:


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə