Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix31.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati (2)



FALSAFAFANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari va asosiy sohalari
2. Falsafaning dunyoqarashga doir ijodiy roli. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. 
3. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi.
4. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari. 
 
Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari va asosiy sohalari.
«Falsafa»
tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib 
chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish 
mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda 
tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson 
o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan 
bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab 
«falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani 
«barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. 
Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo ham 
qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, 
haqiqiy donishmandlik 
ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda 
mujassamlashgan
. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi 
bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari 
birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi 
bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy 
yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan 
holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə