Фалсафий атамалар (глоссарий)



Yüklə 401,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2018
ölçüsü401,76 Kb.
#69782


 

FALSAFIY  ATAMALAR  (GLOSSARIY) 




Agnostism – inson ob’ektiv borliqni to’liq bilishi mumkin emas, deb 

hisoblaydigan falsafiy ta’limot.  

Antistsientizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy 



baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.  

Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq.  



Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo’yuvchi falsafiy 

yondashuv.  

Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko’rilgunga 



qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo’lgan obraz, g’oya, tushuncha.  

Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.  



Atribut – xossa. 

Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va 



muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan 

moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet. 

Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi. 



Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni 

tushunish san’ati. 

 



Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga 

asoslangan.  

Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit 



tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.  

Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab 



yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.  

Gnoseologiya – bilish nazariyasi.  



Deduktsiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo’lib, bunda 

ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan 

tadrijiy yo’l bilan keltirib chiqariladi.  

Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.  



Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning 

voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy 

nuqtai nazar.  

Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va 



sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot. 

Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.  



 


Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi 

tasavvur. 

Ierarxiya – bir narsaning funktsional ahamiyati yoki xizmat 



mavqeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va 

hokazolarga bo’ysunishi.  

Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.  



Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.  

Integratsiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning 



shakllanishi. 

Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.  



Imitatsiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.  

Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi 



bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.  

Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini 



rad etuvchi nuqtai nazar.  

Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.  



 


Kommunikatsiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistentsializmda – 

muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda 

topadi.  

Konstitutsiyalash – yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish. 



Konsyumerizm – iste’mol qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj.  

Koevolyutsiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.  



Kreatsionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy 

ta’limot.  

Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar 



mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.  

Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning 



o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi 

sifatida ishlatiladigan atama. 

Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini 



yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.  

Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.  



Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson 

faoliyatida gavdalanishi.  

 





Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo’lgan muvaqqat xossasi.  



Monizm – plyuralizmga zid o’laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy 

yondashuv.  



Negativ – salbiy, biror narsaga zid.  



Noumen – mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.  



Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning 

oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.  



Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.  



Okkultizm – maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila 

oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.  



Oppozitsiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik 

ko’rsatish.  



Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.  



Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy 

tadqiqot yo’nalishini belgilovchi printsiplar majmui.  



Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o’ta g’ayratlilik.  



Permanent – doimiy, uzluksiz.  



Pertseptsiya – idrok etish.  

 





Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb 

e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.  



Reduktsionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki 

hodisaga bog’lash.  



Relyativizm – bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va 

xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.  



Refleksiya – o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan 

mulohaza.  



Sakral – muqaddas.  



Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan 

ustunroq qo’yuvchi falsafiy yo’nalish.  



Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.   



Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso 

holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.  



Skeptitsizm – inson bilimining ishonchliligiga shubha bildiruvchi va 

barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy kontseptsiya.  

 





Stereotip – ko’pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va 

individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va 

soddalashtirilgan obrazi.  



Substantsiya – birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.  



Stsientizm – madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini 

mutlaqlashtirish.  



Tabu – biron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy 

taqiq.  




Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.  



Teotsentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy 

yondashuv.  



Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.  



Texnokratik – texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.  



Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika 

taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.  



Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat 

tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.  



Texnotron jamiyat – kompьyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.  



Transtsendental – o’ta umumiy. 

 



Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo.  

Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui. 



Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.  

Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo’lgan ideal 



mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot. 

Flora – o’simliklar dunyosi. 



Fluktuatsiya – o’zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.  

Futurologiya – kelajak haqidagi fan. 



Evolyutsion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyutsiyasining 

momenti va uning mahsuli sifatida o’rganuvchi fan. 

Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni 



amalga oshiruvchi.  

Egalitarizm – umumiy tenglikni targ’ib qiluvchi g’oyaviy-siyosiy oqim.  



Ekzistentsializm – diqqat markazida hayotning ma’nosi, inson 

erkinligi va mas’uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo’nalish.  

Ekologiya – jonli mavjudotlarning o’zini qurshagan muhit bilan o’zaro 



munosabatlari haqidagi fan.  

Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan 



muvozanatining buzilishi. 

 



Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, 

bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo’lmaydigan 

xususiyat kasb etadi.  

Eksplikatsiya – u yoki bu predmet (yoki madaniyat 



ob’ekti)ning mohiyatini aniqlash, uning mazmunini keng 

tavsiflash.  

Ekstravertiv – sirtga qaratilgan.  



Empirizm – hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy 

manbai deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot. 

Empirik – tajribada ko’rilgan.  



Etimologiya – u yoki bu so’z yoki iboraning kelib chiqishi.  

Epistemologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot. 



Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi. 

O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish – o’zining betakror 



mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi 

har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi. 



  

 



Yüklə 401,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə