Fan: Oliy Nerv faoliyati va Markaziy nerv sistemasi Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi va vazifasi Tohirova Muxlisa Xayrullo qizi. Sps 4 guruh 1-bosqich talabasi



Yüklə 8,19 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü8,19 Kb.
#165963
  1   2
Bosh miya tuzilishi va vazifalari

FAN: Oliy Nerv faoliyati va Markaziy nerv sistemasi Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi va vazifasi Tohirova Muxlisa Xayrullo qizi. SPS 4 guruh 1-bosqich talabasi

  • Reja
  • 1 Bosh miya haqida tushuncha
  • 2 Bosh miyaning tuzilishi
  • 3 Bosh miya poʻstlogʻi haqida
  • Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi boʻlib, tarkibiga bosh miya poʻstlogʻi (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal oʻzaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma boʻlib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi.
  • Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya poʻstlogʻiga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal oʻzaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga boʻlinadi.
  • Bosh miya miyacha ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.
  • Tuzilishi
  • Odam bosh miyasining lokatsiyasi (qizil).
  • Bosh miya miyaning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga koʻra miya ustunining oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy boʻlimlari ichida eng yaxshi rivojlangani.
  • Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning poʻstloqlaridan (tashqi kulrang modda qavati) va ostida yotuvchi oq modda sohalaridan iborat.[1] Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal oʻzaklar va hidlov piyozchasini oʻz ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro chuqur bosh miyaning boʻylama tirqishi bilan ajralib turadi.
  • Bosh miya poʻstlogʻi
  • Bosh miya yuzasi
  • Bosh miya poʻstlogʻi, bosh miyaning tashqi kulrang modda qavati boʻlib, faqatgina sutemizuvchilarda topilgan. Yirik sutemizuvchilarda, shuningdek odamlarda, bosh miya poʻstlogʻi yuzasi burmalanib pushtalar va egatlar hosil qiladi va yuza maydonini kengaytiradi.[2]
  • Bosh miya poʻstlogʻi toʻrt boʻlakka boʻlinadi: peshona, tepa, ensa va chakka boʻlaklari. Boʻlaklar ulardan yuqorida yotuvchi neyrokranial suyaklarga koʻra boʻlingan.[3]
  • Bosh miya yarimsharlari
  • Bosh miya bosh miyaning boʻylama tirqishi yordamida ikkita bosh miya yarimsharlari, oʻng va chap, boʻlinadi. Bosh miya kontralateral tuzilgan, ya’ni, oʻng yarimshar tananing chap tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi, chap yarimshar boʻlsa tananing oʻng tomonidan signallarni qayta ishlaydi va boshqaradi.[3] Yarimsharlar orasida kuchli lekin toʻliq boʻlmagan bilateral simmetriya mavjud. Miya funksiyalari lateralizatsiyasi ma’lum va boʻlishi mumkin boʻlgan farqlarni koʻrsatadi.
  • Rivojlanishi
  • Umurtqalilarning rivojlanayotgan embrionida nerv naychasi toʻrtta ajralmagan qismlari boʻlib, ulardan keyinchalik markaziy nerv sistemasining ma’lum sohalari rivojlanadi; bular oldingi miya (prosencephalon), oʻrta miya (mesencephalon), ortki miya (rhombencephalon) va orqa miya.[4] Oldingi miya keyinchalik telensefalon (oxirgi miya) va diensefalon (oraliq miya)ga rivojlanadi. Dorsal telensefalon pallium (sutemizuvchilar va reptiliyalarda bosh miya poʻstlogʻi)ga aylanadi va ventral telensefalon bazal oʻzaklarni hosil qiladi.
  • Diensefalon thalamus va gipotalamusga rivojlanadi, shuningdek optik pufakchalar (keyinchalik toʻr parda)ga ham.[5] Dorsal telensefalon keyin oʻrta chiziq bilan ajralgan ikkita lateral telensefalik pufakchalarni hosil qiladi. Ular chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga rivojlanadi. Qushlar va baliqlarda barcha umurtqalilardagi kabi dorsal telensefalon bor, lekin qavatlanmagan va shuning uchun bosh miya poʻstlogʻi deb hisoblanmaydi. Faqatgina qavatlangan sitoarxitektonika poʻstloq deb hisoblanishi mumkin.
  • Funksiyalari
  • Eslatma: Bosh miya koʻplab qism va sohalardan iborat boʻlgan yahlit tuzilma boʻlgani uchun, ushbu boʻlimda faqatgina bosh miyaning umumiy vazifalari keltirilganini aytib oʻtish muhim. Toʻliqroq ma’lumot uchun asosiy maqolalar, bosh miya poʻstlogʻi va bazal oʻzaklarga, qaralsin. Bosh miya miyaning asosiy qismi boʻlib, hissiyot, eshitish, koʻrish, shaxsiyat va yana koʻplab funksiyalarni boshqaradi. U barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.

Yüklə 8,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə