Фарғона давлат университети физика-математика факультети



Yüklə 40,5 Kb.
tarix16.01.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#98651
4 bayonnoma Askarova


Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
axborot texnologiyalari kafedrasining 4-sonli yig‘ilish bayonnomasidan
KO‘CHIRMA

25 noyabr 2022 yil Farg‘ona shahri




Qatnashdilar: Kafedra mudiri Q.Rahimov, kafedra dotsenti f.m.f.n T.Tojiyev, katta o‘qituvchilar Sh.Ibragimov, G.Yo‘ldasheva, H.Shermatova, o‘qituvchilar Z.Komilova, D.Ismoilova, I.Aldashev, D.Mirzaakbarov, Sh.Askarova, F.Toshboltayev, kabinet mudiri M.Alidjanova.


KUN TARTIBI:
Turli masalalar:
1. Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Askarovaning “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.


ESHITILDI: Kafedra dotsenti, f.m.f.n. T.Tojiyev – Farg‘ona davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Askarovaning “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan 2020 yil 14 avgust sanasida BD-5111700-3.02 raqami bilan ro‘yhatga olingan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fan dasturiga muvofiq “Boshlang‘ich ta’lim” yo`nalishlari uchun yaratilgan.
O‘quv qo‘llanma 7 bob, 21 paragraf, glossariy va nazorat savollarini oʻz ichiga olgan. O‘quv qo‘llanmani keng foydalanishga tadbiq etish maqsadga muvofiq deb bilaman.
Kafedra katta o‘qituvchisi H.Shermatova so‘z olib ushbu o‘quv qo‘llanmaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti dekani texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent F.Muxtarov, FarDU o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) V.Joʻrayev tomonidan ijobiy taqrizlar olinganligini bildirib o‘tdi.
Oʻquv qоʻllаnmа bаkаlаvriаtning “Bоshlаngʻich ta’lim” yоʻnаlishlаrining “Bоshlаngʻich sinflаrdа ахbоrоt teхnоlоgiyаlаri” fаni dаsturigа mоs yоzilgаn bоʻlib, bоʻlgʻusi bоshlаngʻich sinf оʻqituvchilаrining kаsbiy tаyyоrgаrligini rivоjlаntirish, innоvаtsiоn pedаgоgik fаоliyаt uchun zаrur bоʻlgаn metоdik bilim, kоʻnikmа vа mаlаkаlаr tizimini shаkllаntirishgа yоrdаm berаdigаn bоshlаngʻich ta’limdа fаnlаrni оʻqitish jаrаyоnidа zаmоnаviy ta’lim, ахbоrоt teхnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnish muаmmоlаri yоritilgаn. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi, elektron darslik, bilimni baholash tizimlari, ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish, animatsiya yaratish dasturlari va ularning afzalliklari, axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari haqida mavzular keng yoritilgan va kompyuterning koʻplab qoʻshimcha imkoniyatlari tо‘liq bayon qilingan. O‘quv qо‘llanma muallifning pedagogik maxorati bilan talab darajasida yozilganligi va adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida nashrga tavsiya etishni taklif etdi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI:

1. Kafedra dotsenti T.Tojiyev va katta o‘qituvchi H.Shermatovalarning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Askarovaning “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini o‘quv jarayonida foydalanish va nashr etishga tavsiya berishni fakultet kengashidan so‘ralsin.

Ko‘chirma asliga to‘g‘ri.


Kafedra mudiri: Q.Rahimov




Kotib: I.Aldashev
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə