Фарғона политехника институти



Yüklə 230,5 Kb.
tarix14.03.2023
ölçüsü230,5 Kb.
#102455

Фарғона политехника институти

  • Ижтиомий фанлар кафедраси
  • Холмирзаев Нодиржон Низомжонович
  • Mavzu: “Avesto”- zardushtiylikning asosiy manbai.
  • Reja:
  • 1. Zardushtiylikning paydo bo`lishi.
  • 2. Avestoning muqaddas yozuvi.
  • 3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar.
  • 4. "Avesto" va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida ayrim mulohazalar.
  • “Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
  • davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
  • guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
  • eta olmaydi.
  • Islom Karimov
  • "Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
  • "Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi").
  • Yasna tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. "Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan.
  • Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi.
  • Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
  • Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan.
  • Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum.
  • Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy).
  • 7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan.

Yüklə 230,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə