Farg`ona davlat universiteti botanika va biotexnologiya kafedrasining navbatdan tashqari yig`ilish bayoni 202



Yüklə 33,41 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#100488
Bayonnoma kaferda




FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI BOTANIKA VA BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASINING
NAVBATDAN TASHQARI YIG`ILISH BAYONI


2023-yil 21-yanvar Farg‘ona shahri

Qatnashdilar:Kafedra mudiri: M.Imomova,


Pofessor: G‘.Xomidov, dotsentlar V.Maxmudov, M.Yuldashova, M.Davidov
katta o‘qituvchi: M.Akbarova,
o‘qituvchilar: Z.Yusupova, M.Asadova, J.Mamarasulov, M.Turkistonova,
KUN TARTIBI:
1-masala. Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini muhokama qilish, ilmiy rahbarlar tayinlash va tasdiqlash
Eshitildi: kafedra mudiri M.Imomova. Mazkur o‘quv yilida biotexnologiya mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurda jami 17 ta magistr, shundan 4 ta davlat granti asosida 13 tulov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi. Ma'lumki magistrlik dissertasiya mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlashda Nizom qoidalariga ko‘ra mavzu dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanishi talab etiladi.Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs magistranti Xashimova Iqbolxonning magistrlik dissertatsiyasi “Biotexnologik mahsulotlar ilmiy ishlanmalarini yaratish jarayonlarini nazorat qilishga mo`ljallangan raqamli platformani ishlab chiqish” mavzusi yuzasidan belgilangan ishlarni amalga oshirish uzoq muddat talab etishini inobatga olib, hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri, yurtimizda tarqalgan mahalliy va introdutsent uzum navlaridan vino olish texnologiyasini takomillashtirish maqsadida yuqoridagi magistrlik dissertatsiya mavzusini “ Farg’ona viloyatida tarqalgan uzum navlari va ulardan vino tayyorlash biotexnologiyasi” mavzusiga ilmiy raxbari kafedra dotsenti V. Maxmudovning roziligi bilan o’zgartirish to’g’risida fikr bildirildi.
So‘zga chiqdilar: Kafedra professori G‘.Xomidov tavsiya etilayotgan magistrlik dissertasiyasi mavzusi dolzarb mavzu hisoblanib hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan vinobop uzum navlari shuningdek chetdan keltirilayotgan introdutsent uzum navlari mevalarini o’rganish, ularni taqqoslash orqali vino tayyorlash biotexnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib o’tdi va qarshi emasliklarini bildirdi.
Mazkur masala yuzasidan



T.r.

Magistrlarning F.I.Sh

Mutaxassislik nomi

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi

Ilmiy rahbari

1.

Xashimova Iqbolxon Ilhomjonqizi

Biotexnologiya

“ Farag’ona viloyatida tarqalgan uzum navlari va ulardan vino tayyorlash biotexnologiyasi

dosent V.Mahmudov



QAROR QILINDI:
1.Kafedra mudiri M.Imomovaningaxboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Magistrlik dissertatsiya mavzusinio’zgartirishjadvalga muvofiq tasdiqlansin.
3.Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi va himoyasini amalga oshirilishi bo`yicha ilmiy rahbar dotsent V. Maxmudovga vazifalar yuklatilsin.
4.Ushbu qaror ijrosi nazorati kafedra mudiri M.Imomovazimmasiga yuklatilsin.


Kafedra mudiri M.Imomova
Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə