Fargʼona davlat universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash



Yüklə 13,37 Kb.
tarix14.02.2022
ölçüsü13,37 Kb.
#83753
lotincha.ilmiy rahbar xulosasi


Fargʼona davlat universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash

va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazi

“Fizika” yoʼnalishi tinglovchisi S.R.Tulakovaning “Materiallarning

maxsus va noyob fizik xossalari hamda ularning namoyon boʼlish

prinsiplari” mavzusini oʼqitishda ilgʼor pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi bitiruv ishiga ilmiy rahbar

XULOSАSI

Keyingi yillarda fan va texnika, axborot almashinuvi, kompyuter texnologiyalari kabi sohalar oʼta tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Bunday jarayon jamiyatning barcha, xususan taʼlim sohasiga ham oʼz taʼsirini oʼtkazib, eski anaʼnaviy taʼlim vositalarini tubdan islohot qilish va taʼlimning yangi innovatsion texnologiyalarini oʼquv jarayonlariga tadbiq etish lozimligini hayotning oʼzi talab etmoqda. Xususan, fizika fani boʼyicha sohadagi yangiliklar, kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, mashina va mexanizmlar haqida maʼlumotlar shunchalik darajada koʼpki, ularni oʼquv mashgʼulotlari davomida talabalarga yetkazishning iloji yoʼq. Oʼqitishning yangi innovatsion texnologiyalaridan, taʼlim tizimida masofadan turib oʼqitish, internet hizmatidan, elektron va multimediali oʼquv qoʼllanmalar kabi oʼqitish vositalaridan foydalanishni rivojlantirish bunday muammolarni qisman boʼlsada hal etishning yagona yoʼli hisoblanadi. Taʼlimning innovatsion usullari va texnologiyalarini qoʼllash asosida mavjud taʼlim vositalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Tanlangan mavzuda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, “Materiallarning maxsus va noyob fizik xossalari hamda ularning namoyon boʼlish prinsiplari” mavzusini oʼqitishda animatsiyalar hamda yangi pedagogik texnologiyalar (svot taxlil, keys-stadi, FSMU, assesment) asosida yoritilgan.

Bitiruv ishining tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, toʼrt paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar roʼyhatidan iboratdir. Bitiruv ishining hajmi 68 betni tashkil qiladi.Bitiruv ishini yoritishda koʼpgina adabiyotlar bilan tanishgan va internet maьlumotlaridan foydalanilgan.

I BOB. Taʼlim bosqichlarida oʼqitishda pedagogik texnologiyalarini qoʼllashning nazariy uslubiy asoslarini 2 ta paragrif orqali yoritib berilgan. 1.Taʼlim jarayonida pedagogik texnologiyalaridanfoydalanishning ahamiyati va uning oʼziga xos jihatlari. 2. Pedagogik texnologiyalarini taʼlim jarayoniga qoʼllashdagi muammolar va ularni rivojlantirish istiqbollari.

II BOB. 2 ta paragrifdan tashkil topgan boʼlib, 1.“Materiallarning maxsus va noyob fizik xossalari hamda ularning namoyon boʼlish prinsiplari” mavzusini oʼqitishda ilgʼor pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusi boʼyicha maʼruza matni. 2. “Materiallarning maxsus va noyob fizik xossalari hamda ularning namoyon boʼlish prinsiplari” mavzusini oʼqitishda pedagogik texnologiyada qoʼllaniladigan usul va vositalar bilan toʼla yoritilgan. S.R.Tulakova bitiruv malakaviy ishi aniq mazmun va mohiyatga ega boʼlib, ilmiy, amaliy va rasmiylashtirilishi jihatdan unga qoʼyilgan talablarga toʼlaqonli javob beradi. Bitiruv ishini yoritishda muallif yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan xolda bayon qilgan. Bitiruv ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomi talablariga javob beradi va uni himoyaga tavsiya qilaman.



FarDU “Fizika” kafedrasi mudiri, f-m.f.d Professor K.E.Onarqulov
Yüklə 13,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə