Farg`ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti iqtisodiyot 61-22-guruh talabasi



Yüklə 87,66 Kb.
səhifə1/3
tarix09.06.2023
ölçüsü87,66 Kb.
#116353
  1   2   3
61-22 Ahmadaliyev Akmaljon

Farg`ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti iqtisodiyot 61-22-guruh talabalari

AHMADALIYEV AKMALJON & Abduqodirov abdumansur


BIZNES HUQUQI FANIDAN TAQDIMOT LOYIHA

MAVZU---BIZNES FAOLIYATINING MULKIY ASOSLARI


REJA
1.MULK HUQUQI BIZNES FAOLIYATINING ASOSI
3.BIZNES SUBYEKTLARINING MOL-MULKI OBYEKTLARI
2.XUSUSIY MULK ASOSIDA BIZNES FAOLIYATINI YURITISH

Mulk huquqi

  • Mulk huquqi – shaxsning o`ziga qarashli mol-mulkka o`z xohishi bilan va o`z manfaatlarini ko`zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasaarruf etish, shuningdek, o`zining mulk huquqini, kim tomonidan bo`lmasin, har qanday bosishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
  • Mulk huquqi egalari har birining, ularga tegishli bo`lgan umumiy mol-mulkdagi ulushlari (hissalari) aniq belgilab qo`yilgan bo`lsa, bunday mulk ulushli mol-mulk deyiladi. Ulushli mol-mulkda qonunga asosan yoki ishtirokchilarning kelishuvi bilan ularning ulushlari aniq belgilab qo`yilgan bo`lsa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
  • Umumiy qoidaga asosan birgalikdagi mulkka uning egalari birgalashib egalik qiladilar va foydalanadilar. Lekin ular oʻzaro kelishib, boshqacha tartib oʻrnatgan boʻlishlari ham mumkin. Bunday mulkni tasarruf qilishda uning egalarining roziligi talab qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab qoʻyiladi, shunga muvofiq, tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab, aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.

  • Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab qoʻyiladi, shunga muvofiq, tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab, aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
  • Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining taʼsiri ostida birgalikdagi mulk huquqi ishtirokchilarining har biriga ularning barchasining roziligi bilan ushbu mol-mulk yuzasidan bitimlar tuzish huquqi beriladi. Masalan, er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganda, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
  • Tadbirkorlik ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida tadbirkorlik yuritish haqidagi O`zbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar ajnabiy fuqarolarga xam taalluqlidir.
  • Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega boʻlgan ajnabiy davlat fuqarolari oʻzaro manfaatdorlik asosida qoʻshma korxonalar yoki faqat oʻzlariga tegishli boʻlgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlari, manfaatlari qonun bilan qoʻriqlanadi va daxlsizligi toʻla kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika hududida tadbirkorlik natijasida orttirgan mol-mulkni oʻz xohishlari bilan meros qilib qoldirishlari, xayr-ehson qilishlari yoki oʻzlariga tegishli daromadlarni Oʻzbekistondan erkin olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi.

Yüklə 87,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə