«fashion- menejment va marketing»



Yüklə 454,53 Kb.
səhifə1/8
tarix06.05.2018
ölçüsü454,53 Kb.
#42759
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOATI INSTITUTI

«FASHION- MENEJMENT VA MARKETING»

fanidan

Ма’ruzalar to’plami


5320900- «Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi

va konstruktsiyasini ishlash »bakalavriyat

ta'lim yo’nalishi talabalari uchun
Тoshkent - 2012

ANNOTATSIYA

Ushbu ma'ruzalar to’plami «FASHION- MЕNЕJMЕNT VA MARKЕTING» fani bo’yicha ma'ruza mashg’ulotlari mavzularini mukammal o’zlashtirishga qaratilgan.

Ma'ruzalar to’plamida ma'ruza mashg’ulotlarining mavzusi, ushbu mashg’ulotlar davomida talaba egallashi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar bo’yicha aniq o’quv maqsadlari bеlgilangan, mashg’ulot shakli, nazorat savollari,tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati kеltirilgan.

Ushbu ma'ruzalar matni 5320900 - «Yengil sanoati tеxnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash» ta'lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.


Kirish

Fashion- mеnеjmеnt va markеting fani 20 asrning ikkinchi yarmida vujudga kеldi. Bu davrda dunyo moda olamida juda ko’p uslublar va yangi moda tеndеntsiyalari paydo bo’lgan. Moda olami dunyo iqtisodiyotining yеtakchi sohalaridan biriga aylandi..Dunyo bozorida moda mahsulotlari kiyim, poyabzal, akssеsuarlar, zargarlik buyumlari, soatlar,parfyumеriya mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yangi matolar va yangi tеxnologiyalar paydo bo’ldi. Ommaviy ishlab chiqarish, to’qimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoatining rivojlanishi modaning dеmokratiyalashishiga olib kеldi. Dunyoda dizaynеr modеlеrlar safi kеngaydi va yangi moda markazlari paydo bo’ldi.

Moda ijtimoiy–iqtisodiy qodisaga aylandi va jamiyatdagi o’zgarishlarni ko’rsatibgina qolmay, balki ularga sababchi ham bo’ldi. Markеting va mеnеjmеnt moda sanoatining istе'molchilarga ta'sir etish quroliga aylandi..

Fanning o’qilishidan maqsad – talabalarni moda sanoatining sеgmеntlari bilan tanishtirish, moda sanoatining rivojlanishida markеting va mеnеjmеnt vazifalarini o’rganish, zamonaviy brеndlar yaratish va rivojlanish bosqichlarini o’rganish, moda sanoati ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun mo’ljallangan savdo joylarida mеrchandayzing tadbirlarini uyushtirishni o’rganish va savdo do’konlarini dizayn loyihasini tuzish uchun asosiy kompozitsion vositalar yordamida ijodiy tafakkurni tug’dirish va nazariy bilimlarni shakllantirish.

Fanning vazifasi –moda sanoatini moda paydo bo’lgan davrdan boshlab hozirgi davrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini o’rganish, zamonaviy moda sanoatining rivojlanishida markеting va mеnеjmеntni tutgan o’rnini o’rganish va olgan bilimlarni zamonaviy moda sanoatimizni rivojlantirishda qo’llash

Ushbu dastur 5320900-“Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash” ta'lim yonalishi bo’yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan.

Ushbu fanga ajratilgan soatlar 104 soatdan iborat bo’lib,ulardan 32soati ma'ruzalar uchun, 32 soat sеminar mashg’ulotlari uchun va 40 soat mustaqil ta'lim olish uchun ajratilgan.Ushbu ma'ruzalar to’plami 32 soat ma'ruzalarni ya'ni 16ta ma'ruzalar matnini o’z ichiga oladi.




1-Ma'ruza

Mavzu: Kirish.21 asrda marketing va menejment tushunchasi.

Reja:

1.Marketing fanining vujudga kelish tarixi.

2.Marketing fanining hozirgi zamon ta'riflari.

3.Marketing turlari.

4.Menejment tushunchasi.
1.Marketing fanining vujudga kelish tarixi

Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bơlgan emas.

Bu–ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menejerlarning kơp yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. Masalan, qadim-qadim zamonlarda etikdơz ustaxonasining peshtoğiga bir juft ta'mirlangan etikni osib qơyib, marketing atamasi va marketing konseptsiyasi keyinchalik paydo bơlganligiga qaramasdan, bozorga tovar siljitishning ayrim usullaridan foydalangan.

Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq ơzining «Jamiyat boyligi» nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining talabini qondirishdan boshqa qayğusi yơqdir - deb yozgan edi.

«Marketing» atamasi Amerika Ķơshma Shtatlarida XIX asrning boshlarida vujudga keldi va 50-yillardan boshlab boshqaruvning etakchi omili sifatida qơllanila boshlandi.

Marketing konseptsiyasining shakllanishida tovarlar assortimentining xilma-xilligini va yangilanib turishini ta'minlovchi ilmiy-texnik taraqqiyot muhim rol ơynaydi.

Marketing evolyutsiyasi boshqaruv konseptsiyasining evolyutsion rivojlanishiga mos keladi va bular quyidagilarni ơz ichiga oladi: ishlab chiqarish konseptsiyasi, tovar konseptsiyasi, sotish konseptsiyasi, marketing konseptsiyasi va sotsial- etnik konseptsiyasi.
2.Marketing fanining hozirgizamon ta'riflari

Marketing - bu qat'iy fanning va bozorda samarali faoliyat kơrsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning kơpgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” ma'nosini anglatadi.

Marketing - murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim .

Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: “Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”.

Boshqaruv muammolari bơyicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Piter Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yơq qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday ơrganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida ơzini -ơzi sotadi”.

Frantsuz marketing maktabida qơllaniladigan ta'rif ham Piter Drukker ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga kơra: «Marketing -bu sotishni ta’minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida ơtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir».

Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir».

Keltirilgan ta’riflardan kơrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bơlamiz. Demak, marketing bir vaqtning ơzida «ham mushohada va ham harakat jarayoni» ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga kơtarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bơlgan jarayonlarda yaqqol kơrinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat kơrsatishining birdan-bir yơli marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tuğdirmaydi.

Respublikamizda ham sơngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni ơrganish bơyicha marketing tadqiqodlarini ơtkazish mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa bizning davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq xơjalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan dalolatdir.

Bu yerda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish talab etiladi:

1. Iste'molchilar ehtiyoji bơyicha qarorlar qabul qilganda talabning holati dinamikasi va bozor konyukturasini diqqat bilan ơrganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan talab darajasi bơyicha bozor holatini, raqobatchilarning bozordagi faoliyatini, mijozlarning bozordagi hulq-atvori va ularning mazkur korxona tovariga munosabatlarini yaxshi bilishni kơzda tutadi. Bu erda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nimani hohlashlarini tushunib etishdan iboratdir.

2. Ishlab chiqarishning talab strukturasi va bozor talabiga maksimal darajada mosligini ta'minlashga sharoit yaratish.

Marketingning hozirgizamon konseptsiyasi korxonaning butun faoliyati (ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, sotish va hokazo) iste'molchilar talabi va uning kelgusidagi ơzgarishi bilan boğliq bilimlarni ơz ichiga oladi. Marketing iste'molchilar talabi mavjud bơlgan tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari demakdir. Marketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy, moliyaviy siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda talabning holati va ơsish darajasini tahlil qilish asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor yoki yơqligi haqida xulosa qilinadi.

3. Asosiy iste'molchilarga mazkur korxonaning tovarlari haqida ma'lumot berish va ularning aynan shu korxona tovarlarini sotib olishlariga asosan reklama va ruhsat etilgan boshqa vositalar orqali ta'sir kơrsatish.

Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga ơzi yơl topadi deb ơylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, kơpgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi.

Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham ơz ơrnini topmoqda. “Tadbirkor - iste'molchi” bozori munosabatlarida marketingning ơrnini 1-chizmada keltiramiz.




Bozor tơğrisida Talabni bashorat

qilish va ơrganish ma'lumotlar


Маrketing




Iste’molchi

Тadbirkor

Ishlab chiqarish va Ehtiyojni

savdo-sotiq dasturini qondirish (talabni)

tayyorlash
1-chizma. “Tadbirkor-iste'molchi” bozori munosabatlarida

marketingning ơrni.

Bu chizma ma'lumotlarida kơrsatilganidek, marketing bozor tơğrisida ma'lumotlar berish, ishlab chiqarish dasturini tayyorlash va talabni bashorat qilish orqali tadbirkorga iste'molchilar talabini qondirishda muhim vosita bơlib xizmat qiladi.
3. Marketing turlari

Xozirgi kunda marketing iste'molchilar talabini qondirish bilan boğliq bơlgan hamma faoliyat turlarida qơllaniladi. Ana shularning ayrimlari bilan tanishamiz.

Agar marketing ayrim olingan korxona darajasida qơllanilsa mikromarketing deb ataladi. Ayrim olingan davlat yoki halqaro miqyosda qơllanilgan hollarda makromarketing deyiladi.

Shaxs marketingi deganda aniq shaxsga nisbatan jamoatchilik fikrini qơllab quvvatlash va ơzgartish bilan boğliq faoliyat yuritish tushuniladi. Kơpgina shaxslar, xususan siyosiy faoliyat bilan shuğullanuvchilar, artistlar, vrachlar, sportsmenlar, biznesmenlar ơzining donğini taratish va biznesini rivojlantirish maqsadida personal marketingdan foydalanadilar.

Ğoyalar marketingi asosan chekish va spirtli ichimliklar iste'mol qilish darajasini kamaytirish, narkotik moddalar iste'molini tơxtatish, atrof-muhitni himoya qilish bilan boğliq sotsial ğoyalarga qaratiladi.

Joy marketingi deganda xaridorlarning ayrim olingan hudud, joylarga nisbatan mijozlar munosabatini ơzgartirish, tashkil etish va saqlab qolish bilan boğliq faoliyat tushuniladi. Masalan, qadimiy shaharlarimiz hisoblanmish Samarqand, Xiva, Buxoro shaharlariga xorijiy mamlakatlardan turistlarning tashrifini yanada kơpaytirish maqsadida turistik tashkilotlar marketing faoliyatini yuritadilar.

Bozorni qamrab olish hajmi bơyicha ommaviy marketing, differentsiyalashtirilgan va maqsadli marketinglar tơğrisida fikr yuritish mumkin.

Ommaviy marketing - hamma xaridorlar uchun mơljallangan, kơp miqdorda ishlab chiqariladigan bir tur tovarlarning marketingidir. Masalan, bir vaqtlar “Koka-kola” kompaniyasi hamma bozorlarda sotiladigan bir turdagi mahsulotni ishlab chiqargan. Bunday yondashuv mahsulotlarni eng past narxda sotishga imkon beradi.

Differentsiyalashtirilgan marketing deganda hamma xaridorlar uchun mơljallanib, lekin har xil xususiyatga ega bơlgan, bir necha xil mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va marketingi bilan tavsiflanadigan marketing turi tushuniladi. Masalan, hozirgi kunda “Koka-kola” kompaniyasi har xil qadoqlangan bir necha tur spirtsiz gazlashtirilgan ichimliklar ishlab chiqarmoqda.

Maqsadli marketing - marketingning shunday turiki, bunda mahsulotlar ma'lum bir bozor segmenti uchun ishlab chiqariladi va ularning marketingi ana shu bozor segmentiga mơljallab tashkil etiladi.

Shuningdek, marketingning turi talabning holatiga qarab ham har xil bơladi.

Ơzgartiruvchi (konversion) marketing - iste'molchilarning talabi salbiy bơlgan hollarda qơllaniladi. Uning maqsadi iste'molchilarning salbiy munosabatini ijobiy tomonga ơzgartirishdan iboratdir. Masalan, tamaki firmalari tarkibida nisbatan kantserogen moddalari kam bơlgan sigaretalar ishlab chiqarishni yơlga qơyish va reklama tadbirlarini kuchaytirish yơli bilan iste'molchilarni jalb qilishga harakat qiladilar.

Rağbatlantiruvchi marketingdan tovar va xizmatlarga talab bơlmay qolgan hollarda qơllaniladi. Rağbatlantiruvchi marketingning asosiy instrumenti - narxlarni keskin pasaytirish, reklamani kuchaytirish va tovarni siljitishning samarali uslublaridan foydalanishdir.

Rivojlantiruvchi marketing tovarlarga yashirin talablar mavjud bơlgan holatlarda qơllaniladi. Masalan, zararsiz sigaretalar va yoqilğini tejaydigan avtomobillarga bơlgan talabni yashirin talabga kiritish mumkin. Bu erda rivojlantiruvchi marketingning asosiy instrumenti bơlib ơzgargan talabga mos yangi tovar ishlab chiqarish, reklamadan foydalanish, aniq iste'molchilar guruhiga mơljallangan tovarlar ishlab chiqarish va hokazolar hisoblanadi.

Remarketing - tovarning haddan tashqari kơpayishi natijasida unga bơlgan talab pasaygan vaqtlarda qơllaniladi.

Demarketing – talab juda yuqori bơlgan sharoitda qơllaniladigan marketing turidir. Uning vazifasi talabni vaqtinchalik cheklashga qaratiladi. Demarketingning asosiy instrumenti narxni oshirish va reklama tadbirlarini tơxtatib qơyishdan iboratdir.

Qơllab-quvvatlovchi marketing - talab va taklif bir-biriga mos kelgan sharoitda, mavjud talabni uzoqroq muddatga saqlab qolishda foydalaniladigan marketing turidir.

Aks ta'sir etuvchi marketing - inson hayoti uchun zararli bơlgan mahsulotlarni iste'mol qilmaslikka undash kerak bơlgan paytlarda qơllaniladigan marketing turidir. Masalan, insonlarni narkotik moddalarni va spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan voz kechishga chaqirish maqsadida narxning keskin oshirilishi, ularning zarari haqida doimiy axborotlar berib turishda mazkur marketing turidan foydalaniladi.

4.Menejment tushunchasi.

Hozirgi kunda «Menejment» iborasi hayotimizga bozor iqtisodiyotining boshqa ibora va qoidalari bilan kirib kelib, bizning xayotimizni tashkil etishda o’z vazifasini bajarib kelmoqda.

Tabiiy savol tugilishi mumkin: nima sababdan o’rganib qolgan so’z “boshqaruv”ni - “menejment”ga almashtirishimiz kerak? Yoki bu hol modaga berilishimiz holatimi? Xalqaro biznes tili ingliz tili bulganligi sababli ma'lum holatda ularda ishtirok etuvchi iboralarning mohiyatiga yetib borishni taqozo etadi. Masalan, ingliz tilida “boshqaruv” ma'nosini anglatadigan xar hil fe'llar bor: “to control”, “to governe”, “to managhe”. Uzbek tilidan bo’lak har bir fe'l o’zining qo’llanilish sohasiga ega. Mavjud resurslardan oqilona foydalanish, moddiy ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish jarayonida insonlar bilan texnika, xom-ashyo va boshqa omillarni birlashtirish, xodimlarni boshqarish jarayonlariga “to managhe” fe'li to’gri kelganlik sababli “management” iborasi bizning boshqaruv faoliyatini aks ettirishda foydalanishni mantiqan tơğri bơlar edi.

Sodda qilib aytganda menejment - bu mehnatdan foydalangan holda, insonlar ishtiyoqini hisobga olib, oldinga qơyilgan maqsadlarga erishish tushuniladi.



Menejment - ơzbek tilida boshqaruv funktsiyasi bơlib, xar hil tashkilotlarda xodimlar faoliyatini boshqaruv turi hisoblanadi.

Menejment - bu insoniyatning bilim doirasi hisoblanib, yuqorida kơrsatilgan funksiyalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Menejer” iborasi xam menejmentdan olingan bơlib, boshqaruv faoliyatini olib boruvchi ma'lum guruh odamlariga aytiladi. Hozirgi murakkab, ơzgaruvchan davrda korxonalarni muvaffakiyatli boshqarish ularning asosiy belgilari va xususiyatlarini aniq bilishni taqozo etadi. Tashkilotlarni boshqarish va ularning muvaffakiyatini ta'minlash muammolarini “menejment” va «marketing» fanlari va unga yaqin bo’lgan fanlar ơrganadi. Boshqarish va bozorshunoslik - bilimlarning alohida doirasi, aniqroği bilimlarning tơplami hisoblanib, chuqur va asosli ơrganishni talab etadi.

Atrofingizdagi birorta kimsani birorta tashkilotga mansub emasligini bir tassavur qilsangiz, qanday mushkul vaziyatga tushib qolishingizni anglaysiz. Chunki har bir inson bir yoki bir necha tashkilot a'zosi hisoblanadi. Bu tashkilotlar ishlab chiqarish, ơquv yoki tadqiqot, davlat yoki xususiy, katta yoki kichik, doimiy yoki vaqtincha bơlishi mumkin. Kơpchilik ơz hayot faoliyatlarida u yoki boshqa tashkilotlar a'zosi, yoki ular bilan aloqador bơladilar. Shu sababdan har bir tashkilotni birlamchi bor insonlar, ma'lum mutahassislikga ega bơlgan kadrlar tashkil etadi. Ikkinchidan, ushbu tashkilotlar oldiga ular hal qilishi kerak bơladigan vazifalar kơyilgan bơladi. Shundan keyingina uchinchi element – boshqaruv – ya'ni tashkilotning salohiyatini qơyilgan vazifalarga erishish uchun shart-sharoit yaratib beradi.

Boshqa sơz bilan ifodalangan tashkilot deb tizimlashgan, insonlarning ongli ravishdagi aniq maqsadga erishishi uchun birlashmasiga aytiladi.

Xar bir tashkilotni ochiq tizim tariqasida tassavur etish mumkin, ya'ni tashqi muhitdan resurslar olib, ushbu muhitga yakuniy natijada tayyor mahsulot chiqaradi.

Shu sababdan har bir tashkilotning hayotiy faoliyati uchta asosiy jarayondan iborat:

-tashqi muhitdan xom-ashyo yoki resurs olish;

-mahsulotni ishlab chiqarish;

-mahsulotni tashqi muhitga ơtkazish.

Mana shu uchala jarayonni oqilona olib borishda menejmentning roli katta. Tashqi muhitdagi mavjud resurslardan (xom-ashyo, kapital, mehnat, axborot, moliya va boshqalar) oqilona foydalanib kơyilgan maqsadlarga erishishni ta'minlash menejment fanining va uning asosiy jarayonining asosiy vazifasi hisoblanadi.


Menejment - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va foydani ksaltirish maksadida boshqaruvning prinsiplari, uslub va vositalar tơplamiga aytiladi.



Boshqaruv

jarayoni

Boshqaruv sub’ekti


2- chizma. Boshqaruv jarayoni
Menejer - boshqaruv san'atiga ega bơlgan malakali, doimiy ish joyiga ega bơlgan mutahassisga aytiladi.

Biznessmen - kapital egasi, daromad olish uchun faoliyat kơrsatish va “pul qilish”, mablağ ishlab chiqish yoki boshqa sohaga sarflaydigan kimsa.

Tadbirkor - ơzining mablaği yordamida tavakkallik asosida foyda olish uchun iqtisodiy faoliyat kơrsatadi.

Har bir menejer yetarli mablağ tơplagan holda biznessmen yoki tadbirkor bơlishi mumkin, ammo har bir biznessmen yoki tadbirkor menejer bơla olmasligi mumkin.

Rejalashtirish - “Nima qilish kerak va nimaga erishish zarur”

Tashkil etish - “Resurslardan qanday foydalanish kerak”

Boshqaruv - “Rejalashtirishni amalga oshirish”

Nazorat - “Xodimlarni va ishni tekshirish”

Boshqaruv jarayoni mohiyati Anri Fayol iborasida aks ettirlgan:

Boshqarish - bor resurslardan maksimal imkoniyat hosil qilib, korxonani maqsad sari yetaklash”.


Nazorat savollari:

1.Marketing tushunchasi qachon va qaerda paydo bơlgan?

2.Marketing ta'riflarini keltiring.

3.Marketingni asosiy tamoyillarini aytib bering.

4.Marketingni qanday turlarini bilasiz?

5.Menejment tushunchasini ta'riflab bering.



Foydalanadigan adabiyotlar:
1.Ф.Котлер,К.Л.Келлер.МаркетингМенеджмент12-е издание.Питер.2009.

2.Маркетинг в индустрии моды, изд Гревцов Паблишер,2009


2-Ma'ruza

Mavzu : Marketing tadqiqotlari va marketingda nazorat.

Reja:

1.Marketing tadqiqotlari хtkazishning maqsadi va yхnalishlari.

2.Marketing tadqiqotlari хtkazish usullari va bosqichlari.

3.Marketingda nazorat.
1.Marketing tadqiqotlari хtkazishning maqsadi va yхnalishlari

Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli jihatlari bхyicha ma'lumotlarni sistemali yeğish, tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi.

Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlari orqali bozor, iste'molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa elementlari bilan boğlovchi funktsiyasi hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan bugungi kunda har bir korxona uchun marketing tadqiqotlari хtkazishning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, marketing tadqiqotlariga asoslanib, korxonalar mahsulotlariga bхlgan talabni va bu mahsulotning raqobatbardoshligi qanday ekanligi haqida ma'lumotlar oladilar. Umuman olganda, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati haqidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam berib, korxonaning samarali faoliyatini ta'minlaydi.

Marketing tadqiqotlarining yхnalishi kengayib bormoqda. Lekin, quyidagi yхnalishlaridagi tadqiqotlar korxona uchun eng muhim hisoblanadi:

1.Bozor siğimi va uning potentsiali.

2.Aholi daromadlari.

3.Iste'molchilarning hulq- atvori.

4.Bozor ulushlarining firmalar хrtasida taqsimlanishi.

5.Reklama va uning samaradorligi.

6.Narx siyosati va narx egiluvchanligi.

7.Axborot oqimlari.

8.Tovar harakati kanallari.

9.Yangi mahsulotlarga iste'molchilarning munosabati.

10.Xalqaro biznes va eksport.

11.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendentsiyalari.

12. Sotishni rağbatlantirish.

13. Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi.

14. Firma xodimlarining faoliyati.

15. Marketing infrastrukturasi.

Yoqorida keltirilganlardan kхrinib turibdiki, marketing tadqiqotlari korxona faoliyati bilan boğliq hamma yхnalishlarda olib boriladi va pirovardida korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga imkon beradi. Korxonalar marketing tadqiqotlarini olib borishlari va marketing tadqiqotlari хtkazishi uchun ixtisoslashgan kompaniyalarga buyurtmalar berishlari ham mumkin. Odatda, yirik va yetarli moliyaviy resurslarga ega bхlgan korxonalar marketing tadqiqotlarini mustaqil хtkazadilar. Bunday korxonalarga Respublikamizda faoliyat kхsatayotgan “UzDEWW”, “UzBAT”, “CoCa-Sola” kabi qхshma korxonalarni kхrsatish mumkin.


Yüklə 454,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə