Firma tashkil etilishini va faoliyatini huquqiy boshqarish



Yüklə 25,12 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü25,12 Kb.
#11650

Firma tashkil etilishini va faoliyatini huquqiy boshqarish
REJA:

1. Firmani ta’sis etish va ro’yxatga olish tartiblari.

2. Firma kapitalining tashkil etilishi va mansubligi.

3. Boshqaruv organlarini tuzish.

4. Firmani tugatish tartibi.
Tayanch tushunchalari: Firma, shartnoma, nizom, ta’sis xujjatlari, aksiyador jamiyat, ma’suliyati chegaralangan jamiyat.
Firmani ta’sis etish va ro’yxatdan o’tkazish tartibi.

Firmani tashkil etilishini kompaniyalar haqidagi milliy qonun orqali ta’sischilar amalga oshiradi. Ta’sischilar zimmasiga ta’sis xujjatlarini tayyorlash, kapitalni tashkil qilish, boshqaruv organlarini tayinlash, firmani ruyxatdan o’tkazish bo’yicha mulkiy va jinoiy javobgarlik yuklatiladi.

Ta’sischilar sifatida firmani tashkil etadigan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadi. Aksiyadorlar - bu aksiyalarga ega bo’lgan hamma yuridik va jismoniy shaxslar. Ta’sis xujjatlar paketi asosan shartnoma va nizomdan iborat. Shartnomada korxonaning tuzilishi va ish jarayonidagi ta’sischilarning faoliyat masalalari aks ettirilgan. Nizomda esa firmaning faoliyati va ichki tashkillanish prinsiplari aks ettirilgan. Ta’sis shartnoma faqat ta’sischilarni hamda jamiyatning huquqi va majburiyatlarini ifodalaydi. Nizom esa hamma aksiyadorlarning huquqini ifodalaydi.

Nizom muhim xujjat hisoblanib, unda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan:



- firmaning nomi;

- faoliyat maqsadi;

- firmaning manzili;

- qatnashchilarning tarkibi;

- nizomdagi kapital qiymat;

- ishtirokchilar xissasining qiymati (qo’shilgan ulushi tarkibi);

- aksiya turlari, ularning nominal narxi va soni;

- nizom kapitalining shakllanish tartibi;

- aksiyadorlar soni;

- boshqaruv idorasining tarkibi, tuzilishi va vakolatlilik darajasi;

- qarorlar qabul qilish tartibi va faoliyatning muhim masalalari;

- firma haqidagi ma’lumotlarni chop etish usullari;

- firmani yopish va tarqatish tartibi.

Nizom ta’sischilar tomonidan ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar (sud yoki notarius) tomonidan, firma ro’yxatga olinganda, tasdiqlanadi.

Firmaning nizomiga ishtirokchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaror orqali o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Tadbirkorning firmaga huquqi shu firma ro’yxatdan o’tib tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Har bir firmani ro’yxatdan o’tilishi, unga firmaning nomi va tovar belgisiga ega bo’lish xuquqini beradi. Firmaning nomi tijorat xatlarning blankalarida, schyotlarda, muxrda, peshtoqlarda, tovar belgisida va reklamalarda aks ettiriladi.

Firmani ro’yxatdan o’tishi uchun quyidagi ma’lumotlar reyestrda yozilishi kerak:

a) firmaning to’liq nomi va manzili;

b) firma faoliyatining turlari va yo’nalishlari;

v) firmaning asosiy kapitali;

g) firmaning tashkiliy tarkibi;

d) firmaning majburiyati bo’yicha shaxsan javobgarlarning

familiyasi;

ye) firma ishini olib borish, biron amallarni bajarishda qo’l

qo’yishga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning ro’yxati.
Firma kapitalining tashkil etilishi va mansubliligi.

Bu shakl mulkchilikning iqtisodiy shakli asosida aniqlanadi: xususiy yoki jamoaviy. Mulkchilikning xususiy turi shaxsiy korxona (yakka tartibdagi) asosida amalga oshiriladi, jamoaviy shakli esa tadbirkorlar birlashmasini tuzish orqali: aksiyador jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyat, korporasiyalar. Kapitallarni birlashtirish mulkchilikning payli va aksiyadorlik shakli asosida yaratiladi. Payli shakldagi mulkchilik o’rtoqlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda mavjud. Aksiyadorlik turdagi mulkchilik esa bu aksiyador jamiyatlarida va korporasiyalarida mavjud.


Mas’uliyati cheklangan jamiyatda kapitalni tashkil qilish.

Bu jamiyatning nizomli kapitali jamiyat ishtirokchilarining badallari asosida tashkil topadi. Bu kapital ishtirokchilarning ulushi, ya’ni paylarga bo’linib, ular guvohnoma ko’rinishida egasiga beriladi va qimmatbaho qog’oz hisoblanmaydi. Bu paylar parchalanmaydi va bir ishtirokchidan ikkinchisiga sotilmaydi. Pay jamiyat ishtirokchisiga bemalol jamiyatning umumiy majlisiga qatnashishga, divident olishga va agarda jamiyat tugatilsa, uning mulkining bir qismini olishga huquqi bor. Ishtirokchining badali pul ko’rinishida yoki moddiy boylik ko’rinishida bo’lishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi – paychi jamiyatning majburiyati bo’yicha faqat o’zining payining qiymati miqyosida javobgar.


Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitalning tashkil etilishi.

Aksiyador jamiyatning kapitali aksiyalarini chiqarish orqali hosil bo’ladi. Aksiyalar bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Aksiyalar egasiga divident olishga hamda umumiy majlisda hal qiluvchi ovozga ega bo’lish imkonini beradi. Divident olish uchun firmaning foydasi bo’lishi kerak va direktorlar kengashining yoki umumiy majlisning qarori bo’lishi kerak. Dividentning o’lchovi firma olgan foydaning o’lchoviga bog’liq.

Aksiyalar qimmatbaho qog’oz hisoblanib bir necha ko’rinishda bo’ladi, ya’ni nomiga berilgan, taqdim etadiganniki (aksii na pred’yavitelya), oddiy, imtiyozli va nominal bahosiz aksiyalar:

Nomiga berilgan aksiyalarda aksiya egasining familiyasi, ismi yoziladi va firma reyestoriga kiritiladi. Bunday aksiyalar ko’pincha AQSh va Shveysariyada keng tarqalgan va odatda firma aksiyadorlarning tarkibi bilan qiziqqan xolda ishlatiladi. Masalan, Shveysariyada firmalar va xukumat aksiyalarning aksariyat qismi chet elliklarning qo’liga tushishiga qarshi.

Taqdim etiladigan aksiyalarning egalari hyech qayerda ro’yxatga olinmaydi. Bunday aksiyalar bemalol bir kishidan ikkinchisiga sotilishi mumkin. Firma bu aksiyalarning egalarini umuman bilmaydi. Bunday aksiyalar xorijiy investorlarga sotilishi mumkin.

Oddiy aksiyalar ovoz berish huquqiga ega, lekin divident olishga kafolat bermaydi. Bu aksiyalarning eng oddiy shakli.

Imtiyozli aksiyalarning dividend bo’yicha imtiyozli to’lovlari aksiyador aksiyani sotib olishdan oldin shartnomada belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarda ovoz berish huquqi yo’q. Bunday aksiyalarni chiqarish masalasi albatta nizomda ko’rsatiladi.

Nominal bahosiz aksiyalar egasi firma tugatilganda uning moliyaviy mablag’larining bir qismini qaytarib olishi mumkin, lekin aksiyalarning nominal narxini emas.

Firmalar, aksiyalar chiqarishdan tashkari, faoliyatini moliyalashtirish maqsadida obligasiyalar chiqarishadi. Obligasiya egasi ma’lum bir prosent olishga haqlidir, lekin jamiyatni boshqarish masalalarida ovoz berish huquqiga ega emas. Agar firma tugatilsa, jamiyat kreditorlari sifatida obligasiya egasiga badallar birinchi navbatda qaytariladi.

AQShda aksiyador kapital 3 turga bo’linadi: nominal, chiqarilgan, to’langan.

Nominal kapital – firma pay chiqarishi mumkin bo’lgan kapitalning umumiy hajmi.

Chiqarilgan kapital – paychilar orasida taqsimlanayotgan paylarni chiqarish uchun ajratilgan nominal kapitalning bir qismi.

To’langan kapital – bu chiqarilgan kapitalning paychilar to’lagan qismi.
Boshqaruv organlarining shakllanishi.

Firma boshqaruv organlarining huquqi va xarakteri har bir mamlakatning qonuniga bog’liq. Ko’p hollarda boshqaruv tarkibi 3 va 2 qismlik bo’ladi. 3 qismlik boshqaruvga idora (boshqarma), direktorlar kengashi (kuzatuvchi kengash), aksiyadorlarning umumiy majlisi kiradi (AQSh, Germaniya, Shveysariya). 2 qismlik boshqaruvga boshqarma va aksiyadorlarning umumiy majlisi kiradi.


Firma tugatilishining tartibi.

Firmaning tugatilishi sud orqali quyidagi hollarda amalga oshiriladi:



- agarda firma o’zini bankrot deb tan olsa;

- firma konunni buzgan bo’lsa;

- firma qonunga hilof ravishda ma’n etilgan faoliyat bilan

shug’ullansa;

- agar firma ekologik normani buzgan bo’lsa.

Sud firma tugatilishining tartibini belgilaydi. Qolgan hollarda firmaning tugatilish qoidalari nizomda ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yüklə 25,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə