Fizika, Astronomiya fani O‘rta ta’limda Fizika, Astronomiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari



Yüklə 199,14 Kb.
tarix05.02.2018
ölçüsü199,14 Kb.
#25651

Fizika, Astronomiya fani

O‘rta ta’limda Fizika, Astronomiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Fizika, astronomiya o‘quv fanlariga chuqurlashtirilmagan

o‘rta ta’lim bitiruvchilari



B1

Fizika, astronomiya fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi

Fizika, astronomiya o‘quv fanlariga chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Fizika, astronomiya fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi


O‘rta ta’limda Fizika, Astronomiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda Fizika, Astronomiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatish;

o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘rta ta’limda Fizika, Astronomiya fanini o‘qitishning vazifalari:

o‘quvchilarda atrof-olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularini hosil qilish;

tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.

Fizika, Astronomiya fani bo‘yicha o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

B1

Fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ni, matematik ifodalarini mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi;



mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, tebranishlar va to‘lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi asoslariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, bog‘lanish formulalarni biladi va ularni amaliyotda qo‘llay oladi.

Astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzata oladi, olgan bilimlarini tushuntira oladi;

olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila oladi;

osmon jismlarini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi.

B1+

Fizik va astronomik kattaliklarning Xalqaro birliklar tizimi (SI)ni, matematik ifodalarini mantiqiy bog‘liq holda tushunadi va tushuntira oladi. Olingan nazariy va amaliy bilimlardan fan, texnika va kundalik turmushda foydalana oladi. Fizik qonun, qoida va qonuniyatlarning matematik ifodasini bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkaza oladi va tushuntirib bera oladi.



Fizika bo‘limlariga oid kengaytirilgan asosiy tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari va qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llay oladi.

Astronomik obyektlarning ko‘rinma harakatlarini kuzatadi, tahlil qiladi va olgan bilimlarini tushuntira oladi;

olam tuzilishining geliotsentrik tizimi bo‘yicha Quyosh tizimining tuzilishini bayon qila oladi;

osmon jismlari, ularning ko‘rinma harakatini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Tegishli qonunlarga doir masalalarni yecha oladi.

2. Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:

B1


Mustaqil ravishda tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni solishtiradi, natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi, tegishli xulosalar chiqara oladi;

fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi.

Oyni kuzatish orqali uning sirt obyektlari (tog‘lar, dengizlar va kraterlar) haqida bilimlarga ega bo‘ladi;

planetalarning koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt obyektlari haqida xulosalar bera oladi.

Nazariy bilimlar asosida osmon jismlarigacha bo‘lgan masofa, ularning o‘lchami va massasini hisoblashga doir masalalar yecha oladi.

B1+


Mustaqil ravishda tajriba qurilmalarini yig‘adi, tajriba o‘tkaza oladi va olingan natijalarni solishtira oladi, tahlil qila oladi;

natijalarni jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlay oladi va tegishli xulosalar chiqara oladi;

fizik kattaliklarni aniqlash usullarini biladi.

Fizik kattaliklarning bevosita o‘lchangan va bilvosita hisoblab topilgan qiymatlarini solishtira oladi, o‘lchash va hisoblash xatoliklarini aniqlay oladi;

fizik kattaliklarni o‘lchovchi asboblarning ishlash prinsipini biladi;

tadqiqotchilik xususiyatlarini namoyon qila oladi.

Osmon jismlarini kuzatish orqali ularning sirt obyektlari haqida bilimlarga ega bo‘ladi;

Osmon jismlarining koinot apparatlari yordamida olingan suratlari orqali ularning sirt obyektlari haqida xulosalar bera oladi.

3. Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

B1


Fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi;

fanga oid oddiy darajadagi masalalarni yecha oladi;

o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr, lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele, fotorezistorlar, kompyuter, videoproektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning o‘lchash xatoligini baholay oladi, fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.

Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini biladi va ulardan foydalana oladi;

katta va kichik ayiq yulduzlariga tayanib, olam qutbini topa oladi;

olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi;

joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi.

B1+


Fizika fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalariga tatbiq eta oladi;

fanga oid o‘rtacha darajadagi masalalarni yecha oladi;

o‘lchov asboblari, jihozlari va o‘quv vositalaridan (elektron tarozi, aneroid-barometr, lyuksmetr, Geyger hisoblagichi, tribometr, kalorimetr, Uitson ko‘prigi, tovush generatori, Tomson g‘altagi, spektroskop, difraksion panjara, lazer qurilmasi, yorug‘lik manbalari, fotodiod, fotorele, fotorezistorlar, kompyuter, videoproektor va shu kabilardan) foydalana oladi, asboblarning o‘lchash chegarasi va xatoligini baholay oladi, fizik jihozlarning ishlash prinsipini tushuntirib bera oladi, fizika asboblari bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.

Astronomik kuzatish asboblari (teleskop, durbin) tuzilishini, ishlash prinsipini biladi va ulardan foydalana oladi;

Osmon jismlari joylashuviga ko‘ra olam qutbini topa oladi;

olam qutbiga ko‘ra ufqning tomonlarini aniqlay oladi;

joyning geografik kengligini bilgan holda osmon jismlarining balandligini aniqlay oladi.

FIZIKA VA ASTRONOMIYA FANLARIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-sinf)
UQTIRISH XATI
Maktabda fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. O‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali fizik bilimlarni amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatish;

o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning vazifalari:

o‘quvchilarda atrof-olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularni hosil qilish;

tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.

O‘quv dasturni tuzishda o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugatgan o‘quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi, mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari zarurligi hisobga olindi.

Fizika fanini o‘qitish 6-sinfdan boshlansa-da, uning dastlabki tushunchalari boshlang‘ich ta’limning atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik va yuqori sinflarda tabiiy geografiya fanlarini o‘rganishda shakllanadi. Jumladan, Quyosh, Yer, Oy va uning ahamiyati, ob-havo, yil fasllari, atrofimizdagi narsalar: uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, gazdan foydalanish, uyda foydalaniladigan elektr jihozlari, kompyuter va uning imkoniyatlari, uyda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jism va moddalar, suvning holatlari, termometrdan foydalanish, ob-havoni kundalik kuzatish, kun va tunning, yil fasllarining davriy almashinishini va boshqa tushunchalar shakllantiriladi.

Fizika fanini o‘rganish 6-sinfda boshlanib, dastlabki A1 darajada mexanika, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalar hamda modda tuzilishi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. A2 darajada fizika fanini izchil kurs sifatida 7-sinfda fizikaning “Mexanika”, 8-sinfda “Elektr”, 9-sinfda “Molekulyar fizika asoslari”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi asoslari” va “Koinot haqida tasavvurlar” bo‘limlari o‘rganiladi. B1 darajada “Mexanika”, “Molekulyar fizika va termodinamika asoslari”, “Tebranishlar va to‘lqinlar”, “Elektrodinamika”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi” bo‘limlari o‘rganiladi.

O‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.

Fizika, astronomiya fani bo‘yicha o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;

boshqalarga tushuntirib bera olish va yoza olish, fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda o‘zaro kelishuv asosida ishlay olish.

B1+

mustaqil ravishda fizik qonuniyatlar asosida masalalar yechish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni grafik ko‘rinishga (va aksincha) aylantira olish.



B1+

turli manbalardan olgan kerakli ma’lumotlarni saralash va tahlil qilish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishi, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.



B1+

mustaqil o‘qib o‘rganish natijasida asboblardan mustaqil foydalanish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, o‘zaro munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.

B1+

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilgan holda mahalladagi muammolarga o‘z fikrini bildira olish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini bilish va o‘rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida muhimligini anglay olish.



B1+

dunyoqarash va tafakkuri asosida sohadagi olimlarning qonunlaridan amaliyotda foydalanish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, fizikani o‘rganishda turli formulalar, grafiklardan foydalana olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fizika fanidagi va texnika yangiliklaridan foydalana olish.



B1+

fan-texnika yangiliklaridan amaliyotda mustaqil ravishda foydalana olish.

Shuningdek, fizika fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.

2. Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi.

3. Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.



I. TKtayanch kompetenstiya

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya

  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FKfanga oid kompetensiyalar

1. FK1 – fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.

2. FK2 – Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi.

3.FK3 – fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.


11- SIinf

ASTRONOMIYa

(34 soat, haftasiga 1 soat, (B1+: 68 soat, haftasiga 2 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

darslikda keltirilgan astronomik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;

osmon jismlarini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi.

B1+

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi, saralashi, tahlil qilish hamda axborot xavfsizligi qoidalarini bilish, rioya qila olish va ulardan samarali foydalanish.



B1+

astronomik qonuniyatlarni boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda astronomiya fanining mohiyatini ifodalay olish;

o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib borish.

B1+

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi;

atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunish;

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish va unga rioya qilish.

B1+

boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



B1+

Astronomiya sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini o‘rganish va mustaqil tahlil qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish;



fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

B1+


Astronomiyadagi qonuniyatlardan to‘g‘ri foydalanish.
Kirish

(1 soat, B1+: 1 soat)
1-mavzu: Astronomiyaning umumta’lim fanlar orasida tutgan o‘rni, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Umar Hayyom, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ulug‘bek va boshqa Sharq olimlarining astronomiya rivojiga qo‘shgan hissalari. (1 soat, B1+: 1 soat)
I BOB. AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI

(5 soat, B1+: 8 soat)
2-mavzu: Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko‘rinma aylanishi. Yulduz turkumlari. Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko‘rinma aylanishi. Ekliptika. (1 soat, Ekliptikaning asosiy nuqtalari B1+: 2 soat)

3-mavzu: Osmon koordinatalari. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari. Yulduz xaritalari. Yulduz kattaliklari haqida tushuncha. (1 soat, Yulduz koordinatalarining biridan ikkinchisiga o‘tish formulasi B1+: 2 soat)

4-mavzu:. Olam Qutbining gorizontdan balandligi va kuzatish joyining geografik kenglamasi orasidagi bog‘lanish. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va kulminatsiya balandliklari. Turli kenglamalarda yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma aylanishlari. (1 soat, Turli geografik kenglamalarda, yil davomida Quyoshning sutkalik ko‘rinma aylanishlarining o‘zgarishi B1+: 2 soat)

5-mavzu:. Vaqt va uni o‘lchash tizimi. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Quyosh kalendari. (1 soat, Mahalliy, dunyo va poyas vaqtlari B1+: 1 soat)

6-mavzu: Oyning harakati, fazalari va davrlari. Musulmonlarning Oy va U. Xayyom asos solgan Quyosh hijriy taqvim. Quyosh va Oy tutilish shartlari (1 soat, B1+: 1 soat)
II BOB. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI VA OSMON JISMLARINING HARAKATI

(5 soat, B1+: 7 soat )
7-mavzu: Planetalarning sirtmoqsimon ko‘rinma harakatlarini tushuntirish. Kopernikning Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limoti. Planetalarning konfiguratsiyalari va davrlari. Planetalrning ko‘rinish shartlari. (1 soat, B1+: 1 soat)

8-mavzu: Sutkalik va sutkalik-gorizontal parallaks. Quyosh sistemasi jismlargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash metodlari. Planetalarning chiziqli o‘lchamlarini aniqlash usullari. (1 soat, B1+: 1 soat)

9-mavzu: Astronomiyada uzunlik o‘lchovi birliklari. Yerning radiusini aniqlash usullari. Xorazmiy va Beruniylarning bu sohadagi ishlari. (1soat, B1+: 1 soat)

10-mavzu: Planetalarning harakat qonunlari. Nyutonning butun olam tortishish qonuni va Kepler qonunlari. Osmon jismlarining massalarini hisoblash. (1 soat, B1+: 2 soat)

11-mavzu: Ikki jism masalasi. Energiya integrali. Yer atrofida harakatlanayotgan jismning trayektoriyalari. Kosmik tezliklar. (1 soat, B1+: 2 soat)

KOSMONAVTIKA ELEMENTLARI (B1+: 17 SOAT)
Kosmonavtika va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. (B1+: 1 soat)

Uchish paytida kosmik apparatga (KA) ta’sir etuvchi kuchlar. (B1+: 1 soat)

Vaznsizlik. (B1+: 1 soat)

Tortishishning markaziy maydoni va jismning harakati. (B1+: 2 soat)

Ta’sir sferasi va KA trayektoriyalarini taxminiy hisoblash. (B1+: 1 soat)

Yer sun’iy yo‘ldoshlarining orbita elementlari. (B1+: 1 soat)

Yer atmosferasida SY orbitasining evolutsiyasi. (B1+: 1 soat)

Sun’iy yo‘ldosh harakatiga Oy va Quyoshning ta’siri. (B1+: 2 soat)

Oyga uchish trayektoriyalari. (B1+: 1 soat)

Planetalarning uchish trayektoriyalari. (B1+: 1 soat)

Planetalarga uchishda Yer va moljallangan planetaning tortishish kuchini hisobga olish. (B1+: 1 soat)

Masalalar yechish. (B1+: 2 soat)



Nazorat ishi. ( B1+: 2 soat)
III BOB. ASTROFIZIK TADQIQOT METODLARI

(3 soat, B1+: 4 soat)
12-mavzu: Osmonni elektromagnit nurlanishlarda o‘rganish keng to‘lqinli astronomiyaning asosidir. Optik va radioteleskoplar, ularning xarakteristik kattaliklari. (1 soat, B1+: 1 soat)

13-mavzu: Nurlanish qonunlari haqida tushuncha. Osmon jismlarining fizik tabiatlari va harakat tezliklarini o‘rganishda spektral qonuniyatlar.(1 soat, B1+:1 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Astronomik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

B1

osmon sferasining modeli, yulduzlarning surilma xaritasi, yulduzlar va Quyoshning turli kenglamalarda sutkalik ko‘rinma aylanishi aks ettirilganini chizma-plakatlarda, Oyning harakati, fazalari va davrlari (modelda yoxud chizmada), kalendarlar haqida tushunadi va tushuntira oladi.



B1+

Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kenglamasini aniqlay oladi.



Astronomik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

B1

Yulduzlarning surilma xaritasidan, teleskopdan amaliyotda foydalana oladi.



B1+

Osmondagi yulduzlarning joylashishini, oydagi katta krater va tog‘larni Oy xaritasidan foydalanib, teleskopda kuzata oladi.



IV BOB. QUYOSH SISTEMASI JISMLARINING FIZIK TABIATI

(6 soat, B1+: 9 soat)
14-mavzu: Quyosh atmosferasining tarkibi. Fotosfera, undagi donadorlik strukturasi va dog‘lari. (1 soat, B1+: 2 soat)

15-mavzu. Xromosferada kuzatiladigan quvvatli protuberaneslar va xromosfera chaqnashlari. Quyosh toji haqida tushuncha. Quyoshning energiya manbai. Quyosh aktivligi haqida tushuncha. (1 soat, B1+: 2 soat)

16-mavzu: Yer rusumidagi planetalar. Gigant planetalarning fizik xususiyatlari. Oy va planetalarni kosmik apparatlar yordamida o‘rganish. (1 soat, Planetalarning yo‘ldoshlari va halqalari. B1+: 2 soat)

17-mavzu: Mitti planetalar va kometalar, ularning fizik tabiati. (1 soat, B1+: 1 soat)

18-mavzu: Quyosh sistemasining mayda jismlari– asteroidlar, kometalar, meteorlar va meteoritlar. Yerga davriy ravishda yaqinlashib turuvchi asteroidlar. Ularning yerga tushish xavfi va uni oldini olish yo‘llari. (1 soat, B1+: 1 soat)

19-mavzu. Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi hozirgi zamon qarashlari. (1 soat, B1+: 1 soat)
V BOB. YULDUZLAR

(6 soat, B1+: 9 soat)
20-mavzu: Yulduzlar. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Nurlanish qonunlari asosida yulduzlarning temperaturalarini hisoblash. (1 soat, B1+: 1 soat)

21-mavzu: Yulduzning yorqinligi va absolyut yulduz kattaligi. Yulduzlarning spektrlari, temperaturalari va yorqinliklari orasida bog‘lanish: spektr – yorqinlik diagrammasi. (1 soat, B1+: 2 soat)

22-mavzu: Qo‘shaloq yulduzlar va ularning turlari .Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash haqida tushuncha. Yulduzlarning yorqinligi, radiusi va massalari orasidagi bog‘lanish. (1 soat, B1+: 1 soat)

23-mavzu: Fizik o‘zgaruvchi yangi va o‘ta yangi yulduzlar. Yulduzlarning ichki tuzilishi va energiya manbalari haqida tushuncha. (1 soat, B1+: 2 soat)

24-mavzu: Gigant va mitti yulduzlar. Yulduzlarning evolyutsiyasi va ularning oxirgi stadiyalari. Neytron yulduzlar (pulsarlar). (1 soat, B1+: 2 soat)

25-mavzu: Kvazarlar va “qora o‘ralar” haqida tushuncha. (1 soat, B1+: 1 soat)
VI BOB. KOINOTNING TUZILISHI VA EVOLYUSTIYASI

(8 soat, B1+: 13 soat)
26-mavzu: Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va aylanishi. Unda Quyosh sistemasining o‘rni. Yulduzlarning paydo bo‘lishi. Galaktikada ularning taqsimlanishi. (1 soat, B1+: 2 soat)

27-mavzu: Tashqi galaktikalar, ularning rusumlari (spiral, elliptik va noto‘g‘ri) va to‘dalari. Radiogalaktikalar haqida tushuncha. (1 soat, B1+: 2 soat)

28-mavzu: Diffuz materiya. Yulduzlararo bo‘shliq. Diffuz va chang tumanliklar. (1 soat, B1+: 2 soat)

29-mavzu: Koinotning ulkan masshtabli strukturasi. Kengayuvchi koinot. Habbl qonuni. (1 soat, B1+: 2 soat)

30-mavzu: Olam tuzilishi haqidagi zamonaviy ilmiy tasavvurlar (noma’lum “uchar tarelkalar”, kosmik “kelgindilar”, ekstrasenslarning osmon obyektlariga sovdagarchiligi asosida tug‘ilgan afsonalariga chek qo‘yish) yuzasidan umumlashtirilgan dars va uning dunyoqarash va ekologik aspektlari. (1 soat, B1+: 2 soat)

31-mavzu: Koinot: hayot va dunyoqarash (yakuniy dars). (1 soat, B1+: 1 soat)

Takrorlash. (1 soat, B1+: 1 soat)

Nazorat ishi. (1 soat, B1+: 2 soat)
Qurollanmagan ko‘z bilan kuzatishlar:

1. Osmonning sutkalik ko‘rinma aylanishini kuzatish.

2. Kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduzlarini surilma xarita yordamida topish.

3. Joyning geografik kenglamasini qutb yulduzining balandligiga ko‘ra taxminan aniqlash.

4. Yulduzlar ravshanliklarining farqiga ko‘ra, ularning ko‘rinma yulduz kattaliklarini taxminiy belgilash, ularning ranglarini farqlash.

5. Oy fazalarini kuzatish va Quyoshga nisbatan vaziyatlarini taxminiy belgilash.



Teleskop yordamida kuzatishlar:

1. Quyosh sirti obyektlarini (dog‘lar, mash’allar) va Quyoshning aylanishini kuzatish.

2. Oyning relefini o‘rganish.

3. Venera fazalari. Mars, Yupiter va uning yo‘ldoshlari. Saturn va uning xalqasi.

4. Qo‘shaloq yulduzlar, yulduz to‘dalari, Somon yo‘li, tumanliklar va tashqi Galaktikalar.
ASTRONOMIK KUZATISHLAR

(AMALIY MASHG‘ULOTLAR) 1
1. Birinchi (kechgi) kuzatish. Olam qutbini, yani Qutb yulduzini topish va uni gorizontdan balandligini aniqlash. Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko‘rinma aylanishi bilan tanishish. Yorug‘ yulduzlarga ega yulduz turkumlarini (Katta Ayiq, Kichik Ayiq, Kassiopeya, Ajdaho, Orion va boshq.) topish.

2. Ikkinchi (kechgi) kuzatish. Qutb yulduziga ko‘ra osmon ekvatorining o‘rnini taxminiy belgilash va unga ko‘ra yulduzlar, kuzatish paytida osmonda ko‘rinadigan planetalar va Oyning ko‘rinma harakatlarini aniqlash. Kuzatish o‘tkaziladigan faslning vaqtiga ko‘ra, ekliptika aylanasining o‘rnini taxminiy belgilash.

3. Uchinchi (kunduzgi) kuzatish (teleskop obyektivi oldiga qo‘yilgan diafragma va okulyar ortiga qo‘yilgan qora filtr orqali). Fotosferada ko‘rish mumkin bo‘lgan faol obyektlarni (mash’allar va Quyosh dog‘lari) kuzatish. Oq ekranga tushirilgan Quyosh tasvirida mash’allar va dog‘larni chizilgan konturlari orqali ularning chiziqli o‘lchamlarini taxminiy belgilash. (Shuningdek, internetdan olingan bu obyektlar aks qilgan Quyoshning fotografik rasmlaridan foydalangan holda bajarish)

4. To‘rtinchi (kechgi) kuzatish. Planetalarning harakatlarini (oldingi kechgi kuzatish materiallari bilan solishtirgan holda) o‘rganish. Diffuz (Orion) va chang (Otboshi, Kumirqopi) tumanliklar, tashqi galaktikalarni– Andromeda, M-51 va boshq.) kuzatish. Ayni paytda kuzatiladigan planetalarni, ularning yirik yo‘ldoshlarini (asosan Yupiter va Saturnning) kuzatish va fizik tabiatlari haqida kosmik apparatlar yordamida qo‘lga kiritilgan yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
1(Birinchi va ikkinchi kuzatishlarni oktabr, yanvar yoki fevral oylarida tashkil etish; uchinchi va to‘rtinchi kuzatishlarni esa mart-may oylarida tashkil etish maqsadga muvofiq)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Astronomik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

Quyosh va planetalar, Quyosh toji (fotosfera), kosmik apparatlar tomonidan olingan planetalarning relefi, turli spektral sinflarga kiruvchi yulduzlarning spektrlari (fotografiyalarda), turli tipdagi o‘zgaruvchi yulduzlarning ravshanlik, galaktikamizning tuzilishi va unda Quyosh sistemasining o‘rni, yulduz to‘dalari, gaz-chang tumanliklarning fotografiyalarini tushunadi va tushuntiradi.



Astronomik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

Yulduzlarning surilma xaritalari va ular bilan ishlash, astronomik kalendarlar va lug‘atlardan kundalik turmushda foydalana oladi.


O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:

B1

darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi;

osmon jismlarini o‘rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi.

B1+

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi.



Axborotkar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa oladi, tahlil qila oladi hamda axborot xavfsizligi qoidalarini biladi, rioya qila oladi va ulardan samarali foydalana oladi.



B1+

astronomik qonuniyatlarni boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay oladi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda astronomiya fanining mohiyatini ifodalay oladi;

o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib boradi.

B1+

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi va mustaqil qaror qabul qila oladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi;

atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunadi;

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini biladi va unga rioya qiladi.

B1+

boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qiladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



B1+

Astronomiya sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini o‘rganadi va mustaqil tahlil qiladi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza oladi, formulalardan foydalanib, masalalar yecha oladi;



fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.

B1+


Astronomiyadagi qonuniyatlardan to‘g‘ri foydalana oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun – 1 soat (B1+: 47 soat)

Nazorat ishlari uchun 2 soat (B1+: 4 soat)

Takrorlash uchun 1 soat (B1+: 2 soat)

Jami: 34 soat (B1+: 68 soat)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431 Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi “O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 28-iyundagi “Umumta’lim fanlarning o‘qitilishidagi uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan fizika fani yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiyasi” 4- sonli hay’at qarori.

11. Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 6-9-sinf Fizika fani o‘quv dasturi.

12. G‘aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Alimardonova G.A. “Fizika” I qism, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2012. 400 b.

13. G‘aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Alimardonova G.A. “Fizika” II qism, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2013. 208 b.


14. No‘monxo‘jayev A.S., Xudoyberganov A.M., Tursunmetov K.A., Fattaxov M.A., Nurmatov N.A., Normatov B. “Fizika” III qism, Akademik lisey uchun. – T.: “O‘qituvchi”, 2001. 352 b.

15. No‘monxo‘jayev, K.A. Tursunmetov va b. Fizika I. T.: “O‘qituvchi”, 2002. 400 b.

16. No‘monxo‘jayev, P. Komilova va b. Fizika II. – T.: “O‘qituvchi”, 2003. 414 b.

17. No‘monxo‘jayev, K.A. Tursunmetov va b. Fizika III. – T.: “O‘qituvchi”, 2001. 352 b.

18. K.A. Tursunmetov, A. Xudoyberganov Fizikadan praktikum. – T.: “O‘qituvchi”, 2004. 240 b.

19. K.A. Tursunmetov va b. Fizikadan masalalar to‘plami.T.: “O‘qituvchi”, 2005 (4 nashri). 216 b.

20. T.M. Oplachko, K.A. Tursunmetov. Fizika I (rus).T.: “Cho‘lpon”, 2006-2017. 208 b.

21. T.M. Oplachko, K.A. Tursunmetov. Fizika II (rus).T.: “Ilm Ziyo”, 2006-2016. 328 b.

22. K.A. Tursunmetov va b.. Fizikani takrorlang. Ma’lumotnoma. – T.: “O‘qituvchi”, 2007-2012. 200 b.

23. K.A. Tursunmetov va b.. Fizika. Muqobil ma’lumotnoma.T.: “Turon-Iqbol”, 2013. 256 b.

24. K.A. Tursunmetov va M.Po‘latova. Fizika. Ma’lumotnoma. – T.: “O‘zbekiston”, 2016. 176 b.

24. K.A. Tursunmetov va b.. Fizika tarixi. Ma’lumotnoma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2017. 258 b.

25. G. Ya. Myakishev, B. B.Buxovsev. Fizika. O‘rta maktabning 10-sinfi uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 1995.

26. G. Ya. Myakishev, B. B.Buxovsev. Fizika. O‘rta maktabning 11-sinfi uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 1995.

27. Nurmatov J., Isroilov M.I., Nishonova M., Avliyoqulov A.K. “Fizika” Laboratoriya ishlari, Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun –T.: “O‘qituvchi”, 2003. 288 b.

28. M. Mamadazimov. “Astronomiya”. T.: “O‘qituvchi”, 2004. 180 b.

29. M. Mamadazimov. “Astronomiya” (Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik). – T.: “O‘qituvchi” (12 nashri), 2014. 264 b.

30. А.Б. Засов, Э.Б. Кононович. Астрономия. – М: Просвешение, 1993.

31. Левитан Е.П. Астрономия с основами космонавтики. – М: Просвешение, 2010



O‘rta ta’limining fizika, astronomiya fanidan o‘quv dasturi bo‘yicha ijodiy guruhi


T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Ish joyi, lavozimi

1

Tursunmetov Komiljon

Axmadjanovich



O‘zMU “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi professori, f.m.f.d.

2

Turdiyev Narziqul Sheronovich

Respublika ta’lim markazi bosh metodisti, f.m.f.n. dotsent

3

Mamadazimov Mamadmuso

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Astronomiya va atmosfera fizikasi” kafedrasi professori, p.f.d.

4

O‘sarov Jabbor Eshbekovich

TDPU doktoranti, p.f.n.

5

Suyarov Qo‘sharboy Toshboyevich

TATU qoshidagi M.Ulug‘bek akademik litseyi o‘qituvchisi

6

Sangirova Zamira Bozorboyevna

Respublika ta’lim markazi fizika fani bosh metodisti

7

Saidxo‘jayeva Vasila

Muhammadolimovna



Toshkent viloyat Piskent tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi

8

Buranova Nargiza

Rasulovna



Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 178-IDUM fizika fani o‘qituvchisi

9

Jumaniyozov Erkaboy

Raxmanovich



Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi

10

Alimuxamedova Umida Erkinovna

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi

11

Norqobilov Farxod

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 303-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi

Ekspert guruhi

1

Nurillayev Bobomurod

Najmiddinovich



Nizomiy nomidagi TDPU fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.

2

Jo‘rayev Farhod Ismoilovich

O‘zMU qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litseyning o‘qituvchisi

3

Raxmatullayeva Rano Xasanovna

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 307-IDUM fizika fani o‘qituvchisi

Yüklə 199,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə