FIZIKANI BOSQICHLI O‘QITISHNING XUSUSIYATLARI.
RЕJA:
1.
Fizika kursini qurilish sistemasining tahlili
2.
Fizika o‘qitishda radial o‘qitish.
3.
Fizika o‘qitishda konstentrik o‘qitish.
4.
Fizika o‘qitishda bosqichli tuzilish
Fizika o‘qitishni uch xil usulda olib borish mumkin:
radial, kontsentrik va bosqichli.
1. Kursning radial tuzilishi shundan iboratki, o‘quv materiali
shunday ketma-ketlikda o‘rganiladiki, unda dasturning har bir bulimi,
mavzusi kursning bir joyida o‘rganiladi. Avval dastur bilan
aniqlanadigan bir buyumning eng qiyin masalalariga ham qaytmasdan
keyingi bulim o‘rganiladi. Kursning radial tuzilishida, avval
mexanikaning hamma bulimlari, keyin molekulyar fizika va issiqlik,
elektr va xakozo utilishi mumkin.
2. Kursning kontsentrik to‘zulishida o‘rganilishi lozim bo‘lgan
hamma bulimlarning soddarok masalalari keyin shu bulimlardan
murakkabroq masalalari o‘rganiladi. Metodist fiziklar fizika kursinig
tuzulishini uchunchi bosqichli usulini deyarli yakdillik bilan afzal
kurishgan.
3. Kursning bosqichli ko‘rinishi shundan iboratki, bunda ham
material qiyinligiga karab ikki kismga bulinadi. Ammo bu xolda
kursning ayrim bulim va mavzulari ikkinchi bosqichda takrorlanmasdan
fakat birinchi bosqichga kiradi, boshqalari esa fakat ikkinchi bosqichga
kiradi. Va nihoyat, shunday bulim va mavzular borki, ularning
materiallari ikkala bosqichga taqsimlangan.
Kursninig bunday to‘zulishini printsipial afzalligi o‘rganiladigan
material qiyinligi, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga , umumiy talim
tayergarligiga mos kelishligi va tushunchalarni , mav-zularni asta-sekin
shakllantirish imkoniyati borligi hisoblanadi. Birinchi bosqichda fizika
o‘qitishda o‘quvchilarning malum miqdordagi sistematik bilimlarni
o‘zlashtirishi, to‘g‘ri dunyoqarashni hosil qilish, o‘rganilayotgan fizik
hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tushuntirish, fizikani texnikada
qullanilishi bilan tanishish, ayrim oddiy maxorat hosil hosil fizik fikrlash
masalasini kuniktirish, fan va texnikaga kizikish uygotish, ko‘zatish va
tajriba o‘tkazishlarga muhabbat uyg‘otish, odatlantirish singari vazifalar
quyiladi.
1.
O‘rta talim maktablarida birinchi bosqichda fizika kursi to‘zulish va
mazmunini kaytadan kurib chiqishni talab etadi. Birinchi bosqichda
fizikani o‘rganishda xozirgi zamon fizika o‘qitishning metodikasining
g‘oyalarini tariflab chiqamiz.
О‘qitishning natijalari maqsad va ta’lim mazmunini tо‘g‘ri aniqlashga
shuningdek, maqsadga erishish usulidan, boshqacha aytganda,
metodlarga bog‘liq bо‘ladi.
Ta’lim–tarbiya jarayoni–bu ikki tomonlama jarayon bо‘lib,
о‘qituvchidan о‘rgatuvchilik faoliyati va о‘quvchilarning ta’lim–tarbiya
faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun о‘qitish metodi ularda ta’lim
mazmunini о‘zlashtirishni ta’minlaydigan va shu bilan о‘qitish
maqsadiga erishish, о‘quvchining bilish va amaliy faoliyatini tashkil
etib, о‘qituvchining maqsadi va ta’lim mazmuniga yо‘naltirilgan
harakat tizimini о‘zida tasavvur qiladi.
О‘qitish metodi ijtimoiy kategoriya bо‘lib, u ta’lim muasassalariga
jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy buyurtmasiga bog‘liq bо‘ladi. О‘sib
kelayotgan yosh avlodni о‘qitishning maqsadi jamiyatni dunyoqarashi
va hukm surayotgan ijtimoiy maqsadlarga mos tо‘ldirib va о‘zgartirib
boriladi. Dastlabki, maktabni paydo bо‘lishini oldingi etapida
(feodalizm davrida) о‘quvchi oldiga qо‘yilgan yagona masala sxolastik
bilimni о‘zlashtirish bо‘lgan. Vaholanki, о‘qituvchi foydalanayotgan
metodlar asosan gapirib berish (hikoya)ga olib kelgan; о‘quvchilar
informatsiyani qabul qilib, uni gapirib berishlari lozim bо‘lgan.
Keyinroq (burjuaziya to‘zimini rivojlanish davrida) bilimni amaliyotga
qо‘llashni о‘qitish talabi paydo bо‘ldi. Bu sharoitlarda о‘qituvchi faqat
bilim о‘zlashtirish va gapira berishni tashkil qilishdan tashqari va ularni
amaliyotga qо‘llashni ham о‘rgatishi kerak edi. Hozirgi bosqichda
ta’limning maqsadi tubdan о‘zgardi. О‘quvchilarda bilim, kо‘nikma va
malakani shakllantirish bilan birga, ya’ni umumta’lim masalalarni
yechishda, ta’lim muassalarni oldiga о‘sib kelayotgan yosh avlodni
rivojlanishi va tarbiya bilan bog‘liq kompleks masalalar turadi.
О‘quvchilarni mustaqil erkin fikrlashlarini rivojlantirish masalasi, ularni
bilish
faoliyati
mustaqilligi,
zamonaviy
ilmiy
dunyoqarashni
shakllantirish bugungi kunda asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga mos
ravishda ta’lim–tarbiya jarayonida qо‘llanilayotgan metod va tizimlar
ham о‘zgardi. Bular orasida asosiy о‘rin har xil darajada о‘quvchilar
bilish faoliyatini tashkillashtiruvchi metodlar о‘rin oldi. Shunday qilib
ta’lim–tarbiya jarayoni uchun suhbat metodi an’anaviy sifatida asosiy
muammoli qilinib, keyin esa ananaviysizlikka qiziqish, ya’ni ijodiy
masala, laboratoriya ishlariga о‘qituvchilar mustaqil ish elementlarini,
tadqiqotchilik eksperimentlari kabi boshqalarni ishlarga qiziqish
о‘yg‘ondi.
Shunday qilib, qо‘llanilayotgan о‘qitishning metodlar tizimi
ta’limning mazmuniga bog‘liq bо‘ladi. Ta’lim mazmunini istagan
о‘zgarishi–о‘quv bilimlarni nomenklaturasi, ularni strukturalari–о‘qitish
metodlarini tanlanishiga ta’sir qiladi. Shundan generalizatsiya prinsipi
fizika о‘qitish metodikasiga jiddiy ta’sir qildi, xususan о‘qitish
metodlariga: yangi materialni bayon qilishni deduktiv usulining roli
oshdi; ularni bilish aktivligini oshiradigan о‘quvchilarni mustaqil ishlash
talabini oshishi bilan о‘qitish metodlarining hissasi ortib bordi; evristik,
tadqiqotchilik kabi о‘qitish metodlari ancha ahamiyatli bо‘lib chiqdi.
О‘qitish jarayonini ko‘zatib, о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatini
katta har xil turlarini kо‘rish mumkin. О‘qituvchi yangi materialni
tushuntiradi–bu tushuntirish yoki suhbat metodi; о‘quvchilari fizikadan
masala yechadilar–bu masala yechish metodi; laboratoriya ishini
bajaradilar–bu о‘qitishning laboratoriya metodi; о‘qituvchi о‘quv
materialini tushuntirish jarayonida demonstratsion eksperimentdan
foydalaniladi–bu demonstratsiya metodi va hokazo. Bundan tashqari, bir
о‘qituvchining о‘zi, bir materialni о‘zini har xil sinf va guruhlarda har
xil metodlardan foydalanib tushuntirish mumkin: bittasida tushuntirish
metodi, boshqasida–suhbat metodi, uchinchisida esa–tadqiqotchilik
frontal ishlar metodi va boshqalar. Shu vaqtda bir va shu о‘qitish metodi
va о‘quvchilarning tahmin qilingan bila olish faolligi va ularni
mustaqilligi darajaga bog‘liq umuman boshqacha tashkil qilinishi
mumkin. Masalan, barcha ish bosqichlari belgilangan kо‘rsatma
bо‘yicha laboratoriya ishlarini о‘tkazish mumkin. Bunda о‘quvchi
о‘qituvchi aytgan harakatni faqat bajariladi, yana mustaqil ishlanishni
tashkil etish mumkin. Bu esa tadqiqot yoki mustaqil ish metodi bо‘ladi.
Pedagogikada metod tushunchasidan tashqari metodik usul
tushunchasi ishlatiladi. Metodik usul–bu metodning bir bо‘lagi (detali),
metod munosabatning xususiy tushunchasidir.
Shuni aytish kerakki, metod va metodik usul tushunchalarini
bо‘linishi nisbiydir. Bir va о‘sha faoliyatni kо‘rinishi bir vaziyatda
о‘kitish metodi sifatida kelishi mumkin bо‘lsa, boshqa holatda usul
bо‘ladi. Agar о‘qituvchi asbobning (masalan, ampermetrning) ishlash
prinsipi tushuntiradi va bunda darsning didaktik masalasini topshirig‘ini
tashkil etadi, bu u demonstratsiya metodi bо‘lib foydalaniladi.
Demonstratsiyani
tushuntiradigan
о‘qituvchining
hikoyasi
(tushuntirishi)–faqat
metodik
usuldir.
Agarda
demonstratsiya
о‘qituvchining tushuntirishini asosi bо‘lsa, bunda uni usul sifatida
qarash mumkin, о‘qituvchining tushuntirishi esa metod bо‘ladi.
О‘quvchilarni bilim va kо‘nikma nazorat qilish metodiga shunday
masala yechish, sо‘rash (individual yoki frontal), suhbat va boshqalari
kabi usullarni kiritish mumkin.
Metodlar va metodik usullarni kо‘p qirraligini yо‘nalishini
aniqlash uchun (oriyentatsiya) ularni sistemalashtirish(tizimlashtirish)
kerak bо‘ladi.
О‘qitish metodlarini klassifikatsiyasi
Didaktika va xususiy metodikalarda klassifikatsiya asoslarini
qanday bor belgi qо‘yilishiga bog‘liq bо‘lgan о‘qitish metodining har xil
klassifikatsiyalari mavjud.
Hozirgi vaqtda didaktikada asosiy qilinganlarga о‘qituvchi tashkil
qilgan bilish faoliyatining harakteri bо‘yicha klassifikatsiyalanish
hisoblanadi. Bu I.Y. Lerner taklif qilgan о‘quv jarayonida о‘quvchilar
amal oshiradi.
Bunda о‘qish metodi beshga ajratiladi:
tushuntirish illyustrativ;
reproduktiv;
muammoli bayon qilish;
evristik;
tadqiqot.
Metodlarni taqsimlanishiga yondashuv boshqacha asoslanishi
mumkin. Metodlar ta’lim mazmunining turi (kо‘rinishi)ni о‘zlashtirish
usullariga bog‘liq holda aniqlanadi. Bilimni о‘zlashtirish uchun tashkil
qilingan kerakli reproduktivlangan harakat va boshqalar faoliyat usulini
о‘zlashtirish uchun informatsiyani ongli qabul qilishni tashkil qilish
kerak bо‘ladi.
Qayd qilingan metodlar odatda о‘qitishning umumdidaktik deb
aytiladigan metodlarini ikki guruhga bо‘lish mumkin:
1.Reproduktiv (1 nchi va 2 nchi metodlar), bunda о‘quvchi
bilimni о‘zlashtiradi va oldindan unga ma’lum bо‘lgan faoliyat
usullarini qaytaradilar (tasvirlay oladilar); 2) mahsulotli (produktivnoye)
(4nchi va 5 nchi), bunda о‘quvchi ijodiy faoliyatni о‘qituvchi yordamida
mustaqil yoki qisman subyektiv yangi bilimlar natijasiga erishadilar.
Muammoli bayon qilish (3nchi metod)–oraliq metod bо‘lib, u teng
miqdorda tayyor informatsiyani va shuningdek ijodiy faoliyat
elementlarini о‘zlashtirish kabilarni mо‘ljallaydi.
Shuni hisobga olish kerakki, metodlarni har xilligi, uni о‘qitishni
real jarayonida bu metodlar bir–biridan ajratilgan deyilgani emas,
aksincha о‘qitish metodlari bir–biri bilan birikkan holda amalga
oshiriladi. Hatto metodlarni mahsulotli va reproduktiv bо‘linishi ancha
nisbiydir. Vaholanki, istagan ayrim harakatdagi ijodiy faoliyat
reproduktor faoliyatsiz mumkin emas. О‘quvchi istagan muammoni
yechaturib, oldindan unga ma’lum bо‘lgan bilimlarni takrorlaydi. Shu
bilan birga, hodisani aks ettirishda о‘qituvchi maktab о‘quvchisiga
maqsad yoki bayon qilish logikasini о‘zgartirishni taklif qilsa, ijodiy
faoliyat elementlari mazmunida bо‘lishi mumkin. Bir necha yil
davomida didaktika va xususiy metodikalarda bilimlar manbai bо‘yicha
о‘qitish
metodlar
klassifikatsiyasidan
foydalanildi.
О‘quvchi
informatsiyani har xil manbalardan–о‘qituvchining hikoyasi, kitobdan,
bevosita ko‘zatish vaqtida yoki amaliy faoliyatidan olishi mumkin. Bu
yondoshuvning asosida barcha о‘qitish metodlarini yig‘indisini uch
guruhga bо‘lish mumkin: og‘zaki, kо‘rgazmali, amaliy.
Og‘zaki bayon qilish metodi deb, qaysiki, asosiy bilim manbai sо‘z
hisoblanadi. Hikoya, tushuntirish, ma’ro‘za–sо‘zlashuv metodi, uning
yordamida
о‘qituvchi
о‘quv
informatsiyasini
tarqatadi(beradi).
Sо‘zlashuv metodiga о‘quvchilarni kitob bilan ishlashi (darslik, о‘quv
va ilmiy–ommabop adabiyotlar, spravochniklar va boshqa) tegishli
bо‘ladi (kiradi).
Kо‘rgazmali
guruhlar
о‘qitish
metodiga
tegishli
asosan
о‘quvchilarni bilim manbai bо‘lgan ko‘zatish hisoblanadi. О‘quvchilar,
ko‘zatish bilan, ko‘zatish natijalarini fikrlaydilar, eksperimental dalilarni
tahlil (analiz) qiladilar, xulosalar qiladilar va natijada yangi bilimlarni
oladilar. Kо‘rgazmali metodlar guruhiga avvalom bor, demonstratsion
eksperiment va illyustrativ metod (rasm, chizma, jadval, mexaniq
modellar, diapozitiv, kino–, tele–, videofilmlar va boshqalar) kiradi
(tegishli bо‘ladi). Bundan tashqari, bu guruh metodiga ekskursiyani
keltirish mumkin, buning soni fizika bо‘yicha dasturda yetarlicha
kattadir.
О‘qitishning amaliy metodlari–bu masalalar yechish (fizika
о‘qitishda asosiy rol о‘ynaydigan metod) va о‘quvchilarni eksperimental
ishi (laboratoriya va frontal tajribalar, fizik praktikum, uy
eksperimentlari). Bu metodlardan foydalanish jarayonida о‘quvchilarda
masalalar yechish jarayonida bilimlarni qо‘llash bо‘yicha kо‘nikma va
о‘lchashni olib borish, asboblarni kо‘rsatishini va о‘lchov bо‘limlarini
hisobini aniqlash, elektr sxema va boshqalarni yig‘ish va о‘qish
kо‘nikmalari shakllanadi. Bunday ishlarni natijalari о‘quvchilarda bilim
va qunikmalarni asosiy manbai bо‘ladi (bо‘lib qoladi).
О‘quv–pedagogik faoliyatga (ya’ni har qanday faoliyatni ajralmas
komponentlariga nazorat va stimullashni tashkil qilishlikni kiritadi)
butunlik yondoshuvidan kelib chiqib, Y.K. Babanskiy о‘qitish metodini
uch guruhini kо‘rib chiqishni taklif qiladi:
о‘quv–bilish faoliyatni tashkil etish metodlari;
о‘quv faoliyatni stimullashtirish metodlari;
faoliyatni nazorat qilish metodlari.
Metodlarni birinchi guruhiga og‘zaki metodlar (hikoya, suhbat,
ma’ro‘za va boshqalar), kо‘rgazmalilik (demonstratsion metod,
illyustrativ va boshqalari) va amaliy (laboratoriya ishlari, masalalar
yechish va boshqalari) kiradi. Stimullashtirish metodlar guruhiga
og‘zaki, kо‘rgazma va amaliy о‘qitish metodlaridan tashqari, berilgan
metodlar guruhi uchun spetsifik: bilish о‘yinlari, diskussiya,
rag‘batlantirish va kabilari ham kiradi. О‘qitishning nazorat qilish
metodlar guruhiga og‘zaki va yozma nazorat–individual va frontal
sо‘rash, nazorat ishlari, diktantlar, didaktik materiallar bilan ishlash, uy
inshosi, referatlar va (boshqa kunlari) kabi har xil metodlar qо‘shiladi.
Agarda о‘qitish metodlar klassifikatsiyasini asosi sifatida fan
metodologiyasini olsak, unda barcha о‘qitish metodlarini empirik va
Dostları ilə paylaş: |