Fizikaviy kimyo fanidan



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə1/5
tarix23.06.2022
ölçüsü54,26 Kb.
#89974
  1   2   3   4   5
Fizikaviy kimyo fanidan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


KIMYO FAKULTETI (Kechki)
FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN

Kurs ishi

Mavzu: Konduktometrik titrlash.


Bajardi: Tojiboyeva Durdonaxon
Qabul qildi: K.F.D.prof.Akbarov.X.I


Toshkent-2020
Reja:

I Kirish.
II Nazariy qisim.
1.Konduktometrik titrlashning mazmun mohiyati.
2.Konduktometriya haqida tushuncha.
3.Konduktometiriyani o`rganish va uni hisoblash.
4.Xulosa
III Amaliy qisim:

1.konduktometrik titrlash bo`yicha qo`llanmalar va tajriba.


2.Ishning maqsadi.

IV Hisoblash natijalari:

1.Konduktometrik titrlashdagi hisoblar.


2.Tajribani bajarish va uni hisoblash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Mundarija:
KIRISH.

Elektrokimyoviy analiz usullari — moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui. Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektrogravimetrik analiz, ichki elektroliz, metallarni kontakt almashtirish — sementatsiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktometrik, potensiometrik titrlash) usullaridan foydalaniladi.
Elektrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil boʻlgan elementning massasini aniqlashga asoslangan. U, asosan, rangli, ogʻir va baʼzan qora metallarni miqdoriy aniqlashda yoki ularni bir-biridan ajratishda qoʻllanadi. Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qoʻllanadi. Metallarni kontakt almashtirish (sementatsiya) usulidan modda tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan metallarni ajratib olishda va ularning konsentratsiyalarini oshirishda foydalaniladi. Polyarografik usulda analiz qilinishi zarur boʻlgan modda eritmasi simob tomchilardan iborat katod yordamida elektroliz qilinadi. Bunda modda sifat va miqdoriy jihatdan analiz qilinadi (qarang Polyarimetriya).
Titrimetrik usullarda neytrallanish, choʻktirish, kompleks hosil boʻlish, oksidlanishqaytarilish reaksiyalarining tugashi indikatorlar ishtirokida titrlash yoʻli bilan aniqlanadi. Ampermetrik usulda titrlashning tugashi mikroelektrod maʼlum potensialga ega boʻlganida tok kuchining keskin oʻzgarishi boʻyicha (qarang Ampermetrik titrlash), konduktometrik usulda esa eritmaning elektr oʻtkazuvchanligi oʻzgarishiga qarab aniqlanadi. Potensiometrik titrlash usulida eritmadagi moddaning konsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Kimyoviy usullardan foydalanib, moddaning miqdoriy xususiyatlari o’rganiladi. Albatta bunda tortma, hajmiy, gaz analiziga tayaniladi. Moddaning miqdoriy jihatdan aniqlashda fizik – kimyoviy analiz usullari keng qo’llaniladi, optik, kolorimetrik, potentsiametrik, konduktometrik, polyarografik, elektrogravimetrik analizi usullari shular jumlasidandir. O’zining sezgirligi va aniq natijalarini berishda fizik – kimyoviy usullarning ahamiyati juda kata.



Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə