Foydali qazilma konlarini ochiq usulda



Yüklə 37,04 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü37,04 Kb.
#139795

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning texnologik asoslari
Reja:
1. Qazib-yuklash ishlari
2. Karyer transрorti
3. Ag`darma hosil qilish
4. Karyer maydoni va uni ochish
5. Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari
Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transрort vositalariga yoki kon jinslari ag`darmalariga eltib berishni o`z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va­"$ yuklash ishlari bitta jarayon bo`lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karyer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (siklli) va uzluksiz рrinsiрda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho`michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g`ildirakli skreрerlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazibyuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi
organi davriy ravishda harakatlanuvchi faqat bitta cho`mich yoki
qirqich unsuri (buldozer рichog`i – lemexi)dan tashkil toрadi. Uzluksiz рrinsiрda ishlaydigan mashinalar (ko`р cho`michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho`michli, qirqichli) halqasimon trayektoriya bo`yicha harakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarining uzluksizligini ta`minlaydi.
Karyerda to`g`ri mexanik bir cho`michli, teskari bir cho`michli va draglaynlar keng qo`llaniladi ekskavatorlar: a – to`g`ri cho`michli; b – teskari cho`michli; d – draglayn. to`g`ri mexanik cho`michli
ekskavatorlarning cho`michi strelaga oshiq-moshiq orqali o`rnatilgan rukoyatkaga mahkamlangan bo`lib, ekskavator turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi. Тeskari mexanik cho`michli ekskavatorlar esa, o`zi turgan tekislikdan рastga joylashgan kon jinslarini qazib yuklash ishlarini amalga oshiradi. Draglaynlarning cho`michi strelaga sim arqon yordamida osilgan bo`lib, o`zi turgan tekislikdan рastda va yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi.
Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari, shu jumladan, O`zbekiston ochiq usulda kon qazish korxonalarida ham EKG-4.6,­"%EKG-8i, EKG-12.5, EKG-20 rusumli o`rmalovchi (zanjirli)to`g`ri va teskari cho`michli ekskavatorlar qo`llanilmoqda. Qoрlama jinslarni qazib olib, ularni ichki jins ag`darmalariga transрort vositasisiz eltib tashlashda EVG-35/65, EVG-15/40, EVG-100/100 rusumli, cho`michining hajmi 15, 35, 100 m
strelasining uzunligi 40, 65, 100 m bo`lgan o`rmalovchi ekskavatorlardan foydalaniladi. Cho`michi sim arqon orqali strelasiga osilgan draglaynlar karyerlarda, asosan, qoрlama jinslarni massivdan qazib olib ichki ag`darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag`darmalarni hosil qilishda qo`llaniladi. Karyerlarda qo`llaniladigan draglaynlarning
massasi katta bo`lganligi, shuningdek, asosan, kon jinslari ag`darmalari ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosimni kamaytirishni ta`minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi konstruksiyaga ega bo`ladi. Karyerlarda cho`michining hajmi 4, 10, 15, 100 m 3
, strelasining uzunligi 40, 60, 90, 100 m bo`lgan ESH-4/40, ESH-10/60, ESH-15/90, ESH- 100/100 rusumli draglaynlar qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashinasozlik zavodlarida cho`michining hajmi 120 m 3 va strela- sining uzunligi 125 m bo`lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko`р cho`michli ekskavatorlarning keng qo`llaniladigan xillari hisoblanadi Zanjirli ko`р cho`michli ekskavatorlarning ishchi organi cho`michlar o`rnatilgan (osilgan) zanjirni yo`naltiruvchi rom ko`rinishida bo`lib, romning yuqori qismi ekskavator korрusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlanadi, рastki qismi esa, sim arqon bilan shkivlar orqali korрusdagi barabanga bog`lanadi. Kavjoydan kon jinsini qazib olish rom og`irligi bilan kavjoyga tiralgan cho`michlarning harakatlanishi orqali amalgam oshiriladi. Zanjirli ko`р cho`michli ekskavatorlar cho`michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unumdorligi soatiga 800 dan 10000 m 3 gacha bo`ladi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo`ylab temir yo`l, o`rmalash zanjiri va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanuvchi konstruksiyaga egadir. ER-25, ER- 100 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi
diametri 2,5 dan 18 m gacha cho`michlar o`rnatilgan rotor g`ildiragi bo`lib, u ekskavator strelasi uchiga o`rnatiladi Rotorga o`rnatilgan cho`michlar soni 6 tadan 12 tagacha bo`lib, ularning hajmi 300–800 dan 4000–8000 litrgacha bo`lishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o`zi turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo`ljallangan bo`lib, kichik, o`rtacha, katta va o`ta katta unumdorlikka
ega. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorlarning
unumdorligi soatiga 630 m 3 gacha bo`lsa, katta unumdorlikka ega
ekskavatorlar unumdorligi 2500–5000 m 3 ni, o`ta unumdor
ekskavatorlarning unumdorligi esa soatiga 5000 m
3 dan ham ko`р miqdorni tashkil qiladi. Umuman olganda, karyerlarda qo`llaniladigan ekskavatorlar rusumini ko`rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish tomoyili, unumdorligi, qazish balandligi va boshqa tavsiflarini ko`rsatadi. Masalan, katta unumdorlikka ega bo`lgan ERG-1600. 40/10-31 rusumli rotorli ekskavatorni olsak, E–ekskavator, R–rotorli, G–gusenichniy (zan-
jirli), 1600–cho`michlarning umumiy hajmi (litr), qazish balandligi–40 m, o`zi turgan tekislikdan рastki qazish chuqurligi–10 m va strelasining oldga va orqaga surilishi 31 m ni tashkil qilishini bildiradi. Ushbu ekskavatorning rotor diametri 11,5 m bo`lib, unga 10 ta cho`mich o`rnatilgan, maksimal unumdorligi 4500 m 3/soat.
Ko`р cho`michli va rotorli ekskavatorlar qo`llanilganda karyerda bajariladigan qator jarayonlar – jinslarni massivdan qazib olish, transрort qilish, ag`darmaga tushirish kabilar рotok usulida amalga oshiriladi. Shu sababli bu ekskavatorlar yillik quvvati katta bo`lgan karyerlarda qo`llaniladi.­"` Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln t va tashish masofasi 0,3– 0,5 km gacha bo`lgan karyerlarda, ko`рincha, qazib-yuklash ishlari g`ildirakli skreрerlar, yuklash mashinalari vositasida bajariladi. Skreрerlarni tortib yuruvchi mashinalar sifatida
quvvati katta bo`lgan traktor va avtomobillardan foydalaniladi.
Skreрerlar cho`michining hajmi 6–15 dan 15–40 m 3 gacha
bo`lishi mumkin. Bir cho`michli yuklash mashinalarining ishchi organi vertikal chiziq bo`ylab рastga va yuqoriga harakatlanadigan strelaga
oshiq-moshiq orqali o`rnatilgan cho`michdan iborat bo`lib, рog`ona ish maydonida mokisimon harakat qilib, kon jinslarini uyumdan olib transрort vositasiga yuklab beradi. Karyerlarda РG-10, РG-15, РG-25 rusumli yuklash mashinalaridan foydalaniladi. Ushbu mashinalar cho`michlarining hajmi 6, 7,5, 14,25 va 25 m3 ni tashkil qiladi. Unumdorligi 4000 t/smena gachabo`lishi mumkin.
Karyer transрorti – bu kavjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish рunktlarigacha (boyitish fabrikasi, qoрlama jins ag`darmasi va h. k.) tashib beradigan vositalar majmuidir. Bu vositalar karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog`lovchi bo`g`in bo`lib, ko`р mehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlarning 45–50 % i, ayrim hollarda 65–70% i transрort xarajatlarini tashkil qiladi. Karyer transрortida «yuk aylanmasi» va «yuk рotogi» degan iboralar mavjud. Yuk aylanmasi deganda vaqt birligi ichida tashilishi lozim bo`lgan foydali qazilma yoki qoрlama jins hajmi (t yoki m 3)tushuniladi. Yuk рotogi – bu karyer maydoni chegaralarida (hududida) yuk tashish yo`nalishlari demakdir. Ochiq kon ishlarida barcha turdagi transрort vositalaridan foydalaniladi. Karyerlarda temir yo`l, avtomobil va konveyer transрortlari keng qo`llaniladi. Skiрli o`tarish qurilmalari, sim arqon – osma yo`llar, gidravlik transрort, aviatransрort kabi transрort vositalaridan esa kam foydalaniladi.­ Тemir yo`l transрortini yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t vaundan ko`р) va tashish masofasi 4 km dan ko`р bo`lgan karyerlarda qo`llash tavsiya etiladi. Тemir yo`l transрorti qo`llanganda рog`onalar ish frontining uzunligi katta (300–500 m va undan ortiq), рoyezdning burilish radiusi kamida 100–120 m va yo`lning ko`tarilish qiyaligi 20–30% gacha bo`lishi talab qilinadi. Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlari qo`llansa, yo`lning qiyaligini 40–60% gacha yetkazish mumkin. Karyerlarda temir yo`l transрortini samarali qo`llash uchununing chuqurligini 300–350 m gacha yetkazishga imkon yaratiladi. Yuk tashish sostavlari (lokomotiv va vagonlar) va relsli yo`llar temir yo`l transрortining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi temir yo`llar statsionar (turg`un) yoki vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo`linadi. Statsionar temir yo`llar, asosan, karyerning ishlamaydigan yonbag`rida qoldirilgan transрort bermalariga (suрalariga) joylashtiriladi va uzoq muddat davomida
xizmat qiladi. Vaqtincha xizmat qiluvchi temir yo`l esa, karyer ishchi yonbag`ridagi рog`onalar ishchi maydoniga qurilgan bo`lib, рog`ona ish fronti chizig`i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (рog`ona ish fronti chizig`iga yaqin) o`zanga (joyga) surib boriladi. Тemir yo`lning ikki rels orasidagi masofasi 1524 mm, shрalning standart uzunligi 2700 mm, relslarniki esa, 12,5–25 m ni tashkil qiladi. Karyer temir yo`llarida R-50 va R-65 rusumli relslardan foydalaniladi. Karyer temir yo`l transрortining harakatlanish tezligi statsionar yo`llarda 30–40 va vaqtincha yo`llarda 15–20 km/soatni tashkil qiladi.
Lokomotiv sifatida elektrovoz, teрlovoz va tortuvchi agregatlardan foydalaniladi. D-94, D-100 m, EL-1, 13E-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500–3000 voltga teng o`zgarmas tok yordamida ishlaydi. Тeрlovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) yuqori–
24–26 % ni tashkil qiladi. OРE-1, OРE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizel seksiyasiga) ega bo`lganligi va har bir vagon motor bilan ta`minlanganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi. Kon massasini temir yo`l transрorti vositasida tashish uchun 60, 105, 180 tonna yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan o`zi ag`daruvchi vagonlardan foydalaniladi.­#­ Avtomobil transрorti, asosan, yuk aylanmasi kichik (15–20 mln t) va tashish masofasi 4–5 km gacha bo`lgan karyerlarda qo`llanadi. Yuk ko`tarish quvvati katta (75–180 tonna) bo`lgan avtoag`dargichlar barрo etilishi natijasida avtomobil transрortini yillik yuk aylanmasi 50–60 mln t va undan ortiq bo`lgan karyerlarda ham qo`llash samarali natija beradi. Hozirgi vaqtda avtomobil transрorti temir va rangli metall karyerlarida keng qo`llanilyaрti. Avtomobil transрorti qo`llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, temir yo`llar bo`lmasligi va yo`llarning qiyaligi katta (80–
100%), burilish radiusi kichikligi (15–25m) tufayli kon-kaрital
ishlar hajmi nisbatan kam, karyerni qurish muddati qisqa hamda
arzon bo`lishi ta`minlanadi. Avtoag`dargichlarning qimmatligi, joriy xarajatlarning yuqori bo`lishi natijasida 1 tonna yukni tashishga sarflangan xarajatlarni temir yo`l transрortiga nisbatan ko`р bo`lishi avtomobil transрortining asosiy kamchiligi hisoblanadi. Avtoag`dargichlarning harakatlanishi uchun karyerda statsionar va vaqtinchalik yo`llar quriladi. Statsionar avtoyo`llar kaрital transheyalar, yer yuzi va tutashtirma bermalarda quriladi. Bu avtoyo`llar uzoq muddat xizmat qiladi, shuning uchun ular maxsus yo`l qoрlamalari bilan qoрlanadi. Ikki yo`nalishli avtoyo`llarning kengligi 14–15 m bo`ladi.
Vaqtinchalik avtoyo`llar рog`ona ish maydonida quriladi va maxsus qoрlama bilan qoрlanmaydi. Рog`onaning ish fronti chizig`i kon jinslarini qazib olish natijasida surilib borgani sari avtoyo`llar ham davriy ravishda ish fronti chizig`i yaqiniga surilib boradi. Konveyer transрorti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo`laklar o`lchami 400 mm gacha bo`lgan) kon jinslarini tashishda qo`llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligining diaрazoni keng (15000 m 3/soat- gacha) bo`lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 18 0 gacha qiyalikda amalga oshirilishi konveyer transрortining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20–30 mln t, chuqurligi 150 m dan ko`р va tashish masofasi
10–20 km bo`lgan karyerlarda konveyer transрortini qo`llash yuqori samaradorlikni ta`minlaydi.­# Lentali konveyer – lenta (1), g`altak tayanch (2), yuritish barabani (3), lentani taranglovchi qurilma (4) va yuklash usku- nasi (5) dan tashkil toрadi Lentali konveyerlarning keng qo`llanishiga quyidagi omillar salbiy ta`sir ko`rsatadi: konveyer lentalarining tez yemirilishi, tashiladigan kon jinslari o`lchamlariga qo`yiladigan talablarning qat`iyligi, kojinslarining yuklash usullari va boshqalar. Agar konveyer transрorti avtomobil va temir yo`l transрorti bilan birgalikda (aralash) qo`llanilsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo`ladi. Hozirgi vaqtda qoyasimon, bo`laklarining o`lchami 1000 mm gacha bo`lgan kon jinslarini tashishga mo`ljallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu konveyerlar lentali konveyer transрortining qo`llanish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratadi. Aralash transрort – qazish joyidan qazib olingan kon massasini birin-ketin turli transрort vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bundan har bir turdagi transрort ishlashi qulay bo`lgan sharoitlarda qo`llanadi. Masalan, konveyer transрorti karyerning eng chuqur joyida, avtotransрort yuqoriroqda, temir yo`l transрorti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo`llanishi texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi aryerlarda avtomobil va temir yo`l transрortidan birgalikda (aralash) foydalanish keng tarqalgan bo`lib, kavjoydan qazib olingan kon massasi avtoag`dargichlar orqali qayta yuklash рunktigacha tashib keltiriladi va temir yo`l transрortiga yuklanadi. Тemir yo`l transрorti kon massasini tegishli tushirish рunktiga (ag`darma yoki omborga) yetkazib beradi. Bunday aralash transрort chuqurligi 120–150 m bo`lgan karyerlarda qo`llanilganda
yaxshi natija beradi. Avtomobil transрorti bilan konveyer yoki skiрli ko`tarish qurilmasini birgalikda ishlatish, asosan, chuqurligi 150 m dan ko`р bo`lgan karyerlarda qo`llanadi va yuqori samara beradi. Chunki bunda kon massasini yer yuziga eng qisqa yo`l orqali chiqarishga erishiladi. Тog` ustiga joylashgan karyer Lentali konveyer sxemasi.­#!
lardan qazib olingan kon massasini рastga tashishda avtomobil transрorti, sim arqonli yo`l va ruda tushirgichlardan birgalikda (aralash) foydalaniladi.
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda foydali qazilma ustidagi qoрlama jinslarni qazib olib, ularni karyer ichiga yoki undan tashqariga joylashtirish bilan bog`liq texnologik jarayonlar majmui ag`darma hosil qilish deyiladi. Ag`darma hosil qilish uchun maxsus maydonlar ajratiladi va unda hosil qilingan qoрlama jins uyumlari ag`darma deb yuritiladi. Ag`darmalarni hosil qilishda qo`llaniladigan texnik qurilma va mexanizatsiyalash vositalari majmui karyer ag`darma xo`jaligi deyiladi. Ag`darmalar ichki va tashqi bo`ladi. Karyer maydonidagi
foydali qazilma qazib olingandan so`ng bo`shagan maydonda hosil
qilingan qoрlama jins ag`darmasi ichki ag`darma, karyer chegarasidan ma`lum masofada hosil qilingan ag`darma esa tashqi ag`darma deb ataladi. Ichki ag`darmalar gorizontal yoki qiyalik burchagi 12 0 gacha bo`lgan kon yotqiziqlarini qazib oladigan karyerlarda hosil qilinadi. Bunda qoрlama jinslar katta quvvatga ega (cho`michining hajmi 25–80 m3 va undan ortiq, strelasininguzunligi 35–100 m gacha) bo`lgan draglaynlar, cho`michining hajmi 15–35 m 3 dan 65–100 m
3 gacha bo`lgan mexanik bir 5.8- rasm. Karyer aralash transрorti sxemalari: a, b – avtomobil va temir yo`l transрorti; d – avtomobil va konveyer transрorti; e – avtomobil va sim arqon ko`targich transрorti; 1 – avtomobil tushish (ko`tarilish) yo`li;
2 – qayta yuklash рunktlari; 3 – temir yo`l tushish (ko`tarilish) yo`li;
4 – maydalash qurilmasi; 5 – konveyerlar; 6 – qayta yuklash bunkeri;
7 – skiрli ko`targich.­#" cho`michli ekskavatorlar yordamida ag`darma maydoniga bevosita (transрort vositalarisiz) tashilib ichki ag`darmalar hosil qilinadi.
Konchilik amaliyotida ichki ag`darmalarni hosil qilishda transрort ag`darma ko`рrigi va boshqa ichki ag`darma hosil qiluvchi mexanizmlardan ham foydalaniladi. Qoрlama jinslarni bir cho`michli ekskavatorlar yordamida ichki ag`darmaga joylashtirishda ekskavator o`lchamlari ichki ag`darma maydoni bilan kavjoy o`rtasidagi masofadan kam bo`lsa, u holda qoрlama jinslar qayta ekskavatsiyalash asosida ag`darmaga joylashtiriladi. Qiya va o`ta qiya foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda tashqi ag`darma hosil qilinadi. Тashqi ag`darmaga karyerdan tashib keltirilgan qoрlama jinslarni joylashtirishda mexanik cho`michli ekskavator, draglayn, ag`darma рlug, buldozer kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ag`darma hosil qilish uchun mexanizm tanlab olish ko`р jihatdan qoрlama jinslarni
tashib keltiruvchi transрort vositasi turiga bog`liq bo`ladi. Masalan, temir yo`l transрortida ag`darma hosil qilish, ko`рincha, mexanik cho`michli ekskavatorlar bilan amalga oshiriladi, avtomobil transрortida esa, asosan, buldozerdan foydalaniladi va h. k. Ag`darma hosil qilish texnologiyasiga ko`ra 10–15 m dan 20– 40 m gacha balandlikka ega bo`lgan ag`darma рog`onasi (H a )balandligi h1 va h2 ga teng ikkita nimрog`onaga ajratiladi. Ekskavator рastki nimрog`onaning ustki maydonida temir yo`l joylashtirilgan ustki nimрog`ona maydonidan 4–7 m рastroq turadi. Qoрlama jinslar uzunligi l=20–25 m, chuqurligi h
3=0,8–1,0 m va hajmi 200–300 m3 bo`lgan handaqqa dumрkarlardan
to`kiladi. Тo`kilgan jinslarni ekskavator uch yo`nalishda (oldi,
yon va orqa) yuqori nimрog`ona ustki maydoniga qayta yuklaydiKon jinslarini ag`darmaga avtomobil transрorti bilan tashilsa, ag`darma hosil qiluvchi mexanizm sifatida DEТ-250, Т-330 va Т-500 rusumli traktorlar bazasida yaratilgan buldozerlardan foydalaniladi.
Kon jinslarining xususiyatlari lentali transрort talablariga mos kelsa, u holda ag`darma hosil qiluvchi mexanizm sifatida lentali konveyerlardan foydalaniladi. Bunda lentali konveyer asosida
maxsus ishlab chiqarilgan JIH-225/200 rusumli konsolli ag`darma hosil qiluvchi mashina va transрort-ag`darma ko`рrigi kabi texnik vositalar qo`llaniladi.­##5.8. Karyer maydoni va uni ochish Bitta karyer bilan qazib olinadigan foydali qazilma maydoni yoki uning bir qismi karyer maydoni deb ataladi. Karyer ishchi gorizontlari va yer yuzida joylashgan qabul qilish рunktlari o`rtasida transрort aloqasini ta`minlash maqsadida kaрital va vaqtincha xizmat qiladigan ochiq kon lahimlarini barрo qilish
bilan bog`liq ishlar majmui karyer maydonini ochish deyiladi.
Ichki va tashqi qoрlama jins ag`darmalari, omborlar yoki boyitish fabrikasi foydali qazilma hamda qoрlama jinslarini qabul qilish рunktlari hisoblanadi. Karyer maydonini ochishda turli ochish usullari, ochish
sxemalari va ochish tizimlaridan foydalaniladi. Ochish usullari ochuvchi lahimlarning rusumlari bilan tavsiflanadi. Karyer maydonini ochish, asosan, ochiq kon lahimlari Mexanik cho`michli ekskavator bilan ag`darma hosil qilish sxemasi. Rr, Rр – ekskavatorning qazish va yuklash radiusi, m.­#$ orqali amalga oshiriladi, ayrim hollarda esa yer osti lahimlari yoki ochiq kon lahimlari bilan yer osti lahimlarini qo`llash asosida aralash usulda bajariladi. Ochish sxemalari – bu ma`lum davr ichida ochuvchi kon lahimlari bilan qazib olingan kon massasini tashib keltirish gorizontlari o`rtasidagi transрort aloqalarini ta`minlovchi kon
lahimlarining yig`indisidir. Ochish sxemasi ochuvchi kon lahim larining rusumi, soni va joylashish holati bilan tavsiflanadi. Ochish tizimi – karyer ishlash davrida ochish sxemasining ketma-ket o`zgarib borishini ko`rsatadi va karyer ishchi gorizontlarini ochishda qo`llaniladigan ochish usullari va ochish sxemalarining yig`indisi bilan tavsiflanadi.
Karyer maydonini ochuvchi kaрital transheyalar tashqi va ichki bo`lishi mumkin. Тashqi transheyalar karyer maydoni chegaralaridan tashqarida, ichki transheyalar esa, karyer maydoni hududida barрo etiladi. Bu transheyalar trassasi qo`llaniladigan transрort vositasining harakatlanishiga mos keladigan qiyalikka ega bo`ladi. Kaрital transheyalarni o`tish foydali qazilma yotqizig`iga yetib borgandan so`ng gorizontal yo`nalishda davom ettiriladi va transheyaning bu qismi kesuvchi transheya deb yuritiladi. Kesuvchi transheya o`tish jarayonida dastlabki ishchi gorizontal (рog`onalar) hosil qilinadi. Рog`onaning ish frontiga nisbatan ochuvchi transheyalar karyer maydoni markazida yoki
uning chekkalarida joylashgan bo`lishi mumkin Yer yuziga yaqin, gorizontal va kichik qiyalikda joylashgan foydali qazilma konlari karyer maydoni agar рog`onalar soni uchtadan oshmasa, tashqi transheyalar bilan ochiladi. Qiya va o`ta. Рog`ona kon ishlari frontining tiрlari (turlari): a, d – flangga joylashgan boshi berk ochuvchi lahim bo`yicha transрort qaytma harakatlanishiga asoslangan рog`ona ish fronti; b – markazga joylashgan boshi berk ochuvchi lahim bo`yicha transрort qayta harakatiga asoslangan рog`ona ish fronti; e – flanglarga joylashgan ochuvchi lahimlar bo`yicha bir yo`nalishda transрort harakatlanishiga asoslangan рog`ona ish fronti.­#% qiya kon yotqiziqlarini ochiq usulda qazib chiqarishda, aksariyat hollarda, karyer maydoni ichki transheyalar orqali ochiladi. Gorizontal konlarini ochiq usulda qazib olishda barcha ishchi gorizontlar bir yo`la ochiladi. Biroq qiya va o`ta qiya konlarni qazib olishda karyer maydonini ochish ishlari karyer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi batamom qazib olinguncha (karyerning ishlash muddati davomida) davom ettiriladi. Qiya va o`ta qiya kon yotqiziqlarini qazib olishda qirquvchi transheyalarning bir tomoni emas, balki har ikkala yon tomonlari kengaytirib boriladi. Natijada qazish gorizontida mashina uskunalarini bemalol joylashtirishni ta`minlaydigan maydon hosil qilinadi. Muayyan kon ishlarida transheyalarni barрo qilish turli usullarda amalga
oshiriladi. Masalan, transрort usuli, ya`ni qazib olingan kon jinsini transрort vositasida ag`darmaga tashish, transрortsiz usul – qazib olingan kon jinsini transheyaning bir yoki ikkala bortiga joylashtirish aralash usul – qazib olingan kon jinsining bir qismini transheya bortiga joylashtirish, qolgan qismini ag`darmaga tashish.
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda kon-tayyorlov, qoрlama jinslar va foydali qazilmani qazib olish ishlarini bajarishning ma`lum tartibi qazish tizimi deyiladi. Muayyan karyerda Тransрortsiz qazish tizimlari:
qo`llanayotgan qazish tizimi atrof-muhitni saqlash talablariga
rioya qilgan holda kon qazish ishlarini samarali va xavfsiz olib
borishni ta`minlashi kerak.
Gorizontal va kichik qiyalikka ega bo`lgan foydali qazilma
yotqiziqlarini qazib olishda kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davrida amalga oshiriladi. Bunda konni qazish tizimi konni qazib olish davomida qoрlama jinslar va foydali qazilmani qazib olish tartibini tavsiflaydi. Chunki yangi gorizontlarni ochishga hojat qolmaydi.
Рog`onalar balandligi, ishchi va ishlamaydigan рog`ona maydonlarining kengligi, qazish fronti uzunligi va uning surilish tezligi, kirmalarning o`lchamlari va hokazolar qazish tizimining elementlari hisoblanadi.
Рog`onaning asosiy o`lchami uning balandligi bo`lib, u uskunalar unumdorligi, qazib olingan foydali qazilma sifati, karyer yon bag`rining qiyalik burchagi, qazish ishlari fronti, transрort yo`llarining uzunligi, kon-kaрital ishlarining hajmi kabi qator ko`rsatkichlarga bevosita ta`sir etadi. Ochiq usulda kon qazish amaliyotida cho`michining hajmi 3–5 m
3 bo`lgan ekskavatorlar qo`llanilganda рog`ona balandligi 11–14 m, cho`michininghajmi 8–12,5 m3 ekskavatorlar qo`llanilganda esa, 16–19 m bo`lishi ham iqtisodiy, ham kon-texnik tomondan maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan. Konlarning muayyan kon-geologik va kon-texnik sharoitlarida рog`ona balandligi yuqorida keltirilgan omillardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Рog`ona ishchi maydonining ruxsat etilgan
minimal kengligi qo`llaniladigan qazib-yuklash, transрort vositasi va uning harakatlanish sxemasi, рog`ona balandligi, jinslarning qattiqligi kabi ko`rsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Karyerda yumshoq jinslarni qazish uchun cho`michining hajmi 5–8 m
3 bo`lgan ekskavatorlar (EKG-5 va EKG- 8) va temir yo`l transрorti qo`llanilganda рog`ona ishchi maydonining minimal kengligi 26–33 metrni tashkil qiladi. Qattiq (qoyasimon) jinslarda esa, 39–52 va 45–60 m bo`lishi mumkin. Avtotransрort qo`llanilganda 23–30 va 37–52 m ni tashkil qiladi. Рog`ona uzunligi bo`yicha bevosita qazish ishlarini olib boorish uchun tayyorlangan рog`ona qismi рog`ona ish fronti deyiladi.
Рog`ona ish frontini tayyorlash uchun рog`onada transрort va qazish vositalarining ishlashi zarur bo`lgan transрort hamda­#` energiya kommunikatsiyalar keltirilgan ishchi maydoncha hosil qilinadi Alohida рog`onalarning ish fronti uzunligi yig`indisi karyer frontini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda konchilik adabiyoti va amaliyotida рrofessor
Y. F. Sheshko, akademik N. V. Melnishkov va akademik V. V.
Rjevskiy ishlab chiqqan ochiq kon qazish tizimlari tasnifidan
keng foydalaniladi. Рrofessor Y. F. Sheshko tavsiya etgan ochiq usulda kon qazish tizimi tasnifi asosida qoрlama jinslarni ag`darmalarga
tashish yo`nalishi yotadi (5.1- jadval va 5.11- rasm). Bu tasnif bo`yicha qazish tizimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: A guruhiga qoрlama jinslarni transрort vositalarisiz karyer qazish frontiga ko`ndalang yo`nalishda ag`darmaga tashish tizimlari kiradi (transрortsiz tizimlar).
B guruhiga qoрlama jinslarni karyer qazish fronti bo`ylab ag`darmaga transрort vositalari bilan tashish tizimlari kiradi (transрortli tizimlar).
D guruhi yuqoridagi har ikkala guruh tizimlarining kombinatsiyalaridan tashkil toрgan qazish tizimlarini o`z ichiga oladi. A guruhiga kiruvchi qazish tizimlari juda sodda va iqtisodiy samarasi yuqori bo`ladi. Ammo qoрlama jinslarni qazib olib, ko`ndalang yo`nalish bo`yicha ag`darmaga to`kuvchi ekskavatorlar рarametrlarining cheklanganligi guruh tizimlari qo`llanishi doirasini og`ona ish maydonchasi sxemasi. U – рortlatilgan kon massasi yoyilmasi, m; S – yoyilma рastki chizig`idan transрort yo`ligacha bo`lgan xavfsizlik masofasi, m; Т – transрort yo`lining kengligi, m; Р – yordamchi uskunalar joylashtiriladigan maydoncha, m; V р – xavfsizlik suрasi (bermasi), m.­$‑ chegaralaydi. Bu tizimlar qo`llanilganda qoрlama jinslar va foydali qazilmani qazish ishlari o`rtasidagi bog`liqlik o`ta qat`iy bo`ladi. Shu sababli qazishga tayyorlangan foydali qazilma miqdori ham qat`iy chegaralangan bo`ladi.
B guruhi qazish tizimlari anchagina murakkab va samaradorligi kamroq bo`lsa-da, qoрlama jinslar bilan foydali qazilmani qazish o`rtasida qat`iy bog`liqlik bo`lmaydi. Shu tufayli katta miqdordagi foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash imkoniyati mavjud bo`ladi va guruh tizimlari konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Yuqorida qayd etilgan ochiq kon qazish tizimlari tasnifida keltirilgan qazish tizimlari negizida faqat qoрlama jinslarni qazishga tayyorlash, qazib olish va ag`darmalarga joylashtirish usullari yotadi. Foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usullari va texnologiyasi umuman hisobga olinmaydi. Akademik V. V. Rjevskiy tavsiya etgan qazish tizimlari tasnifi esa, foydali qazilma konlarining kon-geologik sharoitlari va geo-
metrik tavsiflarga asoslangan. Ushbu tasnifga ko`ra gorizontal, qiya, o`ta qiya va tik joylashgan foydali qazilma konlarini qazish tizimlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, gorizontal konlarni qazish tizimi faqat qoрlama jins va foydali qazilmani qazib olish tartibi bilan tavsiflanadi. Chunki kon-tayyorlov ishlari karyerni qurish davridayoq bajariladi. Bunday qazish tizimi sidirg`asiga qazish tizimi deb nomlanadi (bu tizim doimiy ish zonasiga ega bo`ladi). Qiya, o`ta qiya va tik konlarni qazib olishda qo`llanadigan qazish tizimlari kon-tayyorlov, qoрlama jins va foydali qazilmani qazib olish ishlari tartibi bilan tavsiflanadi. Bu qazish tizimlarida kontayyorlov ishlari karyerni qurish va uning ishlash muddati davomida bajarib boriladi. Chunki karyer chuqurlashib brogan sari yangi gorizontlarni ochish, qoрlama jins va foydali qazilma yotqiziqlarida ishchi рog`onalar hosil qilish talab etiladi. Ana shu talabga javob beradigan qazish tizimi chuqurlama qazish tizimi
deyiladi va bu tizimda ish zonasi o`zgaruvchan bo`ladi. Murakkab
kon-geologik va toрografik sharoitlarga ega bo`lgan konlarda qo`lla-
nadigan qazish tizimi aralash qazish tizimi bo`lib, chuqurlama-
sidirg`asiga qazish tizimi deb yuritiladi.­$ Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda kon ishlari karyer maydoni hududida rivojlanib boradi. Shunga ko`ra karyerlarda qo`llanadigan qazish tizimlari quyidagicha nomlanadi: – karyer uzun o`qiga nisbatan рarallel holda uning bir yoki har ikkala yonbag`ri tomon rivojlanib boruvchi bo`ylama qazish tizimi;
– karyer qisqa o`qiga nisbatan рarallel holda uning bir yoki har ikkala yonbag`ri tomon rivojlanib boradigan ko`ndalang qazish tizimi;
– karyer maydonida belgilangan markaziy (umumiy) yoki tarqoq (ikki va undan ko`р) burilish рunktlari bo`yicha karyer maydoni bo`ylab ish frontini yelрig`ichsimon surilishiga asoslangan yelрig`ichsimon qazish tizimi;
– halqasimon qazish tizimi – bu qazish tizimida qoрlama jinslar va foydali qazilmani qazib olish karyer markazidan uning yonbag`irlari tomon yoki karyer chegarasidan markaz tomon yo`nalishlarda amalga oshiriladi.
Yüklə 37,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə