Mavzu:
Olamni virtual va visual
estetik idrok etishning farqlari.
1.
Dunyoni estetik
idrok etishning mohiyati
2.
Estetikaning zamonaviy yondashuvlari
3.
Estetik tarbiyada ijodning o‘rni.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va
global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda,
mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va
iqtisodiy
sohalardagi
chuqur islohatlar davrida
, fanlarning, shu jumladan,
klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan
turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas.
Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Estetik tafakkur
taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va
amaliy jihatlarini
shakllanish
, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona
tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda,
chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin
go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar
yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va
nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal
qila boshlaydi.
Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu
insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga
undaydigan mahorat, did, saviya
va fahmimizni oshiradigan
fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u
dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi
1
.
Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy,
ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jamiyatda vujudga
kelayotgan yangi talablar
, g‘oyalar va estetik
ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari,
yangi ifoda
usullari
, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir.
Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson
ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish
bilan birgalikda,
bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati
qonuniyatlarini va marketiningni
rivojlantirish,
raqobatbardoshlikni oshirish
, uning barobarida
hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar
doirasi
shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy
taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda,
tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq
barcha faoliyat turlarida
,
dizaynda, keng qo‘llanmoqda va
ular estetikaning obyektini
toboro kengaytirmoqda.
Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir
qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib
chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining
natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan
garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar
(aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana
va
marosimlari
, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning
asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi,
mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb
hisoblaymiz.
Shuningdek
, sekin-asta inson
tomonidan orttirilgan
hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani
shakllanib bordi va rivojlandi.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri.
Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi.
Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika»
atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr
Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u
boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716)
ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi
Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga –