TOKARLIK DASTGOXLAR TV-7 METALLARNI KESIB ISHLASH DASTGOXLARI
Reja:
1 Tokarlik va aylana jilvirlash dastgoxlari moslamalari.
2.Markazlar, opravkalar;
3.Lyunetlar, patronlar
TAYANCH IBORALAR: markazlar patronlar patron xomut opravkalar
Kengayadigan tsangali opravkalar Tarelka prujinali opravkalar Lyunetlar Universal lyunetlar TSangali patronlar Universal kulachokli patronlar
1 Tokarlik va aylana jilvirlash dastgoxlari moslamalari
Tokarlik va aylana jilvirlash dastgoxlarida ishlov beriladigan detallar ko’rinishi va o’lchalariga ko’ra markazlarga yoki patronlarga o’rnatiladi. Bitta markaz oldingi babka shpindelida va ikkinchisi tokarlik yoki aylana jilvirlash dastgoxlarini ketingi babkasi shpindelida joylashadi. Patron oldingi babka shpindeliga o’rnatiladi va maxkamlanadi.
Markazlarni quyidagi ko’rinishlari mavjud:
Qo’zg’almas normal va mahsus;
Aylanadigan normal va mahsus;
To’g’rilanadigan (plavayuщie) va mahsus;
Riflangan va mahsus;
Kertilgan.
Markazni konusli yuzasiga detal o’rnatiladi va uchini burchagi 60, 90, 120 bo’ladi. Markazni quyruq qismi ma’lum bir (N2,3,3,4,5,6) nomerli Morze konuslari bo’yicha tayyorlanadi. Aylanmaydigan markazlar ishqalanish natijasida qattiq yeyiladi. Yeyilishni va ishlash muddatini oshirish uchun aylanmaydiganga qaraganda aniqligi kamroq bo’lgan aylanadigan ketingi markazlar qo’llaniladi (9.1 rasm).
rasm Aylanadigan ketingi markazlar
Aylanadigan ketingi markazlar markazli teshiklari bor zogotovkalar va 9.2 rasmdagi aylanadigan ketingi markaz ichi bo’sh teshikli zogotovkalar uchun ishlatiladi.
rasm Ichi bo’sh teshikli zogotovkalar uchun aylanadigan ketingi markaz
Ko’p keskichli tokarlik dastgoxlarida pog’onali vallarga ishlov berishda prujinali xarakatlanadigan oldingi markaz qo’llaniladi (9.3 rasm).
rasm Prujinali xarakatlanadigan oldingi markaz
Bunday markazlar RDB dastgoxlarida iщlov berishda ko’p qo’llaniladi. Tokarlik dastgoxlarida makazlarda ketingi babka dagi yuritma yordamida maxkamlab ishlov berish sxemasi 4.4 rasmda ketirilgan.
rasm Tokarlik dastgoxlarida makazlarda ketingi babkadagi yuritma yordamida maxkamlab ishlov berish sxemasi.
Povodokli patronlar opravka yoki patronda joylashgan markazlarda o’rnatilgan ishlov beriladigan zagotovka 2 ga dastgox shpidelidan kelayotgan aylanma xarakatni (burovchi momentni) uzatish uchun qo’llaniladi.Povodokli patron xomut 1 povodokli planshayba 3 povodokli patrondan tashkil topgan 9.8 rasm.
Xomut 1 qo’lda zogotovka 2 ga kiydiriladi va vint yordamida maxkamlanadi so’ngra zagotovka xomut bilan birgalikda dastgox markazlariga o’rnatiladi
rasm Tokarlik dastgoxlarida ishlov berishda detalni aylantirish uchun povodokli patron sxemasi.
Dostları ilə paylaş: |