145
BUXORO XONLIGI MARKAZLASHGAN DAVRDA ROSSIYA BILAN
DIPLOMATIK MUNOSABATLARGA OID MANBALAR TARIXI
TARIXSHUNOSLIGI
Qodirov Nusratjon Uchqun o’g’li
O`zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti,
tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yo’nalishi II- kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Buxoro xonligining tashkil topishi davri va Rossiya davlati bilan tashqi
diplomatik va savdo aloqalari haqida ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Har
tamonlama va
chuqur o’rganilgan o’rta asrlar davridan bizning davrimizgacha bo’lgan (ХVI-ХVIII
asrlar) tariximizga nazar tashlash orqali o`rganilayotgan davr muhitini ma`lum ma`noda
his qilish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Kalit so‘zlar:
Buxoro xonligi, Muhammad Shayboniyxon, Ismoil Safaviy, Ubaldullaxon,
A.Jenkinson, Abdullaxon II, qozoq juzlari, Ivan Grozniy, Jung‘orlar, Xiva xonligi.
ANNOTATION:
This article provides some information about the formation of the
Bukhara Khanate and foreign diplomatic and trade relations with Russia. By looking at our
comprehensive and deeply studied history from the Middle Ages to our time (XVI-XVIII
centuries), we have the opportunity to feel in a sense the environment of the period under
study.
Keywords:
Bukhara khanate, Muhammad Shaibanikhan,
Ismail Safavi, Ubaldullah, A.
Jenkinson, Abdullah II, Kazakh juzs, Ivan Grozny, Jungars, Khiva khanate.
Buxoro xonligi — o`zbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri bo`lib, Amir Temur
asos solib ketgan Temuriylar davlati tanazzulga yuz tutgan davrda Dashti Qipchoqda davlat
tuzgan turkiylarning o`zbek urug`idan chiqqan Muhammad Shayboniyxon tomonidan
milodiy 1500-yilda asos solingan. Milodiy 1533-yilgacha
mamlakatning markazi Amir
Temur davlatining poytaxti sifatida belgilanib kelingan Samarqand shahri bo‘lgan.
Ubaydullaxon davrida (mil. 1533-1539) Buxoro xonligining poytaxti Samarqanddan
Buxoroga ko‘chiriladi. Chunki, Muhammad Shayboniyxon hayotligi vaqtida ukasi Sulton
146
Muhammadga Buxoro shahri meros sifatida berilgan edi. Poytaxt ko`chirilganidan keyin,
davlat nomi ham o`zgaradi va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan.
Shayboniylar davlati bilan bevosita hududiy qo`shni bo`lgan Eron Safaviylari davlati
o`rtasida o`zaro sovuq munosabatlar mavjudligi bois ikki davlat o`rtasida
harbiy nizo kelib
chiqishi muqarrar edi. Ana shu to`qnashuv milodiy 1510-yil Marv yonida sodir bo`ladi.
Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviyning harbiy hiylasiga uchraganligi sababli, ushbu
jangda mag`lub bo`lgan. Muhammad Shayboniyxon va uning yaqinlari ham ushbu jangda
Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlaridan yengilib halok bo‘lgandan keyin Movarounnahrda
hokimiyat vaqtinchalik temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qo‘liga o‘tadi. Lekin,
ko‘p o‘tmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar.
Shu vaqtdan boshlab
Movarounnahr butunlay shayboniylarga tobe bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda xonlikka hozirgi
O`zbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon hududlari kirgan.
Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi.
Chunonchi, Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon,
Samarqandda esa
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon mustaqillik hukmronlikni e’lon qilgan.
41
Balx va
Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxon mustaqil hukmronlik qilgan. Shu tariqa
Shayboniylar ham o`zaro sulolaviy urushlar girdobiga tortiladi. Shu yillari mamlakatda
qo`sh hokimiyatchilik yuzaga kelgan bo`lib, shayboniy
sultonlari va mahalliy
mulkdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navro‘z
Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon
va bir qancha kichik-kichik hukmdorlar mustaqil bo‘lib olganlar. Milodiy 1551-1556
yillarda shayboniylar o‘rtasidagi Movarounnahr uchun kurashda Iskandarxonning o‘g‘li
Abdullaxon g‘olib chiqib, Buxoro xonligida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan. Abdullaxon taxtga
bevosita otasi Iskandarxonni o`tqazadi va otasining nomidan davlatni o`zi boshqaradi
hamda Abdullaxon II nomi bilan atala boshlangan. Milodiy 1557-yildan boshlab Buxoro
uzil-kesil xonlik poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563—83) va uning o‘g‘li Abdullaxon
II davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan. Abdullaxon II Balx (1573),
Samarqand (1578), Toshkent (1582), Farg‘ona (1583), Badaxshon (1584), Ko‘lob (1585),
41
Хофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. Биринчи китоб Форс тилидан С.
Мирзаев таржимаси. - Тошкент. 1999. 122-бет