Muallif:
L.O.Daminov
16-LABORATORIYA ISHI.
TOKARLIK KESKICHLARI, ULARNING TURLARI VA GEOMETRIYASI
Ishdan maqsad.
Tokarlik keskichlari, ularning elementlari
va geometrik burchaklarini
o‘rganish.
Umumiy ma’lumot.
Tokarlik stanoklarida foydalaniladigan keskichlar bajaradigan ish
xarakteriga ko‘ra turli xil bo‘lishidan tashqari,
ular issiqbardosh, kam yeyiladigan bo‘lishi
lozim. Shu boisdan keskichlar legirlangan tezkesar po‘latlar (masalan, P9, P18), qattiq
qotishmalar (masalan, T15K6, BK6) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har qanday keskich
tuzilishiga va geometriyasiga ko‘ra farqlanadi. 62- rasm (a) da ko’proq tarqalgan zagotovkani
o‘ngdan chapga bo‘ylamasiga yo‘nuvchi keskich keltirilgan. Bu o‘naqay keskichdir,
chapdan
o‘ngga qarab yo‘nuvchi, chapaqay keskichlar ham bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, keskich ish va
tana qismidan iborat bo‘lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo‘nadi, tana qismi keskich
tutkichga o‘rnatiladi. Zagotovkadan qirindi yo‘nash oqilona olib borilishi uchun ish qismi
ma’lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig‘lar hosil etiladi. Tokarlik keskichlarinnng asosiy
turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar 62-rasm, (b) da keltirilgan. Agar tokarlik stanogida
zagotovkann keskich bilan yo‘nishni kuzatsak (62- rasm, b) stanok patroniga mahkamlangan
zagotovkaning aylanishida keskich ma’lum qatlam qirindini o‘ngdan chapga qarab yo‘nalishini
ko‘ramiz. Bunda keskich asosiy tekislikda, asosiy kesuvchi qirrasi esa kesish tekisligida yotadi.
Keskichning ish holatidagi geometrik burchaklarni aniqlash uchun ularni asosiy kesuvchi
qirrasidan asosiy tekislik bilan kesish tekisligiga tik qilib o‘tkazilgan tekislikda o‘lchash
kerak (63-rasm, a, b). Ma’lumki, ishlanuvchi materialning
qattiqligi ortishi bilan
keskichining issiqlik o‘tkazuvchanligi pasayishi sababli kesib ishlashga qarshiligi ortib,
kesish zonasida ancha ko‘p issiqlik ajraladi, natijada keskich tezroq yeyiladi. Zagotovka sirtida
karbidlar, shlaklar, bo‘lsa, ular ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Shu
boisdan sifatli va unumli
ishlov uchun kesib ishlanadigan zagotovka materialiga, uning fizik-mexanik xossalariga va sirt
yuza holatiga ko‘ra keskich materiali va uning geometrik burchaklarini
tanlashning ahamiyati
g‘oyat katta. Tubanda keskichning asosiy burchaklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
15-rasm.
Tokarlik keskichlarda bajariladigan asosiy ishlar turlari.
1. Keskichning plandagi asosiy burchagi (f). Keskich asosiy kesuvchi qirrasining asosiy
tekislikdagi proeksiyasi bilan uning surilish yo‘nalishi orasidagi burchak. Bu burchak kichik
Muallif:
L.O.Daminov
bo‘lsa, (e) burchak kattalashib, enli qirindi yo‘niladi. Keskichning kesish qirrasi uzunligiga ta’sir
etuvchi kuch qiymati ham kamayadi. Keskich kesuvchi qirrasining yo‘nilayotgan zagotovkaga
urinish uzunligining ortishi issiqlikning kesish zonasidan tarqalishini oshiradi.
Ammo radial
qarshilik kuchi (R
u
) ortadi. Bu esa stanok, moslama, keskich va detal (SMKD) sistemani titratib,
keskichning turg‘unligiga salbiy ta’sir etadi.
Shu boisdan ko‘pincha bu burchak 40—45° olinadi.
2. Oldingi burchak (
u
) Keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi iziga tik
bo‘lgan normal tekislik orasidagi burchak.