3 Mavzu:
INSSENIROVKA USTIDAGI ISH BOSQICHLARI
Reja
Adabiy asarlar tanlash
Insinirovka qilish
Qilingan insinirivka ustida ishlash
Tasviriy she'r, masal, qo’shiq ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalarning
ajralmas boiagidir. Bu janrlarning teatrlashtirilgan tomoshalarda qoilanilishi,
tomoshalarning
tomoshaviyligini,
ta'sirchanligini
oshiradi.
Ayniqsa,
teatrlashtirilgan tomosha, teatrlashtirilgan konsert va adabiy-badiiy publitsistik
kompozitsiyalarda teatrlashtirish uslubidagi tasvirlarning yorqin emotsional
namoyish etishda ahamiyati kattadir. «Tasvirda» — degan so’z, o’zbek tilining
izohli lug’atida narsa voqea-hodisa va
shu kabilarning badiiy ifodasi, deb
berilgan. Demak, tasviriy she'r, masal va qo’shiq, badiiy ifodalangan holda
harakatga qo’yiladi. Bu degani faqatgina harakatga qo’yilsa boidi, degani emas.
Balki bunday harakat har bir janrda obrazli yechim orqali hal etilishi lozim.
Tasviriy she'r, masal va qo’shiq yordamida kompozitsiya tuzishdan oldin
tomosha mavzusidan kelib chiqqan holda materiallar o’rganilib, ssenariy
yaratish jarayoni boshlanadi. Talabalar qo’yishayotgan tomoshalarining
umumiy kompozitsiyani 1 ta material asosida yoki bir nechta mavzuga to’g’ri
keladigan (aralash) materiallar asosida qurishlari mumkin. Masalan,
Tasviriy
she 'rni
olsak, 1 ta materiallar asosidagi tomoshalarga
Alisher Navoiyning
«Hamsa», Firdavsiyning «Shohnoma», Erkin Vohidovning «Nido», Abdulla
Oripovning «Jannatga yoi», «Hakim va ajal», Barot Boyqobilovning
«Samarqand ushshog’i», «Men kashf etgan o’zbekiston » va h.k. kabi
dostonlardan foydalanish mumkin yoki alohida, turli mualliflarning bir
mavzusiga bag’ishlangan turli she'riy matnlaridan foydalanish mumkin.
Qanday matn qo’llanilmasin, badiiy jihatdan bir butun dramaturgik qoidalarga
javob beradigan asarni yaratish uchun sohaviy inssenirovkasini amalga oshirish
lozim. «Inssenirovka» so’zi lotinchadan olingan bo’lib, biror asarni sahnaviy
qilib o’zgartirish, sahnaga qo’yish uchun moslashtirish 116 degan ma'noni
bildiradi (o’zbek tilining izohli lug’ati).
Inssenirovkada asar sahnaga
moslashtirilib, iloji boricha voqealar harakati bir joyda o’tishini ta'minlab,
monolog va dialog shakliga ko’chiriladi. Albatta voqealar rivoji kompozitsion
yo’nalishda davom etishini ta'minlash kerak. Bunda tomoshadagi
qaramaqarshilik, tugun, kulminatsiya va yechim rejissorlik tahlilida aniqlanishi
shart. Shu bilan birga, turli adiblarning turli turkum she'riy matnlaridan ham
unumli foydalanish mumkin. Bunday turkum she'rlarni bir mavzuda
kompozitsion jihatdan
ustalik bilan birlashtirib, ajoyib emotsional ta'sirchan
tomoshani yaratish mumkin. Bu borada A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat
Madaniyat institutining ommaviy bayramlar rejissurasi boiimi talabalari bilan
sahnalashtirilgan. Erkin Vohidovning «Matmusa» nomli she'riy turkumlari
asosida qurilgan «Matmusaning sarguzashtlari », Boburning turkum she'r va
g’azallari asosida qurilgan «Anda qoldi jonim mening», Abdulla Oripovning
she'riy turkumlari asosida qurilgan «Yillar armoni» va h.k. tasviriy she'rlar
yordamida tomoshalar sahnalashtirildi. Dostonlar asosida Erkin Vohidovning
«Nido» dostoni (kurs rahbari B. S. Sayfullayev), Sharof Rashidovning
«Kashmir qo’shig’i» (kurs rahbari F. Ahmedov), Barot Boyqobilovning
«Haykallar tilga kirdi» (kurs rahbari X. Mirpoiatov), «Sharq hikoyati» (kurs
rahbari V.Rustamov) nomli tasviriy she'rlari asosida tomosha kompozitsiyalari
yaratildi. Tasviriy she'r ssenariysi ustida ish olib borilganda,
muallif ilgari
surilgan g’oyani chuqur tahlil qilib, oliy maqsadni aniqlashda, falsafiy
g’oyalarni namoyon etishda qaysi ta'sirchan vositalar uslubidan foydalanishni
aniqlab olishi muhimdir. Shu o’rinda mistik yo’nalishda (Mistika -yunoncha
g’ayritabiiy olamga, ilohlar va ilohiy kuchlarga, insonning ilohiyat
olami bilan
aloqa qila olishiga ishonish tasawuri) talabalar tomonidan sahnalashtirilgan.
«Ayol qalbi» nomli kurs ishi (kurs rahbari F. Ahmedov) kompozitsiyasini misol
qilib ko’rsatishimiz mumkin. Bu tasviriy she'r kompozitsiyasida assotsiativ
obrazlar yaxshilik va yomonlik, oq va qora kuchlarning bir maqsadni, insondagi
ezgulik muhabbat kuchi yoki mol-dunyo orttirish, boylikka xirs qo’yish
kuchlimi, degan savolni hal qilishdagi kurashi Ona timsoli orqali ochib
berishga harakat qilinadi. Bu tasviriy she'r 117 kompozitsiyasida turli mualliilar
she'rlari bir mavzu va g’oya ostida birlashtirib tomoshaning badiiy obrazi
yaratildi. Ayniqsa, Haqiqat tarozi haykali allegorik obrazi (haqiqat tarozisini
ushlagan ayol) gunoh va yaxshilikni oichashi tomoshabinni bu borada chuqur
fikr qilishga undaydi. Talabalar har bir she'riy
matnga ijodiy yondashib, o’z
tafakkurlari bilan uni g’oyaviy rivojlantirishga, bir butun tomosha
kompozitsiyani yaratishga harakat qilganlar. Mana shunday ijod namunasi
boigan arman shoirining «Ona yuragi» nomli she'riy matni ustida ish olib
borilganda, talaba ustozlari bilan hamkorlikda bir betlik materialdan o’zlarining
ijodiy namunalari yordamida tomoshani sahnalashtirishga muvaffaq boidilar.
«Ona yuragi» (kurs rahbarlari: F. Ahmedov, V. Rustamov) tasviriy-she'riy
kompozitsiyasiga mualliflikning she'r matnida boimagan
allegorik obrazlar -
quyosh, tog’, maj-nuntol, qarg’a va bosh suyagi faol ishlatildi. Bu obrazlar
muallif she'rini yanada boyitib dramaturgik kompozitsion qurilishni vujudga
keltirishga, tomoshabinning badiiy obrazining topishiga katta yordam beradi.
Tomoshadagi voqealar shu hodisalarning guvohi boigan quyosh, tog’ va
majnuntol tilidan hikoya qilinadi. Tomoshabinda
bir qancha tasviriy
qo’shiqlarning ishlatilishi tomoshaviylik va ta'sirchanlikni yanada oshirishga
yordam beradi (ssenariy ilova qilinmoqda).