№ 5 Mavzu:
Elektr mashinalari
Reja:
1.
Uch fazali asinxron dvigatellar tuzilishi, ishlash
prinsipi,tadbiq qilish sohalari
2.
Stator va rotor chulg’amlaridagi E.Yu.K vat ok kuchi
3.
Mexanik va ish xarakteristikalari
4.
Asinxron dvigatelni ishga
tushirish, aylanish tezligini
rostlash
Asinxron elektr dvigatel
— dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina.
Eelektr energiyasinimexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator
chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan
aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil
qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan.
Asinxron dvigatelning ishlash printsipi.
Asinxron dvigatel
- xozirgi zamon dvigatellarining eng ko‘p tarkalgan
xilidir. Yuksak texnikaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari tufayli asinxron
dvigatel sanoat va qishloq xo’jaligida keng ishlatilmoqda. Asinxron
dvigatelni birinchi bo’lib 1889 yili rus elektrotexnigi D.O. Dolivo -
Dobrovolskiy kashf qilgan.